"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
BIOLOGIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH Nizamiddinova Mashhura Xusanovna
O'zbekiston-Finlandiya Instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10036018
Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida axborotlashgan ta'lim muhitini yaratish, o'quv fanlariga mo'ljallangan multimediali ilovalarni keng joriy etish va umumiy o'rta ta'lim maktablarining yangi avlod o'quv-metodik adabiyotlar bazasini xalqaro ta'lim standartlariga, ta'lim sifatini baholashning xalqaro dasturlari tizimiga moslashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida «Ta'limda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo'llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko'rish»1 kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Bu esa umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarining biologik savodxonligini oshirish, tabiiy-ilmiy dunyoqarashini, tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarini shakllantirishda biologiya darslari, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni interaktiv elektron ta'limiy resurslar vositasida tashkil etilishini ta'minlaydi.
Bugungi kunda xalq ta'limi tizimidagi amaldagi axborotlashgan ta'lim muhitining alohida komponentlari bo'lgan axborot tizimlari, ma'lumotlar banklari, muassasa, tashkilot, pedagog va o'quvchilarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-ta'lim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, intranet tarmog'idagi on-layn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilmoqda.
Jamiyat tarraqiyotining har bir bosqichida ta'lim sohasiga qaratilgan talab va takliflar tobora yuqorilayotgan bir davr raqamlashtirilgan Texnologiyalarga asoslangan holda ilmiylik nuqtai nazardan dars strukturalarin metodikalarini, tamoyillarini qaytadan ko'rib chiqishligimizni taqozo etayotgan bir davrda hayot kechirmoqdamiz. Ilm fan doirasida texnologik ko'nikmalarni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuv zarurati yuzaga kelmoqda. Maqolada raqamli ta'lim vositalari yordamida ôiologiya fani bo'yicha o'quv metodikalarni samarali tashkillashtirish xususida yoritilgan.
Ta'lim sohasida zamonaviy sharoitlardan foydalangan holda, zamonaviy maktablar amaliyotida "O'qitish va ta'limni axborotlashtirish, raqamlashtirish" deb ataladigan bir jarayon paydo bo'ldi. Ta'limni axborotlashtirish, Kompyuter texnologiyalari asosida raqamlashtirish deb, o'qitish jarayonidagi axborot mahsulotlari,vositalari va texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, ta'lim jarayonida qo'llash, yangi zamonaviy pedogogik metodlar, usullar yig'indisi tushuniladi. Ta'limni tashkil etishning yangicha yondashuvi yuzaga kelgan bir pallada biologiya o'qituvchisi o'z amaliyotiga DOS tizimlari bilan ishlash, dars jarayonini shu tizimlarga moslagan holda moslashtirish samaradorliginining ba'zi jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Ta'limda axborot texnologiyalari - bu maxsus tizimdan foydalanish usuli, dasturiy va texnologik vositalar ( kino, audio,video,kompyuter, raqamli ta'lim) Pedagogik texnologik usuldir. Ta'limda Axborot texnologiyalaridan foydalanishda, ta'lim samaradorligini oshirishda, ôiologiya
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-son Farmoni. - Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
o'qituvchisi o'z navbatida mavzuga oid materiallar ta'lim rivojlanishining umumiy tendensiyalariga asoslangan holda, integrativ jarayonlarning faollashuvi, ta'limning differensiallashuvini chuqurllashtirish, o'quv predmeti mazmuni,fundamental xususiyati, hodisotlarini o'zida aks ettirishi lozimdir. Bunga nafaqat biologiya fani darsligi ba'lki butun tabiiy fanlar o'qitish amaliyoti o'zining dars strukturasiga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etishi ta'lim texnologiyasi ko'p jihatdan yordam berib kelmoqda.
