Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023
BUGUNGI KUN YOSHLARDA KREATIV FIKRLASH VA KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO'LLARI (CHET
TILINI O'QITISH MISOLIDA)
Xalikova Latofat Uktamovna
Toshkent davlat transport universiteti "Chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda yoshlarda kreativ fikrlash va kreativlik jihatlarini rivojlantirishning samarali yo 'llari tahlil qilingan. Mamlakatimizda ta 'lim-tarbiya tizimiga e'tibor berilib, o 'quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo 'lishi talab etilmoqda. Jismonan va ma 'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini yuzaga chiqarish ularning qalbida vatanparvarlik, insoniylik, kasbiga fidoiylik tuyg'ularini rivojlantirish kabi fazilatlarni shaklantirishning zamonaviy usullari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Yoshlar, kreativ fikrlash, o'quvchi yoshlarimiz, yangi bosqich, ta'lim, tarbiya, pedagog mahorat, xalqaro ta'lim standartlari, ilg'or pedagogik texnologiyalar.
ABSTRACT
Today, effective ways of developing creative thinking and creativity in young people have been analyzed. In our country, attention is paid to the education system, and it is demanded that our students have modern knowledge and professional skills in accordance with world standards. Information is provided on modern methods of developing qualities such as developing the feelings ofpatriotism, humanity, devotion to the profession in their hearts, to grow into physically and mentally mature people, to reveal their abilities and talents.
Key words: Youth, creative thinking, our young students, a new stage, education, training, pedagogical skills, international educational standards, advanced pedagogical technologies.
KIRISH
O'zbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga o'tgandan keyin Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga alohida e'tibor bera boshlandi. Jumladan, O'zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati» «O'zbekiston yoshlar ittifoqi» deb o'zgarishi yoshlar masalasidagi islohotlarning boshlang'ich nuqtasi sifatida qaraladi. O'zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga muvofiq oliy ta'lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi1. Bugungi kunda jahonda ta'limga kompetentli yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, yosh pedagog kadrlarning kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali ijodiy ta'lim jarayonini loyhalashtirishning zamonaviy metodik ta'minotini yaratish, talabalarda kasbiy faoliyat sohalariga yo'naltirilgan kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek oliy ta'limning ta'lim sifatini ta'minlash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo'nalishlardan biri sifatida tadqiq etilmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan ilg'or xorijiy tajribalar asosida zamonaviy kasbiy ta'lim mazmunini internatsionalizatsiyalash va modernizatsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan innovatsion ta'lim muhitini shakllantirish, interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini yanada takomillashtirish muhim o'rin tutadi.
Birinchi navbatda kreativlik tushunchasiga to'xtalib o'tmoqchimiz Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrensning fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o'zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama- qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi.
Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va
1 Y36eKHCTOH Peecnyö^HKacH npe3HgeHTHHHHr "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHH aHaga pHBO^aHTHpnm 6yHHHa X,apaKaraap cipaTeraacH TyrpHCHga"rH OapMOHH // Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn KpHyH xy^^araapn Tyn^aMH. -T., 2017 . - E.39.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XXI asr zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan va har bir sohada o'z aksini topayotgan davrdir. Ushbu globallashgan jamiyatda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan talab kun sayin oshib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 19-may 2021-yildagi "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ham "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o'rgatishni ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo'nalishda ta'lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Yurtimizda chet tillarni o'qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili darslarining o'qitilishi jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqilmoqdi. Xususan, umumta'lim maktablari va kasb- hunar maktablari o'quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o'quv xonalari, yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili fani to'rt aspektga (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo'linib, ularning har biri boyicha alohida tushuncha va ko'nikmalar berilmoqda.
Xorijiy tillarni o'qitishda ilg'or zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati beqiyos. Zero ta'lim jarayonida texnologik vositalardan foydalanish chet tillarini o'rganishning har bir bo'limida bilimlarni o'zlashtirish va mustahkamlashda beqiyos rol oynaydi. Masalan, tinglab tushunish ko'nikmasini shakllantirishni kompyuter, player, CD disklarsiz amalga oshirish imkonsiz. Tinglab tushunish til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'quvchi bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
e'tibor berishi talab qilinadi. Bugungi globallashuv jarayonida internet hayotimizning har bir jabhasini qamrab olgan. Yosh avlod orasida ijtimoiy tarmoqlardan, turli saytlardan chet tillarini o'rganishda oqilona foydalanishni yo'lga qoyish dolzarb masalaga aylanib ulgurdi. Ayniqsa internet orqali chet tilida so'zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyatidan foydalanib, gapirish ko'nikmasini rivojlantirish, e-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish kabi jihatlar o'rganildi.
