Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
905
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / metodika / tafakkur / kreativlik / belgi / mashq / fikrlash / ijodkorlik / fikrlash / erkinlik. / education / methodology / thinking / creativity / character / exercise / thinking / creativity / thinking / freedom.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozoda Abdrimovna Qodirova

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida foydalanish lozim o'qituvchi vazifalari haqidagi kerakli ma'lumotlar va manbalar keltirib o'tilgan. Maqolada berilgan ma'lumotlar asosida o'qituvchilar va ota-onalar o'zilari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE TEACHER IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article provides the necessary information and resources on teacher responsibilities that should be used to develop creative skills in primary school students. Based on the information provided in the article, teachers and parents can get the advice they need.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI

Ozoda Abdrimovna Qodirova

Yangiariq tumani 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida foydalanish lozim o'qituvchi vazifalari haqidagi kerakli ma'lumotlar va manbalar keltirib o'tilgan. Maqolada berilgan ma'lumotlar asosida o'qituvchilar va ota-onalar o'zilari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin.

Kalit so'zlar: ta'lim, metodika, tafakkur, kreativlik, belgi, mashq, fikrlash, ijodkorlik, fikrlash,erkinlik.

THE ROLE OF THE TEACHER IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article provides the necessary information and resources on teacher responsibilities that should be used to develop creative skills in primary school students. Based on the information provided in the article, teachers and parents can get the advice they need.

Keywords: education, methodology, thinking, creativity, character, exercise, thinking, creativity, thinking, freedom.

Kreativlik so'zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo'llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta'riflagan.

Kreativlik (lot. creatio - yaratish, vujudga keltirish) - bu insonning noodatiy g'oya, fikr bera olish, muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an'anaviy shakllaridan voz kecha olishga bo'lgan qobiliyatidir.

Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo'yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan.

Kreativlik - bu insonning shaxsiy xususiyati bo'lib, uning o'z-o'zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog'liq.

ANNONTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

1) ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo' llab-quvvatlash;

2) bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish

va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni

tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

4) bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish.

Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to'sqinlik qiladi:

1) o'zini tavakkaldan olib qochish;

2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo'pollikka yo'l qo'yish;

3) shaxs fantaziyasi va tasawurining yuqori baholanmasligi;

4) boshqalarga tobe bo'lish;

5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOYASI

Boshlang'ich sinf o'quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta'sir qiluvchi muhim omillardan biri o'qituvchi-o'quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e'tibor qaratildi. Ma'lumki, ta'lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi va o'quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o'qituvchi ta'lim jarayonining to'g'ri tashkil etilishi, ta'lim maqsadlarining to'g'ri amalga oshirilishi va ta'lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta'lim jarayoni o'qituvchining to'liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto'g'ri fikrning tug'ilishiga asos bo'la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo'ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Bizningcha, o'quv vaziyati ta'lim jarayonini tashkil qiluvchi o'zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:

- o'qituvchi bilan o'quvchilar hamkorligi;

- o'quvchilarning o'zaro bir-birlari bilan hamkorligi.

Materiallar tahlilining ko'rsatishicha, mantiqiy topshiriqlar hamkorlikda bajarilgandagina bilimlarni o'zlashtirish mahsuldor bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'limning shunday tashkil etilishini hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat vaziyati, deb atash qabul qilingan. Pedagogik adabiyotlar tahlili va ijodiy tajribalarimiz natijalariga ko'ra hamkorlikdagi mahsuldor o'quv faoliyati vaziyatini tashkil qilishning 2 asosiy tamoyilini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiqdir:

l.Ta'limda mazmunning izchilligi tamoyili. Unga ko'ra shaxs o'z faoliyatini muayyan maqsad asosida tashkil qilishida mazkur faoliyatning uzluksiz shakllanishi ko'zga tashlanadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

2.0'qituvchi-o'quvchilar hamkorligining mustaqil ijodiy faoliyat bilan bog'liqligi tamoyili.

