INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TIL TA'LIMIDA O'QUVCHILARNING MATN YARATISH KO'NIKMASINI
O'STIRISH Shaxnoza Muxtarova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O'zbek tilshunosligi kafedrasi
o'qituvchisi Humoyun Umaraliyev Abdulahad o'g'li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Gumanitar fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6772551 Annotatsiya. Insoniyatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldirish uchun birdan - bir imkoniyat - matn va yaratish ilmi bilan shug'ullanishdir. Demak til imkoniyat, matn esa natijadir; matn egallagan bilim, ko'nikma va malakalar hosilasi.
Kalit so'zlar: ma'naviy nufuz, so'z boyligini oshirish, universal texnologiyalar, mantiqiy mushohada, metodik qo'llanma, ijodiy tafakkur, sifat.
УЛУЧШЕНИЕ НАВЫКОВ ПИСЬМА УЧАЩИХСЯ ПРИ ОБУЧЕНИИ ЯЗЫКУ Аннотация: Единственный способ передать будущим поколениям научные ресурсы, необходимые для социально-политического развития человечества, - это изучение текста и науки о творении. Итак, язык — это возможность, а текст — результат; продукт знаний, навыков и компетенций, приобретенных в тексте.
Ключевые слова: духовный престиж, словарный запас, универсальная технология, логическое наблюдение, методическое пособие, творческое мышление, качество.
IMPROVING STUDENTS' WRITING SKILLS IN LANGUAGE TEACHING Abstract. The only way to pass on to future generations the scientific resources necessary for the socio-political development of mankind is to study the text and the science of creation. So language is opportunity and text is result; the product of the knowledge, skills, and competencies acquired by the text.
Keywords: spiritual prestige, vocabulary, universal technology, logical observation, methodical manual, creative thinking, quality.
KIRISH
O'zbek tili ta'limi barkamol shaxs tarbiyasi, unda ma'naviy sifat va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, milliy o'zlikni anglash, milliy an'ana va avlodlar o'rtasidagi vorislikni asrash hamda davom ettirish jarayonida yetakchi o'rin tutadi.
O'zbek tili davlat tili sifatida O'zbekiston Respublikasida davlat ramzi o'laroq aholini yagona milliy manfaatlar atrofida birlashtiradigan, shu tilda so'zlashuvchilarning tafakkur tili sifatida kishi shuurini milliylik zaminiga bevosita bog'laydigan, shu yurtda yashayotgan millat va elatlarning o'zaro aloqasini ta'minlovchi vosita, unga bo'lgan munosabat Vatanga munosabat va sadoqatni belgilaydigan omildir. Ta'lim tizimida o'zbek tilini o'qitish ana shu g'oya va ruhni singdirishga xizmat qiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy nufuzini yuksaltirish bilan ta'lim, ilm-fan, iqtisodiyot va siyosat sohalarida o'zbek tilining mavqeyini mustahkamlash, ularda ish yuritishda davlat tilining mutloq yetakchilik maqomini ta'minlash yo'nalishini belgilagan holda ta'limda o'zbek tilini o'qitish tizimi ushbu yo'nalishda amalga oshiriladigan ishlarni yuzaga chiqarishni ko'zda tutadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi".
