Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFLARDA DARSLARNI 4 “K” MODELI ASOSIDA OʻQITISH'

BOSHLANGʻICH SINFLARDA DARSLARNI 4 “K” MODELI ASOSIDA OʻQITISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
86
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy o‘qituvchi / 4 “K” modeli (kritik fikrlash / kreativ fikrlash / kommunikativlik va kolloboratsiya) / 4 “K” ko‘nikmalari (tanqidiy / ijodkorlik / muloqotchanlik / hamkorlikda ishlash) / innovatsion uslublar / metodlar / ta’limni tashkil qilish shakllari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Meliboyev Anvar Rashidovich

Maqolada ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim, bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchiga qanday ta’lim berishi kerak, 4 “K” ko‘nikmalari, darslarda zamonaviy metodlardan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFLARDA DARSLARNI 4 “K” MODELI ASOSIDA OʻQITISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA DARSLARNI 4 "K" MODELI ASOSIDA O'QITISH

Meliboyev Anvar Rashidovich

Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari" kafedrasi mudiri, p.f.n.,dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11061119

Anotatsiya. Maqolada ta'limsifatini oshirish, zamonaviy ta'lim, bugungikundazamonaviy o'qituvchi o'quvchiga qanday ta'lim berishi kerak, 4 "K" ko'nikmalari, darslarda zamonaviy metodlardan unumli foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy o'qituvchi, 4 "K" modeli (kritik fikrlash, kreativ fikrlash, kommunikativlik va kolloboratsiya), 4 "K" ko'nikmalari (tanqidiy, ijodkorlik, muloqotchanlik, hamkorlikda ishlash), innovatsion uslublar, metodlar, ta'limni tashkil qilish shakllari.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы повышения качества образования, современного образования, как современный учитель должен обучать ученика сегодня, навыки 4 "К", эффективное использование современных методов на уроках.

Ключевые слова: современный педагог, 4 модели "K" (критическое мышление, креативное мышление, коммуникативность и коллаборационизм), 4 навыка "K" (критичность, креативность, коммуникативность, совместная работа), инновационные приемы, методы, формы организации обучения.

Abstract. The article discusses the issues of improving the quality of education, modern education, how a modern teacher should teach a student today, 4 "K" skills, effective use of modern methods in the classroom.

Keywords: modern teacher, 4 "K" models (critical thinking, creative thinking, communication and collaboration), 4 "K" skills (criticality, creativity, communication, teamwork), innovative techniques, methods, forms of learning organization.

Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimi kundan kunga takomillashib bormoqda. Xususan, uzluksiz ta'lim tizimini samarali tashkil etish va unga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'quv materiallarini o'zlashtirish jarayonida sifat va samaradorlikka erishishda g'oyatda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy ta'lim o'quvchilarga beriladigan bilimlarning to'laqonli amalga oshirilishini ko'zda tutadi.

O'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo'yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg'or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan 4 "K" modeli asosida tayyorlandi. 4 "K" modelidan foydalanish ko'plab sinovlardan o'tgan, muhimi, zamonaviy yondashuvdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" PF5712-sonli Farmoniga binoan ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, shu maqsadda "Uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tatbiq etish" muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida aytilgan.

O'zbekistonning kelajagi bo'lgan yosh avlodni o'qituvchiga ishonib topshirilgan. Shuning uchun har bir o'qituvchi bu katta ishonchni o'zining pok vijdoni va mas'uliyat hissi bilan oqlashi zarurdir. Buning uchun u tinimsiz izlanishi, jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklardan xabardor bo'lishi, yangi pedagogik texnologiyarni o'z faoliyatida doimiy qo'llab borishi kerak.

Hozirgi zamon ta'limi oldida turgan asosiy maqsad, o'quvchi shaxsini bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish faoliyatiga o'rgatishdan iborat.

Shuningdek, zamonaviy darslarni tashkil qilish negizida 4 "K" modelini qo'llash asosida o'quvchilarda kritik (tanqidiy) fikrlash, kreativ fikrlash, kommunikativ va kooperativ ko'nikmalarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Bigingi kunda ta'limni isloh qilish tizimiga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan bog'liq. Ana shunday yondashuvlardan biri 4 "K" modelidir.

