Научная статья на тему 'BOSHLАNG‘ICH SINFLARDА FONETIKА BO‘LIMINI O‘RGАTILISHI'

BOSHLАNG‘ICH SINFLARDА FONETIKА BO‘LIMINI O‘RGАTILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang‘ich ta’lim / fonetika / bo‘g‘in / to‘g‘ri talaffuz qilish / jarangli va jarangsiz tovushlar / qo‘sh undosh / qator undosh / nutq tovushlari / unli tovushlar / undosh tovushlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Erg‘Oziyeva Xurshidaxon Abdusalom Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim berish jarayonida fonetika bo‘limiga oid mavzularni 1-4-sinf darsliklar misolida o‘rganilib, ona tili va o‘qish savodxonligi darslari davomida bajariladigan ishlarning mazmuni, tahlili va o‘rgatish usullarining yakuniy xulosalari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLАNG‘ICH SINFLARDА FONETIKА BO‘LIMINI O‘RGАTILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA FONETIKA BO'LIMINI O'RGATILISHI Erg'oziyeva Xurshidaxon Abdusalom qizi

Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11028330

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berish jarayonida fonetika bo'limiga oid mavzularni 1-4-sinf darsliklar misolida o'rganilib, ona tili va o'qish savodxonligi darslari davomida bajariladigan ishlarning mazmuni, tahlili va o'rgatish usullarining yakuniy xulosalari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, fonetika, bo'g'in, to'g'ri talaffuz qilish, jarangli va jarangsiz tovushlar, qo'sh undosh, qator undosh, nutq tovushlari, unli tovushlar, undosh tovushlar.

Maktablarda ona tili o'rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo'ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo'p qirrali bo'lib, ularni bajarish o'quvchilar ongini o'stirishga, ularga g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo'naltirilgan. Ona tilini o'rgatish natijasida o'quvchilarda o'z fikrini grammatik to'g'ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to'g'ri yoza olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o'quv predmeti sifatida o'zbek tilining o'ziga xos xususiyati bo'lib, o'quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo'naltirilgan umumtalim vazifalari bilan bog'liq holda amalga oshiriladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflaridagi ona tili va o'qish savodxonligi darslarida "Fonetika" bo'limini o'qitish orqali o'quvchilarda mustaqil fikrlay olish, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish ishlari 1-4-sinflarda amalga oshiriladi.

Boshlang'ich sinf ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o'zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so'zlarning o'zgarishi va gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi (grammatik, yani morfologik va sintaktik); so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalish usullari haqidagi (so'z yasalishiga doir); so'zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o'zbek tilining to'g'ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, o'zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko'nikma va malakalarni ham o'z ichiga oladi.

O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni ajratish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta'siri kabi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. "Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:

a) fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar;

b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlami to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik me'yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;

d) fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;

e) fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur;

f) so'zning tovush tomonini bilish uning manosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir"

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga unli va undosh tovushlar, unlilar va undoshlarning grafikasi, imlosi, ularning alifboda joylashish tartibi; jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi hamda imlosi; bo'g'in va bo'g'in ko'chirish tartibi; so'z urg'usi kabilar bilan bog'liq amaliy ko'nikmalar singdirilishi zarur.l-sinf savod o'rgatish jarayonida fonetika va grafikani o'rganishga katta e'tibor beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Misol uchun savod o'rgatish davrida tovush va harflarga oid dastlabki tushunchalar beriladi. Har bir yangi tovush bilan tanishtirilganda o'xshash tomonlari mustahkamlanadi, shu bilan birgalikda yangi tushuncha va atamalar beriladi.

Milliy o'quv dasturiga muvofiq nashrdan chiqqan Ona tili darsligida savod o'rgatish davrida berilgan bilimlarni quyidagicha mashqlardan foydalanib mustahkamlash hamda qo'shimcha malumotlar berib o'quvchilar bilimi boyitib borish mumkin. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ko'chiradilar va bu so'zlarning aytilishi va yozilishiga e'tibor qaratadilar.