Biologiya o'qitish jarayoni strukturasi kompyuterdan foydalanish bosqichlarida: yangi materiallarni tushuntirishda (tanishtirishda) , bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash,takrorlash, nazorat qilishda foydalanish mumkin. O'qitish jarayoni atmosferasi o'quvchi ko'z o'ngida bir vaqtning o'zida o'qituvchi bir nechta funksiyani bajaruvchi shaxsga aylanadi: o'qituvchi, ishchi vosita, o'quv obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo'sh vaqt (o'yin muhiti) , mavzuni filtrlab beruvchi shaxs.[1]
Kompyuter texnologiyasi o'qituvchi vazifasida o'quvchilar uchun quyidagilarni o'zida ifodalaydi. ^ihh:
• Berilayotgan axborot uzatish tezligini oshiruvchi manba CH^araga;
• O'quvchi ongida tushunish darajasini oshirishra epgaM Gepagu;
• Sezgi va xayoliy fikrlash kabi muhim fazilatlarni rivojlantiragH.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish darsni jozibador va chinakam zamonaviy qilish , mashg'ulotlarni individuallashtirish , monitoring va xulosalarni xolis va o'z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Dars ma'shg'uloti ta'siri
Tashkil etilgan texnologik dars strukturasi nechog'lik o'quvchi ongiga tushunarli hamda ochiqligiga, uning rivojlanish darajasi va qiziqishiga mos kelishiga bog'liq.Kompyuter texnologiyalari bolaga aniqlik(vositachilik) va yoshiga mos keladigan faoliyatiga asoslangan kognitiv va ijodiy vazifalarni belgilash va hal qilishda yordam berish imkonini beradi. Biz bilamizki, ko'pgina biologik jarayonlar o'zining murakkab strukturasiga ega ekanligi sababli o'quvchilar jarayonni to'liq anglashlari, tasavvur hosil qilishlari uchun ham Multimedial annimatsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Multimedial animatsiya o'quvchi ongiga yaxlit tassavurini shakllantirishga yordam beradi. Misol uchun 7-sinf darsligini oladigan bo'lsak "Hayvon hamda O'simlik hujayrasining tuzilishi, farqi, vazifalari h.k" mavzusini yanada tushunarli hamda soddalashtirish uchun ham multimedial ko'rgazmali qurollardan foydalanish jarayonni yanada osonlashtiradi[2].
Biologiya o'qituvchisi qanchalik darajada kompyuter savodxonligiga ega bo'lsa, shunchalar tez va oson o'zining dars strukturasini yarata oladi va o'ziga kerakli bo'lgan mavzularni kompyuter tizimlari orqali soddalashtira oladi. Microsoft POVER POINT dasturi yordamida o'z o'quv qo'llanmalarni yaratish, internet resurslaridan ma'lumot ba'zalariga ega bo'lish, tizim qidiruvi- o'tgan barcha bosqichlarni o'z ichiga olgan yaxlit uslubiy tizimni yaratish biologiyaga oid electron darsliklarga ega bo'lish maqsadga muvofiqdir. [3]
Hozirgi kunda, respublika multimedia markazi tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv predmetlari doirasida juda ko'plab elektron multimedali resurslar yaratilgan. Ular orasida elektron darsliklar, elektron qo'llanmalar, videodarslar, videoroliklar, taqdimotlar, elektron ishlanmalar, virtual laboratoriya mahsulotlari shular jumlasidandir. Mazkur materiallarning ko'pchiligi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchi--pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan, markaz studiyasida tayyorlangan, o'quv jarayoniga joriy etishga tayyor holatga keltirilgan. Dasturiy mahsulotlar ta'lim portallari va saytlariga joylashtirilgan bo'lib, respublika
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari va o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, ulardan foydalanish ancha qulay holatga keltirilgan.
Xulosa qilish uchun shuni aytish мумкин, Giologiyani o'qitishda DOS tizimlaridan foydalanish quyidagilarni мух,им вазифаларни ta'minlaydi:
1. Ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini faollashtirish;
2. O'quvchining ko'p qirrali rivojlanishi;
3. Bitiruvchi yoshlarni axborot hayotiga tayyorlash;
4. Global axborotlashtirish jarayonlari bilan bog'liq ijtimoiy tartibga tayyorlash ва шу кабилар.
REFERENCES
1. Использование цифровых технологии в преподавание биологии, Гродзь Павел Иванович учитель биологии.
2. Инфоурок https://infourok.ru
3. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// American Journal Of Applied Science And Technology// VOLUME 03 ISSUE 06 Pages: 15-21 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)
4. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com
5. L.M. Karakhonova ISSUES OF DEVELOPING RESEARCH COMPETENCE IN STUDENTS BASED ON THE PROJECT METHOD// NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 9, ISSUE 9, Sep. -2023.