INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ONA TILINI O'QITISH JARAYONI SAMARADORLIGINI TA'MINLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Umida Abdurasulova
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti katta o'qituvchisi, PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.11059973
Annotatsiya. Ushbu maqolada muammoli ta'lim texnologiyalarining o'ziga xos xususiyatlari, o'quv mashg'ulotlari jarayonida ulardan foydalanish, ayniqsa, ona tili darslarida qo'llashning afzalliklari haqida ma'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: ta'lim, texnologiya, rivojlantiruvchi ta'lim, muammo, muammoli ta'lim, muammoli o'qitish, muammoli vaziyat, muammoli izlanuvchanlik.
Abstract. This article provides information on the specific features of problem-based educational technologies, their use in the course of educational activities, especially the advantages of using them in native language classes.
Keywords: education, technology, developmental education, problem, problem education, problem teaching, problem situation, problem research.
Mamlakatimizning bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, o'quvchi-yoshlarimizning bilim va salohiyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarishni taqozo etmoqda. Bu esa, o'z navbatida, ta'lim-tarbiya jarayonini zamon talabi darajasida tashkil etish va yangi ta'lim texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etishni talab etadi.
Bilamizki, o'quvchilar ta'lim muassasalarida fanlar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish bilan birgalikda, o'z fikrini boshqalarga tushuntira olish va boshqalarni tushuna olish, munozaraga kirishish, ya'ni bilim, ko'nikma va malakalardan kundalik hayotiy vaziyatlarda foydalana olishlari zarur. Bunda esa, ona tili fanining o'rni beqiyos.
Umumta'lim maktablarida ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi - o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat bo'lsa, asosiy vazifasi o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga, o'z fikrini og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o'quvchilarda grammatikaga oid o'zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so'zning tarkibi, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to'g'ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Buning uchun, avvalo, o'qituvchi o'z fani bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishi, ilg'or zamonaviy o'qitish usullaridan muntazam xabardor bo'lib borishi hamda o'quv mashg'ulotlari jarayonida ulardan samarali foydalanish yo'llarini kashf eta olishi lozim. Shundagina o'qitish sifati ham, o'quvchilarning fanni o'zlashtirish darajasi ham kutilgan darajada yuqori bo'ladi.
Bugungi kunda rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy bo'g'ini hisoblangan muammoli ta'lim eng samarali o'qitish usullaridan biri hisoblanadi. Muammoli o'qitishni chuqur o'rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo'lib, uning asosida "Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi"- degan g'oya yotadi va fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o'qitish g'oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Y.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
Muammoli ta'lim deyilganda, o'qituvchi (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo o'quvchi-talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Mashg'ulot jarayonida fan o'qituvchisi diqqat-e'tiborni tahlil qilinishi kutilayotgan muammoga qaratadi. Negaki, muammoli ta'lim texnologiyasining asosini muammoli vaziyat tashkil qiladi. Ta'lim oluvchilar muammoning yechimini topishga astoydil harakat qiladilar. Bunda muammoli izlanuvchanlik faoliyatini to'g'ri tashkil qilish, eng muhimi, o'quvchilarda o'quv muammosi, uning mohiyati, amaliy ahamiyati kabi masalalar haqida aniq tushunchalarni uyg'otish va izlanuvchanlik faoliyatiga nisbatan motivatsiyani yuzaga keltirish lozim. Yana muammoli o'qitish mashg'ulotlarini tashkil etishda fan o'qituvchisi hech qachon o'quvchilarga muammoning yechimini aytish kerak emas, balki ularga hal eta olishlariga turtki berish, mashg'ulotlarda va hayotiy faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo'ladi. Buning natijasida o'quvchilar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga, malakalarga ega bo'ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, yangi bilimlar ma'lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarning yechimi uchun beriladi. Muammoning yechimi esa, o'z navbatida, ijodiy fikrlashni taqozo etadi. Agar o'quvchi muntazam tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'rgatilgan bo'lsa, uning ijodiy qobiliyatini so'ndirib qo'yish ham mumkin, negaki, fikrlash jarayoni muammoli masalalalarni yechishda rivojlanadi.
Muammoli ta'lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko'rinishga ega:
1.Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2.Muammoning qo'yilishi.
3.Muammoning yechimini topish.
Muammoli ta'lim texnologiyalaridan ona tili darslarida foydalanish, ayniqsa, muammoli savollar qo'yilishi o'qituvchiga o'quvchilarning tinglash va muloqot qilish ko'nikmalarini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, ularning o'z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlash imkoniyatini beradi. Nima deb o'ylaysiz? Fikringiz qanaqa? Sizningcha qanday? Nega bunday deb o'ylaysiz? Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz? kabi savollarning berilishi ham ta'lim oluvchilarga so'zlash, o'z nuqtai nazarlarini ifoda eta olish uchun qulay vaziyatni yaratib beradi. Dastlab ushbu texnologiyalarni qo'llab ko'rganimizda bir necha muammolarga duch kelishimiz mumkin. Jumladan, o'quvchilar oldilarida turgan vazifaning yechimini topa olmasligi yoki muammoli savol berilganda unga o'z vaqtida javob topa olmasligi v.h. Shuning uchun o'quv mashg'ulotlari jarayonida muammoli o'qitish texnologiyalaridan imkoniyat darajasida ko'proq foydalanish tavsiya etiladi.
Dars jarayonida o'tilganlar takrorlanadi, yangi bilimlar beriladi va mustahkamlanadi. O'zaro tushunish va tushuntirish, anglash va anglatish, qalbga yaqin so'zlar topa olish, qiziqish va qiziqtirish bilan bilim uzatiladi va qabul qilinadi. Bunday dars jarayonlarida rivojlanish va o'quvchilarga bilim berishdagi murakkab jarayonning soddalashuvi yuz beradi. Chunki, bilim o'zlashtirilmasa, tushunilmasa, hayot bilan bog'lab o'tilmasa dars jarayoni o'quvchi uchun murakkablik kasb etadi.
Ona tili darslarini interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish o'quvchilarni o'z ona tillarini chuqur o'rganishga sharoit yaratadi. Ularda mavzu bo'yicha kompetensiyalarning shakllantirilishi dars davomida o'quvchining faqat tinglovchi yoki eshitganini takrorlovchi emas, balki chuqur mushohada yurituvchi, mustaqil fikrini bayon etuvchi, boshqalar bilan o'zaro
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 26, 2024
hamkorlikda ishlovchi, o'zgalar fikrini hurmat qiluvchi, keng dunyoqarashli shaxsga aylantirishda yordam beradi.
REFERENCES
1. Avliyakulov N.X,, Musayev N.N. Pedagogik texnologiya. - T: Cho'lpon, 2012.
2. Abdurasulova, U. S. (2019). INNOVATIONAL APPROACH TO IMPROVE MORPHOLOGICAL COMPETENCE. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(7), 266-270.
3. Ismoilova S. Matn - nutq aloqasining mahsuli// Nutq madaniyati va o'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari, Andijon, 2015.
4. Omonov H.T., M.B.Xattabov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T: Iqtisod-Moliya, 2016.
5. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. - Toshkent.: Fan.2008.