Scientific Journal Impact Factor
BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Nuraliyeva K.I
NamDU "Boshlang'ich ta'limda ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi
o'qituvchisi
Mazkur maqolada boshlanglch sinf o^quvchilarining kreativ saloxiyatini shakllantirishning mazmun mohiyati ochib berilgan. SHuningdek, kreativ saloxiyatini amalga oshirishni oлziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
Tayanch so'zlar: Shaxs, o^quvchi, talim, tarbiya, kreativ saloxiyat, hamkorlik, tasavvur, tafakkur, g^oya
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСКОЙ СИЛЫ У НАЧАЛЬНИКОВ
Нуралиева К. И
НамГУ в начальном образовании. преподавание социальных наук преподаватель кафедры методологии
АННОТАЦИЯ
В статье раскрыта сущность содержания формирования творческого потенциала младших школьников. Также плавятся особенности реализации творческого потенциала.
Ключевые слова: человек, студент, образование, воспитание, творческий потенциал, сотрудничество, воображение, мышление, идея.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF FORMATION OF CREATIVE POWER OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Nuraliyeva K. I
NamSU In primary education teaching social sciences teacher of the department of methodology
This article reveals the essence of the content of the formation of creative potential ofprimary school students. Also, the peculiarities of the realization of creative potential are melted.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
Key words: Person, student, education, upbringing, creative potential, cooperation, imagination, thinking, idea
KIRISH
O'zbekiston taraqqiyotining manaviy-axloqiy va kasbiy asoslari to'g'risida fikr yuritib, istiqlol sharoitida o'quvchilarning bilim asoslarini puxta egallashlari bilan birga mustaqil va kreativ fikrga ega bo'lgan, g'oyaviy, mafkuraviy jihatdan chiniqqan, kasbiy mahoratini mustaqil vatanimizning ravnaqi yo'lida fidokorona safarbar eta oladigan ruhda tarbiyalash lozimligini dolzarb vazifa qilib qo'yilgan.
Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi o'sha jamiyat fuqarolarining manaviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati darajasiga bog'liq. Shunday ekan, manaviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to'laqonli shakllanmagan shaxsda o'z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish tuyg'usi sayoz bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini vatanparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo'ylik, xalqsevarlikka o'rgatish lozimdir. Aslini olganda, axloq ma'naviyatning o'zagi hisoblanadi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq boshlang'ich sinf o'quvchilarining yurish-turishida, o'zini tutishida, insonlar bilan muomala madaniyatida namoyon bo'ladi. Axloq-bu avvalo insof va adolat tuyg'usi, iymon, halollik, mehr-oqibat, bag'rikenglik, mehnatsevarlik, rahmdillik, samimiylik, sahiylik, shirinso'zlik ekanligini alohida uqtirib o'tish lozimdir. Agar boshlang'ich sinf o'quvchisi o'quv-biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, o'qituvchi tomonidan qo'yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. O'quvchining majburiyati qiziqish asosida bo'lmay, balki majburiy, sun'iy va lozim bo'lsa tazyiq ostida sodir bo'ladi. O'quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko'r-ko'rona "o'rganish"ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo'ladi. "Oqituvchi-o'quvchi" va "Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi" munosabati "subyekt-subyekt" munosabatlar darajasiga ko'tarilmas ekan, o'quvchida tarbiya jarayoniga va bilim, ko'nikma, malakalarini egallashga nisbatan befarqlik vujudga keladi. Barchamizga ayon bo'lishi kerakki,qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zibo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yerda ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha-qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo' lsa, o' sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi.1 O'sib va rivojlanib boruvchi inson ta'lim va tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti
1 Karimov I. Yuksak manaviyat yengilmas kuch.Ma'naviyat-2008
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli o'zgarishlarni, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o'zgarishlarni oz boshidan kechirib boradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ozbekiston Respublikasining talim sohasini isloh qilishdagi say harakatlarining biri - bu oquvchilarning zamon talablariga xamnafas tarzda talim olishlari, har tomonlama rivojlangan komil shaxs bo'lib yetishishida chuqur bilim egallashlarini talab etmoqda. Bu esa oz navbatida o'quvchilarning kreativlik salohiyatini shakllanishiga turtki bo'ladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida to'rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli-xarakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga nazar tashlasak har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelish mumkin: virtual reallik, tortburchak tarvuzlar, elektron xizmatlar, tuproqsiz hosil olish... bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsulidir. Odatiy bo'lib tuyulgan kitob, musiqa, samolyot va hattoki lampalar ham qachonlardir orzu va tasavvurda bo'lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi natijasida yaratilgan. Bu esa oz-ozidan talim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiatni va davlatni rivojlantirishga tasiri ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o'rganishni talab etmoqda. Ayniqsa umumtalim maktablarida o'quvchilarning kreativligini rivojlantirishga bo'lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativlik yo'naltirilganligini quyidagi pedagogik shart-sharoitlar asosida shakllantirish mumkin, agarda:
- boshlang'ich sinf o'quvchilarining tug'ma istedodi gavdalansa;
- dunyoda va yurtimizda ro'y berayotgan yangiliklardan boxabar bo'lib borsa va ularni kundalik hayoti faoliyatida qo'llab borsa;
- mavjud psixologik to'siqlarni yengib o'ta olsa;
- o'quvchilarning kreativ salohiyati o'qituvchilar tomonidan e'tiborga olinsa va qo' llab-quvvatlansa.
