Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA METOD VA VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

ONA TILI DARSLARIDA METOD VA VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / ta’lim-tarbiya / ona tili darslari / o‘quvchi / didaktik o‘yinlar / metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Ziyotova Dilso‘Z, Yunusova Shaxnoza, Yusufova Farangiz

Bu maqola ta’lim tizimini yangilash, darsliklar va o‘quv dasturlarini o‘zaro uyg‘unlik va bog‘liqlikda ishlab chiqish, o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotg tadbiq etish usul va vositalarini ishlab chiqish pedagogika oldida turgan dolzarb muammolardan ekanligi xususida fikr-mulohazalarga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA METOD VA VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ONA TILI DARSLARIDA METOD VA VOSITALARDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Ziyotova Dilso'z, 3Yunusova Shaxnoza, 4Yusufova Farangiz

1Nizomiy nomidagi, TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2,3,4Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11073169

Annotatsiya. Bu maqola ta'lim tiziminiyangilash, darsliklar va o'quv dasturlarini o'zaro uyg'unlik va bog'liqlikda ishlab chiqish, o'quv jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotg tadbiq etish usul va vositalarini ishlab chiqish pedagogika oldida turgan dolzarb muammolardan ekanligi xususida fikr-mulohazalarga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, ta'lim-tarbiya, ona tili darslari, o'quvchi, didaktik o'yinlar, metodlar.

Аннотация. Данная статья представляет собой обновление образовательной системы, разработку учебников и учебных программ в гармонии и взаимозависимости, разработку методов и средств практического применения новых педагогических технологий в организации учебного процесса. факт, что это одна из проблем.

Ключевые слова: педагогическая технология, образование, уроки родного языка, ученик, дидактические игры, методы.

Abstract. This article is an update of the educational system, the development of textbooks and curricula in harmony and interdependence, the development of methods and tools for the practical application of new pedagogical technologies in the organization of the educational process. comments are devoted to the fact that it is one of the problems.

Keywords: pedagogical technology, education, mother tongue lessons, student, didactic games, methods.

Bugungi kunda ta'lim tizimini yangilash, darsliklar va o'quv dasturlarini o'zaro uyg'unlik va bog'liqlikda ishlab chiqish, o'quv jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotg tadbiq etish usul va vositalarini ishlab chiqish pedagogika oldida turgan dolzarb muammolar hisoblanadi. Bu masalalarni hal etishda asosiy omil o'qituvchining o'z kasbiga mas'uliyat va ijodkorlik bilan yondoshishi hisoblanadi. Ammo shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag'ishlangan bo'lib, amaliyotga ta'siri kamroq bo'lib kelgan.

Yosh avlodning insoniyat daholari bo'lgan buyuk ajdodlarimizga munosib bo'lish yo'lida tobora kuchayib borayotgan intilishni ham yangilanishning salmoqli yakuni sifatida alohida ta'kidlab o'tmoq kerak. Davlat va jamiyatning yosh avlod jismoniy va ma'naviy jihatdan sog'lom bo'lishga e'tibori oshganligi islohotlarning sharofatidir. Ta'lim-tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shaklva usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yonalishlari ulardan kozda tutilgan maqsadlarni to liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta'lim-tarbiya sohasida ham so'nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Shu xususda, interfaol metodlardan foydalanish ham o'quvchilarning bilimlarini oshirishda katta samara beradi.

Ma'lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o'tib, yaxshi natija bergan. Keng qo'llaniladigan usullar "Klaster", "Aqliy hujum", "Davom ettir", "Taqdimot", "Blits-so'rov", "Muammoli vaziyat" kabilardan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida "Sinkveyn", "Teskari test", "Aql charxi" metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida "Insert", "Pinbord", "Zinama-zina", "Bumerang" texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida "Venn diagrammasi", "Baliq skeleti", "Nima uchun?", "Qanday?", "Konseptual jadval", "Nilufar guli" kabi grafik tashkil etuvchilar hamda "Tushunchalar tahlili", "T-jadval", "Rezyume", "Kungaboqar", "Charxpalak" metodlarini, uyga vazifa berishda "FSMU", "Klaster", "BBXB" metodlarini qo'llash dars samaradorligini ta'minlab, o'quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.

Ona tili darslarida ham yuqorida sanab o'tilgan interfaol metodlardan tashqari "Ha... yo'q", "Ta'rif egasini top", "Men kimman?", "Domino" kabi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin vaqtida o'quvchilar o'zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o'quvchida ishonch, qat'iyat paydo bo'ladi. Munozaraga kirishishni o'rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o'quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. O'qituvchi va o'quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo'lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o'quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.

Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Interfaol metod-ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metod. Interfaol metod va usullar: "Keys-stadi", "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Sinkveyn", "BBB", "Venn diagrammasi", "T jadvali", "Klaster", "Balik skaleti", "Aqliy hujum", "Zinama-zina", "Muzyorar" va hakozo.

