Научная статья на тему 'XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI'

XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
288
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
PISA / bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari / o‘quvchi / o‘qituvchi / metodik tayyorgarlik / pedagogik shart-sharoitlari / matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik / xalqaro tadqiqotlar / vazifa / mexanizm / bilimlarini mustaxkamlash / tafakkurini shakllantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bayzakova Malika Abdukayumovna

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirishning mohiyati va mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari, vazifalari, texnik ta’minoti shartlari, ta’lim jarayonini xalqaro tadqiqotlar uchun zarur o‘quv axborotlari bilan ta’minlash mexanizmi bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI Bayzakova Malika Abdukayumovna

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036871

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirishning mohiyati va mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari, vazifalari, texnik ta'minoti shartlari, ta'lim jarayonini xalqaro tadqiqotlar uchun zarur o'quv axborotlari bilan ta'minlash mexanizmi bayon qilingan.

Kalit so'zlar: PISA, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari, o'quvchi, o'qituvchi, metodik tayyorgarlik, pedagogik shart-sharoitlari, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik, xalqaro tadqiqotlar, vazifa, mexanizm, bilimlarini mustaxkamlash, tafakkurini shakllantirish.

Abstract. The essence and content of the development of methodological training of future primary school teachers based on the PISA international assessment program, pedagogical conditions, tasks, conditions of technical support, the educational process with the necessary educational information for international studies are described in the article. The provisioning mechanism is developed.

Keywords: PISA, future primary school teachers, student, teacher, methodological training, pedagogical conditions, mathematical and scientific literacy, international studies, task, mechanism, strengthening of knowledge, formation of thinking.

Аннотация. В статье описаны сущность и содержание разработки методической подготовки будущих учителей начальной школы на основе программы международной оценки PISA, педагогические условия, задачи, условия технического обеспечения, учебный процесс с необходимой образовательной информацией для международного обучения. Описан механизм обеспечения.

Ключевые слова: PISA, будущие учителя начальных классов, ученик, учитель, методическая подготовка, педагогические условия, математическая и научная грамотность, международные исследования, задача, механизм, закрепление знаний, формирование мышления.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini metodik tayyorgarligini rivojlantirish borasida Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiya[3]si doirasida boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan o'quvchilarning tanqidiy fkrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetentsiyalarini rivojlantirishga alohida urg'u bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish, o'quvchilarning bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro PISA, PISA, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu asosda o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o'quvchilarning matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'Zashtirish darajasini baholash dasturi (PISA), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o'rganish bo'yicha xalqaro baholas h (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

4211

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Shu o'rinda, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari bilishi kerak bo'lgan xalqaro baholash dasturlariga to'xtalib o'tamiz.

"PIRLS - ingliz tilidagi "Progress in international reading and literacy study" so'zlaridan olingan bo'lib, O'quvchilarning o'qib tushunish darajasini baholashga mo'ljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA tomonidan har besh yilda bir marotaba amalga oshirilib, unda PISAdan farqli ravishda boshlang'ich ta'limdagi 4-sinf o'quvchilarining badiiy tajriba orttirish, axborot olish va undan foydalanish ko'nikmalari baholanadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang'ich ta'limda tahsil olayotgan o'quvchilarning o'qib tushunish ko'nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. PIRLS dasturida asosiy e'tibor 4-sinf o'quvchilariga qaratiladi, buning boisi odatda, ushbu rivojlanish davrida o'quvchilar o'qish ko'nikmasini hosil qilgan bo'lib, endi bu ko'nikmadan boshqa fanlarni o'rganishda foydalanayotgan bo'ladi[49].

"PISA - inglizchadan olingan qisqartma bo'lib "Program for international student assessment" - O'quvchilarni baholash xalqaro dasturi degan ma'noni anglatadi. Ushbu dastur OECD tomonidan amalga oshiriladigan bo'lib, u dunyo bo'ylab 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholovchi xalqaro tadqiqotdir. Tadqiqot an'anaviy ravishda 3 yilda bir marotaba o'tkazilib, har bir davriylikda bittadan yo'nalishga ustuvorlik beriladi hamda bitta innovatsion yo'nalish kiritiladi"[33]. 2022 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotda innovatsion yo'nalish sifatida o'quvchilarning kreativ fkrlash kompetentsiyalari ham baholanadi. Unda o'quvchilar maktabda egallagan bilimlarini qanchalik eslab qolganliklari emas, balki olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishlari, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalari baholanadi.

TALIS (Teaching and Learning International Survey)[74] bu - maktab ta'limi tizimi o'qituvchilar qatlami(korpusi)ni o'qitish va ularni o'rganish bo'yicha xalqaro tadqiqotlar majmuasi bo'lib, OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development) - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti homiyligida o'tkaziladigan maktab ta'lim muhiti, kasb iy sharoitlar va o'qituvchilarni professionalG'mahoratli pedagog darajasigacha rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli va nufuzli xalqaro qiyosiy tadqiqotlardir[71].

TALIS so'rovnomasi natijalari dunyo maktablaridagi akademik muhit, o'qituvchi va maktab direktorlarining kasbiy faoliyati, ularning malaka oshirishlariga oid mavjud sharoitlar haqida fkr yuritishga undaydi. Mazkur keng ko'lamli tadqiqot ota-onalar o'z farzandlari taqdirini ishonib topshirayotgan ta'lim dargohlarida sodir bo'layotgan pedagogik, uslubiy va ijtimoiy jarayonlar to'g'risidagi imkon qadar xolis ma'lumotlarni to'plash, tahlillar natijasida uni takomillashtirishga to'sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish har bir mamlakatdagi bo'lajak o'qituvchilarini kasbiy va metodik tayyorgarligini har tomonlama rivojlantirish imkon beradi.

