Научная статья на тему 'TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING O‘QUV JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI, AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI TASNIFI'

TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING O‘QUV JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI, AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1935
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
integratsiya / fanlararo aloqadorlik / tajriba-sinov ishlari / integratsiyalashgan dars / integratsion darsning afzalligi / ta'lim samaradorligi. / integration / interdisciplinarity / experimental work / integrated lesson / advantage of integrated lesson / educational efficiency.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. Sattarova

Maqolada fanlarni o‘zaro integratsiyalashning ta'lim tizimidagi amaliy ahamiyati, boshlang‘ich sinflarda integratsion ta'limni yo‘lga qo‘yishning afzallik va kamchiliklari, integratsion darsning umumiy xususiyatlari, o‘quv jarayonida integratsiyalashgan texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari va uning natijalari kabilar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION OF PRACTICAL SIGNIFICANCE, ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF AN INTEGRATIVE APPROACH TO THE CONTENT OF EDUCATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS

In the article, the practical importance of the mutual integration of subjects in the educational system, the advantages and disadvantages of establishing integrated education in primary grades, the general characteristics of the integrated lesson, the experience organized using integrated technologies in the educational process test works and its results are described.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING O‘QUV JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI, AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI TASNIFI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TA'LIM MAZMUNIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING O'QUV JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI, AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI

TASNIFI N.O'.Sattarova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7165936

Annotatsiya. Maqolada fanlarni o'zaro integratsiyalashning ta'lim tizimidagi amaliy ahamiyati, boshlang'ich sinflarda integratsion ta'limni yo'lga qo'yishning afzallik va kamchiliklari, integratsion darsning umumiy xususiyatlari, o'quv jarayonida integratsiyalashgan texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari va uning natijalari kabilar bayon etiladi.

Kalit so^zlar: integratsiya, fanlararo aloqadorlik, tajriba-sinov ishlari, integratsiyalashgan dars, integratsion darsning afzalligi, ta'lim samaradorligi.

КЛАССИФИКАЦИЯ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЗНАЧИМОСТИ, ПРЕИМУЩЕСТВ И

НЕДОСТАТКОВ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА К СОДЕРЖАНИЮ ОБРАЗОВАНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Аннотация. В статье раскрывается практическое значение взаимной интеграции предметов в образовательной системе, преимущества и недостатки организации интегрированного обучения в начальных классах, общая характеристика интегрированного урока, опыт организации с использованием интегрированных технологий в образовательном процессе. описываются опытные работы и их результаты.

Ключевые слова: интеграция, межпредметность, экспериментальная работа, интегрированный урок, преимущество интегрированного урока, эффективность обучения.

CLASSIFICATION OF PRACTICAL SIGNIFICANCE, ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF AN INTEGRATIVE APPROACH TO THE CONTENT OF EDUCATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract. In the article, the practical importance of the mutual integration of subjects in the educational system, the advantages and disadvantages of establishing integrated education in primary grades, the general characteristics of the integrated lesson, the experience organized using integrated technologies in the educational process test works and its results are described.

Keywords: integration, interdisciplinarity, experimental work, integrated lesson, advantage of integrated lesson, educational efficiency.

KIRISH

Bugungi kunga kelib, an'anaviy o'qitish o'rnini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar egallamoqda. Shu nuqtai nazardan qayd etish lozimki, XX asrning yakuni texnokratik taraqqiyotga nuqta qo'yib, gumanitar madaniyatning ibtidosiga yo'l ochdi. Kuch va qo'rquv mantig'ining ong va muhabbat falsafasiga almashingani XXI asrning o'ziga xos strategiyasidir. Demak, ta'lim-tarbiyada ham amalga oshiriluvchi islohotlar mana shu mantiqqa mos tarzda, jamiyatga xizmat ko'rsatishi lozim. Bu o'rinda noan'anaviy o'qitish shakli - integratsiyaning ahamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning qo'llanilish texnikasiga ko'ra, amalga oshirilgan texnologiyaning istiqbolini belgilash mumkin bo'ladi. Zero,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

integratsiya yetarlicha namoyon bo'la olgan, turli xarakterli mazmun-ning singdirilishi natijasida yangi sifatiy holatga o'tishda asosiy omil bo'lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, noan'anaviy ta'lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa xarakterdagi katta hajmli o'quv materialining uyg'unlashuvini o'zida namoyon etadi.[6]

