HARBIY TA'LIM JARAYONIDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING
AHAMIYATI Durmenov Shuxratjon Nurmamatovich
Toshkent Davlat pedagogika universiteti harbiy ta'lim fakulteti dosenti
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10113163
Annotatsiya. Xozirgi ta 'lim tizimida samarali o'qitish texnologiyalaridan biri - bu muammoli o'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiyfaolshaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o 'qitishning turli ta 'rif va tavsiflari bor. Muammoli o'qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o 'zlashtirishdan iborat.
Kalit so 'zlar: muammoli ta 'lim, muammoli vaziyat, samarali texnologiya, o'qitish.
Аннотаци. Одной из эффективных технологий обучения в современной системе образования является проблемное обучение. Его задача - стимулировать процесс активного познания и сформировать научно-исследовательский метод мышления. Проблемное обучение соответствует целям творческого и активного воспитания личности. В педагогической литературе существуют разные определения и описания проблемного обучения. Сущность проблемного обучения заключается в самостоятельном усвоении новых знаний путем создания проблемной ситуации.
Ключевые слова: проблемное образование, проблемная ситуация, эффективная технология, обучение.
Abstract. One of the effective teaching technologies in the modern education system is problem-based learning. Its task is to stimulate the process of active cognition andform a scientific research method of thinking. Problem-based learning corresponds to the goals of creative and active education of the individual. In the pedagogical literature there are different definitions and descriptions of problem-based learning. The essence of problem-based learning is the independent acquisition of new knowledge by creating a problem situation.
Keywords: problem-based education, problem situation, effective technology, training.
Xozirgi ta'lim tizimida samarali o'qitish texnologiyalaridan biri - bu muammoli o'qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli ta'rif va tavsiflari bor. Muammoli o'qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirishdan iborat.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular hususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog'langan aqliy mashaqqat xolati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilimlar va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi. Bunday mashaqqat
aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat xar qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob'ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma'lum bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Shunday qilib, muammoli vaziyat mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog'langan.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan .
O'quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, lekin talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo'lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o'quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o'quv muammosi bo'la olmaydi.
O'quv muammosining muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning qo'yilishi; talabalarda noma'lumni topish yo'lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muayyan bilim zaxirasining bo'lishi.
Harbiy tayyorgarlik nazariy, amaliy, vizual, taktik, taktik-nazorat shakllari, ularning aksariyati amaliy xarakterga ega va talablarga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustavi, tashkil etilishi va yuritilishi otish mashg'ulotlari, jangovar bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar va ko'rsatmalar qurollar, shuningdek, Qurolli Kuchlar Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazariy bilimlar va dalada jangovar tayyorgarlik jarayonida bajariladigan harakatlar mashqlar muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda xar bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo'lib xizmat qiladi.
Harbiy ta'limjarayonida muammoli o'qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo'lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirishdir.
Muammoli o'qitish mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o'qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O'qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg'ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.
Muammoli o'qitishni chuqur o'rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo'lib, uning asosida "Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi" - degan g'oya yotadi.
Muammoli vaziyatda bilish faoliyatining ketma-ketligi quyidagicha bo'ladi:
muammoli vaziyat;
muammoni yechish yo'llarini izlash;
muammoning yechimi;
Bo'lajak ofitserlar bugungi jamiyatda hayot shaxsdan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o'zgarayotgan sharoitlariga moslashishni talab qiladi. O'z navbatida hayotning bunday tarzi shaxs ma'lum sifatlarga ega bo'lishini talab qiladi. Xususan:
zarur bilimlarni mustaqil egallashni, egallangan bilimlarni turli muammolarni yechishda mahorat bilan qo'llashni;
axborotlar bilan savodli ishlashni (ma'lum masalani tadqiq qilish uchun zarur faktlarni yig'ishni bilish, ularni tahlil qilish, muammolarni yechishga qaratilgan gipotezalarni taklif qilish, qonuniyatlarni aniqlash, yangi muammolarni aniqlash va yechish);
olingan bilimlarning qayerda va qanday qo'llanishi mumkinligini aniq bilish va bu bilimlarni qo'llash sohasini anglay olish;
mustaqil tanqidiy fikrlash, real dunyoda paydo bo'layotgan qiyinchiliklarni ko'ra bilish va ularni bartaraf etishning optimal yo'llarini izlash;
ijodiy fikrlash, yangi g'oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo'lish;
turli ijtimoiy guruhlarda kirishimli bo'lish, birgalikda ishlashni bilish yoki nostandart vaziyatlardan chiqishni bilish;
o'zining ma'naviyati, intellekti va madaniy salohiyati ustida mustaqil ishlash. Yuqorida aytilgan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta'lim mazmuni, balki qo'llanilayotgan o'qitish texnologiyalari ham muhim rol o'ynaydi. Harbiy ta'lim jarayoni o'qish va bilish faoliyatiga o'zgartirishning imkoniyatlaridan biri muammoli o'qitish texnologiyasini tatbiq etish. Chunki muammoli o'qitish jarayonida o'qituvchilar ham, o'quvchilar ham o'zlarining intellektual, jismoniy, ma'naviy imkoniyatlarini o'quv va amaliy muammolarni yechish uchun doim sinovdan o'tkazadilar. Bu jarayonda hosil bo'lgan ko'nikma va malakalar axborot jamiyati sharoitlarida yashash uchun zarur sifatlarni shakllantirishga olib keladi.
