INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VOSITASIDA O'QUVCHILAR AQLIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI 1Qurbonova Baxtigulxon Qo'chqarbayevna, 2Ergasheva Ziyodaxon Baxodir qizi
1FarDU dotsenti, pedagodika fanlari doktori, 2FarDu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11061265
Annotatsiya. Ta'lim uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo'lib, uning sifati darsda qo'llaniladigan bugungi kun talabiga mos tanlangan metodlar va o'qituvchining mahoratiga bog'liq. Ushbu maqolada ona tili qo'llaniladigan va o'quvchilarni faolligini oshiradigan integratsiyalashgan darslar vositasida o'quvchilar aqliy faoliyatini takomillashtirishyo'llari aks ettirilgan.
Kalit so'zlar: Integratsiya, auksion dars, innovatsion dars, hamkorlik dars, Zamonaviy dars tahlili, didaktik, zoologiya, texnologiya, g'ildirak, interaktiv, samaradorlik.
Kirish. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o'rgatishga, o'quvchi yoshlarni tafakkurini keng ko'lamda rivojlantirishga, olamni bir butun anglashga hamda tasavvur etishga, tevarak atrofda bo'layotgan voqea-hodisalarni mohiyatini to'g'ri anglaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan. Ya'ni bugungi kun ta'limining o'z oldiga qo'yga ulkan maqsadlaridan biri o'quvchilarni hali yosh paytlaridanoq sekin astalik bilan zo'riqishlarsiz mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida hayotga tayyorlashdan iborat. Maktabda o'qitilayotgan fanlarning tarqoqligi o'quvchiga faqat tor doiradagi nazariy bilimnigina beradi, bu esa o'quvchi ongidan keyinchalik unitiladi, amaliyotga taqbiq etilmaydi. Olimlarning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o'rin egallaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning aqliy faoliyatini hat tomonlama rivojlantirishda integratsiyalashgan darslarning o'rni beqiyos.Rivojlangan davlatlatning 70 foizi ta'lim tizimida integrative xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklaridan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta'lim tizimida asosan integrative fanlar joriy qilingan bo'lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengiriyada madaniyat yonalishidagi o'quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika bloklaridan barcha o'quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi. Pedagog U.Musayev integratsiyaning mavzulami ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiyaga ahamiyat qaratishi bejiz emas. Bunda o'quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya'ni oldingi o'quv materiali keyingisini to'ldiradi. Ta'lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o'qituvchining ishlash tizimi tubdan o'zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan darslar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo'llanilmoqda. O'quv fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. T. T. Lakotsenina va S. V.Kulnevich "Zamonaviy dars tahlili" kitobida quydagicha ta'rif keltirilgan:
"Integratsiya - bu ma'lum bir sohadagi umumlashtirilgan bilimlarni iloji boricha bir o'quv materialiga chuqur kiritib boorish, birlashtirish".
"Intergratsiya" so'zi lotincha integratio-tiklash, to'ldirish, "integer" butun so'zidan kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog'liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o'zaro aloqadorlik va nihoyat o'zaro bir-birini to'ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o'quv predmetlari mazmunini eng kamida
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ta'lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o'rganilayotgan o'quv predmetlari doirasida ma'lum didaktik birliklar orasida o'rnatilib, ularni o'rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko'zda tutadi, bundan farqli o'laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o'quv predmeti yoki integratsiyalab o'rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Integratsiya- differensiatsiyaning aksi bo'lib, unga teskari bo'lgan jarayondir. Uni quydagi yo'nalishlarda joriy etish mumkin.
a) o'quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o'rganish;
b) turli o'quv predmetlaridan tehsil beruvchi shaxslarning faoliyatini integratsiyalash;
c) ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o'quv kunini integratsiyalash.
Hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim pedagogikasida ta'limning yanada samarali yo'llarini
toppish jarayoni kechmoqda. Pedagogik integratsiya ana shunday yo'llardan biri bo'lib, uning asoslaridan biri integratsion darslardir. Integratsion darslar - interaktiv ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o'rgatadi. Integratsion darslarda mavzularni va mashg'ulotlarni hamkorlikda, mutaxasis ishtirokida va o'quvchilar faolligida o'tiladi.
