Raximqulova Maxbuba Baxronovna,
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari" kafedrasi mudiri , dotsent
BOSHLANGICH TA'LIMDA XXI ASR KONIKMALARI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH AHAMIYATI
UDK: 372.3.4
DOI: 10.34920/SO/VOL_2024_ISSUE_1_6
RAXIMQULOVA M.B. BOSHLANG ICH TALIMDA XXI ASR KO NIKMALARI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH AHAMIYATI
Maqolada boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan ta'limni yo'lga qo'yishning ayrim talab va shartlari yoritilgan bo'lib, integratsiyalashgan darsning umumiy xususiyatlari atroflicha bayon etiladi. Shuningdek, muallif integratsiyalashgan darslarning umumiy mundarijasidan kelib chiqqan holda, bu turdagi dars loyihasiga doir mashg'ulot strukturasi hamda integratsiyalashgan texnologiyani tasniflaydi.
Tayanch so'z va tushunchalar: boshlang'ich ta'lim, integratsiya, integratsiyalashgan darslarning strukturasi, refleksiya, fanlararo aloqa, texnologiya, didaktik o'yinlar.
РАХИМКУЛОВА М.Б. ВАЖНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ НА ОСНОВЕ НАВЫКОВ XXI ВЕКА В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
В статье выделены некоторые требования и условия внедрения интегрированного обучения в начальных классах, а также подробно описаны общие особенности интегрированного урока. Также, классифицирует структуру обучения и интегрированную технологию, относящуюся к данному типу проекта урока, исходя из общего содержания интегрированных уроков.
Ключевые слова и понятия: начальное образование, интеграция, структура интегрированных уроков, рефлексия, межпредметная связь, технология, дидактические игры.
RAKHIMKULOVA M.B. THE IMPORTANCE OF ORGANIZING INTEGRATED LESSONS BASED ON 21ST CENTURY SKILLS IN PRIMARY EDUCATION
The article highlights some of the requirements and conditions for the introduction of integrated education in primary classes, and describes the general features of the integrated lesson in detail. Also, based on the general content of integrated lessons, the author classifies the training structure and integrated technology for this type of lesson project.
Key words and concepts: primary education, integration, structure of integrated lessons, reflection, interdisciplinary communication, technology, didactic games.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
Kirish.
O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qil-ishning ustuvor yo"nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrd-agi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomil-lashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoniga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi tas-diqlandi, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qat-origa kirishiga erishish borasida bir qancha ish-larni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadr-larni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o'qitish metodikasini takomillashti-rish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallash-tirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, ta'lim muassasalarin-ing moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan tashqari mablag" bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda maktabdan tashqari ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish, davlat-xususiy sherik-likni rivojlantirish hisobiga davlat ta'lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
Ilmiy jarayonda innovatsion ta'lim texnologiy-alarini rivojlantirish va loyihalashtirish, integrat-siyalashgan ta'limni rivojlantirishda boshlang'ich ta'limning o'rni, global ilmiy jarayonda filologik ta'limni rivojlantirish hamda tabiiy va aniq fan-larni o'qitishda integratsiyalashgan ta'lim yo'nalishlar bo'yicha talaygina ishlarni amalga
oshirish rejalashtirilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'yin ta'lim texnologiyasi asos-ida refleksiv ko'nikmalarini shakllantirish, o'yin - ta'limiy faoliyat sifatida, bola shaxsini rivojlantirishda didaktik o'yinlar mavzulari doirasida refleksiv ko'nikmalarni shakllantirish masalalari haqida fikr yuritilgan.
