Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH'

BIOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
56
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axborot-kommunikatsiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — L.M.Qaraxanova

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimidagi amaldagi axborotlashgan ta’lim muhitining alohida komponentlari bo‘lgan axborot tizimlari, ma’lumotlar banklari, muassasa, tashkilot, pedagog va o‘quvchilarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, intranet tarmog‘idagi on-layn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BIOLOGIYA FANLARINI O'QITISHDA RAQAMLI TA'LIM RESURSLARIDAN

FOYDALANISH L.M.Qaraxanova

O'zPFITI "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi mudiri, p.f.f.d (PhD) katta ilmiy

xodim

https://doi.org/10.5281/zenodo.10035510

Bugungi kunda xalq ta'limi tizimidagi amaldagi axborotlashgan ta'lim muhitining alohida komponentlari bo'lgan axborot tizimlari, ma'lumotlar banklari, muassasa, tashkilot, pedagog va o'quvchilarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-ta'lim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, intranet tarmog'idagi on-layn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy elektron ta'lim resurslari, o'rganish, mustaqil ta'lim olish va olingan bilimlarni tekshirish uchun maxsus dasturlar birgalikda «Elektron ta'lim resurslari»ni tashkil etadi. Elektron ta'lim resurslari deganda, foydalanuvchi, ya'ni ta'lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda avtomatik rostlanish imkonini beruvchi, egallangan bilimni avtomatik nazorat kilish tizimi bilan birlashgan o'quv materiallarini uzatish (yetkazish) tizimi tushuniladi.

O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan talablar, kasbiy-pedagogik kompetensiyasidan kelib chiqqan holda biologiya darslarini tashkil etishi zarur. O'rganilayotgan mavzuning didaktik maqsadiga muvofiq loyihalangan dars ishlanmasida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish kutilgan ijobiy natijani berishiga kafolatlanadi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining biologiya fanini o'qitishning maqsadi -o'quvchilarga tirik organizmlarning tuzilishi, ko'payishi, kelib chiqishi, xilma-xilligi, o'zaro munosabatlari, muhofazasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishdan iborat.

Biologiya o'qitishning vazifalariga :

- asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish;

- tirik organizmlarning yashash muhitiga moslanishlariningvujudga kelishi mexanizmlari haqida ma'lumot berish;

- organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari bilan tanishtirish;

- o'quvchilarning o'zlarining va o'zgalarning salomatligini saqlashga, sog'lom turmush tarziga rioya qilishga yo'naltirish;

- biologiya ta'lim mazmunining hozirgi ijtiomiy hayot va fan-texnikayutuqlari bilan bog'lanishini ta'minlash asosida o'quvchilarning ongli ravishda kasb tanlashga yo'naltirish;

- tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo'lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

- biologik bilimlar zaminida mahalliy o'simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi olimlarning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o'quvchilarning milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, biologiyadan olgan bilimlarni hayota qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir. Shunday ekan, endilikdagi yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, hozirgi axborotlashgan

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

muhitda, o'quvchi-yoshlarda biologiyadan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda o'quv-metodik majmualar bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari, elektron resurslardan maqsadli foydalanish ko'nikmalarini to'g'ri yo'naltirish, tarbiyalash va uni to'g'ri maqsadda foydalanishlari uchun nafaqat bilim, balki axborot bilan ishlash kompetensiyalari bilan qurollantirish talab etiladi.

Uzluksiz ta'lim tizimining deyarli barcha o'quv muassasalarida o'qitiladigan o'quv fanlarida, jumladan biologiyani o'rganish davomida ham hozirgi kunda deyarli har bir mavzu uchun taqdimot materiallarini tayyorlash va o'quv jarayoniga joriy etish eng maqbul vositalardan sanalmoqda. Ya'ni hozirgi kunda o'quv jarayonlarini elektron vositalarsiz tasavvur qilish juda qiyin.