4 "K" modeli kritik fikrlash, kreativ fikrlash, kommunikativlik va kolloboratsiya kabi tushunchalarni qamrab oladi.

1) kritik (tanqidiy) fikrlash - o'z mustaqil fikriga ega bo'lish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish demakdir;

2) kreativ fikrlash (ijodiy yondashuv) - o'z maqsadiga erishish yo'lida yangiliklarga qo'l urish, noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik ko'nikmalarini o'rgatish;

3) kommunikativlik (muloqatchanlik) - odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish;

4) kooperatsiya (hamkorlikda ishlash) - ta'lim oluvchining jamoa bo'lib ishlash qobiliyatini shakllantirish.

Boshlang'ich sinf o'quvchillarda 4 "K" modeli ko'nikmalarini shakllantirishga, ularning tayanch va fanga oid kompetensiyalari elementlarini shakllantirishga, har bir fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirishga, ma'naviy yetuk, sog'lom avlod bo'lib tarbiyalashda, kasb-hunar tanlashlari uchun xizmat qiladi. Tavsiya etilayotgan metod va usullar dars mazmunini ochishiga, o'quvchilar faolligini oshirishga yordam berib, darsning samaradorligini oshiradi.

Quyidada keltirilgan innovatsion metod va interfaol o'yinlar o'quvchilarda 4 "K" modeli tarkibidagi kritik (tanqidiy) fikrlash ko'nikmasi, kreativlik (ijodkorlik) ko'nikmasi, kommunikativlik (muloqotchanlik) ko'nikmasi, va kooperatsiya (hamkorlikda ishlash) kabi ko'nikmalarni rivolantirishda hamda fanlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda, zukkolik, tirishqoqlik, chaqqonlik va aniq harakat qilish, bilimlarni puxta egallash ko'nikmalarini shakllantiradi. O'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lib o'tish esa bolalarni darsdaga faolligini va zo'r ishtiyoq bilan qatnashishlarini ta'minlaydi.

Kritik (tanqidiy) fikrlashni rivojlantiruvchi usullar.

Kritik (tanqidiy) fikrlash: O'quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. O'quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o'rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtayi nazarini shakllantiradi.

Tanqidiy fikrlash ko'nikmalari:

✓ tahlil - topshiriqni alohida kichik vazifalarga bo'lish, masalalarni yechishning yakuniy algoritmlarini yaratish qobiliyati;

✓ baholash - kirish va chiqish ma'lumotlarining sifati va muvofiqligini baholash qobiliyati;

✓ tushuntirish - o'z nuqtayi nazarini dalillash, mantiqiy-bog'liq izchil matnlar qurish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

✓ maqsadlarni belgilash - erishish mumkin bo'lgan maqsadlarni to'g'ri shakllantirish, zarur ma'lumotlarni va uning yetarliligini aniqlash, shu asosda mustaqil xulosalar chiqarish qobiliyati;

✓ o'zini boshqara bilish - o'z-o'zini tekshirish, xulosalarni tuzatish va mulohaza yuritish (refleksiya);

✓ modellashtirish - amaliy vaziyatni sifatli tahlil qilish va vazifalarni hal qilish uchun vaziyatni mavhum modeli bilan almashtirish qobiliyati;

✓ o'rganilayotgan predmetga turli nuqtalyi nazardan qarash amaliyoti;

✓ kuzatish va o'lchovlarni rejalashtirish va amalga oshirish amaliyoti;

✓ muammolarni hal qilish malakalarini rivojlantirish;

✓ dalillarni ajrata olish, ularni shakllantirish va baholash qobiliyati;

✓ strategik fikrlash.

"4 rangli qalam" usuli.

Tavsifi: Bu usul o'quvchilarda matn ustida tahliliy ishlash sharoitini yaratadi. 4 xil rangli qalam orqali matn yuzasidan 4 xil topshiriqni bajaradilar. Bunda o'quvchilarning mazmunini to'liq o'zlashtirganligni undagi mazmunga mos maqol yoki hikmatli so'zni ayta olishi, matnga ijodiy yondashishlari (o'zgartirish kiritish, rasm ishlash) va mavzu yuzasidan olingan xulosalarni bayon qila olishlardan bilib olish mumkin bo'ladi.

