INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI, ETIMOLOGIYASI VA AFZALLIKLARI
G'ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizi
Qo'qon davlat pedagogika instituti stajyor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7130248
Annotatsiya. Maqolada ta'lim tizimidagi xalqaro baholash dasturlari etimologiyasi, turlari haqida ma'lumotlar berilgan. Xalqaro baholash dasturlarini joriy etilishining bir qator afzalliklari haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar: Kalqaro baholash dasturlari, etimologiya, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi, PISA, PIRLS, TALIS, TIMMS, FIMS, PIAAC.
ПРОГРАММЫ МЕЖДУНАРДНОЙ ОЦЕНКИ ЭТИМОЛОГИЯ И
ПРЕИМУЩЕСТВА
Аннотация. В статье представлена информация об этимологии и видах международных оценочных программ в системе образования. Высказан ряд преимуществ внедрения международных программ оценки.
Ключевые слова: международные программы оценки, этимология, Организация экономического сотрудничества и развития, Международная ассоциация оценки образовательных достижений, PISA, PIRLS, TALIS, TIMMS, FIMS, PIAAC.
INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS, ETYMOLOGY AND ADVANTAGES
Abstract. The article provides information on the etymology and types of international evaluation programs in the educational system. A number of advantages of the introduction of international evaluation programs have been expressed.
Keywords: international assessment programs, etymology, Organization for Economic Cooperation and Development, International Association for Assessment of Educational Achievement, PISA, PIRLS, TALIS, TIMMS, FIMS, PIAAC.
KIRISH
Ta'lim tizimining mazmuni, mohiyati hayotimizning, jamiyatning moddiy, madaniy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatuvchi vosita hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda ta'lim siyosati, ta'lim sifati, ta'lim tizimidagi xalqaro tajribalarga alohida e'tibor qaratilib, bevosita xalqaro baholash tadqiqotlariga ham qatnashish jarayoni jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Bugungi kunda dunyoda ta'limning sifati, saviyasi va darajasi aniqlash va o'rganishga qaratilgan bir qator xalqaro baholash dasturlari mavjud bo'lib, ular ko'pgina rivojlangan davlatlarda ta'lim sifatini yanada oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti - (IHTT yoki ing.: Organisation for Economic Cooperation and Development - OECD) Yevropadagi davlatlar birlashmasi bo'lib, ushbu tashkilotga a'zo davlatlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash, yuksaltirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni saqlashni nazarda tutadi. IHTT 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan tuzilgan bo'lib, bu tashkilotni tuzish haqidagi konvensiya 1961-yil 1-oktabrdan kuchga kirgan. [2]
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: • Ish o'rinlarini yaratish;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
• Iqtisodiy o'sish va yashash standartlarini o'sishi uchun pul, moliyaviy va iqtisodiyotning sohalariga oid iqtisodiy siyosat yurgizish;
• Xalqaro raqobatbardoshlikni boshqarish, ayniqsa, global ishlab chiqarish va savdo uchun chegaralarning ochilishi jarayonida hukumatlarga iqtisodiy samaradorlik va sifat tizimlarini oshirishga ko'maklashish;
Ta'lim orqali inson kapitali o'sishini ta'minlash. [3;14]
Ushbu tashkilot bugungi kunda bir nechta xalqaro baholash dasturlari asosida o'quvchilar savodxonligini baholash va davlatlarning ta'lim tizimiga qancha mablag' sarflayotgani, uning qay darajada samara berayotganligi haqida ma'lumotlar to'plab, tashkilotga a'zo mamlakatlalr o'rtasida reyting ko'rsatkichlarini e'lon qilib bormoqda. Bugungi kunda IHTT tashkilotiga a'zo davlatlar soni ortib bormoqda. O'zbekiston ham IHTT tashkilotiga a'zo davlatlar qatorida hisoblanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
IHTT davlatlari 1950-yillarda turli ta'lim tizimlari statistik tahlil qilishni boshlagan. Ushbu statistikaning maqsadi davlatlarning ta'limini rejalashtirish orqali malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlarini hozir va kelajakda ta'minlashdan iborat bo'lgan. Bu statistika iqtisodiy nuqtai nazardan, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham katta ahamiyatli bo'lib, ta'lim oluvchilarning teng huquqlilik masalalarini ham tahlil qilishda juda kerakli statistik ma'lumotlarga ega bo'lish imkonini beradi.