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili ta'limining asosiy maqsadi o'quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo'naltirish, fikr mahsulini to'g'ri, ravon, o'rinli ifodalashga o'rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri - matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o'quv amaliyotiga izchil joriy etish, o'quvchini muammoli o'quv topshiriqlari orqali izlaiish va kashf qilishga yo'naltirish, o'quvchi lug'at boyligini keng'aytirish jarayonida nutqiy mahoratini shakllantirish, (so'zning lug'aviy ma'nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og'zaki nutq va matn yaratish) da so'zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o'quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatai yuksaltiruvchi ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Bu muammolar orasida o'quvchilarda mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishning' intensiv -universal texnologiyasini yaratish, ana shu maqsadga xizmat qiladigan, matn yaratishning jadallashtirilgan, bosqichli tizimini ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga joriy etish masalasi alohida o'rin tutadi. O'quvchi so'z boyligini oshirishning, uning nutqiy zaxirasini boyitishning eng samarali usuli sathlararo hamda fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish (uyadosh so'zlar ustida ishlash, berilgan so'zning leksik — semantik qurshovi: qaysi so'zlar bilan ishlatilishi, xususiy belgilari miqdorini aniqlash, qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanishi, ularning nomlari soni, sifati, holati, harakatini belgilash v.h.) dan iborat. Demak, o'quvchi nutqiy ko'nikmalarini takomillashtirishning asosiy omillari tafakkur mahsulini izchil, to'g'ri, ravon ifodalash, nutqiy vaziyat talabiga ko'ra mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishdir. Umuman olganda, DTS talablarini to'la bajarish - o'quvchi kommunikativ savodxonligini ta'minlash masalasi, ona tili ta'limida mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi. Buning uchun egallangan bilim, ko'nikma va malakalarning jadal amaliy tatbiqi, ya'ni mustaqil matn yaratish masalasi ona tili darslarida o'rganilayotgan har bir mavzuning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Matn yaratishning mantiqiy davomi - matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o'rganiladi, o'quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o'z yechimini topadi. Ona tilining yangi - yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tatbiq etish o'quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e'tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Turli til hodisalari (so'z va iboralarni) ma'nosini to'liq anglash va uni xususiy nutqda qo'llashga intilish - ulardan nutqiy vaziyatga mosini tanlash o'z fikrini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ixcham, aniq va ravon ifodalash malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. O'quvchi - ta'lim - o'qituvchi tizimida tomonlarning o'zaro hamkorlik munosabatlari faollashadi, DTS talablariga ko'ra o'quvchi ham ta'lim jaraonining faol subyekti sifatida o'zi mustaqil faoliyat yuritishi: izlanishi, kuzatishi, bajarilgan ishni tahlil qilish, xulosalashi, baho berishi lozim bo'ladi. Shunday qilib, o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi doimiy ishonch va o'zaro hamkorlik faoliyatigina o'quvchilarda mavjud bo'lgan mustaqil va ijodiy tafakkurni qo'zg'atishi, matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishi hamda rivojlantirishi mumkin. O'qituvchi o'z o'quvchilarining dars jarayonidagi ilmiy - amaliy faoliyatini samarali tashkil qilish - avvaldan rejalashtirilgan, aniq bir maqsadga - mustaqil matn yaratishga yo'naltira bilishi uchun har bir dars rejasi va dars mavzusi bayonini puxta o'rganib chiqishi, darslikdagi amaliy mashqlar yetarli bo'lsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil qilishi, kamroq bo'lsa, yangi, qiziqarli mashq namunalarini tanlab, qo'shimcha mashg'ulot sifatida mavzuviy rejaga kiritishi, darsni o'zaro musobaqa ruhida olib borishi nihoyatda foydali. O'qituvchi doimiy ravishda o'z o'quvchilarini o'quv amaliyoti jarayonida o'rganganlari yuzasidan o'z xulosalarini aytib berishga undashi, ular