Erishiladigan natija: O'quvchilar bu usul orqali tanqidiy fikrlashga oid tahlil - topshiriqni alohida kichik vazifalarga bo'lish, masalalarni yechishning yakuniy algoritmlarini yaratish qobiliyati hamda dalillarni ajrata olish, ularni shakllantirish va baholash qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Qo'llanilish doirasi: Bu usuldan oliy ta'lim amaliy darslarida, maktab o'quvchilaridan yuqori va quyi sinflarda o'qish savodxonligi, tarbiya va tabiiy fan darslarining mustahkamlash qismida foydalanishlari mumkin.

Foydalanish vositalari: 4 xil rangli qalam, stikker yoki A4 formatdagi qog'ozlar.

O'tkazilish tartibi:

✓ Har bir guruh yoki ishtirokchiga 4 xil rangli (havorang, kulrang, qizil, yashil) qalamlar yoki ruchkalar tarqatiladi;

✓ Havorang qalam topshirig'i - matndan kelib chiqib savollar tuzing;

✓ Oq (kulrang) qalam topshirig'i - mazmunidan kelib chiqib maqol yozing;

✓ Qizil qalam topshirig'i-o'qiganlarigizni qisman o'zgartiring (asar qahramonlarini, voqealarni) yoki mavzuga mos rasm chizing;

✓ Yashil qalam - olgan xulosangizni qisqacha bayon qiling;

✓ O'qituvchilarga har bir rang topshiriqlarni yakunlash uchun vaqtni vaziyatga qarab belgilashi mumkin;

✓ Topshiriq yakunida tahliliy ishlar o'qituvchi tomonidan tekshirilib baholanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Kreativlik (ijodiy yondashuv)ni rivolantiruvchi usullar.

Kreativ fikrlash ko'nikmalari orqali o'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladi.

Kreativlik (Ijodkorlik) ko'nikmasi.

✓ qiziquvchanlik - tevarak-atrofdagi olamga qiziqish va u haqida ko'proq bilishga intilish, dunyo obyektlari o'rtasidagi sabab-natija munosabatlarini aniqlash, axborotni mustaqil izlash va o'z savollariga javob topish qobiliyati;

✓ tasavvur - ko'plab original va nostandart g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;

✓ optimallashtirish - maqsadga tez va samarali erishish uchun bir nechta usullarni solishtirish qobiliyati;

✓ g'oyalarni rivojlantirish - g'oyalarni turli nuqtayi nazardan baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini izlash, o'zgaruvchan sharoitlarda va yangi ma'lumotlarning paydo bo'lishida o'z faoliyatini tezda qayta qurish qobiliyati.

"Antiqa surat" usuli.

Tavsifi: Bu usul o'quvchilarga kreativ fikrlashga, ijodkorlik va yartuvchanlikka o'rgatadi. Bunda o'quvchilar A4 formatdagi qo'g'z beriladi. 6 xil raqamlar ostiga turli xil chiziq va shakllar tushirilgan bo'ladi. Kubni aylantirib tashlaymiz qaysi raqam tushsa shu raqamdagi shaklni chizamiz. Kubni bir necha marta tashlashihsiniz mumkin. Har bir shakl bir-biriga ulanib chizib ketiladi. Shart oxirida antiqa rasm paydo bo'ladi. Ishtirokchilar o'zlarining rasmiga nom qo'yadilar. Qo'yilgan nomlar ham kreativ xech kimda yo'q bo'lishi lozim.

Erishiladigan natija: Bu usul orqali o'quvchilarda tasavvur - ko'plab original va nostandart g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati, qiziquvchanlik - tevarak-atrofdagi olamga qiziqish va u haqida ko'proq bilishga intilish kabi ko'nikmalari rivojlantiriladi.

Qo'llanilish doirasi: Bu usuldan matematika, tasviriy san'at, onatili, o'qish fanlarida qiziqarli daqiqa sifatida foydalanish mumkin.

