XALQARO PIRLS BAHOLASH DASTURI 1Xudayqulova Fazilat Bo'Riyevna, 2Abdaliyeva Barno Ilxom qizi
1Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlangich talim nazariyasi o'qituvchisi
[email protected] 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlangich talim yo'nalishi talabasi
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7927420
Annotatsiya. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradi .PIRLS xalqaro tadqiqoti har besh yilda bir marta o'tkaziladi. PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga , ya'ni, " badiiy tajriba orttirish " va "axborotni olish va undanfoydalanish"ga qaratilgan.
Kalit so'zlar: PIRLS xalqaro baholash dasturi, zamonaviy globallashuv jarayoni, ,texnologik rivojlantirish ,PIRLS tadqiqoti, so'rovnoma ,PISA xalqaro baholash dasturi, xorijiy tajribalar, badiiy o 'qish va metapredmet natijalari.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayoni avj olar ekan uning tub zamirida texnika va texnologiyalar yotadi. Borliqdagi bu jarayoni fan va texnikaning rivojlanishida, iqtisodiyotning yuqori darajada o'sishida va ta'lim sohasining tubdan yuksalib borishida ko'rinmoqda . Ammo e'tibor beradigan bo'lsak texnikaning ham iqtisodiyotning ham ilgarilab borishida ta'lim turadi. Hozirgi davrda esa ta'lim tizimidagi o'zgarishlar e'tiborga sazovordir. Ta'lim sifatini o'sishining muhim omili mamlakatda raqobatga chidamli malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
Hozirda yosh kelajak avlodning faolligini shakllantirish nafaqat bir mamlakat uchun balki, xalqaro hamjamiyatimiz uchun ham e'tiborli masala hisoblanadi. Shu boisdan , globallashuv jarayoni kelajak egalari sifatida yosh avlodni tayyorlashda dunyo xalqlarining maqsadlarini birlashishiga olib keldi. Yer kurrasida 227 tadan ortiqroq davlat bo'lsa barchasi shuni biladiki , ta'limning jamiyatimiz taraqqiyoti va har bir inson rivojlanishida muhim o'rni bordir, shuning uchun ham ta'lim sifatiga keng miqyosdagi e'tibor qaratilgan. Hozirgi kunda ta'lim sifatini yanada chuqurlashtirish , rivojlantirish va baholash kabi masalalar bilan ko'pgina xalqaro tashkilotlar davlatlarida ta'lim sohasini baholashning PIRLS,TIMSS,PISA ,TALIS,PIAAC, ICCS, SITES, IALS ,ALL kabi baholash dars turlari amaliyotga tatbiq etilgan.
Asosiy qism
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan , o'qish va o'tishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. PIRLS loyihasi Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA- International Association for the Evaluation of Edukational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets AQSH) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi ( Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
PIRLS ( inglizcha; Progress in International Leading Literacy Study') - Bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.
Tadqiqot davriy ravishda- har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha ham besh marta ; 2001,2006,2011,2016,2021-yillarda o'tkazilgan. PIRLS tadqiqoti faqatgina o'quvchilar savodxonligini aniqlashga yo'naltirilgan topshiriqlar tizimidan iborat bolibgina qolmay, oz ichiga bu borada olib borilayotgan ta'limga olib borilayotgan islohotlarni aniqlovchi sorovnomalarni ham oladi. Bunday sorovnomalar maktab ma'muriyati, oqituvchilar hamda ota-onalar yoki vasiylar ortasida amalga oshiriladi. O'quvchilarning ta'lim olishdagi imkoniyatlari va sharoitlari haqidagi sorovnoma ma'lumotlarni ta'lim natijalarini talqin qilishda muhim ro'l oynaydi. PIRLS tadqiqotning muhim jihatlaridan biri shuki, dasturda erishilgan natijalar tahlili hamda otkazilgan sorovnomalar ma'lumotlarining umumlashtirilishi dunyo boylab o'qish savodxonligini oshirishdagi eng yaxshi tajribalarga doir qimmatli ma'lumotlarni toplash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga kora, oqish savodxonligini jamiyat tomonidan talab qiladigan va inson tomonidan qadrlanadigan, yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish , shuningdek matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Zamonaviy globallashuv va o'sib borayotgan xalqaro raqobat sharoitida "Xar tomonlama rivojlanish komissiyasi" yosh avlodning bilim olish darajasiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi yosh avlodni XXI asr ko'nikmalarini va bilimlariga zarur shart -sharoitlar yaratish maqsadida ta'lim sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabr "Xalq ta'lim tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to'g'risida"gi chora-tadbirlariga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi ta'lim sifatini himoya qilish inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Bu markazning tashkil etilishi o'quvchilarining ta'limdagi yutuqlarini baholash va nazorat qilish imkonini beradi. Bundan ko'rinadiki, mamlakatimizda ta'lim sifatini baholashning yangicha tizimi shakllantirilmoqda. Hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan milliy baholash tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi " O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF 5712 qarori son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahoning 30ta ilgor mamlakatlari qatoriga kishiga erishish va xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish orqali o'quvchilarining o'qish va matematika va tabiiy yo'nalishlarda fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Jumladan, 2018-yil 12-noyabrda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o'rtasida xalqaro bilimlarni baholash dasturi ( Programme for international student assessment PISA) da ishtirok etish to'g'risida kelishuv imzolandi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida bunday xalqaro baholash tendentsiyalariga amal qilish yosh avlodni faolligini oshirish ,ularning ta'limdagi izlanishi va kreativligini rivojlanishiga hissa qo'shadi. Mamlakatimiz o'quvchilari ilk bor 2021-yilda PIRLS -2021 xalqaro baholash dasturida ishtirok etishi belgilangan edi . 70ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizning 4-sinf o'quvchilarining ishtirok etishlari belgilan qo'yilgan edi. Aynan shu yilda o'tkazilgan tadqiqotda o'quvchilari birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etilishini rejalashtirilganligini aytish
o'rinlidir . Raqamli formatga o'tish bilan birga, Internet muhitida boshqariladigan PIRLS online o'qishni kompyuterda baholash kabi o'zgarishlar ham kôzda tutilgan.
PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga muvofiq bo'ladi, ya'ni "badiiy tajriba orttirish" ," axborotni olish va undan foydalanish"ga qaratilgan . O'z navbatida ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi ,bular;
• Diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish.
• To'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish.
• Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish .
• G'oyalar va axborotni tahlil qilish va uyg'unlashtirish .
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarining dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishni ikki turi baholanadi:
1. O'quvchilarining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish
2. Ma'lumotlarni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq , badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobilyatining to'rtta guruhi baholanadi:
1. Aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish
2. Xulosalarini shakllantirish
3. Ma'lumotlarni talqin va sintez qilish
4. Mazmuni ,til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
PIRLSda bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim
qo'llaniladi:
• Javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi.
• Mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi.
• Erkin javob berishi kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1balldan 3 ballgacha baholanadi. Natijalarni qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500dan 800 tagacha , o'quvchilarining o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400-500ta ,PIRLSda esa taxminan 1000ta so'zdan iborat bo'ladi. Matnning mazmuni 9-10yoshdagi o'quvchilarga mos ,ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mazmunlardan chetlashgan ,shuningdek, qiziqarli o'quvchiga uncha tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi;
• Eng yuqori daraja( 625 ball va undan yuqori )- O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni patda uning alohida qismlarini bir -biri bilan bog'liq xolda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini izohlash uchun matnga tayana oladi.
• Yuqori daraja( 550ball)- O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham , shakliga ham baho bera oladi, uning til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
• O'rta daraja(475 ball)-O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
• Quyi daraja( 400 ba)-O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.
Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatdagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishda qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayoning boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa davlatdagi o'qituvchilarning foydalanayotgan metodlaridan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi. Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so'rovnomalar o'tkazilganda o'quvchilarining so'rovnomasi orqali , ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oilada ta'limiy resurslar , maktabga ,o'qituvchiga, maktabdagi o'quv faniga bo'lgan munosabat, o'quv fanlari bo'yicha o'zini baholash , sinfdan tashqari mashg'ulotlar to'g'risida ma'lumotlar to'planadi.
O'qituvchilarning so'rovnomalari o'qituvchilar to'g'risida ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi , xavfsizlik, maktab muhiti, o'qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar so'rovnomalarida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilishdan avvalgi ko'nikma va malakalar , ota-onalarning maktabga va o'qishga munosabati o'rganiladi.
Maktab ma'muriyati so'rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi , jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o'quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o'rganilib, tahlil etiladi.
Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko'ra ,50ta mamlakat ichida, Rossiya ,Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlandiya mamlakatlari natijalarini qayt etgan bo'lsa , shular orasida singapurlik va gonkonglik o'quvchilar matnni o'qish va tushunish bo'yicha eng yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu mezon bo'yicha dunyoda yetakchilik qildi. Mazkur davlatlarda o'qish savodxonligi bo'yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog'liq; undagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo'lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o'qish va yozishga o'rgatganligi va maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichining yuqoriligi .
PIRLSda Rossiyalik boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar.
Jamiyatda ,o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilar orasida o'qish savodxonligi bilan shug'ullanishning qadr-qimmatining tan olinishi, maktabda va oilalarda o'qishga bo'lgan yuqori mativatsiya maktabgacha bo'lgan bosqichning yaxshi natijasi , ota-onalarning o'qishni o'rganishga tayyorgarlik ko'rinishidagi ishtiroki umumiy boshlang'ich ta'limning Federal davlat asosiy standartlarida belgilab qo'yilgan ta'lim jarayonidagi prinsipal o'zgarishlar: "badiiy o'qish " va metapredmet natijalari bo'yicha umumiy ta'limni tashkil etish va natijalarga erishish boshlang'ich ta'limning sifatli dasturlari ,darsliklari, o'qishni o'rgatishni chuqur o'ylangan metodikasi o'qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o'quvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlash kabi omillar PIRLSda boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar sifatida o'rganiladi.