tomonidan kiritilgan izlanuvchanlik ruhidagi ijodiy taklif va mulohazalarni, o'z «men»i, iqtidori, iste'dodini namoyish qilishga bo'lgan urinishlarini ijobiy tushunishi, bunday ijodiy - kashfiyotchilik harakatlarini rag'batlantirib borishi, ularga zaruriy shart - sharoit va imkoniyatlar yaratib berishi, turli shakl va mazmundagi (nutqiy mahoratni shakllantiruvchi) ko'rik - tanlovlar, debatlar), lozim bo'lsa, o'quvchi shaxsini ma'naviy jihatdan qo'llab -quvvatlashi zarur bo'ladi. O'qituvchi shu tariqa nafaqat o'quvchi bilimini, balki o'zidagi pedagogik mahoratni ham takomillashtira boradi: o'quvchi shaxsi, uning nutqiy darajasi haqida hukm va xulosa chiqarishga shoshmaslik, o'z vazifasiga mas'uliyat hissi bilan yondashish, o'zidagi intellektual salohiyatni o'quvchi bilan baham ko'rish, o'zida bag'rikenglik, komil ustozlik fazilatlarini tarbiyalashga o'rganadi. Ona tili o'qituvchisining o'quvchi shaxsiga ana shunday ijobiy va ijodiy yondashuvigina, o'quvchilarda ilmga chanqoqlik, izlanuvchanlik, yangilik yaratishga intilish xislatlarini tarbiyalaydi, erkin va mustaqil fikrlashga, o'quvchi uchun juda muhim va zarur hisoblangan til hodisalarini tushunish, undan amaliy foydalanish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilishga yordam beradi. «Ona tili ta'limi mazmuni» o'quv —metodik qo'llanmasi mualliflari H.Ne'matov, A.G'ulomovlar o'quvchilarni ijodiy yozma ish - matn ustida ishlashga undaydi. Ma'lumki, istiqlol yillarida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar negizida yuksak umumiy madaniyatga, kasb-hunar ko'nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda hayotdagi muammolarning oqilona yechimini izlash va topish salohiyatiga ega bo'lgan shaxsni tarbiyalash va kamol toptirish maqsadi turibdi. Ushbu maqsadning amaldagi mezoni sifatida davlat ta'lim standartlari belgilandi. Ona tili fanidan takomillashtirilgan o'quv dasturida ona tili ta'limining mazmuni quyidagi masalalarni hal etishga yo'naltiriladi:
- o'quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o'stirish;
- o'quvchilarning o'z-o'zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o'z fikr va his-tuyg'ularini ona tilining imkoniyatlari doirasida og'zaki va yozma shaklda to'g'ri bayon eta olishini ta'minlash.
TADQIQOT NATIJALARI
Ushbu maqsadga erishishning samarali usul va vositalari xususida ko'plab metodik qo'llanma va ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Ularda ta'lim mazmunini o'quvchilarga maqsadli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yetkazishning turli innovatsion usullari haqida fikrlar bildirilgan, amaliy tajribalar tavsiya etilgan. Mazkur ishlarning aksariyatida matnning o'quvchi nutqini o'stirishdagi alohida ahamiyati ta'kidlanadi. Biz esa matn yaratish jarayoniga yangicha yondashuv asosida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish xususida to'xtalmoqchimiz.
Ona tili darslarida "matn bilan o'qitish texnologiyasi" orqali ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirib borish mumkin. Buning uchun matn yaratish bilan bog'liq topshiriqlar bilan har bir darsda shug'ullanish va ularni bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish zarur. Matn yaratish uchun ma'lum tayyorgarlik, nazariy bilim va amaliy ko'nikma bo'lishi lozim.
O'quvchi o'z fikrlarini jamlab, tizimga solib bayon etishi uchun anchagina vaqt talab etiladi. Shuning uchun, dastlab, muayyan bir mavzu asosida uyda kichik insho yozib kelish vazifasi topshiriladi. Bu borada ko'nikma hosil bo'lgach, bunday topshiriqlarni dars jarayonida ham berish mumkin bo'ladi.
Fikrni muayyan mavzu doirasida izchil bayon eta olish ko'nikmasi shakllangach, topshiriq murakkablashtiriladi. Ya'ni, o'quvchilarga muayyan mavzuga oid tayanch so'z va iboralar tavsiya etiladi va fikrlarini ular bilan mantiqiy aloqadorlikda shakllantirish talab etiladi. Bu kabi topshiriqlar bir tomondan o'quvchiga ko'mak bo'ladi, ya'ni fikr yo'nalishini belgilab beradi. Ikkinchi tomondan esa o'quvchining mavzuni yoritish bo'yicha foydalanishi mumkin bo'lgan boshqa yo'nalishlarni, qirralarni cheklaydi. O'quvchi endi aynan tavsiya etilgan tayanch vositalar doirasidagina fikrni rivojlantirishi va mavzuni yoritishi zarur. Topshiriqning murakkabligi ham shunda.