Integratsion darslarning 5 ta asosiy maqsadi mavjud va ular quydagilar:
1. O'quvchilarning aqliy va emotsional qobiliyatlarini rivojlantirish;
2. O'quvchilarning irodasini rivojlantirish;
3. O'quvchilarning individual xarakterini rivojlantirish;
4. O'quvchilarning boshqa fanlarga qiziqishini oshirish;
5. O'quvchilarda tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish.
Fanlararo integratsiya bir o'quv fanining materialidan boshqasini o'rganayotganda foydalanishda namoyon bo'ladi. Bu darajada olib borilayotgan mazmunni tizimlashtirish o'quvchilar ongida o'rganilayotgan ob'yektning yaxlit tasavvurini shakllantirish kabi natijaga olib keladi. 3 xil integratsion dars turlari hozirda ommalashgan.
1. Auksion dars;
2. Innovatsion dars;
3. Hamkorlik dars.
Integratsion dars turlaridan biri auktsion dars deb nomlanib, muayyan mavzular bo'yicha qisqacha tushuntirish berilib, o'quvchilarning fikri o'rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholanib boriladi. Bunday darsda o'qucvchilar to'rt guruhga bolinadi va guruh a'zolari qo'yilgan mavzular bo'yicha fikrlar taqdimotini o'tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, shu guruh g'olib hisoblanadi va guruh a'zolarining har biri teng baholanadi. Auksion dars yakunida uyga vazifa berilmaydi.
Hamkorlik darsi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida o'tkazishga asoslangan. Unda mutaxassis mavzuni ma'ruza tarzida tushuntiradi va dars yakunida o'quvchilarning savoliga javob beradi. O'qituvchi o'quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga tayanib ularning bilimini baholaydi. Hozirgi zamon boshlang'ich ta'limida har chorakda bir marta hamkorlik darsini tashkillash tavsiya etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
Innovatsion dars ko'p hollarda komputer texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko'ra, o'quvchi tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompyuter vositasida o'tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o'quvchilar masofadan turib dars jarayonini kuzatib boradilar. Darsning yakunida kuzatuvchilar darsga nisbatan o'z munosabatini bildiradilar va uning yangilik darajasini baholaydilar.
Integratsion darslarning bir nechta didaktik asoslari mavjud:
- darsda aniq muammoni qo'yish va dars oxirida muammoning yechimiga erishish;
- darsda har bir berilayotgan bilim va tushunchalarning ta'rifi hamda misollari keltiriladi;
- dars davomida o'quvchilarning o'zlashrirish jarayoni savolar berish bilan tekshirib boriladi;
- darsda faol istirok etgan o'quvchilarning bilimi va tushunchasi darxol baxolanadi;
- dars yakunida beriladigan uyga vazifalarni o'quvchi hamkorligida bajarish nazarda
tutiladi.
Integratsion darslarga qo'yiladigan talab darslarni davlat ta'lim standartlari asosida yoritishdir. Boshlang'ich ta'limda bir nechta fanlardan bitta o'qituvchi dars o'tadi va bu o'z o'zidan bu o'qituvchi o'zining fanlarini albatta bog'lab o'tadi. Boshlang'ich ta'limda ona tili, matematika, texnologiya, tabiiy fan, ingliz tili va o'qish fanlari bilan integratsiyalash mumkin. Masalan ona tili fanini oladigan bo'lsak, bu fanni o'qish, matematika, tabbiy fan bilan bog'lash mumkin. Misol tariqasida yangi avlod darsliklari turkumidan ona tili darsini olsak. Ona tili kitobi o'quvchiga mavzularni qismlarga bo'lib samarali tushunish uchun hamda kichik yoshdagi o'quvchilarning fiziologik xususiyatlarni hisobga olib kitob to'rtta qismga bo'lib, har bir chorakka moslab kichik kitob shaklidan bosib chiqarilgan. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich sinflarda tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iborat. Buning yaqqol misolini ona tili 2-sinf 3-qism darsligidagi 7-mashqda ko'rishimiz mumkin.
7-mashq. Ko'chiring. Ikkita so'z bir-biriga qo'shilishidan paydo bo'lgan yangi so'zlarni tagiga chizing.
Men turli hayvonlar, hashorot va baliqlarga qiziqaman. Qaysi jonzot qayerda yashashini va nima deb atalishini bilgim keladi. Ularning nomi ham qiziq bo'ladi. Masalan, qirqoyoq, xonqizi, ilonbaliq, tillabaliq, suvilon va o'rdakburun. Bularni yodlab qolish oson emas. Kelajakda zoolog olim bo'lmoqchiman. Zologiya - hayvonot olamini o'rganadigan fan.