Tadqiqotning maqsadi - boshlang'ich ta'limda zamonaviy axborot kommunikatsiya-lari texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalari asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratil-gandir. Ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan ta'limni rivojlantirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda barcha fanlarning o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'sib kelayotgan yosh avlodni hamda mahoratli pedagoglarni har tomonlama barkamol inson sifatida ko'rish, ularga o'z qiziqishlarini inobatga olgan holda qo'shimcha bilimlar berish hamda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishlariga shart-sharoitlar yaratib berish maqsad qilib olin-gan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilarni tashkil etadi:
- boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bos-qichma-bosqich tatbiq etildi;
- boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'yin ta'lim texnologiyalari asosida refleksiv ko'nikmalari shakllantirildi;
- integratsiyalashgan ta'limni rivojlanti-rishda boshlang'ich ta'limning o'rni ochib ber-ildi;
- integratsiyalashgan darslarni tashkil etish inklyuziv ta'limni rivojlantirishdagi ahamiyati tahli qilindi.
Materiallar va usullar.
Aynan globallashuv davri butun insoniyat-ning kelajagiga jiddiy xatarlar solib kelayotgan-ligini kundalik hayot, qolaversa, o'sib kelayot-gan yosh avlodning axborot oqimi, turli xarak-terdagi va tashqi tomondan yetarlicha anglan-magan g'oyalar bilan sug'orilgan mafkuralar girdobida adashmay to'g'ri yo'lni tanlashida yuzaga kelayotgan to'siqlar isbotlamoqda. Jamiyat rivoji, istiqboli bilan bog'liq muammolar bilan shug'ullanuvchi fanlarning falsafiy masalalari qatorida, ta'lim falsafasi ham insonning
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
ta'lim olish jarayonidagi intellektual darajasini o'rganishga yondosh holda, shaxsni ijtimoiy-insonparvarlik, tabiiy-ilmiy jihatdan kamolga yetkazish masalalari bilan shug'ullanadi. Man-tiqan olib qaralganda ham, «ta'lim» so'zi -insonga o'qitish, tushuntirish asosida bilim ber-ish; unga tarbiyaning nazariy fazilatlari, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq nor-malarini va amaliy malakalarini o'rgatishdir.
I.G.Pestalotssi katta didaktik material asosida o'quv fanlarining turli yo'nalishdagi o'zaro bog'liqliklarini yoritib berdi1. Bunda u quyidagi tamoyillarga amal qildi: shaxsning o'z qadr-qimmatini anglashi; bolani tabiat ato etgan qobiliyat va imkoniyat asosida tarbiyalash; bolani har tomonlama tarbiya etishga qaratil-gan ko'rgazmalilik. U bir fanning ikkinchi fandan ajratib olinishidagi alohida noo'rin jihatlarini ham asoslab berdi.
O'z davrida Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy kabi mashhur G'arb ilg'or pedagoglari ma'lum muddat ta'lim tizimida ustuvor o'ringa ega bo'lgan suhbatga asoslangan metodlarni kes kin qoraladilar va bu metodlarning mutlaqligini inkor etdilar2. Ular o'z qarashlari hamda tajrib-alari bilan bu metodlarni amaliy va ko'rgazmali metodlar bilan to'ldirish shartligini isbotlashga harakat qildilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq, ta'lim-tarbiyaviy jaray-onda jamiyat va atrof-muhit o'rtasidagi alo-qalarni uyg'unlashtirish, atrof-muhitga ijodiy munosabatni o'rnatish va shakllantirish mua-mmolari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib, an'anaviy o'qitish o'rnini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar egallamoqda. Shu nuqtai nazardan qayd etish lozimki, XX asrning yakuni texnokratik taraqqiyotga nuqta qo'yib, gumanitar madaniyatning ibtidosiga yo'l ochdi. Kuch va qo'rquv mantig'ining ong va muhabbat falsafasiga almashingani XXI asrning o'ziga xos strategiyasidir.