O'quvchilarning cheklangan mavzu doirasida kengroq mushohada yuritishini shakllantirish maqsadida quyidagi usuldan foydalanish mumkin. O'quvchilarga matnning dastlabki va oxirgi gapi tavsiya etiladi. Uning tarkibida bo'lishi kerak bo'lgan gaplar soni ham belgilab beriladi. Gaplar mazmuni o'zaro mantiqan bog'langan bo'lishi zarur.
O'quvchilarda matn tuzish bilan bog'liq muayyan tajriba to'plangach, topshiriqni jamoaviy bajarish vazifasi qo'yiladi. Ya'ni, ma'lum bir mavzu yoki rasm asosida guruh bo'lib matn yaratiladi. Bu quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O'quvchilar o'zaro maslahatlashmagan holda mavzu asosida birin-ketin bittadan gap aytadilar. Birinchi o'quvchining gapini ikkinchi o'quvchi mazmunan va mantiqan davom ettirishi va shu tartibda ketib, oxirgi o'quvchi fikrni yakunlashi kerak. Topshiriqning murakkab tomoni - o'quvchi o'zining emas, o'zganing fikrini davom ettirishi va keyingi o'quvchiga mavzuni davom ettirish uchun imkon qoldirishi kerak. So'nggi o'quvchi matnni yakunlashi uchun undan oldingi o'quvchi fikr yakuni uchun zamin bo'ladigan gap aytishi zarur.
Bu bosqichda o'qituvchi tomonidan bir-biri bilan mantiqan bog'lanmagan ikki gap tavsiya etiladi. O'quvchilar birinchi gap bilan matnni boshlab, ikkinchi gap bilan yakunlashlari zarur. Buning uchun ular orasida mantiqiy bog'lanishlar hosil qila oladigan gaplarni topa olish kerak
bo'ladi. Masalan, "Yozning qoq o'rtasi edi..............O'sha kuni maza qilib qorbo'ron o'ynagan
edik."
O'quvchi matndagi bo'shliqni to'ldirish uchun fantaziya qiladi, mantiqsizlikdan mantiq topishga harakat qiladi. Jumladan, matnni quyidagicha shakllantirish mumkin: "Yozning qoq o'rtasi. Chor-atrof quyosh taftidan erib ketayotgandek, nazarimda. Hovlimizdagi o'rik soyasida o'tirib xayolga cho'mdim. Tug'ilgan kunim yodimga tushdi. Men qishda, 18-yanvar kuni,
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
tug'ilganman. Har yili shu kuni sinfdoshlarim tabriklash uchun biznikiga kelishadi. Bu yil ham shunday bo'ldi. Tug'ilgan kuningda sovg'a olish kimga yoqmaydi, deysiz. Buning ustiga, tabiat ham qutlagandek, guppillatib laylakqor yog'ib berdi. O'sha kuni maza qilib qorbo'ron o'ynagan edik".
XULOSA
Bu kabi matnli o'qitish usullaridan har bir ona tili darsida foydalanish mumkin. Buning uchun matn tuzish bilan bog'liq topshiriqlarni dars mavzusiga aloqador grammatik topshiriqlar bilan boyitish zarur.
Ona tili darslarida o'quvchilarning matn tuzish ko'nikmalarini yuqorida tavsiya etilganidek bosqichli ravishda shakllantirish va rivojlantirib borish orqali ham o'quvchilarning nutqiy malakasini rivojlantirishga, ham mantiqiy tafakkurini o'stirishga erishish mumkin.
O'quvchilarni matn ustida ishlashga yo'naltiruvchi topshiriqlar tizimi:
1. Berilgan matndagi ixtiyoriy atamalar, ishlatilgan so'z turkumlari soni va miqdorini aniqlash.
2. Matn tarkibidagi badiiy bo'yoqdor so'zlar, ibora, tasviriy vosita, maqol, hikmatli so'z va topishmoqlar sonini belgilash, lug'aviy ma'nolarini sharhlash.