Dars jarayonlarida multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, slaydlar orqali darsni tashkil qilish, o'quvchilarni xorijiy til darsi boshlanishiga o'ziga jalb qiluvchi usullar (warm-up activities)dan foydalanish, turli xil rangdagi ko'rgazmalardan foydalanish orqali darsni mazmunli tashkil qilishga hamda o'quvchilarning mavzuni to'liq o'zlashtirishiga erishish mumkin. Shuningdek, maktablarda dars jarayonlarini interfaol oyinlar orqali tashkil qilish ham juda katta ijobiy natijalar berishi isbotlangan. Ma'lumki, darsning turli xil oyinlar asosida o'tilishi o'quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlash imkoniyatlarini kashf etibgina qolmay, balkiularning diqqatni jamlash, muammoli vaziyatlardan chiqish yo'llarni izlashko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Chunki, oyinlardan foydalanishning asosini o'quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, oyinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday oyin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv oyinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. Oyinlar jarayonida o'quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg'ulotga qiziqibroq yondashadi va o'zini erkinroq tutadi. Bu ayniqsa tabiatan uyatchang va jamoaga tez qo'shila olmaydigan o'quvchilar bilan ishlashni osonlashtiradi. Ularning kirishimlilik qobiliyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash lozimki, oyin eng avallo, o'qitishning bir usulidir. O'quvchilar oyinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g'alaba qozonishga intiladilar, pirovardida bilim va ko'nikmalarini ham boyitib boradilar. Masalan o'quvchi ingliz tilidagi oyinda qatnashish jarayonida o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi, men bu tilda gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb motivatsiya oladi.. Biz bilamizki, hozirgi ta'lim jarayonida o'quvchi sub'ekt bo'lishi lozim. Bunda ko'proq interfaol metodlardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshiradi. Chet tili darslariga qoyilgan eng muhim talablardan biri o'quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlashga o'rgatishdir. Bugungi kunda respublikamizdagi xorijiy til o'qituvchilari Amerika Qo'shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
- "Muammoli vaziyat yechimi" (Creative Problem Solving) bu usulni qo'llashda hikoyaning boshlanish qismi o'qib beriladi, yakuni qanday bo'lishi esa o'quvchilar, hukmiga havola qilinadi. Bu o'z navbatida o'quvchilarning mustaqil firklash qobiliyatini rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi.
- "Quvnoq topishmoqlar" (Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlarni o'rgatishningxorijiy tilni o'qitishda o'rni beqiyos.Topishmoq yodlash orqali o'quvchilaning so'z boyligi oshib boradi, undan tashqari xotirani mustahkamlashda ham topishmoqlarning ahamiyati juda katta.
- "Tezkor javob" (Quick answers) o'tilgan dars mavzusini mustahkamlashga yordam beradi;
- "Chigil yozdi" ("Warm-up exercises") o'quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil oyinlardan foydalanish, dars boshlanishidan oldin o'quvchilarni o'tiladigan mavzuga moslashtirishga xizmat qiladi [3];
- "Pantomima" (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo'lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo'ladi;
- "Hikoya zanjiri" (a chain story) usuli o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda yordam beradi;
- "Rolli oyinlar" (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo'llanilishi mumkin. Hunarga o'rgatish uchun "Interpretter", "Translator", "Writer", "Poet" kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o'quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;
- "Allomalar yig'ini" (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni "taklif qilish" mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so'zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo'lib tarbiyalanishiga yordam beradi;
- "Rasmlar so'zlaganda" (When pictures speak) usuli ancha qulay bo'lib, ingliz tilini o'rgatishda, talaba, o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;
- Kviz kartochkalari (quiz cards) o'quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi, barcha o'quvchilarga e'tibor berilishi ta'minlaydi va vaqtni tejaydi .
Xulosa qilib shu aytishimiz mumkinki, zamonaviy o'qitish usullari talabalarning o'zaro ta'siri va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish, materialni passiv idrok etishga yo'naltirish uchun foydalidir usullardan biridir. O'rganishning chekka shakllarining afzalliklaridan samarali foydalanishga imkon beradigan zamonaviy o'quv
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
infratuzilmasi, o'quv, texnologik, tashkiliy komponentlarni o'z ichiga oladi. har bir innovatsion texnologiya o'ziga xos afzallik jihatlariga egadir. Bunday usullarning barchasida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik, o'quvchining ta'lim jarayonidagi faol harakati ko'zda tutiladi. Xorijiy til darslarida innovatsion texnologiyalar va usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Darslarning noan'anaviy usullarda, turli metodlarni qo'llagan holda tashkil qilinishi orqali zerikarli mashg'ulotlrning oldi olinadi. Bu esa yosh avlod o'rtasida xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishning, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqning ortishiga, darslarning esa samarali tashkil etilishiga zamin yaratadi. Natijada o'quvchilaning darsga puxta tayyorgarlik ko'rib kelishiga, o'zlashtirish samaradorligining jadal o'sishiga erishiladi.
REFERENCES
1. Muminova, F. M. Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish / F. M. Muminova. — Tekst: neposredstvenniy // Molodoyucheniy. — 2020. — № 18 (308). — S. 590-592.
2. N. Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. "INGLIZ TILI DARSLARIDA QO'LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR" (uslubiy qo'llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
3. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. "CHET TILINI O'QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH". Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
4. O'.Hoshimov, I. Yoqubov. "INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASI" (o'quv qo'llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003
5. Otaboyeva, M. R. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / M. R. Otaboyeva. — Tekst: neposredstvenniy, elektronniy // Molodoyucheniy. — 2017.— № 4.2 (138.2). — B. 36-37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/
6. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014
7. Turdiyeva M. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.