IHTT davlatlarining dastlabki yondashuvi miqdoriy xususiyatlarga qaratilgan bo'lib, davlatlarning ta'limga sarflayotgan mablag'lari, ya'ni ta'limni davlat tomonidan moliyalashtirish va moliyalashtirish resusrlari taqqoslangan. 1992-yildan buyon mazkur statistik hisobotlar IHTT tomonidan „Education at a Glance" nom ostida Hisobot shaklida nashr etila boshlandi. IHTT ning mazkur tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ta'limni baholash mezonlari ta'limdan boshqa sohalarda jumladan iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiysohalarda va ta'lim tadqiqotlarida keng foydalanildi. [4;17]
Ta'lim tizimiga xalqaro baholash tadqiqotlarining kirib kelishi XX asr o'rtalariga to'g'ri keladi. 1958-yilda bir qator Yevropa davlatlari va AQSH tomonidan Gamburg shahrida IEA (International Association for the Evaluation of Educational Archivement- Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi) ga asos solindi. Mazkur uyushma davlatga aloqador bo'lmagan ilmiy tashkilot hisoblanar edi.
Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi tuzilgunga qadar ham turli xil davlatlarda ta'limni tadqiq etuvchi olimlar o'quv jarayoni ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy jihatdan tadqiq etib chiqishgan. 1960-yilda Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi (IEA) tomonidan birinchi xalqaro taqqoslash tadqiqotlari o'tkazila boshlandi. 1964-yilda Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi tomonidan birinchi xalqaro matematika fani bo'yicha baholash tadqiqoti - FIMS ( The First International Mathematics Study) o'tkazildi. Mazkur baholash tadqiqotining asosiy tashkilotchilaridan biri - Germaniya xalqaro pedagogik tadqiqotlar instituti (DIPF Deutsche Institut fu'r Internationale Pa'dagogische Forschung) bo'ldi. Ushbu baholash dasturi 7-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan. [7; 1-14]
1966-yildan 1973-yilgacha 21 ta davlat ishtirokida dunyoga ta'lim bo'yicha mashhur, jumladan, Y.B.Karoll (J.B.Caroll) singari olimlar tashabbusi bilan „Oltita fanlar bo'yicha tadqiqot" (Six Subjects Survey) o'tkazildi. Mazkur baholash dasturida 6 ta fanlar : tabiiy fanlar,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
adabiyot, o'qish, ingliz tili, fransuz tillari chet tili sifatida , shuningdek, siyosiy ta'lim fanlari bo'yicha baholash tadqiqoti o'tkazildi. [5; 51]
1990-yillar boshida esa Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish uyushmasi - IEA tashkiloti tomonidan 9-14 yoshli o'quvchilarga mo'ljallangan savodxonlik bo'yicha baholash tadqiqoti (Reading Literacy Study) o'tkazila boshlandi. [6; 20] Keyinchalik esa bu tadqiqot PIRLS/IGLU baholash tadqiqotini o'tkazilishiga turtki bo'lgan.
1991-yildan buyon 21 davlatni qamrab olgan Xalqaro kattalar uchun mo'ljallangan savodxonlikni baholash tadqiqotlari (IALC - International Adult Literacy Survey ) 16 yoshdann 65 yoshdagilar uchun o'tkazila boshlandi. [4;16]
2010-yildan boshlab , Xalqaro katta yoshdagilarni kompetensiyalarini baholovchi xalqaro baholash tadqiqotlari (PIAAC - Programme fort he InternationalAssesment of Adult Competencies) o'tkazilmoqda. Mazkur baholash tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkillashtiriladi va bu kattalar ko'nikmalari bo'yicha eng katta so'rov hisoblanadi.