Bu mashq orqali ona tili darsini kichik sinflarda o'tiladigan tabiiy fanga va yuqori sinflarda o'tiladigan zologiya faniga bog'lab bajarish mumkin. Ya'ni, o'quvchilardan mashqda berilgan hayvonlar va ularning qayerda yashashi so'raladi. Hayvonlar olamini o'rganadigan fan zoologiya deb nomlanishi tushuntiriladi. So'ngra mashqning asosiy shartiga o'tiladi.
2023 yilda nashr qilingan 2-sinf ona tili darslgini ozi bugungi davr talabi asosida chiqarilgan undagi har bir mavzu ma'lum bir fan bilan integratsiyalashgan. Darslik 3 ta bob ( birinchi bob-mening texnologiyam, ikkinchi bob- san'at va men, uchinchi bob-sog' tanda so'g'lom aql) hamda 21-mavzudan 28-mavzularni qamrab oladi. Har bir bobdagi mashqlar ma'lum bir fan bilan integratsiyalashgan. Birinchi bobdagi mashqlarni ko'rib chiqsak, mashqlar mavzusi asosan zamonaviy texnologiyalar haqida ekanligiga amin bo'lamiz. 1-mashq 6-sahifa.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 26, 2024
1. Yana qaysi kasb egalari kompyuterdan foydalanadi?
2. Nima deb o'ylaysiz, nega odamlar kompyuterdan foydalanadilar?
• G'ildirak, elektr toki, televizor va internet haqida bittadan gap tuzing.
• Tuzgan gaplaringizdagi Nima? So'rog'iga javob bo'luvchi so'zlarning tagiga bitta chiziq chizing.
Ushbu mashqni texnologiya, informatika bog'lab o'tish mumkin. Bugungi kunda maktablardagi har bir boshlang'ich sinf xonalari televizor bilan ta'minlangan. Imkoniyatdan foydalanib yuqoridagi rasm ko'rsatiladi. Dastlab o'quvchilardan ularga ma'lum bo'lgan texnikalar (radio, elektr toki, televizor, kompyuter, internet) va ulardan nima maqsadda foydalanishi so'raladi. G'ildirak kompas, toshbosma, antibiotik va bug' dvigateli haqida o'qituvchi qisqacha ma'limot berib o'tiladi. Darslikning keyingi sahifalarida yuqoridagilar haqida batafsil ma'lumoti keltirilgan mashqlar (4-,6-,7-,11-,12-mashqlar) mavjud. Keyingi bosqichda o'quvchilardan mashqda berilgan savollar og'zaki so'raladi. O'qituvchida o'tilayotgan har bir mashq uchun oldindan tayyorlangan mavzu bo'lishi maqdasga muvofiq. So'ngi bosqichda mashq sharti bajariladi va daftarda yozma ravishda bajartiriladi. G'ildirak- mashinalarning aylanma harakatni uzatish yoki boshqa harakatga o'zgartirib berish uchun xizmat qiladigan detail. Elektr tokidan foydalanganda extiyot bo'ling. Asalning ham ozi shirin degandek, televizor va internetdan me'yorida foydalanish ma'qul.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 26, 2024
1. Bolalar qaysi tillarda salom berishyapti?
2. Siz yana qaysi tillar haqida eshitgansiz?
3. Boshqa tillarni bilish nima uchun kerak?
Yuqoridagi rasm 3-sinf IV qismda berilgan. Mashqni chet tillari bilan bog'lash mumkin. Asosan yutimizning o'zbek maktablarida ikkinchi til sifatida rus tili hamda ingliz tili o'rgatiladi. Shu boisdan o'quvchilar ingliz hamda rus tillarida salom berishni bilishadi, lekin kares va qozoq tillarida salom so'zini qanday aytishni bilmasliklar mumkin. Ularga boshqa tillarda salom deb aytish o'rgatiladi. So'ngra mashq shartida berilgan savollarga javob beradilar. So'zlarning xotirada yaxshi saqlanib qolishi uchun mavzuga oid audio matn yoki video matn qo'yib berilishi yanada samarali bo'ladi.
Ushbu darslikdagi 10- mashq ham integratsiyaga misol bo'la oladi. Mashqni tabiiy fanlar bilan o'zaro bo'g'lash mumkin.
O'quvchilar bilan yil fasllari yodga olinadi hamda ularga issiq hamda sovuq kunlarda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi so'raladi. Qarama qarshi so'zlar ishtirokida gaplash tuzadilar. Muallim avval o'quvchilarning matnini eshitib ko'radi, so'ng umumlashtirib bitta mukammal matn tuzadilar hamda daftarga tushiradilar. Kunduzi quyosh chiqib hammayoqqa issiqlik taratadi. Bundan insonlar ham o'simlik-u hayvonlar ham sevinishadi. Tunda esa havo harorati pasayadi. Sababi oy o'zidan issiqlik chiqarmaydi, balki yorug'lik taratadi. Shu zaylda kunlar o'tadi.