O'qituvchi bilan o'quvchilarning o'quv faoliyatidagi muhitning to'g'ri uyushtirilishi o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni butun kuch va g'ayratini sarflashga undaydi. Bu o'zaro muloqotning shunday bir shaklidirki, bunda o'quvchi o'zini pedagogik ta'lim obyekti deb emas, balki mustaqil va erkin harakat qiluvchi shaxs deb biladi. O'qituvchining o'rganilayotgan fan bo'yicha qaysidir bir ma'lumotga aniqlik kiritish paytida o'quvchilarga yordam so'rayotganday murojaat qilishi hamkorlik faoliyatini yanada chuqurlashtiradi. O'quvchilarni o'rganuvchi va tarbiyalanuvchiga aylantirish o'qish- o'qitish jarayonini muvaffaqiyatli olib borishninggina sharti bo'lib qolmay, balki ularni har jihatdan barkamol insonlar qilib tarbiyalashning ham muhim shartidir. O'quvchi o'qitish va tarbiyalash jarayonining o'zidayoq bilim va tarbiya oluvchi shaxsga aylanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qitishda muammoli ta'limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O'quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog'liq bo'lgan ta'lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o'quvchilarni ijodiy fikr "laboratoriyasi"ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:

1. U o'quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o'rgatadi.

2. U o'quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e'tiqodga aylanishiga ko'maklashadi.

3. U odatda, ancha ta'sirchan bo'lib, chuqur intellektual his-tuyg'ular, shu jumladan ko'tarinki ruh, hissini o'z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg'usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o'quvchilarni qiziqtiradi, o'quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.

4. Haqiqat qonuniyatining mustaqil "kashf etilishi" olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.

Muammo yuzasidan olib borilgan izlanishlar o'quvchilarning o'quv jarayoniga munosabati o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro ta'sir jarayonining to'g'ri tashkil etilishi, o'quv materiallarini tanlash va tashkil qilish, bilimlarni o'zlashtirish jarayonini takomillashtirish usullariga, o'quv natijalariga qo'yiladigan baho tizimiga bog'liqligini ko'rsatdi. Kreativlik va o'zaro hamkorlik bir-biriga mustahkam bog'liq. Zero, faqatgina yangicha yondashuv asnosida hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda ijodkorlik o'z ifodasini topadi. Pedagogik kreativlikni faqatgina yangilikka, tajribalar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

o'tkazishga intilish deb tushunmaslik kerak. Bu intilish sog'lom fikrning rasmiyatchilik ustidan g'alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya, oshkoralik bo'lmagan joyda, ma'muriyatchilik va o'qituvchining irodasi bilan dars jarayonida o'quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna solinsa ijodiy hamkorlik barham topadi. Boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarning kreativ qobliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar ustida ishlash alohida o'rin tutadi. O'quvchi o'zi uchun qulay sharoitda hayotiy va o'quv tajribasiga tayanib og'zaki yoki yozma nutqi orqali fikrlash faoliyatini amalga oshiradi. Unda ohar bir fanning o'zi uchun noma'lum qirralari xususida o'qituvchi bilan faol hamkorlik qilish uchun ruhiy tayyorgarlik paydo bo'ladi. U mavzu yuzasidan berilgan savollarga tegishli javob qaytarish uchun mustaqil ijodiy izlanishlarga harakat qiladi. O'qituvchi bunday hamkorlik jarayonida o'quvchilarning kreativligini o'stirish bilan birga diagnostik vazifani ham bajaradi, ya'ni o'quvchilarning qobiliyati, qiziqish doirasini aniqlaydi, kreativ iqtidorini chamalaydi. Kreativlikni rivojlantiruvchi topshiriqlar ustida ishlash jarayonida bu g'oyat muhimdir.

Boshlang'ich ta'lim - bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta'lim turidan biri bo'lib, ta'limning bu bosqichida pedagog o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklatiladi. Ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi hali maxsus o'rganishni talab etmoqda.

O'qituvchilar o'quvchilar bilan hamkorlikda ish yuritib, ularning har bir fikrini inobatga olishi va buni o'quvchiga sezdirishi kabi muhim vazifalarni bajarish orqali o'quvchilarni o'zgacha yondashuvli ya'ni kreativ bo'lishlariga erishishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarga muammoli masala va vaziyatlarni berib, o'quvchining masala yechimini topishga ijodiy yondashishi undagi hissiy irodaviy sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. Bu o'quvchilarni o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishiga imkoniyat, ichki ehtiyojning oshishiga turtki bo'ladi.

«Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog'liq. Biroq, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug'atlarda munosib differentsiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O'nlab ilmiy ishlarda kreativlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o'ziga va na unga taalluqli bo'lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to'xtam mavjud emas.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda kreativlik va ijodkorlik aynan bir xil ma'no anglatmaydi degan fikrga keldik. Chunki, ijodkorlik deganda barchaning ko'z o'ngiga ma'lum bir narsani ixtirosi,chizmasi va hokazolar kelishi mumkin. Lekin biz tadqiqotimizda kreativlikni, dars jarayonida berilgan vazifaga hech kimnikiga o'xshamas yo'l topish va uni ilmiy asoslay olish, yangicha fikrlash, uni tadbiq eta olish qobiliyati deb oldik. Ya'ni biz tadqiqotimizda ta'lim sohasiga oid kreativlikni ya'ni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini ko'rib chiqamiz. Kreativlik ijodkorlikka nisbatan kengroq tushuncha degan fikrga keldik.

XULOSA

Ma'lumotlarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

1) awalo, har bir dars jarayoni tashkil etilishida aniqlik bo'lishi. O'qituvchi o'quvchilarga erkinlikni,albatta, me'yorida ta'minlab berishi lozim;

2) boshlang'ich ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu -bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi, ijtimoiy tajribasi, psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligidadir. Ya'ni o'qituvchilar ma'suliyatli va e'tiborli bo'lish zarur.

Shuningdek, o'quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag'batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Hato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan cho'chish, haddan tashqari baholarga e'tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo'rqish hissi mavjud o'quvhilarda kreativlik odatga aylanmaydi.

3) muayyan omillar o'quvchilarda kreativlik sifatlari, malakalarining rivojlantirishga to'sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o'qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e'tibor qaratishlari kerak.

Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlanishiga to'sqinlik qiladi:

- O'z-o'zini tavakkaldan olib qochish;

- Fikrlash va xatti-harakatlarda qo'polllikkka yo'l qo'yish;

- Shaxs fantaziyasi va taswurining yuqori baholanmasligi;

- Boshqalarga tobe bo'lish;

- Har qanday holatda ham faqat yutuqni o'ylash.

Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko'rsatmalari

- 1. Bolalarning savollariga chidam bilan to'g'ri javob bering.

- 2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.

- 3. Bolalarga o'z ishlari bilan shug'ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.

- 4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog'liq bo'lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.

- 5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko'rishingizni va ularni qanday bo'lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.

- 6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.

- 7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko'maklashing.

- 8. Uni mustaqil fikrlashga o'rgating.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

- 9. Bolani sevimli mashg'ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan qurollantiring.

- 10. Uni turli voqealarni o'ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.

- 11. Bolani yoshlikdan o'qib-o'rganishga odatlantiring.

- 12. Doimo bolaning ehtiyojlariga e'tibor qarating.

- 13. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.

- 14. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.

- 15. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.

- 16. Bolani har bir yutug'i uchun maqtang.

- 17. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo'ling.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Т.: "O'zbekiston", 2017 yil, 488 bet.

2. Mirziyoyev SH.M. Erkin va faro von, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Т.: "O'zbekiston", 2016 yil, 56 bet.

3. Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma. :- Toshkent 2015,40 bet

4. DavletshinM.G., Do'stmuhamedova Sh., Mavlanov M., To'ychiyeva S. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. (O'quv metodik qo'llanma). Nizomiy nomidagi TDPU. 2004-yil. 102 b. 46-47 betlar.

5. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua - Toshkent. 2016

6. Jo'rayev P.X., Raximov B.X., Xomatov SH.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta'limg aasoslangan o'quv-metodik qo'Tanma. -Т.: Fan, 2005, 66 b.

7. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. O'zMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147.

8. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш методлари. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 397-404.

9. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 6568

10. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A., (2021). Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 1(80).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.