Kreativlik - bu shaxsning individual xususiyati bo'lib, madaniy vositalarni shaxsiy tushunchalaridan kelib chiqqan holda qo'llashi va rivojlantirishidir. Kreativlik psixologik nuqtayi nazardan tahlil etilgan va bugungi kunda pedagogik nuqtayi nazaridan tadqiq etishni talab etayotgan muhim pedagogik muammodir. Kreativlik-bu o'quvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya
hisoblanadi. Kreativlik o'quvchilarning shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki
210
Scientific Journal Impact Factor
o'quvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo'lmas ekan, bunday o'quvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi. Turli xil muammoni o'quvchining o'zi mustaqil holatda bajarish jarayonida uchragan muammolarni yengishda o'quvchining kreativlik salohiyati shakllanadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Kreativ salohiyat tushunchasi murakkab va serqirradir.
Kreativlik-o'quvchilarda oz-ozidan paydo bo'ladigan sifat emas, u o'quvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o'zlashtirishi va o'zining kundalik faoliyatida qo'llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni oz faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olishi bilan bog'liqdir. Oquvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo'nalishlar va «Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. Talim olish kengligida kreativlikni rivojlantirishning asosiy pragmatik tavsifi sifatida dialog xizmat qiladi. Shaxsning kreativligini psixolog olimlar o'quvchilarning insho yozishlari jarayonida tahlil etishga harakat qilishgan. Hamda quyidagi ishlar amalga oshirilgan. Yosh avlodni bilimli, har tomonlama rivojlangan, komil shaxs sifatida shakllantirishda o'qituvchilarning ijodkorligi, oz sohasi bo'yicha bilimlarini doimo oshirib borishi, so'nggi yangiliklarni o'zining pedagogik faoliyatida qo'llay olishlari, bir so'z bilan aytganda ularning kreativlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kreativlik ayniqsa Ozbekiston Respublikasining talim sohasidagi strategik yo'lida juda ham muhimdir. Kreativ salohiyat ijod bilan bog'liq holda o'rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog'liq holda tahlil etiladi. Ijodning psixologik asoslari sifatida quyidagi elementlar qabul qilangan.
Bular:
1. Qabul qilish.
2. Xohish va istak.
3. Tasavvur qilish.
4. Oz-ozini kuzatish.
Shu bilan bir qatorda bilimning asosini tashkil qilishda asosiy o'rinni egallaydigan fikr yuritish bilan tasavvur qilish quyidagi elementlar belgilanishi e'tirof etgan.
Bular:
1. Aqliy mehnat.
2. Intuitsiya.
3. Dunyoqarash
Scientific Journal Impact Factor
Buyuk olim V.A.Slastyonin ijodkorlikning asosiy xislatlarini quyidagicha belgilagan:
• shaxsning ijodiy motivatsiyani qollaganligi.
• qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va oz
kamolotiga intilish
• kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va oz kamolotiga
intilish;
• ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati;
Kreativ salohiyatga ega o'quvchilar boshqalarga taqlid qilmasdan, ozlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga kreativ va mustaqil yondashadilar. Shu kreativ salohiyat jamiyat azolari bilan muomalada bolishi, munosabat o'rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlardan biridir. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativ salohiyatini takomillashtirishda uning psixologik holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, insonning ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda oz o'rnini topa olishi, uning vatan, xalqning ravnaqi yo'lida og'ishmay, e'tiqod bilan xizmat qilishi, iymonli bolishi insonni shaxs darajasiga ko'taradi. Bunday sifatlarning ro'yobga chiqishi tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining kreativ salohiyatini takomillashtirish mobaynida-uning o'sishi, qandaydir yangi xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun talim jarayonida o'zini-o'zi nazorat qilish, materialni takrorlashda tekshirish, eska tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar boshlang'ich sinf o'quvchilariga eslab qolish va eslash usullari o'rgatilmasa, ular materialni bevosita takrorlashda, uzoq vaqt to'xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash qiyin mehnat hisoblanadi. Lekin o'quvchilar materialni eslashni xush kormaydilar va uni osongina tiklash yolini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o'rgatish mantiqiy xotira o'sishining garovidir. Oquvchilar xotirasiga tayanib ko'p narsani eslab qolsa, undagi bilishga bo'lgan qiziqishi yanada kuchayadi. Dars jarayonida mavzuni yaxshi tushunish uchun ma suliyat bilan yondashadi. Masalan, 2-sinf o'qish darsida darslikdagi A.Obidjonni "Ozbekistonim" sfrerini o'quvchi mustaqil yod olib sinfda aytib bersa, bunday holatda o'quvchida o'ziga bolgan ishonch yuqori boladi. Fanga bo'lgan qiziqishi ortadi. Qolaversa masuliyat sari harakat qiladi. Yana ham ko'p narsalarni bilishga intiladi. Shu bilan birgalikda, biror malumotni eslab qolishda hayol surish orqali amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir. Boshlang'ich sinf o'quvchisining hayoli oz o'quv faoliyatining tasiri, talabi, imkoniyat va shart-sharoitlari orqali tarkib topadi. Oquvchining hayoli tevarak - atrof taassurotlari, dunyo ajoyibotlari, ko'rsatmalilik, tasviriy sanat