Ajratib ko'rsatilgan so'zlar : mashq, daraxt, payvand. Berilgan topshiriqni sharti asosida yozuv daftariga husnixat asosida ko'chiradilar. O'quvchilarning ayrimlarini tanlab olgan holda ushbu so'zlarni talaffuz qilidiriladi. Ko'pincha kuzatiladigan holat yuzaga keladi. Mashq so'zini talaffuz qilganda sh va q tovushlarini orasiga i tovushini ortib talaffuz qilish va orttirib yozish holati uchraydi. Buni o'quvchilarga talaffuz qilishida ham yozuvda i tovushisiz aytishga va yozishga o'rgatiladi. Bunda ko'proq ko'z xotirasiga tayantirilib ko'nikma hosil qildiriladi. Daraxt so'zini talaffuz qilishda oxirdagi t tovushini talaffuzda tushib qolsa-da, yozish jarayonida xatosiz tushirib qodirmasdan yoziladi. Pavvand so'zini ham yuqoridagi so'zlar kabi tahlil qilinadi. Payvand so'zini lug'aviy manosi tushuntirilib, imkon qadar amaliy ham ko'rsatib berish mumkin. Agar oquvchilar orasida payvand qilish jarayoni kuzatgan yoki ko'rgan o'quvchilar uchrasa ularni ko'rgan jarayaonini qayta hikoya qilib berishlarini so'rash mumkin. Undan so'ng yuqoridagi 3ta so'zni tahlilidan xulosa qilgan holatda o'quvchilarga qoidani soddaroq tilda tushuntirishimiz mumkin.

- Samarqand, payvand, go'sht, daraxt kabi so'zlardagi oxirgi tovushni taffuzda tushirib qoldirilsa ham yozuvda albatta yoziladi;

- Mashq, harf, sinf so'zlarining talaffuzida i tuvushni undosh tuvushlar orasiga orttirib talaffuz qilinsa-da yozuvda yozilmaydi.

Ushbu qoidani o'quvchilarga darslar davomida yoki shunga o'xshash so'zlarga duch kelib qolganda qayta takrorlatib borish o'quvchilaning fonetik bilimlarini o'stirishga yordam beradi. 1-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

sinf ona tili darsligining 1- qismida Fonetika bo'limiga oid jami bir nechta savol va topshiriqlar berilgan bo'lib, ular yozma topshriqlar va og'zaki savollardan iborat. Bu savol va topshiriqlarga misol tariqasida X va H tovushini farqlashga oid topshiriqlarni olish mumkin. Bo'g'iz undoshi h va til orqa undoshi x tovushlarini varqlash uchun quyidagi so'zlar matn ichida keltirilib o'tilgan. Rahmat, hech, ham, hamma, behad, xursand so'zlarini o'quvchilar daftarga kitobdan ko'chiradilar va talaffuziga e'tibor beradilar. Mashq va topshiriqlarda X va H ni farqlash uchun quyidagi so'zlar qo'llangan.

- Baho, bahor, Bahora, hatto, anhor, mahorat;

- axloq, xabar, xabardor, xorij, xola, xaridor.

Bu so'zlani o'quvchilar xato qilmay yozishlar uchun bitta darsin o'zi yetmaydi. Boshlangich sinf 4 yilni tashkil etsa shu davr davomida shu so'zlarga topshiriqlar mobaynida duch kelib qolganda X va H ning farqli tomonlarini ular ishtirok etgan sozlarni ko'z xotirasi orqali o'quvchilar qayta va qayta tushuntirilib ko'nikma hosil qilib boriladi. Mavzularni mustahkamlash maqsadida 1-4- sinflarning 7minutlik husnixat daqiqalarida rasmli diktantlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Chunki rasmli diktanlar o'quvchilarni yodida qolishi ko'z xotiralarida yaxshi saqlanishiga yordam beradi. DTS asosidagi o'quv dasturiga muvofiq 1-4- sinflarda o'quvchilar Fonetika bo'limi yuzasidan quyidagilarni bilishlari zarur.

Fonetika va grafikaga oid:

- nutq tovushlari, unli va undosh tovushlar

- jarangli va jarangsiz tovushlar

- talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

- x va h tovushlarning talaffuzi

- so'zdagi qo'sh undoshlar talaffuzi va imlosi

- harf birikmalari

- " - tutuq belgisi

- bo'g'in, bo'g'inga bo'lish va bo'g'in ko'chirish kabilar o'rgatiladi

Yuqorida o'quvchilar bilishi kerak bo'lgan talablarning barchasiga oid mashqlar 1-sinf ona tili darsligida berilgan bo'lib. Milliy o'quv dasturiga muvofiq:

- jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosini o'zlashtirish, ular bilan bog'liq ravishda so'z tarkibidayuz beradigan tovushlarning almashinishini bilish;

Bu talabga oid bir nechta mashqlar va topshiriqlar berilgan. Misol uchun: so'zlarga - im qo'shimchasini qo'shib yozish sharti berilgan. Bu topshiriqni o'quvchilarga soddaroq usulda qoida hosil qilgan holda o'rgatamiz. Chunki 1-sinfda o'quvchilarga egalik qo'shimchasi atamasi bilan tanishtirilmaganligi uchun qo'shimchani nomlamay yoki keyingi sinflarda bu qo'shimchani egalik qo'shimchasi deb atash mumkinligini aytgan holda o'rgatish tavsiya etiladi. -im qo'shimchasini jarangsiz undoshlar bila tugovchi tovushlardan so'ng qo'shilganda uning jarangli juftiga alamshib qolishini amaliy topshiriqlar orqali bajartirilib bu bilimlari keyingi o'rinlarda mustahkamlanib boriladi.