Demak, ta'lim-tarbiyada ham amalga oshirilu-vchi islohotlar mana shu mantiqqa mos tarzda, jamiyatga xizmat ko'rsatishi lozim. Bu o'rinda
1 Osnovniye idei I.G.Pestalotssi. http://uchitel76.ru/ osnovne-idei-i-g-pestalocci/..
2 Kukushin B.C., Boldireva-Varaksina A.V. Pedagogika nachalnogo obrazovaniya. / Pod obsh. red. B.C.Kukushina. — M.: IKS «MarT»; Rostov n/D: Izdatelskiy sentr «MarT», 2005 .
noan'anaviy o'qitish shakli - integratsiyaning ahamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning qo'llanilish texnikasiga ko'ra, amalga oshirilgan texnologiy-aning istiqbolini belgilash mumkin bo'ladi. Zero, integratsiya yetarlicha namoyon bo'la olgan, turli xarakterli mazmunning singdirilishi nati-jasida yangi sifatiy holatga o'tishda asosiy omil bo'lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, noan'anaviy ta'lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa xarakterdagi katta hajmli o'quv materialining uyg'unlashuvini o'zida namoyon etadi.
Hozirgi kunda tobora ommalashib borayo-tgan bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar bizning yurtimizda ham hayotga tatbiq etilib kelinmoqda. Xususan, atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang'ich sinflarda o'rnatiladi. Insonning bilish qobiliyati, uni qurshab turgan tevarak-olamga nisbatan sergak munosabatini tarbiyalash - o'z-o'zidan shakllanib qoluvchi jarayon bo'lmasdan, insonning ta'lim olish jarayonidagi kompleksli rivo-jlanishini ehtimol qiluvchi: mashg'ulotlarni dars-ning mundarijasi, mazmuniga muvofiq peda-gogik texnologiyalarni to'g'ri va ongli qo'llashni nazarda tutgan holda tashkil etish talab etiladi. Bunda pedagog asosiy e'tiborni ta'lim oluvchin-ing dunyoqarashini kengaytirish maqsadiga qaratadi. Bu ko'proq integratsiyalashgan tipda o'tkaziladigan mashg'ulotlar bo'lib, ularni tashkil etishda o'qituvchi fanlararo integratsiyaga xos qator jihatlarni yaxshi o'zlashtirishi lozim bo'ladi.
Ta'kidlash kerakki, integratsiya ayrim bo'laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo'shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir. «Integratsiya» tushunchasi XVIII asrdayoq Spenser tomonidan izohlangan edi. Integrativ ta'limni yo'lga qo'yishdan oldin, uning tasnifi -integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klassi-fikatsiya) borasida ma'lum tushuncha hosil qilish lozim bo'ladi. Pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonovada bu tasnif quyidagicha ifoda etiladi:
- chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar;
- asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar;
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
- umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar;
- fan evolyutsiyasi bilan bog'liq muammo-larni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan o'rganish uslublari, olamning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi kurslar;
- kompleks obyektlar asosida;
- turli muammolar asosida;
- faoliyat asosida1.
Binobarin, mazkur tadqiqotda urg'u berib qar-alayotgan boshlang'ich ta'limdagi integratsiya o'z atrofida: o'qish, matematika, tabiatshunoslik, rasm, mehnat singari o'quv fanlari hamda ingliz tilini jamlaydi. O'z darsini integratsiyalashgan usulda tashkil etayotgan o'qituvchi boshlang'ich sinf o'quvchisining yoshi, aqliy rivojlanish dara-jasi va albatta qiziqishlari doirasiga mos tarzda vosita va usullar tanlaydi. Integratsiyalashgan dars loyihasining tematikasi o'quv dasturining qaysidir masalasiga tegishli bo'lishi mumkin, bunda alohida qaralgan iqtidorli o'quvchilar va umuman, sinf o'quvchilaridagi mazkur mavzu yuzasidan o'zlashtirish darajasini belgilovchi bilimni chuqurlashtirish, o'rganish jarayonini dif-ferensiallashtirish maqsad qilib olinadi.
Integratsiyalashgan dars odatdagi darslardan:
• aniqligi, ixchamligi, o'quv materialining zich ko'lami;
• darsning har bir bosqichida integratsiya-lanayotgan o'quv fanlarining har taraflama man-tiqiy shartlanganligi;
• berilayotgan o'quv materialidagi keng ko'lamli axborotga egaligi bilan ajralib turadi.