PIRLSda rossiyalik boshlang'ich sinf o'quvchilarining yuksak yutuqlari.
Har bir sinfda ta'limni differensiallashga e'tibor berilishi zarur ,bu borada aksariyat birinchi sinf o'quvchilarining muvaffaqiyatli boshlash zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lgan maktablarga alohida e'tibor berilishi zarur . Yana ikkita muammolarni ko'zda tutish kerakki;
1. Eng kuchli o'quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko'maklashish
2. O'g'il bolalarga yordam berish , chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan yomonroq degan fikrlarni ko'rib chiqib, aynan manashu vazifalarni boshlang'ich sinf o'quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o'sish nuqtalari deb belgilangan .
Boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta'lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta'minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo'lmagan, murakkab( ko'plik) ,turli xil matnlarni o'qish uchun strategiyalar ishlab chiqish, tushunib o'qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish ( qog'oz va kompyuter yordamida) kabi vazifalar qo'yiladi.
Rossiyada boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligi bo'yicha olib borilayotgan ishlarda PIRLS darslari.
O'qish tezligini nazorat qilishdan ko'ra tushunib o'qishga urg'u berish kuzatildi. O'qish savodxonligi funksional savodxonlikning integrativ komponenti sifatida anglatmoqda. Rossiyada bu davlat hujjatlari sifatida qayt etilgan( FDAS UBT 2009-yil) . Matematik, lingvistik, tarixiy, tabiiy-ilmiy va ma'lumotnomalarni o'qishni o'rgatishda o'ziga xoslik ishlab chiqarilmoqda. O'qish savodxonligini baholashning turli modellari metapredmet natijasi sifatida yaratiladi.
Xulosa qismi
PIRLS tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish , xalqaro miqyosda davlat nufuzini mustahkamlash bilan birga o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
PIRLS dasturi 4-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini to'ldirishga yo'naltirilgan. PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini ham baholab boradi. 2021-yil uchun mo'ljallangan tadqiqotlarda O'zbekistonning boshlang'ich sinf o'quvchilarining ham ishtirok etishining belgilangan edi . Bu qaroq o'qituvchilarga juda katta mas'uliyat yukladi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o'qituvchilardan ta'limimizga yangicha yondoshuvni va faolligini namoyon qilishlarini talab etadi.
O'quvchilarining xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o'qish darsi jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o'quvchilar o'zi mustaqil ravishda matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi berilsa , har bir bolaning berilgan matnni qay darajada o'zlashtirganini uning savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o'qituvchilarning dunyoqarashi ,mustaqil fikrlash va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi. Dars jarayonida bola to'g'ri yoki noto'g'ri fikrni tinglab , to'g'ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarishga o'rganib boradi.
PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Davlatlar PIRLSdan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
• Global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarining tendensiyalarini kuzatib
borish.
• Yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish.
• Ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish.
• PIRLS ma'lumotlarni tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'tishni takomillashtirish.
• Adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarini baholash kabi
tegishli ishlarni olib borish.
• O'qish va o'qiti shni o'rganish.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF 5712 sonli Farmoni
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'lim tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish to'g'risida" gi 2018-yil 8-dekabrdagi 997 -sonli qarori.
3. D .Rabbonayeva maruza matnidan.
4. "Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir" mavzusidagi xalqaro vebinar , Sidorova Galina Aleksandrova , Rossiya ta'lim akademiyasining ta'limini rivojlantirish strategiyasi instituti, ta'lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedagogik fanlar nomzodi. E-mail. [email protected]
5. S. Yo'ldasheva va M. Rahimqulova maruza matnidan.
6. S. Diyarova . Samarqand ltoifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi maruza matnidan.
7. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash ( Boshlang'ich sinf o'qituvchilar ,metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma) . Ta'lim instituti huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. Toshkent 2019-yil. 92b.
8. PIRLS xalqaro baholash dasturi
9. PIRLS 2001 International Report
10. PIRLS 2006 international Report
11. PIRLS 2011 International Report
12. PIRLS 2016
13. PIRLS 2016 natijalari
14. PIRLS 2016 o'qish yutuqlari tendentsiyalari
15. O'quvchilar yutug'i haqida umumiy ma'lumot
16. PIRLS 2021 tadqiqoti qamrov doirasida
17. "PIRLS 2021 International results"
18. Buriyevna, X. F., & Baxtiyorovich, T. B. (2023). ORGANIZING FORMS OF COURSES THROUGH INTERNATIONAL EDUCATIONAL PROGRAMS BASED ON THE EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 15, 33-34.
19. Худайкулова, Ф. Б. (2022). ЛАБОРАТОРИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЛИЧНОСТИ В ОБРАЗОВАНИИ. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 48-53.
20. Xodjamkulov Umid Negmatovich, & Xudoyqulova Fazilat Bo'riyevna. (2021). O'QITUVCHI SHAXSINING FIKR ALMASHUV BILAN BOG'LIQ XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 2(3), 107-114. Retrieved from https://bilig.academiascience.org/index.php/isepsmj/article/view/59