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Boshlang'ich maktab ta'lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang'ich ta'limni integratsiyalash masalasiga keyingi paytda bir qancha yondashishlar paydo bo'ldi: darsni ikki fan o'qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uning bir o'qituvchi tomonidan o'tilishidan to integratsiyalangan kurslar tashkil etish, boshlang'ich ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirishgacha. Ana shu fikr-mulohazalar natijasi o'laroq, boshlang'ich ta'lim tizimiga bir qator o'zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1-2-sinflarda o'qitiladigan ona tili hamda o'qish fanlari umumlashtirilgan holda 2021-2022-o'quv yili uchun "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi ishlab chiqildi. Ushbu fanlarni birlashtirishdan ko'zlangan bosh maqsadlardan biri o'quvchilarni hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashdir. Masalan, darslikdagi "Navbatda turishni bilasizmi?" mavzusida navbatda turish madaniyati, bu vaziyatda ishlatiladigan til birliklari - murojaat shakllari yuzasidan ta'lim beriladi. [1,65]

Shuningdek, dars jarayonida fanlarning bir-biriga integratsiyalashuv imkoniyatlarining yuqori baholanishi natijasida boshlang'ich sinf dasturiga "Tabiiy fan" darsligi kiritildi. Boshlang'ich ta'limni rivojlantirish, shu bilan birga, bolalarning integrativ asosda tahsil olishlarining fan tizimida muhim ahamiyat kasb etishini ko'zda tutgan holda Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida boshlang'ich sinf o'quvchi va o'qituvchilari uchun "Bilag'on" integratsion olimpiadasi o'tkazib kelinmoqda.

Umuman olganda, bugungi ta'lim tizimi fanlarning bir-biriga uzviy aloqadorlikda ekanligini ko'rsatmoqda. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan bunday o'zgarishlar esa fanlararo integratsiyani mazmun va mohiyatan o'rganish va tadqiq etishni taqazo etadi.

Fanlararo aloqaning asosiy tamoyili - boshlang'ich ta'lim mazmunining yo'nalishlarini aniqlash va umuman o'quv fanlarining aloqasi va to'liqligini ta'minlashdan iborat. Zamonaviy boshlang'ich ta'lim dasturini ishlab chiqishda asosiy o'rinni integratsiya egallaydi, ya'ni yuqori o'quv natijalariga erishishda alohida fanlarni o'qitish emas, balki fanlararo aloqalarni o'rnatish muhimdir [4,48].

Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta'lim jarayonida qo'llash natijasida:

• o'quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi;

• mavzulararo integratsiya asosida o'quv-biluv jarayoni natijalarini istiqbollik qilish mexanizmlari yaratiladi;

• integratsiyalashtirilgan ta'lim jarayonini boshqaradigan o'qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirishni yo'lga qo'yish uchun huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi;

• o'quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug'iladi.

Ta'lim jarayonida o'quv fanlariaro integratsiyani ta'minlash o'qitishda interfaol metodlar va ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash imkonini beradi. Ta'lim jarayonini integratsiyalashni ta'minlash bir qator pedagogik imkoniyatlarni vujudga keltiradi: fanlarning, mavzularning va tushunchalarning o'zaro aloqasi bir-birini to'ldirishiga erishiladi[7].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Integratsion dars odatdagi darslardan:

- aniqligi, ixchamligi, o'quv materialining zieh ko'lami;

- darsning har bir bosqichida integratsiyalanayotgan o'quv fanlarining har taraflama mantiqiy shartlanganligi;

- berilayotgan o'quv materialidagi keng ko'lamli axborotga egaligi bilan ajralib turadi.[5, 75]

To'g'ri, integratsion dars faqatgina fanlarning yoki mavzularning uyg'unlashtirilishi bilan samarali bo'lib qolmaydi. Chunki ushbu mujassam darsning samaradorligga erishish uchun maqsadlarni aniq qo'yish, darsni tashkil etishda interfaol metodlarni qo'llash muhim sanaladi. Bu usullar orqali uyg'unlashgan dars maqsadiga erishiladi va o'quvchilarning bilim olish jarayoni osonlashadi. Integratsion darsda interfaol metodlarni qo'llash quyidagi sifatlar va malakalarni shakllantiradi:

- o'qituvchi va o'quvchining butun dars davomida birgalikda faoliyat yuritishi;

- dars jarayonda har bir o'quvchining faol ishtirok etishi;

- sinfda iliq-ruhiy muhit yaratish;

- beriladigan o'quv fani bo'yicha o'quv materiallarini ongli o'zlashtirish;