Integratsiyalashgan darsda maqsadni bir necha fanlarning aloqadorligini inobatga olgan holda belgilash lozim bo'ladi. Bunday mashg'ulotda o'quvchiga beriladigan top-shiriqlarning optimal yuklama ko'lamini zim-dan hisob-kitob qilib olish kerak. Mashg'ulotni olib boruvchi bir necha o'quv fanlari o'qituvchilarining darsdagi faoliyati, xatti-harakati muvofiqlashtirilishi shart. Mazkur mashg'ulotlarning pirovard natijada xulosalani-shi talab qilinadi. Integratsiyalashayotgan fan-larning bittasi asosiy deb olinishi darkor.
Misol uchun, boshlang'ich sinflarda o'tiladigan mehnat darslari mundarijasida inte-
1 Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo'llanma. -T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, 2005. http:// library.ziyonet.uz/ru/book/33810.
gratsiya jarayonini ko'rib o'tsak. «Qog'ozdan savatcha yasash» mavzusidagi mashg'ulotni o'tkazish uchun o'qituvchi o'z ish faoliyatini quy-idagi ketma-ketlikda rejalashtirarkan, bu bilan u ta'lim mazmuniga qo'yilgan talablarga mos keluvchi darsni loyihalashtirgan hisoblanadi. Ushbu mashg'ulotni tabiatshunoslik, matematika, tarbiya darslari hamda ingliz tili bilan uyg'unlashtirish mumkin bo'ladi. Boshlang'ich sinf mehnat darslarini integratsiyalashgan inter-faol shaklda tashkil etishda, qurilish konstruktor-lik va texnik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, shu turdagi o'yinlar ko'magida o'qituvchi hamda o'quvchining kreativligi oshadi. Bunda texnik moslamalar, qurilish detal-lari to'plami, konstruktorlar, mehnat o'yin qur-ollarining ba'zi turlari, mexanik, magnit, elektr, elektron va boshqa qurilmalarga urg'u berilib qolmasdan, o'quvchilar ijodkorligi uchun audio-vizual-multimedia vositalari va texnik predmet-larga o'rin ajratiladi. Bunday o'yinlar bolalarn-ing mazkur yosh xususiyatlariga mo'ljallangan bo'lishi bilan birga, ulardan mustaqil syu-jetli o'yinlarda, o'quvchilarning tadqiqotchilik xususiyatlarini takomillashtiruvchi bilishga oid o'yinlarda foydalanish mumkin.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun haqi-qiy mehnat qilishga yordam beradigan o'yinlarga mo'ljallangan: bolalar tikuv, to'quv va to'qimachilik mashinalari, bolalar qishloq xo'jaligi va maishiy mehnat qurollari, badiiy-dekorativ va bosma ishlar to'plamlari haqiqiy ma'noda mehnat darslarini maroqli va sevimli jarayonga aylantira oladi. Shuningdek, dars jarayonida muayyan mehnat topshirig'ini bajar-ish jarayoniga oid elektron taqdimotlar, darsn-ing integratsiyalashgan qiyofasini ta'minlovchi: tabiatshunoslik, matematika, ona tili va odo-bnoma, jismoniy madaniyat singari fanlararo bog'liqlikka ishora qiluvchi turli videoroliklarni namoyish etish o'rinlidir.