An'anaviy ta'lim tizimida o'qituvchi va darslik bilimning asosiy manbasi bo'lsa, muammoli o'qitishning falsafasi va metodologiyasi o'qituvchining rolini o'quvchilarning izlanish-tadqiqotchilik faoliyatining tashkilotchisi, mutasaddi maslahatchi va yordamchi sifatida ko'radi. Bu rol an'anaviy o'qitishdagi roldan ancha murakkabroq va o'qituvchidan yuqoriroq mahorat talab qiladi.
Muammoli o'qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. D'yui (1859-1952) g'oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o'qitish asosini o'quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan. O'qish, hisoblash, yozish bo'yicha mashg'ulotlar bolalarning fiziologik balog'atiga qarab o'z-o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan. Dj. D'yui o'qish uchun to'rt ehtiyojni ajratgan: ijtimoiy, konstruktsiyalash, badiiy ifoda, tadqiqiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga quyidagilar taqdim etilgan: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar o'yin va amaliy faoliyat- mehnatga jalb etilganlar. Bu maktabda qo'llangan o'qitishning yangi uslublari, yo'llari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va kontseptsiya sifatida ifodalanmagan edi.
Dj. D'yui g'oyalari bo'yicha bola bilishda insoniyat yo'lini qaytaradi, bilimlarni o'zlashtirish spontan, boshqarilmaydigan jarayon bo'lib, bola o'zida hosil bo'lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o'zlashtiradi. Dj. Dyuining fikricha o'qitish samaradorligi shartlari o'quv materialini muammolashtirish bola faolligi bilan bog'liq bo'lishi kerak.
Muammoli o'qitishni chuqur o'rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o'qitish g'oyasi va prinsiplari S.L. Rubinshteyn, M.I. Maxmutov, V. Okon, I.Ya. Lerner kabi psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
S.L. Rubinshteynning «Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi» degan g'oyasi muammoli o'qitishning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 70-S0 yillarda an'anaviy o'qitish shakllari samaradorligi pasayib ketganligi qayd etilganda, etakchi pedagoglar muammoli o'qitish nazariyasiga e'tibor qarata boshladilar. Chunki an'anaviy o'qitish shaklida asosiy diqqat o'qituvchi faoliyatiga qaratilgan bo'lsa, muammoli o'qitish kontsepsiyasida asosiy urg'u o'quvchilar tomoniga ko'chadi. Muammoli o'qitish tamoyili bo'yicha bilim o'quvchilarga tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy-tadqiqot jarayoniga o'xshatib, o'quv faoliyati jarayonida o'quvchilar tomonidan egallanadi.
Hozirgi kunda bu sohadagi izlanishlar dunyoning turli mamlakatlarida davom ettirilmoqda, umuta'lim fanlari bo'yicha, ham oliy ta'lim fanlari bo'yicha ham muammoli o'qitish texnologiyalarining majmuaviy ishlanmalari yaratilmoqda. Muammoli o'qitish -o'quvchining muammoli taqdim etilgan ta'lim mazmuni bilan faol o'zaro bog'lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda o'quvchi ilmiy bilimning ob'ektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, fikrlash, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishga o'rganadi.
Fanda muammoli o'qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: "muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob'ektlar o'z hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, hususiy bir masaladan iborat holati sifatida ko'rish mumkin.
Muammoli o'qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, bu jarayonda o'quvchilar ijodiy fikrlashining rivojlanishi an'anaviy o'qitishdagiga nisbatan jadalroq bo'ladi. Lekin muammoli o'qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o'quv jarayoniga muammolarning tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak.
Muammoli o'qitishni harbiy ta'lim jarayoniga tatbiq etishda o'qituvchi ilmiy va o'quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi - har ikkalasida ham ob'ektiv zidliklar mavjudligi bo'lsa, ilmiy va o'quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo'yilgan masala hali yechilmagan, o'quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo'li va natijasi ma'lum. Faqat bu yo'llar va natijalarni o'quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli o'qitishning yakuniy maqsadi - o'quvchilarni muammolarni ko'rish va yechishga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
S.L. Rubinshteyn «tafakkur - inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo'lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo'ladi»-deb ta'kidlaydi.
Bundan quyidagi mantiq hosil bo'ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo'lishi
jamiyat uchun zarur bo'lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi. Muammoli vaziyat - psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati bo'lib, o'quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. Muammoli o'qitish usullariga quyidagilar kiradi: tadqiqiy usul, evristik usul, muammoli vaziyatlar yaratish usuli.
Shunday qilib, muammo yoki jumboq bizni fikrlashga majbur etadi. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yoki muammoni yechish mobaynida o'quvchi uning shartlarini bir necha variantda tasavvur qilsagina yechimga kelar ekan. Chunki kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir sekin fikrlaydi. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o'tirgan ikki o'quvchi bir xil yechishni belgilasada, o'sha yechishga kelishi yo'llari har bir o'quvchida o'ziga xos bo'ladi.