"MUZYORAR" METODI. "Muzyorar" dars o'tilayotgan sinfda o'quvchilar befarqligining oldini olishga dars jarayonida hosil bo'lgan charchoqni va o'quvchilarga ruhiy bosim bo'lishining oldini olishga mo'ljallangan ma'lum bir xildagi faol faoliyat turidir. Demak, ular sinfda yuzaga kelgan "muzlash" ning oldini olish va agar bunday "Muzlash" hosil bo'lgan bo'lsa, uni eritib, yorib yuborish uchun ishlatilishi mumkin. Ko'pgina o'qituvchilar "muzyorar" larni ta'limni boshlang'ich bosqichidagina ishlatadilar, lekin uni xuddi shunday muvaffaqiyat bilan dars davomida, o'quvchilar bilan yoki o'quvchilararo muloqot ma'lum sabablarga ko'ra qiyinlashganda ham ishlatish mumkin. Bazi turlarga oid "muzyorar"lar o'quvchilarning bir birlari bilan tanishishlariga mo'ljallangan bo'lib, guruhlardagi shaxslarning bir-birlariga savol berishlarini ularning o'qish yoki ish sharoitlari haqida o'zaro ma'lumot olishlarini, nimani yoqtirishlari haqida mulohaza qilishlarini o'z ichiga qamrab oladi. Buning sababi shundaki o'quvchilar darslarning boshlanishida bir-birlarini yaxshi bilmaydilar. Shu sababli, ular orasidagi "muzdek" aloqani qandaydir usullar bilan eritib, do'stona aloqa o'rnatish kerak.

"CHARXPALAK" TEXNOLOGIYASI". Ushbu texnologiya o'quvchilarni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob berishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha o'quvchilarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Hamda texnologiyadan foydanalishning maqsadi o'quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o'z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko'p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o'rgatishga qaratiladi. Texnologiyani dars jarayonlarida qo'llash uchun quyidagilarni amalga oshirish yetarli bo'ladi:: texnologiya o'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o'quv predmetining birorn bir bo'limi tugallanganda, o'tilgan mavzularni o'quvchilar tomonidan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o'tkazish uchun mo'ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg'ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoashaklida tashkil etish mumkin.

Bundan tashqari dars mashg'uloti mobaynida foydalaniladigan vositalar ham mavjud bo'lib, ular tarqatma materiallar, rangli qalam yoki flomasterlar deyish mumkin. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi esa:

- o'quvchilarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;

- o'quvchini mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;

- tarqatma materiallarni guruh a'zolariga tarqatish;

- guruh a'zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;

- har bir guruh ahzosi o'zi ishlagan tarqatma materialining o'ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o'zining biron-bir belgisini chizib qo'yadi;

- vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga "charxpalak aylanmasi" yo'nalishida almashtiriladi;

- yangi guruh a'zolari tomonidan berilgan materiallar o'rganiladi va o'zgartirishlar kiritiladi;

- jamoalar tomonida o'rganilgan va o'zgartirishlar kiritilganmateriallar yana yuqorida eslatilgan yo'nalish bo'yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi).

Mazkur ketma-ketlik tugatilgach, faoliyat davomida eng ilg'or qatnashgan o'quvchilar yoki ishtiroki kuzatilmagan o'quvchilarni baholash ishlari olib boriladi. Bunda tarqatma materialda o'quvchilar belgilagan to'g'ri javoblar bilan o'qituvchi hamkorligida aniqlangan to'g'ri javoblarning farqi 0,55 % dan yuqori bo'lsa, o'quvchi ushbu o'quv materialini o'zlashtirgan, undan kam bo'lsa, o'zlashtira olmaganini bildiradi. Masalan, vazifalar soni 30 ta bo'lib, javoblarning 17-20 tasi to'g'ri belgilangan bo'lsa, o'quvchi ushbu vazifani bajargan va o'quv materialini o'zlashtira olgan, agar undan kam bo'lsa, o'zlashtira olmagan hisoblanadi. Shu bilan birga javoblarning 21-24 tasi to'g'ri belgilangan bo'lsa, o'quvchi materiallarni o'zlashtirgan darajasi "yaxshi" bahoga, 25-30 tasi to'g'ri bo'lsa, "ahlo" bahoga o'zlashtirgan deb hisoblanadi.

Ona tili darslari o'quvchilarning mantiqiy fikrlashi, og'zaki va yozma nutqlarini rivojlanishi, o'z fikrini erkin va ravon bayon eta olishi, so'zlarni to'g'ri va o'z o'rnida qo'llash ko'nikma va malakalari rivojlantirishda asosiy fan hisoblanadi. Shuning uchun ta'limning dastlabki bosqichidayoq ona tilini o'qitishga alohida etibor berish lozim. Bunda o'qituvchi uchun turli metodlar, pedagogik texnologiyalar, didaktik o'yinlar yordamchi vositalar vazifasini o'tab beradi. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda o'quv dasturlari va darsliklardagi bo'lim va mavzular uzviyligiga e'tibor berish ham ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. D.Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-

FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

2. D.Sh.Yakibova. DEVELOPMENT OF TECHNOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 3 MARCH 2024. 348-351p.

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensev o'qitishning psixologik-pedagogik ilmiy jihatlari ilmiy-amaliy anjumani. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.