Masalan, qog'ozdan har xil shakl va o'yinchoqlar yasash san'atiga doir mashg'ulotda shakli yasalayotgan jonivorga oid ertak, multfilm epizodlari ekranda namoyish etilishi, o'quvchilar tomonidan mavzuga oid she'r va maqollarning ifodali o'qib berilishi singari vositalar jarayonni tezlashtiradi, intensivlashtiradi. Qolaversa, tabiat jonzotlarini o'rganishga qaratilgan «Men kim-man?», tikuv, yopishtirish, yasash, to'qish top-shiriqlarini tez muddatda bajarishga o'rgatuvchi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
«Estafeta», ranglar va shakllarni o'rgatuvchi «Xo'p» kabi rivojlantiruvchi o'yinlarni o'tkazish ham darsning talab darajasida muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi. Shunday qilib, integrat-siyalashgan ta'limning samarasi ta'lim shaklini to'g'ri, pedagogik asoslangan tarzda tanlash bilan keskin ravishda bog'liq bo'lib, bunda har uch turdagi: ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarning chuqur tahlili talab qil-inadi. Predmetlararo integratsiyani, shuningdek, sog'lom muhit, o'zaro hurmat va ijodiy hamkor-lik hukm surgan pedagogik jamoadagina amalga oshirish mumkin bo'ladi.
Integratsiyalashgan darsning yutuqli jihatlari quyidagilardan iborat:
1. Bu turdagi mashg'ulotlarda bola olamni bir butun, yaxlit holda tasavvur etishni boshlaydi.
2. Bola potensiali rivojlanadi, atrof-muhitni katta qiziqish bilan o'rganishga kirishadi, hod-isalar uning ongida mantiqiy, fikriy, sababli yechimni qidirib topishga unday boshlaydi. Nati-jada, muloqot qobiliyati, taqqoslash-qiyoslash, umumlashtirish va xulosa qilish qobiliyatlari taraqqiy eta boradi.
3. Mashg'ulot shakli standart emasligi bilan qiziqarli - bunday darslarda rivojlantiruvchi maqsad ayniqsa, yuqori darajada ta'minlanadi.
4. O'qituvchi kreativligi, kasbiy kompetensi-yasini o'stiruvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Demak, darslarni integratsiyalashgan shaklda tashkil etish nafaqat darsning maroqli va ser-mazmun o'tishini, balki o'quvchilar dunyoqar-ashining har tomonlama rivojlanishini kafolat-laydi. Fanlararo bog'liqlik, fanlararo falsafiy masalalarni shaxsan his etmay turib, o'quvchiga integratsiyalashgan mashg'ulotni taqdim etmas-lik to'g'ri bo'ladi, zero, anglanmagan integrat-siya o'quvchi ongidagi bilish jarayonini mavhum holatga, u orqali chalkash xulosalarga taqab qo'yadi.
Natijalar va muhokama.
Fanlararo aloqadorlik nazariyasining taraq-qiyotida tabaqalashtirilgan holat hukm sursa ham amaliyotda integratsiya, o'zaro aloqadorlik fanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. So'nggi yillarda amalga oshirilayotgan fanlararo aloqadorlik muammolarini hal etishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy hayot talabidir.
Boshlang'ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining
o'zi amalga oshiradi. U bolalarning matema-tikaga, yozishga, tabiat ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga va yana ko'pgina narsalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich sinflarda bir o'qituvchining dars berishini, integratsiyan-ing bir usuli deb hisoblasak ham bo'ladi. Integratsiyani amalga oshirishning usullari yax-shi yoki yomon bo'lishi mumkin, muammon-ing mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o'girib, ikkinchisidan barcha darajalarida o'qituvchilarning (psixologik va fiziologik) yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsiya-lashgan choralar tuzishni kiritishidir.
Muammoning bunday qo'yilishi integratsiyan-ing turli ta'lim pog'onalarida turli xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Boshlang'ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta'limning keyingi pog'onalaridan u asosiy fan-larning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Bugungi kunda, ya'ni ta'lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o'qituvchining ishlash tizimi tubdan o'zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo'llanilmoqda.
O'quv fanlararo aloqadorlik ta'minlangan sharoitda o'quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularn-ing idrok qilish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishi-ladi. O'quv fanlararo aloqadorlikni turli o'quv fanlari bo'yicha o'quv dasturlari, darsliklar muta-nosibligini ta'minlovchi didaktik imkoniyat sifat-ida tushunish lozim.