1995-yildan buyon o'tkazilayotgan Uchinchi xalqaro matematika va fan tadqiqotlari (TIMSS - Third International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash tadqiqoti har to'rt yilda Xalqaro ta'lim muvaffaqiyatini tekshirish tashkiloti - IEA tomonidan o'tkazilib kelinadi. Mazkur tadqiqot boshlang'ich ta'lim, in der Sekunddarstufe I und II da matematika va tabiiy fanlar bo'yicha o'tkazilib kelinadi. Mazkur tadqiqotning uchinchi xalqaro tadqiqot deb yuritilishi esa avvallari o'tkazilgan va yuqorida ta'kidlab o'tilgan baholash tadqiqotlari : FIMS (The First International Mathematics Study, 1964, 12 davlat) va Ikkinchi Xalqaro Matematika tadqiqotlari SIMS (Second International Mathematics Study, 1980-1982, 20 davlatlar) shuningdek, Birinchi va Ikkinchi fan bo'yicha baholash tadqiqotlari (First and Second International Science Study, 1968-1972 and 1982-1986) larning davomi sifatida o'tkazilgan. Hozirda mazkur xalqaro baholash dasturi TIMMS (Third International Mathematics and Science Study) Xalqaro matematika va tabiiy fanlar sifati deb yuritiladi. [5; 54]
MUHOKAMA
Bugungi kunda IHTT va IEA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning ta'lim tizimida olib borilayotgan xalqaro baholash dasturlari bir nechta bo'lib, ular o'quvchilar bilimlarini xalqaro ta'lim standartlari asosida baholash va tahlil qilishda muhim sanaladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 yilda gi 997-sonli "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorida quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish vazifa etib belgilangan :
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish va ta'lim olish muhitini hamda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
o'qituvchilarning ish sharoitlarini o'rganish uchun. [1]
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan yurtimizda xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko'rish, o'tkazish, ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha amaliy ishlar jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Xususan 2022-yilda O'zbekiston PISA - o'quvchilarni savodxonlik darajasini baholovchi ta'lim tadqiqotlarida birinchi bor ishtirok etdi.
XULOSA
Xalqaro baholash dasturlari ya'ni xalqaro ta'lim tadqiqotlarida ishtirok etish ko'pgina afzalliklarga ega bo'lib, avvalo ta'limning xalqaro standart va talablariga moslashuv jarayoni yuz beradi. Ta'limni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, monitoring qilish, boshqa davlatlar ta'lim tizimi va darajasi bilan solishtirish orqali ta'limdagi kamchiliklar aniqlanadi va o'rganiladi, kelgusidagi ta'lim rivojlanishi uchun rejalar tuziladi. Ta'lim tizimimiz uchun muhim bo'lgan milliy baholash tizimini yaratish va ta'lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o'tkazishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.12.2018 yilda gi 997-sonli "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori. https://lex.uz.
2. O'ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil.
3. Bildungsmonitoring Schweiz: Fur das Leben gerüstet? Die Grundkompetenzen der Jugendlichen-Nationaler Bericht der Erhebung // "PISA" 2000, -p.14.
4. Lehmann, Peek.Aspekte der Lernausgangslage und der Lementwicklung // https://bildungsserver.hamburg.de/contentblob/2815702/3b66049d4257501a0d44dce9b7ca4 49c/data/pdf-schulleistungstest-lau-5.pdf;
jsessionid=41BC7B89339EDDFA1C84B4F5DA60AEE8.liveWorker2, 1999, -p.16-17.
5. Matkarimov Akramjon Muxtorovich . "PISA" Xalqaro o'quvchilarning savodxonligini baholash tadqiqotining rivojlanish bosqichlari, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy ta'lim. -T.:2000, 8(93). -p.51-54
6. W.Elley.The IEA study of reading literacy: reading and instruction in thirty -two school systems//Oxford : PergamonPress - 1994, -p.20.
7. "PISA" 2009//https://www.oesd.org/"PISA"/PISA products/46619755.pdf -p.1-14.