Davlat ta'lim standartining umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari uchun umumta'lim fanlaridan o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo'yiladigan umumiy talablarda quyidagilar o'z aksini topgan: "Darsliklarning multimediali ilovalari - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o'quv faniga oid materiallarni davlat ta'lim standarti va o'quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o'quv fanini samarali o'zlashtirishga, o'quvchilarning mustaqil ta'lim olishiga ko'maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug'atlarni o'z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o'tkazish va mustahkamlashga yo'naltirilgan, o'quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo'shimcha materialga ega bo'lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o'z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi hisoblanadi va har bir umumta'lim o'quv predmeti mazkur talab asosidagi elektron ta'lim resursiga ega bo'lishi lozimligi ta'kidlanadi.

O'quv fanlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan namoyish vositalar ham ayni bir amaliy dasturlar asosida yaratiladi. O'qituvchidan bunday amaliy dasturiy vositalarni tayyorlash va joriy etish kompetensiyasiga ega bo'lishi talab etiladi. Yoki bevosita dasturlovchilar mehnatiga ehtiyoj seziladi. Shunday bo'lsada, ko'p hollarda ikki fanning o'zaro integrativ yondashuvi asosida ko'plab ilmiy manbalarni o'zida aks ettirgan elektron vositalar yaratilishiga erishilmoqda.

Hozirgi kunda, respublika multimedia markazi tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv predmetlari doirasida juda ko'plab elektron multimedali resurslar yaratilgan. Ular orasida elektron darsliklar, elektron qo'llanmalar, videodarslar, videoroliklar, taqdimotlar, elektron ishlanmalar, virtual laboratoriya mahsulotlari shular jumlasidandir. Mazkur materiallarning ko'pchiligi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchi-pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan, markaz studiyasida tayyorlangan, o'quv jarayoniga joriy etishga tayyor holatga keltirilgan. Dasturiy mahsulotlar ta'lim portallari va saytlariga joylashtirilgan bo'lib, respublika umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari va o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, ulardan foydalanish ancha qulay holatga keltirilgan.

Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning o'z-o'zini baholash va nazorat qilishlari uchun (of-line) test topshiriqlari jamlanmasi tayyorlandi va undan foydalanishning didaktik tizimi mustaqil ta'lim komponentlari -multimedia ilovalari, o'quv dasturi, "Qiziqarli zoologiya", "Qizil kitob" ko'rgazmalarini shakllantirish asosida takomillashtirildi. Biologiyadan mavzularni o'zlashtirish

Xulosa:

O'quvchilarning bilim o'zlashtirish ko'lamini oshirishga xizmat qiluvchi kinestetik, vizual, audial, diskret sezgilari orqali o'quv-bilish faoliyatini faollashtirish, tayanch hamda xususiy kompetensiyalarni shakllantirishda biologiyadan ta'lim mazmuniga bog'liq holda ta'limiy

16-1

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

elektron resurslardan, ko'rgazmali materiallardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda biologiya ta'limi jarayoniga tatbiq etilgan didaktik model va metodik tizim bevosita o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishlari qiyin bo'lgan, bevosita ko'z bilan kuzatish imkoniyati bo'lmagan biologik jarayonlarni elektron ta'limiy resurslar asosida tizimli materiallar tarzida namoyish etish imkonini beradi.

REFERENCES

1. Джураев Р. Х., Карахонова Л. М. Медиаобразование как фактор повышения качества обучения школьников //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2. - С. 322-323.

2. Карахонова Л. М. Эффективное исползование электронных образователных ресурсов в обучении биологии //Наука и образование сегоднya. - 2020. - №. 6-1 (53). - С. 41-42.

3. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //International scientific review of the problems of philisophy, psychology and pedagogy. -2019. - С. 35-39.

4. Караханова Л. 6. Development of students'knowledge based on the use of 3d educational technologies in the biology education //Образование и инновatsiонные исследованиya международный научно-методический журнал. - 2020. - Т. 1. - №. 2. - С. 55-59.

5. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.