Foydalanish vositalari: Kub (har bir yuzasida 1-6 gacha raqamlar yozilgan bo'lsin), rasm chizish uchun A4 formatli qog'oz tepasida turli shakllar, chiziqlar tasviri bo'lsin

O'tkazilish tartibi:

✓ O'yin qoidasi va shartlari bilan tanishtirish;

✓ Kub tomonlaridagi har bir raqamga alohida belgi borligi tushuntiriladi;

✓ Kub tepaga irg'itiladi va qaysi raqamli tomoni yerga tushsa shu belgini chizadilar;

✓ Keyingi safar tushgan belgi ulanib ketiladi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

✓ Shu tarzda bir necha bor kubda tushgan raqam ostidagi belgilar biror bir antiqa rasm hosil qilgach o'yin to'xtatiladi;

✓ Rasmga antiqa nom berish topshirig'i beriadi. Bunda turli bo'g'inlardan foydalinishlari mumkin.

Kommunikativlik (muloqatchanlik) nirivojlantiruvchi usullar.

Kommunikativlik: O'quvchilar o'z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma'lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o'rganadi.

Muloqot qilish ko'nikmasi.

✓ muloqotdan cho'chimaslik va muloqotni uyushtira bilish qobiliyati, savollar berish va ularga javob berishga tayyorlik.

✓ muloqot maqsadi va mazmuniga, shuningdek, suhbatdoshga moslashish qobiliyati;

✓ muloqotchanlik maqsadlariga erishishda verbal va noverbal vositalardan foydalanish qobiliyati;

✓ muloqot qoidalari ma'nosini tushunish va ishonch darajasini oshirish;

✓ boshqa odamlarning fikrini tinglashni o'rganish;

✓ o'zining ijobiy obrazi shakllanishini ta'minlash;

✓ o'z fikr va his-tuyg'ularini ifodalash amaliyoti;

✓ taqdim etish, qabul qilish va qayta aloqani aks ettirish amaliyoti;

✓ o'z fikrlari va mulohazalarini aniq dalillash amaliyoti;

✓ katta va kichik jamoada boshqalar bilan ishlash amaliyoti.

"Sirli soat" usuli.

Tavsifi: Bu usulda o'quvchilar kommunikativlikka jalb etish, dars jarayonida faolligini oshirish, o'tilgan mavzuni o'zlashtirganlik va tushunchalarni yodda saqlab qolganlik darajasini aniqlash, tushunchalar orasidagi bog'lanishlarni topishga o'rgatish uchun foydalanish mumkin.

Erishiladigan natija: Bu o'yin o'quvchilarda hozirjavoblik, mantiqiy fikrlashni va kundalik hayotiy faoliyatimizda rivojlantiradi, shuningdek atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga, sodir bo'layotgan hodisalarga qiziqishini oshiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

PROSPECTS" April 26, 2024

Qo'llanilish doirasi: Bu metodni barcha darslarda tashkiliy qismida, yangi mavzudan oldin va mustahkamlash qismida o'tkazish mumkin.

Foydalanish vositalari: O'qituvchi soat maketi yoki soat rasmi tushirilgan rangli rasmdan foydalanishi mumkin.

O'tkazish tartibi:

✓ "Sirli soat" deb nomlanishi shundaki soatda raqamlar o'rni bo'sh faqat soat millari

bor.

✓ O'quvchilar soatdagi sirli jumboqni yechishlari uchun raqamlarga mos keladigan mavzu yoki fanga bog'liq to'g'ri va aniq ma'lumotlar keltirishlari lozimligi tushuntiriladi.

✓ O'quvchilar tomonidan to'g'ri topilgan ma'lumotlar orqali raqamlar o'z o'rniga qo'yiladi.

✓ Soatning sirini echishda faol bo'lgan o'quvchilar yoki guruh rag'batlantiriladi.

Bu metodni og'zaki tezkor savol-javob tarzida yoki guruhlarga yozma topshiriq ko'rinishida berish mumkin.