Mustaqil fikrlash - bo'lajak harbiyni shunday qobiliyatiki, u tufayli odam narsa va hodisalar xususida o'z qarashi va nostandart yechishlarga ega bo'ladi. Masalan: aniq predmet ruchkani nima ekanligini va nima maqsadda undan foydalanish mumkinligini ko'pchilik biladi. Bu-yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart tafakkurga erk berilsa, uning ko'rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati, yoki g'altakka o'xshatib ip o'rash mumkinligi kabi o'nlab funktsiyalarini sanab berish mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar, jamiyatda ro'y berayotgan voqealarning mohiyati xususida o'z qarashlari bo'lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlarini chegarasini kengaytiradi.
Muammoli ta'lim bu - bo'lajak harbiylarga beriladigan bilimning qaysi qismini, qanday yo'l bilan berish muammosini samarali hal qilishga qaratilgan o'qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta'lim darsda bir vaqtning o'zida o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi harakati bo'lib, u o'quvchi shaxsidagi muhim belgi-ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri aytganidek, darsda o'rganiladigan mazmunning murakkab qismini o'zlashtirishda o'qituvchining faoliyati qanday bo'lsa, o'quvchi faoliyatini ham shu darajaga etkazish muammoli ta'limning asosiy maqsadidir. Muammoli ta'lim - o'quvchilarning erkin fikrlashlariga, o'zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta'sir etishdir. Bunda o'quvchi diqqat bilan tinglashi, mustaqil va yolg'iz fikrlashi, jamoa bo'lib fikrlashi, tahlil qilishi, ko'pchilik bo'lib muhokama qilishi va to'plangan fikrni bayon qila olishi kerak.
Muammoli vaziyatni o'quv mashg'ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko'p shallantirish o'qituvchiga bog'liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki u o'quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o'quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o'rgatadi. Muammoli vaziyatni yaratganda o'qituvchi o'quvchilar o'z diqqatlarini nimalarga qaratishlari kerakligini aytishi maqsadga muvofiqdir. Masalan: «Chor Rossiyasining Xiva xonligini bosib olishi» mavzusida o'quvchilar diqqatini ikki muammoga qaratish zarur. Buning uchun o'qituvchi:
1. Xiva xonligining bo'ysundirilishi Rossiyaga qanday manfaat keltirar edi? degan savolni qo'yib muammoli vaziyatni yaratadi va o'quvchilarning fikrlarini eshitadi. Barcha fikrlarni eshitgach savolga yakuniy xulosani e'lon qilishikerak.
2. Turkmanlarning qo'zg'olonini tahlil qiling. Nima uchun qo'zg'olon yengildi? Bu savol bilan o'qituvchi ikkinchi muammoli vaziyatni vujudga keltirdi. O'quvchilar yechish jarayonida o'qituvchi bilan birga harakat qilib, muammo yuzasidan fikr va mulohazalarini bayon etib, muammoning yechishiga o'z hissalarini qo'shadilar.
Muammoni yechish jarayonida talabalarga eng zarur fikrni aytmaydi, ammo shu fikrni shakllantiruvchi dalillarni, faktlarni keltirib o'tishi kerak bo'ladi.
REFERENCES
1. Zamonaviy dars. Ilmiy-metodik to'plam. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI.- T., 2007 y.
2. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari: -T.: «O'qituvchi», 2004 y.
3. Kolechenko A.E. Ensiklopediya pedagogicheskix texnologiy: Posobiye dlya prepodavateley. - SPb.: KARO, 2002 y.
4. Pityukov V.Yu. Osnovbi pedagogicheskoy texnologii.- M.: «Gnom-Press», 1999 g.
5. Markova S.M. Retrospektivnbiy analiz razvitiya professionalnogo obrazovaniya v Rossii //Vestnik Minskogo universiteta. 2019. T. 7, №3. S 3.
6. Myalkina E.V. Diagnostika kachestva obrazovaniya v vuze // Vestnik Minskogo universiteta. 2019. T. 7, №3. S 4.
7. Maxmutov M.I., Ibragimov G.I. Pedagogicheskie texnologii razvitiya mbishleniya. - Kazan, 1993
8. Klarin M. V. Razvitie «pedagogicheskoy texnologii» i problembi teorii obucheniya // Sov. pedagogika, 1984, №4, S.117-122.
9. Sedbix E.P. Sistema normativnogo pravovogo obespecheniya proektnogo upravleniya v obrazovanii // Vestnik Minskogo universiteta. 2019. T. 7, №1. S 1.
10. Selevko G.K. Sovremennbie obrazovatelnbie texnologii KOS: uchebnoe posobie / G.K. Selevko. — M.: Narodnoe obrazovanie, 1998. — 256 s.
11. Muraveva G.E. Proektirovanie texnologiy obucheniya: Ucheb. posobie dlya studentov i prepodavateley pedagogicheskix vuzov, slushateley i prepodavateley kursov povbisheniya kvalifikatsii uchiteley / G.E. Muraveva. - Ivanovo, 2001. 123 s.