«Intergratsiya» so'zi lotincha integratio-tik-lash, to'ldirish, «integer» butun so'zidan kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog'liqlik holatini bildiru-vchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqin-lashtirish jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o'zaro aloqadorlik va nihoyat o'zaro bir-birini to'ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o'quv predmetlari mazmunini eng kamida ta'lim stand-artlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallan-gan mazmun shakli va oliy darajasidir.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o'rganilayotgan o'quv pred-metlari doirasida ma'lum didaktik birliklar oras-ida o'rnatilib, ularni o'rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko'zda tut-adi, bundan farqli o'laroq integrativ aloqador-lik asosida tashkil etilgan o'quv predmeti yoki integratsiyalab o'rganilayotgan predmet, hod-isa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o'z nav-batida hozirgi va istiqbol talablariga javob bera-digan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko'rsatuvchi, yetuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Zero u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhum-lashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli alo-qadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tiz-imlashtirish, modellashtirish kabi yuksak dara-jali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o'rganilayotgan ob'ektni bar-cha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo'lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha. Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar quyidagi yo'nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar:
- o'quv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni integratsiyalab o'rganish;
- turli o'quv predmetlaridan tahsil beru-vchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash;
- ta'lim-tarbiya ishini tashkil etish shak-llarini integratsiyalash va shu kabilar. Bu yo'nalishlarning har birining aniq.
Chet el ta'limi tajribasi shuni ko'rsatdiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlanti-rish uchun asos bo'luvchi integratsiyalashgan fanlar ko'pgina mamlakatlar o'quv dasturlari-dan allaqachon joy olgan. Ularda asosiy e'tibor o'quvchilarga boshlang'ich ta'lim orqali faqat o'quv predmetlari asosida bilim berishni emas, balki ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlanti-rishga qaratilgan ko'pgina xorijiy mamlakat-lar boshlang'ich maktablarining o'ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo'yicha
ta'lim bo'lib qoldi. Kursning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson, tabiat, jamiyat, fan, san'at bilan suhbatlashadigan; faqat odamlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o'simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Olamning umumiy ko'rinishini tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali tanishdir; bola esa ham dunyoni, ham o'zini o'rganuvchi, tek-shiruvchi o'rniga qo'yiladi". Olimlar qarashlari shuni anglatadiki, ta'limni integratsiyalashn-ing asosiy maqsadi boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilarda tabiat va jamiyat haqida yaxlit tasavvur uyg'otish va ularning rivojlanish qonu-niyatlariga o'quvchi munosabatini tarkib topti-rishdan iborat.
Integratsiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bos-qichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslan-gan. Integrasiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv dars-liklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan. Ulug' didaktik Yan Amos Komen-skiy ta'kidlashicha: «Bir-biri bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o'rganilishi kerak»1. Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyincha-lik juda ko'p pedagoglar yondashib, uni rivo-jlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: «Ta'lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak»2. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta'kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o'z ichiga olgan, 10-12 yoshli bolalarga mo'ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi.
AQSH o'rta maktablarining katta sinflarida o'z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, politologiya
1 Kukushin B.C., Boldireva-Varaksina A.V. Pedagogika nachalnogo obrazovaniya. / Pod obsh. red. B.C.Kukushina. — M.: IKS «MarT»; Rostov n/D: Izdatelskiy sentr «MarT», 2005.
2 Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo'llanma. -T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, 2005. http:// library.ziyonet.uz/ru/book/33810 .
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashti-rish asosida ko'rish maqsadga muvofiq.
Ta'limning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich ta lim-tarbiyani integrat-siyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyan-ing usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko'rsatib beradilar: o'quv predmetlarining che-garalangan soni - olinayotgan katta hajmd-agi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko'rinishini, qismlarining o'zaro bog'liqligini aks ettirish bilan to'ldirish mumkin1. Juda muhim bo'lgan o'qish, yozish va sanoq ko'nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo'linib o'qitishni talab qiladiganga o'xshaydi. Lekin o'qish va matematikani o'qitishning an'anaviy tajribasi ham keng integratsiyalashgan imkoniyatlar haqida dalolat beradi.