- shaxsning o'z qobiliyatlarini namoyon qilish va o'zining ichki imkoniyatlaridan foydalana bilish;

- guruh bo'lib faoliyat yuritish va shu guruhda yoqimli psixologik muhit yaratish;

- muammolarni yechish jarayonida mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlay olish;

- o'zgalar fikriga hurmat qilish va fikrlarni xolis baholashga o'rganish;

- o'zaro yordam hissini shakllantirish;

- muammoni yechish jarayonida har bir o'quvchi o'zi bilgan, esga tushirgan, o'ylagan ma'lumotlariga tayanish;

- munozara jarayonida birgalikda o'qish muhokama qilish, e'tiroz bildirish;

- o'zaro nazorat va guruhlararo nazoratni yo'lga qo'yish kabilar. [7]

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi keltirgan fikrimiz isboti sifatida maktab o'quv jarayonini kuzatdik, dars mashg'ulotlari tashkil qildik hamda tajriba-sinov ishlarini o'tkazdik. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa integratsiyalashgan darslarning bolalarga qay darajada qiziqish uyg'otishini hamda ularning ilmiy salohiyatining oshishiga qanchalik ta'sir ko'rsatishini aniqlashdan iborat.

Tajriba-sinov ishlari ta'lim jarayonini integratsiyalash texnologiyalari asosida tashkil etish bo'yicha o'tkazildi. 4-sinf darslari bo'yicha ishlab chiqilgan metodik ishlanmalar amalda sinab ko'rildi. Nazorat guruhlari va tajriba guruhlarda ishlab chiqilgan integratsiyalashgan testlar bo'yicha darslar o'tilib, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi aniqlandi.

Tajriba-sinov ishlari Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 6-sonli maktabning 4-sinf o'quvchilarida o'tkazildi. Ushbu tadqiqot ishida 4- B sinf - nazorat guruhini, 4-A sinf - tajriba guruhini tashkil qildi. Tajriba-sinov ishida jami 51 nafar 4-sinf o'quvchilari qamrab olindi. Shulardan 26 nafari tajriba guruhi, qolgan 25 nafari nazorat guruhi sifatida olindi.

Tajriba-sinov dasturiga muvofiq, guruhlardan sentabr oyida integratsiyalashgan test topshirig'i olindi.

Ushbu test natijalariga ko'ra o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini baholash 3 ballik mezon asosida baholandi: bunda yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilar - 3 ball, o'rtacha natija ko'rsatgan o'quvchilar -2 ball, past natija ko'rsatgan o'quvchilar esa - lball orqali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

baholandilar. O'quvchilarning o'zlashtirish natijalari quyidagi jadvalga kiritildi:

1-jadval

Guruhlar 4-sinf o'quvchilari soni O'zlashtirish darajalari

Yuqori - 3ball O'rta - 2ball Past - 1ball

Tajriba guruhi 26 15 4 7

Nazorat guruhi 25 18 4 3

Tajriba natijalaridan olingan ma'lumotlar asosida statistik tahlil ishlarini olib boramiz. O'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi:

x =-= 0,769

263 '

Foizda x % = 0,769 ■ 100% = 76,9 %

_ 183+42+31

v =-=0,866

J 253

Foizda y % = 0,866 -100% = 86,6 %, bunda x - tajriba guruhining olingan test natijalari bo'yicha o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi, y - nazorat guruhining olingan test natijalari bo'yicha o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi.

H0 gipoteza sifatida har ikki guruhda baholash turlari bo'yicha kutilayotgan ehtimollar teng (rn=r21, r12=r22, ... r1s=r2s) deb, alternativ H1 gipoteza sifatida (m^r21, m^r22, ... Hs^s)

2

olindi. Ushbu statistik gipotezani tekshirish uchun X mezonidan foydalanildi. Ya'ni,

1 ^ <nO2i - )2

T 7,

kuzatuv Sj __v „__v (11)

formulasidan foydalanamiz. Bu yerda T - statistik qiymat, m va n2 - tajriba natijalarida ishtirok etgan sinflardagi o'quvchilar soni bo'lib, n1 - tajriba guruhi o'quvchilar soni, n2 -nazorat guruhi o'quvchilar soni, Oh va O2i lar mos ravishda tajriba va nazorat sinfida baholash turlariga nisbatan olingan baholar soni.

Tkuzatuv qiymati Tkr bilan taqqoslanadi. Agar Tkuzatuv > Tkr bo'lsa , H0 gipoteza rad etilib, H1 gipoteza qabul qilinadi.

