Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PIRLS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PIRLS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1741
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / badiiy asar / o‟qish savodxonligi / test / ta‟lim sifatini baholash. / PIRLS / artwork / reading literacy / testing / quality assessment of education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sevara Rahmonqul Qizi Shodmonqulova

Ushbu maqolada PIRLS-Xalqaro baholash tizimi topshiriqlari asosida boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining o‟qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan test topshiriqlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents test assignments to improve the reading literacy of primary school students based on the assignments of the international assessment system PIRLS.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PIRLS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING O'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA PIRLS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Ushbu maqolada PIRLS-Xalqaro baholash tizimi topshiriqlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan test topshiriqlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: PIRLS, badiiy asar, o'qish savodxonligi, test, ta'lim sifatini baholash.

This article presents test assignments to improve the reading literacy of primary school students based on the assignments of the international assessment system PIRLS.

Keywords: PIRLS, artwork, reading literacy, testing, quality assessment of education.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.

Sevara Rahmonqul qizi Shodmonqulova

Guliston davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

April, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Konsepsiya doirasida, o'quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urg'u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta'lim dasturlari va yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish, o'quvchilarning bilim darajasini baholashda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro PIRLS, PISA, TIMSS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shuningdek, xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o'rnatish, o'quvchi yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida hukumat qaroriga muvofiq: ishlar olib borilmoqda.

O'sib kelayotgan yosh avlodni jahon miqyosida o'tkazilayotgan xalqaro baholash dastur talablariga javob beradigan yuksak intellektual salohiyatli qilib tarbiyalash bugungi kun talabidir. PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study- xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish) tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. PIRLS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan bo'lib 4- sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016 yillarda o'tkazilgan bo'lib, 2021 yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. O'zbekiston 2021-yilda ushbu xalqaro PIRLS tadqiqotida birinchi marta ishtirok etdi. Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko'ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etdi. Biz bu davlatlarning ta'lim tizimini o'rnak qilib olsak va ta'lim jarayonida qo'llay olsak o'ylaymizki yurtimiz ham juda yaxshi samaradorlikka erishadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Tadqiqotida o'quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali amalga oshirildi. Shuningdek, maktab direktorlari,

o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar

April, 2022

o'tkazilib, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma'lumotlar to'plandi.

O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o'quvchilarning o'qishdan olingan ma'lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko'proq e'tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. O'qish savodxonligining bu ko'rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko'plab o'qish nazariyalarini aks ettiradi. O'quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o'quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o'quvchi ma'noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» - yaratmoq deyiladi). O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.

Biz o'qituvchilar boshlang'ich sinf o'quvchilarimizni o'qish savodxonligi bo'yicha eng yaxshi natijaga erishishi uchun o'qishga ijobiy munosabatda bo'lishini ta'minlashimiz kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini PIRLS- baholash tizimi topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga harakat qilamiz. 4-sinf kitobida berilgan Xudoyberdi To'xtaboyevning "Erkacholning o'rigi" hikoyasini tahlilga tortamiz. O'quvchilar hikoya matni bilan tanishtirilgach asarning voqealar rivojini mazmun mohiyatini , g'oyasini badiiyatini, shaklini va umumiy xulosasini tahlil asosida o'rganib o'quvchining savodxonlik darajasini aniqlaymiz. O'quvchilar matnni mazmunini chuqur anglab yetishi uchun har bir so'z mohiyatini anglab yetishi uchun va matndan to'g'ri xulosa chiqarishiga yordam berishi uchun test topshiriqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

1. Asar qahramoniga Erkachol kim bo'lgan?

A) Hamkasbi

B) Bobosi D) Qo'shnisi.

2. "Qoraqandak" o'rik navi nima uchun bunday atalgan?

April, 2022

A) Quriganda shirasi ko'p bo'lganligi sababli rangi qorayib qolgani uchun

B) Suvli yerda o'sganligi sababli D) Tog'da o'sganligi sababli

3. O'rik ko'chatini qaysi qishloqdan olib kelishgan?

A) Qashqar

B) Qoraqamish D) Qorovultepa

4.Nima uchun asar qahramoni tarbiyasi bilan bobosi shug'ullangan?

A) Otasi bilan onasi ajrashganligi sababli

B) Otasi va onasi uzoq safarga ketganligi sababli

D) Otasi olamdan o'tgach onasi boshqa turmush qurganligi sababli

5. O'rik nihollarini ekayotganda orasidan qancha masofa joy qoldirib ekishdi?

A) 8-10 gaz

B) 5-6 gaz D) 10-12 gaz

6. Qoraqandak o'rigi qanday yerda o'sadi?

A) Faqat suvli yerda o'sadi.

B) Tog' yonbag'irlarida o'sadi. D) Faqat suvsiz yerda o'sadi.

7.Erkacholning o'rigi haqida gap ketganda nima uchun yozuvchi "Yuragim hapqirib ketdi. Shirin-shirin entika boshladim".- deb yozadi?

8. "Sutga to'ymagan qo'zi" iborasi bolaga nisbatan aynan qaysi o'rinda ishlatilgan?

9." Yaxshidan bog' qoladi " maqolini hikoyaga qanday aloqasi bor?

10. "Meni qanchalik suyib erkalasalar, nihollarni ham to hosilga kirgunicha erkalaganlar" ma'nosini izohlang?

O'qish darslarida o'tiladigan har bir dars davomida o'quvchilarni matn bilan tanishtirish uning asosiy mazmun-mohiyatini ochish, berilgan badiiy asardan to'g'ri xulosa chiqarish va mazmunini chuqur tushunib yetgan holda o'z hayotida amaliyotda kerakli o'rinda foydalana olishga o'rgatishda yuqorida berilgan topshiriqlar yuqori samara beradi. Bunday

topshiriqlardan o'qituvchilar har bir darsda foydalanishi lozim.

April, 2022

Agar o'quvchda berilgan matnni ongli ravishda tushunish ko'nikmasi rivojlanganda uning o'qishga bo'lgan qiziqishi jadal suratda oshadi. Matn yuzasidan bajarilgan test topshiriqlari o'quvchini har tomonlama aqliy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirib, ma'nan tarbiyalanishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3."Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash" (Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma) Toshkent.2019.

4. "O'qish kitobi " 4-sinf: umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik

5.Matchonov, X.G'ulomova, Sh. Shariev, Z.Dolimov. Toshkent.2020-yil.

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.