3. Uslubiy nuqsonli matnlar ustida ishlash.
4. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zlarni qo'yib, matnni ko'chirish.
5. Matnga sarlavha tanlash.
6 Tinish belgilarini to'g'ri qo'yish.
7. Fe'llardan ravishdosh va sifatdoshlar hosil qilish.
8. Ravishlarni ma'nodoshlari bilan almashtirish.
9. Otlar (sifat, son, olmosh, taqlid)ni uyadoshlari (ma'nodoshlari, zid ma'nolari, muqobillari) bilan almashtirish.
10. Fe'llar ravish, harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh)ni ma'nodoshlari, uyadoshlari, zid ma'nolari v.h.) bilan almashtirish.
11. Ajratilgan so'zlar bilan so'z birikmalari hosil qilish.
12. Matndagi so'z birikmalari soni va tuzilishini aniqlash.
13. Matndagi yasama so'zlarni topish, ulardan yangi so'zlar hosil qilish.
14. Ajratilgan yasama so'zlar ishtirokida so'z birikmalari va gaplar zuzish.
15. Yasama so'zlardagi o'zakni ajratish, ulardan yangi o'zakdosh so'zlar hosil qilish (bor, boring, bormoq, borliq), o'zakdoshlar ishtirokida so'z birikmalari va gaplar hosil qilish.
16. Matndan so'z yasovchi qo'shimchalari bor so'zlarni topib, shu qo'shimcha yordamida yangi qo'gaimchadosh so'zlar hosil qilish.
17. Matnda mavjud bo'lgan sodda gaplarni qo'shma gaplarga, qo'shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish.
18. Matndagi xatboshilar sonini aniqlash.
19. Matndagi sodda yoyiq gaplarni uyushiq bo'lakli gaplarga aylantirish.
20. Matndagi ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantirish (va aksincha).
21. Sodda gaplarni kirish so'zli (murojaat, tasdiq — inkor, gaassuf, takalluf, ishonch -ishonchsizlik, shubha - gumon, mavhumlik, e'tiqod, hurmat ma'nolarini anglatadigan) gaplarga aylantirish.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi kollejlarida o'quvchilarni mustaqil matn yaratishga o'rgatishda quyida tavsiya qilinayotgan «O'quvchini matn yaratishga yo'naltiruvchi topshiriqlar» tizimidan foydalanish yaxshi samara beradi:
1. Berilgan so'zlar asosida matn yaratish.
2. O'rganilgan mavzu asosida grammatik matn yaratish.
3. Sayohat taassurotlari bo'yicha matn yaratish.
4. Rasm yoki portretga qarab matn yaratish.
5. Berilgan so'z birikmalari asosida matn yaragish.
6. Berilgan matn asosida yangi matn yaratish.
7. Berilgan matnni kengaytirish.
8. Berilgan sarlavha asosida matn yaratish.
9. O'quv topshiriqlari asosida matn yaratish.
10. Badiiy — ramziy matnlar yaratish.
11. Kuzatish va taassurotlar asosida tasviriy matn yaratish.
12. Rivoyat matnlari yaratish.
13. Maqol, matal yoki hikmatli so'z asosida matn yaratish.
14. Berilgan turg'un iboralar ishtirokida matn yaratish.
15. Qofiyadosh so'zlar ishtirokida she'riy matn yaratish.
16. Hajviy rasmlar asosida yumoristik mati yaratish.
Mustaqil matn yaratish jarayoni — belgilangan maqsad, egallangan bilim, ko'nikma va malakalar, o'z nutqiy imkoniyatlari doirasida harakatlanuvchi tasavvur, idrok, ong va tafakkurning uyg'unlashuvidir. Mustaqil matn - individual bilim, idrok va tafakkur mahsuli o'quvchining nutqiy kashfiyotidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
"Matn yaratish texnologiyasi". T.Ziyodova. - Toshkent O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, "Fan" nashriyoti, 2007.
M.Qurbonov: R.Sayfullayeva: "O'zbek tili struktual sintaksisi" Toshkent - 2004