Bu yerdagi Tkr - normallashgan chetlanish ishonch ehtimoli p asosida aniqlanadi. Ozodlik darajasi esa v = C - 1 formulasi orqali topiladi, C - baholash turlari. H0 va H1 gipotezalarini quyidagicha tanlab olamiz:

H0: tajriba va nazorat sinflarda o'quvchilarning bajargan ishlar natijalari sezilarli darajada farq qilmaydi.

H1: tajriba va nazorat sinflardagi o'quvchilarning bajargan ishlar natijalari sezilarli darajada farq qiladi.

2

X mezonini tajriba natijalari tanlagan nazorat va tajriba sinflari o'quvchilarida 3 ta

baholash turlari asosida olib borilgani uchun C=3 ga teng. Unda, a = 0,05 deb olsak, v = C - 1 =

2

2 bo'lib, X mezonining G jadvali asosida olingan Tkr= 5,991 ga teng.

4-A sinf natijalari bo'yicha (1.1)-formula va 1-jadval asosida hisoblash ishlarini olib boramiz:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ni = 26, n2 = 25, C = 3.

kuzatuv — 25^26 [ 15 + 18 4+4 7+3 J — ,

Yuqoridagi hisobga ko'ra Tkuzatuv= 1,85< Tkr=5,991 bo'lganligi uchun nolinchi gipoteza rad etiladi. Bundan ko'rinadiki, tanlangan guruhlardagi tajriba guruhida o'tkazilgan sinov ishlaridagi bilim darajalarining nazorat guruhlaridan farqi bor.

Endi tajriba guruhidagi sifat ko'rsatkich nazorat guruhiga nisbatan ancha farqli ekanligini ko'rsatamiz. Buning uchun tajriba va nazorat guruhlaridagi ballarning o'rtacha qiymatini topamiz, x - tajriba guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati, y - nazorat guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati.

x = ^ Z3=1 — 1 (153+ 42+ 71) = 60 = 2, 3

y = ^ 23=1 — 1 (183+ 42+ 3 1) = 65 = 2, 6 x = 2,3 < 2,6 = y

Ko'rinib turibdiki, tajriba guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati nazorat guruhiga nisbatan birmuncha past.

O'quvchilarning natijalarini diagramma ko'rinishida ifodalaymiz:

20 18 16 14

12 10 8 6 4 2 0

L

tajriba guruhi

nazorat guruhi

yuqori

o'rta

past

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida ballarning o'rtacha qiymati O'quvchilarning oldingi natijalarini yaxshilash, fanlar integratsiyasi bo'yicha ularda ko'nikma hosil qilish uchun darslarning integratsiyalashgan texnologiyalari ishlab chiqildi hamda tuzilgan ishlanmalar asosida darslar tashkil etildi. Endi esa tajriba so'nggida o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini aniqlab olamiz.

2-jadval

Guruhlar 4-sinf o'quvchilari soni O'zlashtirish darajalari

Yuqori - 3ball O'rta- 2ball Past - iball

Tajriba guruhi 26 20 4 2

Nazorat guruhi 25 17 3 5

2-jadvaldagi natijalarni hisoblagan holda tajriba guruhidagi sifat ko'rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan yuqori ekanligi ko'rsatamiz. Buning uchun tajriba va nazorat guruhlardagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ballarning o'rtacha qiymatini topamiz, x - tajriba guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati, y nazorat guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati.

x = ^ Z3=1 nu Xi = ^ (20 3+ 4 2+ 21) = 68 = 2, 61

37 = ^ 23=1 n2iyi = 1 (173+ 3 2+ 51) = 62 = 2,48

x = 2,61 > 2,48 = y O'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi:

x =-= 0,897

263 '

Foizda x % = 0,897 ■ 100% = 89,7 %

17-3+3-2+5-1 -

y =-=0,826

^ 25-3

Foizda y % = 0,826 -100% = 82,6 % x > 3/

2-rasm. Tajriba va nazorat guruhlarida ballarning o'rtacha qiymati

MUHOKAMA

Ko'rinib turibdiki, tajriba guruhidagi ballarning o'rtacha qiymati nazorat guruhiga nisbatan yuqori (2-rasm). Pedagogik tadqiqotlarda gipoteza sifatida nazorat guruhida olib borilgan an'anaviy metodika asosida olingan natijalar tajriba guruhida olib borilgan maxsus metodika asosida olingan natijalar bilan taqqoslanib, tajriba guruhlaridagi natijalarning samarali ekanligi ko'rsatildi.