Bunda o'qish fan sifatida o'z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunos-lik bo'yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o'z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko'nikmalar hosil qilishga xalaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo'yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosa-batlarini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqe-lik hodisalarining bir necha tomondan ko'rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda pred-
1 Kukushin B.C., Boldireva-Varaksina A.V. Pedagogika nachalnogo obrazovaniya. / Pod obsh. red. B.C.Kukushina. — M.: IKS «MarT»; Rostov n/D: Izdatelskiy sentr «MarT», 2005..
metlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o'rnatish ta'limga integratsiyalashga yondashu-vning metodik asosidir. Bunga turli darslarga tushunchalarga ko'p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga tus-hunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan tuzilish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan,tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olini-shi mumkin. Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar, boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo'ron" kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san'at darslarida ko'rib chiqi-ladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisobla-nadi.
Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga,yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tishi metodi-kasiga ega bo'ladi. Umumiy ta'limning poyde-vorining qo'yadigan boshlang'ich maktabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san'at va boshqalar uchun umu-miydir. Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asosiy bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitishning vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Yondosh fanlarni uyg'unlashtirish asosida tuzilgan kurslar yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keldi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, integratsiyani o'qituvchilarning turli fanlar bo'yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin. Integratsiya fanlarning mexanik bir-lashishi bo'lmay, balki fanlararo sintez bo'lib, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog'lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir. Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimin-ing alohida qismlari bog'liqligini ko'rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha element-lari bir-biriga bog'lik yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o'rgatish kerak. Bu
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
maqsadni boshlang'ich maktab amalga oshirishi kerak. Integratsiya-predmetli bilimlar chegar-asida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashni bilimlar orasida bilmagan joylarni to'ldirish, ular orasidagi alo-qalarni o'rganish lozim. Integratsiya - "butun" degan ma'noni bildiradi, demak, u tafakkurn-ing o'sish jarayonlari turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog'lanishi va yagona narsaning yaratilishilidir.
Maktabda o'qitiladigan barcha fanlarda inte-gratsiyalashning ma'lum bir imkoniyatlari aks etib, darsni integratsiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog'liq. Shuning uchun pedagog va metodistlar yangi dasturni yara-tishdan avval, ana shu holatlarning barchas-ini e'tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o'qituvchi sinfning tayyorgarlik darajas-ini, o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi zarur. Jahon ta'lim tizimini o'rgangan holda, O'zbekistonda integratsiyalashgan ta'lim 2022-yildan boshlang'ich sinflarga joriy etildi. Bu jarayon boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy natijalar ko'rsatdi. Boshlang'ich sinflarda tasavvur olamlari kengaya boshladi, ko'proq ma'lumotlar va bilim ola bosh-lashdi.
Xulosalar.
O'qituvchi darslarni integratsiyalash orqali turli fanlarni kuzatishlari mumkin va olingan xulosalar asosida ma'lumotlarni kengaytirib, tasdiqlab olish imkoniyatiga ega. Ammo ma'lumotlar bazasini o'quvchilarning yosh xususiyatiga moslab jamlagan ma'qul. Negaki, haddan tashqari ko'p ma'lumotlar va bolaning yoshiga mos bo'lmagan tushunchalarning dars davomida qo'llanilishi o'quv faoliyatining inqi-roziga olib kelishi aniq. Bu jarayonda o'quvchiga mavzu qiziq tuyilmaydi. Haddan tashqari ko'p ma'lumotlar uni charchatadi, zeriktiradi, asabiy-lashtiradi.