«VIKI.Q ©®^T"voexs№

Xaqt — oltindan qinimat

Kollaboratsiya (hamkorlikda ishlash)ni rivolantiruvchi usullar.

Kollaboratsiya: Darsliklar o'quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o'quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashadi.

Jamoaviy ishlash ko'nikmasi.

✓ umumiy maqsadlarni o'z maqsadidek qabul qilish qobiliyati, ularga erishish uchun birgalikda harakat yo'nalishini qurish qobiliyati;

✓ ijtimoiy o'zaro ta'sir, ya'ni umumiy maqsadlarni muhokama qilish, muzokaralar olibborish, o'z harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish;

✓ o'z rejalari va g'oyalarini amalga oshirish uchun yetakchilik ko'nikmalarini va o'zjamoasini shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish;

✓ o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish;

✓ mustaqillik, avtonomiya va tashabbuskorlik.

"MMM" usuli.

Tavsifi: O'quvchilar bilan bu usul matematika darslarida tashkil qilinadi. Ushbu metod o'quvchilarga muayyan mavzular bo'yicha bilimlari mustahkamlash imkonini beradi. Metodni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

qo'llash jarayonida o'quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg'ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

1-bandga misol (o'rganilgan mavzuga oid)

2-bandiga masala

3-bandiga mantiqiy topshiriq

Har bir bandda topshiriqlar to'liq yozilib yonidagi sherigiga yoki boshqa guruh a'zolariga uzatadilar.

Topshiriqni olgan ishtirokchilar navbati bilan uni bajarib yechimini topibyozadilar. Erishiladigan natija: Bu usul orqali o'quvchilar o'zaro faollikda ishlashga, topshiriqlarni birgalashib navbati bilan yechishga, o'rganilgan mavzular bo'yicha bilimlarni mustahkamlashga erishadilar.

Qo'llanilish doirasi: matematika va tabiiy fanlarida darsning asosiy, mustahkamlash qismlarida va qizizqarli daqiqalarida tashkil qilish mumkin.

Foydalanish vositalari: MMM usuli jadvali tushirilgan tarqatmalar. O'tkazsish tartibi:

1. Sinf o'quvchilarning yakka yoki guruhlarda ishlashlari e'lon qilinadi.

2. O'quvchilarning yangi mavzu bo'yicha misol yecha olish darajasi o'rganiladi va ular yechilgan misollar jadvalning 1-bandiga yozib boriladi.

3. O'quvchilarning yangi mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo'lgan masala yechishga oid bilimlari o'rganiladi va bu masalalar jadvalning 2-bandiga yoziladi.

4. O'qituvchi mantiqiy topshirqini yozadilar va sheriklariga uzatadilar. O'zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi va ular jadvalning 3-bandiga yoziladi.

5. Topshiriqni bajarish uchun vaqt belgilandi.

6. Yakunida ishlar tahlil qilinib g'oliblar aniqlanadi.

MISOL MASALA MANTIQIY TOPSHIRIQ

"Tanga" usuli

Tavsifi: Ushbu usulni biror bir narsa-buyum, hodisa, konsepsiyaga, voqeilikka, obyektga nisbatan munosabat bildirish uchun qo'llash mumkin.

Erishiladigan natija: Bitta narsa yoki tushunchani ikki tomonlama tasavvur etish va qabul qilish, biror bir konsepsiya (ma'lumot)ning xos jihatlarini o'zaro solishtirish yoki ularni mosligini (ha/yo'q, ha/qarshi) tahlil qilish, hamkorlikda ishlash va tanqidiy mushohada rivojlanadi.

Qo'llanilish doirasi: Ona tili va o'qish savodxonligi, tarbiya, tabiiy fanlarida darsning qiziqarli daqiqalarida tashkil qilish mumkin.

Foydalanish vositalari: 2 tomoniga tanga rasmi tushirilgan tarqatmalar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

O'tkazilish tartibi:

1-bosqich: O'quvchilar ushbu metodni bajarish qoidalari bilan tanishtiriladi.Guruh yoki yakka tartibda rasmiylashtiriladi.