Paypoq+im=paypog'im, barmoq+im = barmog'im, o'tloq+im= o'tlog'im, quloq+im=qulog'im, o'toq+im = o'tog'im, bo'taloq+im = bo'talog'im Tovushlardagi o'zgarishga ahamiyat bering.

Chumoli + ga chumoliga

Quduq + ga Quduqqa

Kapalak + ga kapalakka

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Elak + ga Elakka

Gul + ga Gulga

Quloq + Ga Quloqqa

Jo'nalish kelishi bo'lgan -ga qo'shimchasi q va k tovushlari bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda tovush almashinish hodisasi kuzatiladi. Yani bunday tovush bilan tugagan sozlarga -ga (jo'nalish kelishigi) qo'shimchasi qo'shilganda qo'shimcha tarkibidagi -ga qo'shimchasi qaysi q va k tuvushini kelishiga qarab -ka yoki -qa o'zgaradi. Bu topshiriqni mashq daftarlariga bajartiriladi. Bu topshiriqda olgan bilimlarini ona tili darslarining o'tgan mavzuni takrolash qismida o'tkaziladigan lug'at va saylanma diktanlarda yuqoridagidek so'zlardan foydalanib o'tkazish va tez-tez takrorlatib turish orqali rivojlantirib boriladi. Shuningdek darslikning 1- va 2- qismida ham bo'g'inga oid bir nechta topshiriq va savollar berilgan. Bu topshiriqda she'rning har bir misrasi necha bo'g'indan iborat ekanligini topish kerak bo'ladi. O'quvchilar savod o'rgatish jarayonida bilib olgan bo'g'inga bo'lish usulidan yani kaftning ustki tarafini pastki jag'imizga qo'ygan holda she'r o'qiladi va har bir misra necha bo'g'indan iborat ekanligi topiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, darsliklarda berilgan mashqlardan boshlang'ich sinf o'quvchilari:

-to'g'ri talaffuz (orfoepiya) me'yorlarini o'zlashtirishi;

-grafika, imlo qoidalari (harflarning shaklidan tortib toki har bir nutqiy shakl(qo'shimcha, bo'g'in, so'z, birikmava h.)ni xatosiz yozishgacha erishishi;

-nutq azolari va ularning faoliyati(ularning faoliyati bilan bog'liq muammolar va nutq azolarini asrashning nutq madaniyati bilan uzviy bog'liqligi va b.)ni o'rganishi;

-nutq tovushlari va harflar, harf birikmalari talaffuzi va imlosini o'zlashtirish; -unli va undosh tovushlarni farqlash, ularning so'z tarkibidagi o'rni va shu o'rni bilan bog'liq talaffuzidagi o'zgarishlar va shu o'zgarishlarning (yozuvda) imloga ta'sirini amaliy o'zlashtirishi;

-ochiq va yopiq bo'g'inlar, ularning nutqqa ta'sirini amaliy o'rganishi; -bo'g'in ko'chirish qoidalarida xatoga yo'l qo'ymaslikka erishishi; -nutqda so'z urg'usini o'z o'rnida to'g'ri qo'llashga odatlanishi mumkin.

REFERENCES

1. Sh. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent-"0,zbekiston"-2016.488B

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2018. - 80 b.

3. Qosimova K., Matchonova S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyeva Sh. Ona tili o'qitish metodikasi.-Toshkent:Nosir,2009.

4. Nabiyeva D. Zokirova Z. O'zbek tili fonetikasi (O'quv-uslubiy qo'llanma). Andijon 2016-

yil

5. Nurmonov A.N. O'zbek tili fonologiyasi.Toshkent. "Fan" 1990-yil

6. Abduazizov A.A. O'zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi. Toshkent. "O'qituvchi" 1992 yil

7. D.Sh. Yuldasheva. Ona tili 1-sinf II qism. Toshkent. "Novda" 2023 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.