Birinchidan, eng asosiysi, bola asosiy negizid-agi sodda tushunchani farqlamaydi va o'zlashtira olmaydi. Buning oldini olish uchun o'qituvchi yuqorida keltirilgan ilmiy asoslangan manbalar va berilgan takliflarni inobatga olishi kerak. Bayon qilingan pedagogik va psixologik dalil-lar ta'limning barcha bosqichlarida integratsiya-lashning mazmunini yoritib bera olishga xizmat qilishi lozim.
ikkinchidan, darslarni integratsiyalashgan shaklda tashkil etish nafaqat darsning maroqli va sermazmun o'tishini, balki o'quvchilar dunyoqar-ashining har tomonlama rivojlanishini kafolat-laydi. Fanlararo bog'liqlik, fanlararo falsafiy masalalarni shaxsan his etmay turib, o'quvchiga integratsiyalashgan mashg'ulotni taqdim etmas-lik to'g'ri bo'ladi, zero, anglanmagan integratsiya o'quvchi ongidagi bilish jarayonini mavhum holatga, u orqali chalkash xulosalarga taqab qo'yishi mumkin.
Boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan ta'lim berishning zamonaviy metodlarining o'rni va ulardan foydalanishda quyidagi tavsiyalarni beramiz:
1. Vaqtdan unumli foydalanish kerak;
2. Fanlarning o'zaro bir -biri bilan bog'ligiga ahamiyat berish zarur;
3. Integratsiya darslari aynan o'quvchilarda o'z natijasini ko'rsatyotganligini tahlil qilish lozim;
4. O'qituvchining o'z ustida ishlashi (rivo-jlanishi);
5. O'quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurligi;
6. Yosh xususiyatlariga alohida e'tibor beri-shi lozim;
7. O'quvchilarning qiziqishlariga o'qituvchi ahamiyat berishi kerak;
8. O'qituvchi fikrlash qobiliyatini rivojlanti-rishi, yangilik yaratishga moyil bo'lishi kerak;
9. Har bir dars muayyan yo'naltirilgan maqsadga ega bo'lishi lozim;
10. O'qituvchi darsga bir kun oldindan tayyorgarlik ko'rishi kerak;
11. O'qituvchi integratsiya darslarida metod-lardan foydalanishni bilishi shart;
12. Darsni qiziqarli qilib tashkillashtirish zarur;
13. Sinfdagi o'quvchilar faolligini oshirish uchun har bitta o'quvchining dars jarayoniga qatnashishini inobatga olish kerak.
O'qituvchilar integratsiyalashgan dars-larni o'tishda yuqoridagi takliflarni ino-batga olsa, shuningdek dars o'tish jarayoni va o'quvchilarning darsni tushunishi murakkab bo'lmaydi, hamda darsning samaradorlik dara-jasi ko'tariladi.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)
с МАКТАБ ТАЪЛИМИ / ШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 43 и
Adabiyotlar:
1. Osnovniye idei I.G.Pestalotssi. - http://uchitel76.ru/osnovne-idei-i-g-pestalocci/.
2. Kukushin B.C., Boldireva-Varaksina A.V. Pedagogika nachalnogo obrazovaniya. / Pod obsh. red. B.C.Kukushina. — M.: IKS «MarT»; Rostov n/D: Izdatelskiy sentr «MarT», 2005.
3. Mavlonova R.A. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo'llanma. - T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, 2005. http:// library.ziyonet. uz/ru/book/33810.
4. "Boshlang'ich sinf o'qish savodxonligi va tarbiya darslarining integratsiyalashuv imkoniyatlari''. Gulmira Sodiqova 8-IATCHO'ITM boshlang'ich sinf o'qituvchisi.Boshlang'ich ta'lim gazetasi.2021-yil,10-son,21-bet.
5. "Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o'qitishga tayyorlash''. Hayitov Anvar Isomiddin o'g'li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022- yil,3-bet.
6. "Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta'lim prinsiplari''. Mavlonova. R, Raxmonqulova. N. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Toshkent "O'qituvchi" 2006.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2024, 1 (134)