Scientific Journal Impact Factor
asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Talim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining yorqin, aniq, tiniq, yaqqol tasavvur obrazlari hayol yordamida muayyan voqealikka aylanadi. O'rganilayotgan fan materiallari eshitilgan va o'qilgan badiiy asarlardagi obrazlar tartibga solinadi, yaxlit bir butunlikdan iborat umumlashgan obrazlar tizimi yaratiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayolning xususiyatlaridan yana bir hayotiy voqelik bilan fantaziyaning o'zaro aralashib ketishidir. Oquvchilar xayolparastlikka, fantaziyaga berilishining oldini olishga pedagoglar, umuman kattalar doimo ahamiyat berishlari kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari talim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni o'zlashtirsalarda, oldingi darslarda o'zlashtirilgan turli alomatlar, belgilar, xususiyatlarni qorishtirib, chalkashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va xodisalar bilan ularning belgilari o'rtasida uzviy bog'lanish tarkib topmagan bo'ladi. 1-4-sinf o'quvchilari, yani boshlang'ich talim davri kiradi. Bu davrda bolalarda:
- boshlang'ich sinf davrdagi bola o'quvchi maqomi darajasiga yetadi,
- barcha tana azolari rivojlanish bosqichida bo'lib, lekin suyaklari hali toliq qotib ulgurmagan bo'ladi,
- psixologik qo'zg'olish va tormozlanishi tez ozgaruvchan bo'ladi,
- o'yin faoliyatidan ko'proq o'qish faoliyatiga o'tishi talab etiladi,
- maktabga borishga doir psixologik yo'nalish olish ishlari amalga oshiriladi, Shuningdek, endigina maktabga qadam qo'ygan bola quyidagi turlardagi qiyinchiliklarga duch keladi:
- maktabga borishi bilan bolaning shuningdek, endigina maktabga qadam qo'ygan bola quyidagi turlardagi qiyinchiliklarga duch keladi:
- maktabga borishi bilan bolaning kun tartibida o'zgarishlar bo'ladi,
- o'qituvchilar bilan tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan muloqatda bo'lishi,
- egallagan bilimlarini amalda qo'llashi va h.k.
Boshlang'ich sinfda o'qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari - o'qishda, sportda bolalar orasidagi nufuzi va obro'si katta ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, aynan bu davrda o'quvchiga e'tiborli bo'lish, oltin so'zlar (barakalla, ota-onanga rahmat, tashakkur, senga ishonaman....) bilan rag'batlantirish, jamoa orasida ijobiy baholash, kayfiyatini ko'tarish orqali o'quvchilarni ijodiy salohiyatini yuksaltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda: kreativ salohiyat deganda o'quvchilar boshqalarga
taqlid qilmasdan, ozlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy
213
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
yondashadilar degan fikr yetakchilik qiladi. Kreativlik xususida gap borar ekan, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, xis-tuyg'ularida, xatti-xarakatida muayyan faoliyat turlarida namoyon boladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorlikning muhim omili sifatida ham aks etadi. CHunki har bir inson ham oz dunyoqarashi va bilimiga asoslangan holatda faol bolishga intiladi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, o'quvchilarning diqqat-e'tiborini talim jarayoniga faol jalb etishni taminlaydi. SHundan kelib chiqib zamonaviy ta'lim sifatini oshirish, ta'lim muassasalarida taxsil olayotgan o'quvchilarning o'quv faoliyatini samarali tashkil etish muammosi, zamonaviy o'qitish usullaridan keng foydalangan holda oquvchilarda kreativ salohiyatni rivojlantirish davr talabidir.
REFERENCES
1. Karimov I. Yuksak manaviyat yengilmas kuch.Manaviyat-2008
2. T. G'afforova, SH. Nurullayeva, Z. Mirzahakimova Oqish kitobi 2-sinf. Toshkent — 2018.20-b
3. Egamberliyeva N., Xodjaev B. Pedagogikaning ayrim dolzarb muammolari: mohiyat, talqin va yechim. T.: —Fan va texnologiya, 2013.
4. SHaripov SH. Oquvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini taminlashning nazariyasi va amaliyoti: Ped. fan. dok. ... dis. avtoref. -T., 2012
5. Muslimov N.A. Kasb talimi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. - T., 2007.
6. Ibragimova G. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). ... diss. Avtoref. - T., 2017.