2-bosqich: Ajratilgan vaqt oralig'ida belgilangan tartibda (yakka, juftlik, guruhda) to'ldiradi, uning orqa tomoniga sabablari yoziladi, old tomoniga esa orqa tomondagi ifodaga qarama - qarshi g'oyalar, omillar va shu kabilar.

3-bosqich: Tanga tomonlari yakka, juftlikda (guruhda) taqqoslanishi, to'ldirilishi.

4-bosqich: Ish yakuninda tanga tepaga otiladi va qaysi tomoni bilan yerga tushsa (salbiy yoki ijobiy) shu tomonda bergan fikrlari yuzasidan guruhlar o'z nuqtayi nazarlarini himoya qilishadi.

"Sirli aylana" usuli.

Tavsifi: Bu usulda aylana chetiga harflar, raqamlar, rasmlar joylashtirilgan bo'ladi. Hafrlar aralash berilgan bo'lib ichidan mavzu, fan yoki matn ichidagi biror so'z gapni ajratib topishlari kerak bo'ladi. Raqam va belgilar ichidan alifbo tartibidagi harflardan tuzilgan gap, maqollar topib arjatishlari kerak. Rasmlardan esa navbati bilan gap tuzib matn hosil qilishlari kerak. So'ngra ma'lum qoida asosida tahlil qilinadi. Bu usulda o'quvchilar o'zaro hamkorlikda ishlaydilar. Beriladigan topshiriqlar mavzudan kelib chiqib o'zgartiriladi.

Erishiladigan natija: Usul orqali o'quvchilar hamkorlikda ishlashga, o'zaro hurmat va boshqalarni tinglashga, ma'lumotlar ichidan kerakligini ajratib olishga o'rgatiladi.

Qo'llanilish doirasi: Ona tili va o'qish savodxonligi, tarbiya, tabiiy fanlarida darsning qiziqarli daqiqalarida tashkil qilish mumkin.

Foydalanish vositalari: Aylana rasmi chetlariga mavzudan kelib chiqib harflar, raqamlar, rasmlar joylashtilgan bo'ladi.

O'tkazilish tartibi:

Bu usul 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1. Harfning alifbodagi joylashish o'rniga qarab so'z, gap, maqolni topish.

2. Uni ma'lum qoida asosida tahlil qilish.

✓ O'quvchilar guruhlarda ishlaydilar;

✓ O'quvchilarni mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilantanishtirish.

✓ Tarqatma materiallarni guruh a'zolariga tarqatish.

✓ Har bir topshiriqqa 1-2 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

✓ Topshiriqlar sinflar va mavzular kesimida osondan murakkablikka qarab o'zgarib boriladi.

✓ Topshiriqlar bajarilgandan so'ng muhokama qilinadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

✓ G'olib o'quvchilar e'lon qilinib rag'batlantiriladi.

Zamonaviy ta'limda zamonaviy o'qituvchi ta'lim shaklini mavzu, o'quvchilar va

tarjibasidan kelib chiqib tanlaydi. Bunda albatta zamonaviy metodlar qo'l keladi.

Xulosa shuki, o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida

o'quvchilarda 4 "K" modelini darslarda tadbiq etish maqsadga muvofiq. Bunda albatta zamonaviy

interfaol metodlardan foydalanish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apreldagi Xalq ta'limi tizimini 2023-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini to'g'risidagi PF5712 sonli Farmoni. https//www.lex.uz.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU, 2003.

3. Mavlanova R.A, Raxmonqulova N.X. "Boshlang'ich ta'limda innovatsiya". -T.: TDPU 2007.

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi: "Nasaf', 2000.

5. Toshpulatova Sh.O. O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish. Ped.fan.bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss.avtor.-T., 2018, 26 b.

6. To'raqulov X.A. Boshlang'ich ta'limda innovasion yondashuvlar qilishning ijtimoiy jihatdan zarurligi // Boshlang'ich ta'limda innovason texnologiyalar: muammolar, echimlar: Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Jizzax, 2006.-III qism.-B.153-157.

7. "Boshlang'ich sinflarda o'qitishning zamonaviy metodikasi" dasturi doirasida trening ishtirokchisi qo'llanmasi. -T.: 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.