"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING DARSDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHINING MAZMUNI.
1Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, 2Bo'riyeva Shaxnoza Inat qizi
1Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika bO'yicha falsafa doktori (PhD),
dotsent.
[email protected]. Tel: +998974451446 2Nizomiy nomidagi Toshkent davlaat pedagogika universiteti boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-
bosqich talabasi [email protected] Tel:+998886784664 https://doi.org/10.5281/zenodo.10035186
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisining darslarni tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda o'quvchilarning bugungi ilm-fan uchun ahamiyati haqida so'z boradi. Maqola davomida o'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib kelishi va bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiqligi ochib berilgan.
Kalit so'zlar: kichik maktab yoshi, multimedia, pedagogik jarayon, pedagog, tarbiya prinsiplari, mediamadaniyat, texnikaviy bilimlar.
Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta'lim islohotlari an'anaviy ta'lim turlaridan farqli o'laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta'minlashga xizmat qiluvchi boshlang'ich ta'lim tizimida o'quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi. O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: ,,Mutaxassis o'z faoliyati, sohasidan qat'iy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo'lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo'jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak". Ushbu fikrlar o'qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kichik maktab yoshdagi o'quvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish hamda baholash o'rtasidagi mutanosibliklar hamda ta'lim-tarbiyaning metodik jihatlari to'g'risidagi ko'nikma va malakalar yetarli bo'lishi lozim. Binobarin, buyuk g'arb pedagogi A.Disterverg ta'kidlaganidek: «Yaxshi o'qituvchi o'zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon voz kechmaydi. O'qituvchi o'z ustida mustaqil ishlashi lozim. Yomon o'qituvchi haqiqatni aytib qo'ya qoladi. Yaxshi o'qituvchi o'quvchilarga haqiqatni topishga o'rgatadi». Darhaqiqat bugungi raqamli texnologiyalar davrida pedagog o'z ustida ishlab yangiliklarni yetkazishi kerak. Boshlang'ich sinflarda ko'zda tutilgan ta'lim samaradorligi boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida e'tirof etilgan g'oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o'quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari, o'qitishning innovasion g'oyalari va vositalariga bog'liq, albatta. Bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan o'qituvchining o'rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo'ladi. Ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
g'oyalar, me'yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim. Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Mahoratli pedagog o'quvchini darsga qiziqtiradi muhokamali vaziyatlar yaratib bolaning intelektini rivojlantiradi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo'llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo'llash ta'lim samaradorligi va ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning o'qish motivlarini o'stiradi. Innovatsiya- yangilik kiritish, yaratishdir. Demak, an'anaviy ta'limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Ta'limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o'quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta'lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Turli metod hamda didaktik o'yinlar bolalarda kreativlikni rivojlantiradi. Dars jarayonida to'g'ri va asosli mavzuga mos metodni tatbiq muhum. Interaktiv usullar- bu o'zaro harakat, ya'ni hamkorlik asosida o'qitish demakdir.
interaktiv usullarning asosiy turlari:
• Kognitiv usullar
• O'yinlar, eksperimental faoliyat
• Ishbilarmonlik o'yinlari, modellashtirish
• Amaliyot orqali o'qitish, bevosita faoliyat
Ushbu interaktiv usullar o'quvchining aqlan jismonan hamda ma'naviy o'sishiga, o'quvchilar o'z fikrini bayon qilishi, muloqot ko'nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo'ladi va dars so'ngida o'qituvchi tomonidan mavzuni o'zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinflarda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, boshlang'ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta'lim mazmunida o'ziga xos hamda o'quvchi shaxsida o'ziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilg'or pedagogik texnologiyalarni ta'lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Boshlang'ich ta'lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish darslarning hilma-xil shakllari o'qitishni takomillashuviga ta'sir ko'rsatadi. Darslarni Bumerang" texnologiyasi, "Arra", "O'z o'rningni top", "FSMU", "Nima uchun?", "Ikki qismli kundalik" metodlari "Pinbord" usuli, "She'rni tikla" kabi mashqlaridan foydalanib o'tish dars samaradorligini yanada oshiradi. Mavzu bo'yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yechimini topishga yo'naltirilgan.
,,Kamalak jilosi" metodini boshlang'ich sinflar uchun qo'llash maqsadga muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili va o'qish savodxonligi, tarbiya, matematika darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so'zlarni turkumlarga ajratishda qo'g'irchoq, mashina, kuldi, yig'ladi, sariq, katta, kichik, to'qqiz kabi so'zlarni turkumlarga ajratish va ot so'z turkumiga doir so'zlarni ko'k rangli chiziqqa joylashtirish, sifat so'z turkumidagi so'zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu metodni qo'llash mumkin. Ya'ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali son deb oladigan bo'lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo'la oladi. "Kamalak jilosi" metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko'nikma, malakalar va sifatlar shakllanadi:
S O'quvchi ranglar orqali so'zlarning qaysi turkum doirasiga kirishini eslab qoladi;
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
S O'quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo'ladi, ularda atrof-muhit va tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko'nikmalari shakllanadi;
S O'quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni jamlash, fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'zidagi uslubiy bilimlarni rivojlantirishi uchun metodik kompitentsiyaning keltirib o'tilgan vazifalarini o'rganishi hamda ularni amaliy tajribada qo'llanishi orqali erishadi. Turli pedagogik o'zgarishlar natijasida o'qituvchining metodik qobiliyati shakllanadi. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan o'qituvchi, o'sib kelayotgan yosh avlodning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo'lgan, bola hayotidagi turli qiyinchiliklarni ko'ra oladigan va ularga mohirlik bilan yondashadigan, bilimlilik va ijodkorlikni o'zida mujassam etgan chuqur ilmiy fikrga ega shaxs hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi mehnatning maqsadi yoshlarga o'qish va yozishni o'rgatish orqali voqelikdagi jamiki narsa - hodisalar haqida bilim berish, ularda insonga xos bo'lgan sifat hamda fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo'lishi juda muhim. Darsni qiziqarli va samarali o'tishi uchun o'qituvchi darsga yangilik qilsa o'quvchiga qiziq bo'lib u darsni yaxshi o'zlashtiradi. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o'quvchilarga tushunarli, oson va qiziqarli bo'lgan usullarni tanlashi va qo'llay olishi, ko'rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologiyalardan to'g'ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi kreativlik asosida darsni mazmunli tashkil qilolsa, o'quvchida fanga bo'lgan qiziqish oshib boraveradi.
REFERENCES
1. T.G'offorova. ''Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" "Tafakkur nashriyoti"- 2011.
2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.4-tom N.A.Muslimov va boshqalar."Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik". Toshkent2016,147 bet
3. J.Yo'ldoshev,S.Usmonov,"Pedagogik texnologiya asoslari",T.,2004.
4. М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.
5. М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машгулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлангич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил
6. Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from
7. Maxfuza Usmanova, The concept of educational professional competence and its yield factors , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54
8. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
9.
10. 11. 12.
Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 13781383.
Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.
Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers
4-sinf o'qituvchilari uchun ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo'yicha metodik qo'llanma "Sharq" nashriyoti, Toshkent-2017