Ushbu natijalardan ko'rinib turibdiki, tajriba-sinov asosida o'quvchilarda integratsiyalashgan darslarni tashkil qilish ijobiy natija bergan. Shunday ekan, dars jarayonida fanlarni integratsiyalash o'quvchilarda fanlarga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi degan xulosaga kelish mumkin. Demak, ilmiy tadqiqotimizda qo'yilgan farazimiz (gipotezamiz) asoslandi.

Boshlang'ich sinf darslari uchun tavsiya etiladigan darslik va qo'llanmalar yaratishda tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan xulosalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Ayniqsa, ularda o'quvchilar bilan ishlashga doir amaliy ko'nikma va malakalar hosil qilishga e'tibor qaratish zarur.

To'g'ri, integratsion dars faqatgina fanlarning yoki mavzularning uyg'unlashtirilishi bilan samarali bo'lib qolmaydi. Chunki ushbu mujassam darsning samaradorligga erishish uchun maqsadlarni aniq qo'yish, darsni tashkil etishda interfaol metodlarni qo'llash muhim sanaladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bu usullar orqali uyg'unlashgan dars maqsadiga erishiladi va o'quvchilarning bilim olish jarayoni osonlashadi. Integratsiyalashgan darslar har doim ham kerakli natijani beravermaydi. Negaki har bir darsni shu asosda tashkil qilish juda murakkab va o'quvchilar uchun zerikarli bo'lib qoladi. O'qituvchidan integratsiyalashgan dars mashg'ulotlari darsga oldindan mukammal tayyorlanishni, vaqtni to'g'ri taqsimlay olish ko'nikmasiga ega bo'lishni, mavzularni to'g'ri tanlay olish kabi qobiliyatlarni talab etadi. Bu esa, anglashilganidek, o'qituvchiga birmuncha qiyinchiliklar tug'diradi. Agar mavzu integratsiyalashgan darslar uchun mos kelmasa, o'qituvchi o'z maqsadiga erisha olmaydi hamda o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirolmaydi.

Demak, integratsiyalashgan darsning muvaffaqiyati bevosita o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq bo'ladi. Shunday ekan, ta'lim tizimga alohida e'tibor qaratish hamda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Ayniqsa, ularda o'quvchilar bilan ishlashga doir amaliy ko'nikma va malakalar hosil qilishga e'tibor qaratish zarur.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, fanlararo integratsiya qanchalik tez umumta'lim maktablarining darslariga kirib borsa, o'quvchilarning ham nazariya bilan amaliyotni birlashtirishi shunchalik tez bo'ladi. Integral darslarda bola dunyoni yaxlit tasavvur qila boshlaydi, bolaning salohiyati rivojlanadi. Natijada bolaning muloqot qobiliyati, taqqoslash, umumlashtirish va xulosalar rivojlanadi. Pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim muassasalarida o'qitishning asosiy talabi talabaning hayotiy tajribasi, ilgari olgan bilimlari va qiziqishlari asosida yangi ta'lim berishdir. Boshlang'ich sinf fanlarini bir-biriga bog'lab o'qitishda o'qituvchi hamisha o'z ustida ishlashi, bilim, ko'nikma va malakasini takomillashtirib borishi kerak, uning pedagogik mahorati o'sib borishi o'quvchilarning faolligida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Azimova I. va boshq. Ona tili va o'qish savodxonligi //1-sinf uchun darslik. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 104 b.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -Toshkent: TDPU, 2003. -175 b.

3. Gorskaya G.I., Churakova R.G. Maktabda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish. //To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashridan tarjima - Toshkent: "O'qituvchi", 1990. -216 b.

4. Mamedov Sh.M. Boshlang'ich ta'lim sifatini rivojlanishda fanlararo integratsiya yaratishning o'rni (Ozarbayjon Respublikasi):" European science №1". -93bet

5. Yakibova D.Sh. Boshlang'ich ta'limda integratsiya - intellektual taraqqiyot omili sifatida. -"Maktab ta'limi", Termiz davlat universiteti, 2016. - 98b.

6. Кукушин Б.С., Болдырева-Вараксина А.В. Педагогика началного образования. / Под общ. ред. Б.С.Кукушина. - М.: ИКС «МарТ»; Ростов н/Д: Издателский сентр «МарТ», 2005.

7. www.arxiv.uz

8. www.cyberleninka.ru

9. www.uz.denemetr.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.