Demak, integratsiya darsi mavzu jihatidan bir biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ta'lim samaradorligini oshirish uchun integratsiya holatidagi dastur va darsliklar yaratish lozim. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
maqsad boshlang'ich sinflarda tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iborat. Shuning uchun ham kichik yoshdagi maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir neha tomondan ko'rishi juda muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, o'quvchilarga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Integratsiyalashgan darslar ijodiy, erkin bo'lishi bilan bir qatorda, yaxlit, mantiqan ketma-ket,o'ziga xos o'tish metodologiyasiga ega bo'ladi. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
REFERENCES
1. S.X.Muhamedova, M.D.Abdullayeva, Sh.Sh.Yuldasheva, Y.B.Eshmatova. O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari. Excellent Polygraphy Toshkent.: 2020
2. Kuranov S. D. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. III qism Toshkent : "Novda Edutainment", 2023-yil. 96 bet
3. Kuranov S. Ona tili 2-sinf uchun darslik. IVqism.-Toskent: "Novda Edutainment", 2023.-6-bet
4. Karimov I.A. Ozbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: Ozbekiston 2011 y
5. Hayitov O. E. Psixodiagnostika (o'quv qo'llanma) 2007 yil 226 bet
6. G'oziev E. "Ontogeniz psixologiyasi" Toshkent.: 2010 y
7. Bo'tayev H "Boshlangich sinf o'quvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari"
8. Абу PaiixoH Беруний. Избранные произведения. Т. Часть III. - Ташкент: «Фан», 19731976 гг
9. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.- Toshkent, Yozuvchi, 2001.
10. "Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali ta'lim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2023 yil 20-apreldagi PQ-128-sonli farmoni (Decree No. PQ-128 of April 20, 2023 "On measures to accelerate the comprehensive development of the educational system by improving the quality of scientific-methodical and research work".)
11. Babayeva D.R.Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi (Darslik). Toshkent. "Barkamol fayz media" 2018, 432 bet.( Babayeva D.R. Theory and methodology of speech development (Textbook). Tashkent. "Barkamol Fayz Media" 2018, 432 pages)
12. R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulova Tarbiyaviy ishlar metodikasi ( O'quv qo'llanma). Toshkent "Tib-kitob" nashriyoti 2010 yil (R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonkulova Methodology of educational work (Study guide). Tashkent "Tib-kitob" publishing house, 2010)
13. Rahmonqulova N, Mavlonova R Boshlang'ich ta'limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya (O'quv qo'llanma). Toshkent "G'ofur G'ulom" nashiryoti, 2013 yil (Rakhmonkulova N, Mavlonova R Pedagogy, innovation, integration in primary education (Study guide). Tashkent "Gofur Gulom" publishing house, 2013)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
14. Qosimova K, Matchonova S, G'ulomova X, Yo'ldosheva Sh, Sariyeva Sh. Ona tili o'qitish metodikasi.-Toshkent "Nosir" 2009.( Kasimova K, Matchonova S, Gulomova Kh, Yoldosheva Sh, Sariyeva Sh. Methodology of mother tongue teaching.-Tashkent: Nasir, 2009 )
15. Safarova R. G. Milliy tiklanish sharoitida O'zbekiston maktablarida Ona tili ta'limi nazariyasi va amaliyoti Toshkent, 1998 yil, 236 b.
16. G'ulomova X, Yo'dosheva Sh, Mamatova G, Boqiyeva H, Sobirova. Husnixat va uni o'qitish metodikasi Toshkent 2007 yil (Gulomova X, Yodosheva Sh, Mamatova G, Boqiyeva H, Sobirova. Husnikhat and its teaching methodology, Tashkent, 2007)
17. "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Toshkent. Davlat ilmiy nashiryoti,5-jild,2003. 613- b ("National Encyclopedia of Uzbekistan" Tashkent. State scientific publishing house, volume 5, 2003. p. 613)
18. Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursunov Sh Ona tili va o'qish savodxonligi (2- sinf 3qism).Toshkent, "Yangi"2021-yil 5-11-bet (Azimova I, Mavlonova K, Kuronov S, Tursunov Sh. Mother tongue and reading literacy (grade 2, part 3). Tashkent, "Yangi", pp. 5-11, 2021)