Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2229
211
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘quvchi / ijodkorlik / ijodkorlik qobiliyati / ta’lim / muammoli ta’lim / abstrakt-deduktiv metodi / Innovatsion metodlar / ilg‘or texnologiyalar. / student / creativity / creative ability / education / problem-based education / abstract-deductive method / innovative methods / advanced technologies.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Yulchiyeva

Ushbu maqola o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan shakl, metod va vositalariga alohida e’tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o‘rni va hamiyati haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma’lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF METHODS AND TOOLS USED IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES

This article focuses on the forms, methods and tools that are active in the development of students' creative abilities, and comments on their role and importance in practical processes. In addition, it gives a brief information about how certain methods are in this regard.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI Yulchiyeva Maftuna To'lqun qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta'lim) yo'nalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7336447

Annotatsiya. Ushbu maqola o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan shakl, metod va vositalariga alohida e 'tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o'rni va hamiyati haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma'lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: o'quvchi, ijodkorlik, ijodkorlik qobiliyati, ta'lim, muammoli ta'lim, abstrakt-deduktiv metodi, Innovatsion metodlar, ilg'or texnologiyalar.

ЗНАЧЕНИЕ МЕТОДОВ И СРЕДСТВ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ

Аннотация. В данной статье основное внимание уделяется формам, методам и средствам, действующим в развитии творческих способностей учащихся, а также комментируется их роль и значение в практических процессах. Кроме того, в нем дается краткая информация о том, как действуют те или иные методы в этом отношении.

Ключевые слова: студент, креативность, творческая способность, образование, проблемное обучение, абстрактно-дедуктивный метод, инновационные методы, передовые технологии.

THE IMPORTANCE OF METHODS AND TOOLS USED IN THE DEVELOPMENT OF

STUDENTS' CREATIVE ABILITIES

Abstract. This article focuses on the forms, methods and tools that are active in the development of students' creative abilities, and comments on their role and importance in practical processes. In addition, it gives a brief information about how certain methods are in this regard.

Keywords: student, creativity, creative ability, education, problem-based education, abstract-deductive method, innovative methods, advanced technologies.

KIRISH

Ijodkorlik o'rganishning muhim jihati hisoblanadi. Ijodkorlik tufayli o'quvchi o'rganishga ijobiy munosabatda bo'ladi va uning o'rganishi yanada qiziqarli bo'ladi. Ijodkorlik sabab o'quvchi passiv ma'lumotni mahsulotga aylantirish orqali faollashtiradi. Yoshlikdan egallangan ijodkorlik tufayli insonlar kundalik hayotidagi muammolarni osonlikcha hal qila oladilar va balog'at yoshida samaraliroq harakat etuvchi darajasida bo'lishadi. Bu ta'limning asosiy maqsadlaridan biri: o'quvchilarni kelajak hayoti uchun yaxshi jihozlash va ularni samarali fuqarolar qilib tarbiyalash. Shu sababli, ayni vaqtda respublika o'quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi, bu borada faol qo'llaniladigan shakl, metov da vositalar hamda ularning ahamiyatiga e'tibor berilmoqda.

Ijodkorlik nima?

O'quvchilarga samarali fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Suqrotdan to hozirgi kungacha ta'lim sohasida katta o'zgarishlar ro'y

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bergan bo'lsa-da, o'quvchilarga fikrlash qobiliyatini berishga intilish har doim ta'limning o'zagidan joy olgan.

Ijodkorlik oddiy ta'rifga ega bo'lgan tushuncha emas. Ijodkorlik — bu shaxsning asl mahsulot yoki yechim topish istagi. Istak va tasavvur hissi ijodkorlikning asosiy so'zlaridir. Sternberg va Lubart (1998) fikrlariga ko'ra, faqat ijodkorlik uchun o'ziga xoslik yetarli emas. Torrance (1988) esa ijodkorlikni quyidagicha ta'riflagan:«Qiyinchiliklar, muammolar, ma'lumotlardagi bo'shliqlar, yetishmayotgan elementlar, qandaydir qiyshiq narsalarni sezish jarayoni: bu kamchiliklar haqida taxmin qilish va gipotezalarni shakllantirish; bu taxmin va gipotezalarni baholash va tekshirish; ehtimol ularni qayta ko'rib chiqish va qayta sinovdan o'tkazish va nihoyat natijalarni e'lon qilish».

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirgi vaqtda maktabdagi har bir ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilarni hayotda muvaffaqiyatli shaxs bo'lishga tayyorlashni maqsad qilgan va XXI asr ko'nikmalari bilan ta'minlovchi yangi vazifani bajaradi. O'quvchilarning ijodkoqlik qobiliyatlarini rivojlantirish va bunda foydalaniladigan metod va vositalar mavzusi ham bundan mustasno emasdir.

O'quvchilarning ijodkoqlik qobiliyatlarini rivojlantirish va bunda foydalaniladigan metod va vositalardan o'quvchilarning turli sharoitlarga moslashish, jamiyatni hurmat qilish, g'oyalarga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lish intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishi ham kutiladi. Ma'lumki, XXI asrdagi muhim ko'nikmalar o'quv faoliyatida kuchaytirilishi kerak bo'lgan maxsus ko'nikmalarni o'z ichiga oladi, ya'ni tanqidiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlar, muammolarni hal qilish, metabillash, muloqot qobiliyatlari, hamkorlik, innovatsiyalar, ijodkorlik va axborot savodxonligi kabi yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlaridir.

Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha o'quvchilarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o'quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa maktab yoshidagi o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu o'rinda o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalaniladigan shakl, metod va vositalarning ahamiyatining o'rnini va darajasini oshiradi. Bu borada o'qituvchining sa'y-harakatlari ham juda ahamiyatli sanaladi. Chunki o'qituvchi o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlashi, o'qituvchi va o'quvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirishi, ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan, zamonaviy metodlardan, eng ilg'or natijakor shakl va vositalardan foydalanishi o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng samara beruvchi amaliy ish hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi davrda o'quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog'liq bo'lgan evristik va muammoli ta'lim o'quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda. V. Karimova o'z tadqiqotlarida ilmiy faoliyatni ushbu uch turi amalga oshirilganda shaxsning unga mos bo'lgan sifatlari :

O'quvchilar tomonidan tashqi olamni kuzatish jarayonida zarur bo'ladigan sifatlari;

O'quvchilar uchun faoliyatning ijodiy mahsulini yaratish sharoitlarini ta'minlovchi ijodiy faoliyat sifatlari;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilar bilish faoliyatini tashkil etganda uning oldingi ikki holatda- bilish va ijod holatida ko'rinadigan sifatlari namoyon bo'lishini ko'rsatib o'tadi.

Yuqorida sanalganlarni e'tibordan chetda qoldirmagan holda, o'quvchilarning ijodiy faolliklarini shakllantirishda abstrakt-deduktiv metodidan foydalanish samaraga qaratiladi deyish mumkin. Negaki, bunda o'rganiladigan tushuncha uchun ta'rif tayyor ko'rinishda oldindan konkret misol v masalalar yordamida tushuntirilmasdan kiritiladi.

MUHOKAMA

Tahlillardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarda ijodiy faollikni shakllantirish turli-tuman uslublar orqali amalga oshirish mumkinligi dasturlarda belgilangan. Ammo ayrim holatlarda umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi tadqiqot doirasidagi mavjud ahvol o'rganilganda, maktab o'qituvchilari har doim ham mazkur metodlardan to'laqonli foydalanmayotganiga guvoh bo'lish mumkin.

Ilg'or o'qituvchilar o'zlarining o'quv-uslubiy ishlarida zamonaviy metodlar orqali o'quvchilarda ijodiy faollikni, ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishga harakat qilishadi, biroq ularning harakatlarida har doim ham yetarlicha o'quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishga, unda erkin fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga, qo'yilgan masala yechimini ijodiy topishga undash motivi kuzatilmaydi.

O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalaniladigan an'anaviy hamda zamonaviy shakl, metod va vositalar bilish metodlari bilan qiyoslanganda o'ziga xos xususiyat namoyon bo'ladi. Bu shundan iboratki, o'qitish jarayonida yangi ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy o'zlashtirish vazifasi hal qilinadi. O'qitish davomida yangi bilimlarni egallash uchun umumiy bilishga xarakterli bo'lgan sinab ko'rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha «yengillashtirilgan» sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida qo'llaniladigan shakl, metod va vositalar bilish operatsiyalari bilan qo'shib olib boriladigan o'quv jarayoni sharoitlari uchun moslashtirilishi foyda uchun xizmat qiladi. Hamda ular o'quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog'liq bo'ladi. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalaniladigan shakl, metod va vositalarning o'ziga xos xususiyati, amaliy jarayondagi ahamiyati mana shunda ham namoyon bo'ladi.

Muammoli ta'lim orqali o'quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish

O'qitishda muammoli ta'limdan foydalanish ham o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda va ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O'quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog'liq bo'lgan ta'lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o'quvchilarni ijodiy fikr «laboratoriyasi»ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:

* U o'quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o'rgatadi;

* U o'quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e'tiqodga aylanishiga ko'maklashadi.

* U odatda, ancha ta'sirchan bo'lib, chuqur intellektual his-tuyg'ular, shu jumladan ko'tarinki ruh hissini, o'z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg'usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o'quvchilarni qiziqtiradi, o'quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.

XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish masalasi hamisha ahamiyatli bo'lgani singari bu jrayonlarda foydalaniladigan shakl, metod va vositalar ham doimiy ravishda o'z ahamiyatiga egadir.

Maktab bosqichidagi ta'lim o'quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, joiz bo'lsa, mazkur jarayonlarda ilk bilim olish davrlaridayoq o'quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni yanada takomillashtirish lozimligi bugungi kunning kun tartibidagi muammo bo'lishi darkor. Zero, ilk bilim olish davrlarida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatini takomillashtirishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olish, ta'limni samarali tashkil etishda darslarni noan'anaviy tarzda o'tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish, bugungi ta'lim tizimlarida faol bo'lgan eng ilg'or shakl, metod va vositalarga murojaat etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o'quvchilarning ijodkolrik qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quvchilarida ijodiy faoliyatni yanada takomil etish ularni har tomonlama yetuk bo'lishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Bartscher, Lawler, Ramirez va Schinault, 2001; Lubart & Sternberg, 1998.

2. Boltayeva SH. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. // Xalq ta'limi, 2004,№ 3.-34-34 betlar.

3. Boltayeva SH. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish. //Pedagogika nazariyasi va tarixining ayrim dolzarb muammolari. / Ilmiy ishlar to'plami.-Toshkent: Fan, 2006.-B.142-144.

4. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'quvchisining psixologiyasi. T., O'zbekiston 30 bet.

5. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com )

6. Karimova V.M. Sunnatova R. va boshqalar. Mustaqil fikrlash. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.- T.: SHarq, 2000- 112 b.

7. Karimova V, Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsning hissiy, irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog'lanish // J. Xalq ta'limi, 2001. № 3-6, 64-69- b.

8. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. Qarshi.: Nasaf, 200. - 80b.

9. O'quvchilarning qiziqish va moyilliklari diagnostikasi.(metodik tavsiyalar)yu-T.: RO'MM, 2001-28 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.