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti O'zbekiston Respublikasida 48 ta boshqa mamlakatlarda olib borilgan TALIS-2018 tadqiqotlar natijalari asosida 2021 yilda ichki tadqiqotlar olib bordi[130].

Tahlillar natijasida o'qituvchilarning malakasini oshirish bo'yicha kompentensiyalarni rivojlantirish, o'qitish metodlarini takomillashtirish, o'quv dasturlari mazmuni va o'quvchilarni baholash, o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish hamda Koreya, Vetnam va Finlandiyada malakasini oshirishi ularga ijobiy tasir ko'rsatishi aniqlangan. Bundan ko'rinib

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

turibdiki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirish dolzarb mavzulardan biri ekanligini isbotlaydi.

"1958 yilda Germaniyadagi YUNESKO Ta'lim Institutida bir guruh olimlar, pedagogik psixologlar, psixometrlar va sotsiologlar uchrashib, maktablar va o'quvchilarni samarali baholash ta'limga kirish va uning natijalarini tekshirish to'g'risida bahslashadilar va tadqiqot guruhini tuzadilar. 1967 yilda Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi ((IEA) tashkil etildi. Assotsiatsiya asoschilari butun dunyo bo'ylab turli maktab tizimlaridan dalillarni olishga kirishadi.1960 yilda 12 ta davlatda (Belgiya, Angliya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil, Polsha, Shotlandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, AQSh va Yugoslaviya) "O'n ikki mamlakatda uchuvchi tadqiqot- "Pilot Twelve-Country Study" deb nomlanuvchi birinchi xalqaro tadqiqot o'tkazildi. ) ular 13 yoshli o'quvchilarning matematika, o'qishni tushunish, geografiya, tabiatshunoslik fanlaridan savodxonlik darajalarini baholaydilar. 1964 yilda Birinchi Xalqaro Matematik Tadqiqot (FIMS- First International Mathematics Study) xuddi shu o'n ikki mamlakat tomonidan 13 yoshli talabalar va oxirgi kurs o'quvchilari uchun o'tkazildi. 1970-1971 yillarda Olti mavzuli tadqiqot yoki Birinchi xalqaro ilmiy tadqiqot (FISS- First International Science Study) tabiiy fan, o'qishni tushunish, adabiyot ta'limi, ingliz tilini chet tili, fransuz tili fuqarolik ta'limini 14 yoshli o'quvchilar uchun o'rganib chiqdi.

Asosiy mavzularni davriy o'rganish g'oyasi 70-yillarning oxirida paydo bo'lgan. Maqsad mamlakatlarga matematika va tabiiy fan bo'yicha yutuqlar standartlari tendentsiyalari haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etish va vaqt o'tishi bilan ta'lim yutuqlarining o'zgarishini o'lchashdir. 1980-1981 yillarda 20 ta davlatda ikkinchi xalqaro matematika tadqiqoti (SIMS-Second International Mathematics Study) va 1983-1984 yillarda ikkinchi xalqaro tabiy fanlar tadqiqoti o'tkazildi. Tadqiqot (SISS- Second International Science Study) 24 mamlakatda o'tkazildi (o'sha erda)"[72].

Matematika va tabiiy fan bo'yicha birinchi to'rt bosqichli baholash 1995 yilda o'tkazilgan. O'shanda u uchinchi xalqaro matematika va tabiiy fanlarni o'rganish deb nomlangan va yarim milliondan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan. U o'sha paytda qiyosiy ta'limning eng yirik va eng katta tadqiqoti hisoblangan. Qirq oltita davlat baholashda besh sinfdan yarim milliondan ortiq o'quvchi ishtirok etdi. Vaqt o'tishi bilan xalqaro baholashlarning ommabopligi oshdi, bu ishtirokchi mamlakatlar sonining ko'payishidan ko'rinib turibdi. 1999 yilda PISAning ikkinchi bosqichi o'tkazildi va PISA takrori deb nomlandi. Keyingi bosqichlar har to'rt yilda o'tkazilib kelinyapti.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni.

3. Abdullaeva B.S. Boshlang'ich ta'lim sifat-samaradorligini ilg'or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida oshirish. "Boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat yo'nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va echimlar" xalqaro ilmiy konferentsiya. Toshkent, 2017 yil 25 may, 11 bet [56]

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

4. Gustafsson J.E., Hansen K.Y., Rosén M. PISA and PIRLS: Relationships among reading, mathematics, and science achievement at the fourth grade -Implications for early learning PISA & PIRLS International Study Center, Boston College.2018. 432B.

5. Ismailov A.A., O'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirishning nazariy va institutsional asoslari, Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar (2022-yil №2).

6. Jumaev M.E. O'qituvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo'lajak Boshlang'ich sinf o'qituvchilarning metodik matematik tayyorgarlik. Monografiya. T.: "Fan" nashriyoti, 2009 y. 240 bet. [55,132]

7. Wardat Yousef Belbase Shashidhar, Tairab Hassan. Mathematics Teachers' Perceptions of Trends in International Mathematics and Science Study (PISA)-Related Practices in Abu Dhabi Emirate Schools. Sustainability; Basel Tom 14, Izd. 9, (2022): 5436. DOI:10.3390G'su14095436.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.