Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONI SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI CHET TILI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI'

TA’LIM JARAYONI SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI CHET TILI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
59
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kommunikativ kompetensiya / innovatsiya / tajriba tizimi / hamkorlik pedagogikasi / ta’lim-tarbiya / til egasi / deduktiv yondashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanakulova Sarviniso Xamrakulovna

Ushbu maqolada chet tili kompetensiyalarini o’qitishda ta’lim jarayoni sub’ektlarining hamkorligi asosida o‘quvchilarni chet tili o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish imkoniyatlari va o’qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONI SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI CHET TILI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH IMKONIYATLARI»

TA'LIM JARAYONI SUBYEKTLARINING HAMKORLIGI ASOSIDA O'QUVCHILARNI CHET TILI O'RGANISHGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI

OSHIRISH IMKONIYATLARI Sanakulova Sarviniso Xamrakulovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10111704

Annotatsiya. Ushbu maqolada chet tili kompetensiyalarini o'qitishda ta'limjarayoni sub'ektlarining hamkorligi asosida o'quvchilarni chet tili o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish imkoniyatlari va o'qitishning yangi zamonaviy usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: kommunikativ kompetensiya, innovatsiya, tajriba tizimi, hamkorlik pedagogikasi, ta'lim-tarbiya, til egasi, deduktiv yondashuv

Аннотация. В данной статье рассматриваются возможности повышения интереса студентов к изучению иностранного языка и новые современные методы обучения, основанные на сотрудничестве субъектов образовательного процесса при обучении иноязычным компетенциям.

Ключевые слова: коммуникативная компетентность, инновация, система опыта, кооперативная педагогика, образование, носитель языка, дедуктивный подход.

Abstract. This article discusses the possibilities of increasing students' interest in learning a foreign language and new modern methods of teaching based on the cooperation of subjects of the educational process in teaching foreign language competencies.

Keywords: communicative competence, innovation, experience system, cooperative pedagogy, education, native speaker, deductive approach

Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" deb nomlashi ta'lim sifatini xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida oshirishning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko'nikmasi ta'limning ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Ta'lim sohalariga ilg'or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til o'rganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi. Respublikamiz ta'lim tizimidagi tub islohotlar o'quvchi-talabalarning horijiy tillarni mukammal o'rganishlari, madaniyatlararo jamiyatda ijtimoiylashuv qobiliyatini oshirish, ularning kasbiy va chet tildagi kommunikativ kompetensiyalarini, shaxsiy va kasbiy fazilatlarini oshirishdan iborat.

Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so'zlasha olishi barchaga ma'lum. Jahonda globallashuv jarayonlarini tezlashtirish, erkin bozor munosabatlariga o'tish va ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning rag'batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya'ni chet tillarni (ayniqsa, ingliz tilini) mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda.

Horijiy til kadrlar tayyorlash tizimida ham muhim va zarur elementga, ham kelajakdagi muvaffaqiyatli ilmiy kasbiy faoliyatning kafolatiga aylanmoqda. Horijiy tilning imkoniyatlari o'zgarib, uni ta'lim va shaxsni har tomonlama rivojlantirish vositasiga aylantirmoqda. Bu esa horijiy tildagi dolzarb masalalar bilan tanishish, kasb egalarining kasbiy faoliyati doirasida madaniyatlararo muloqotni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, zamonaviy ta'lim talablariga javob beradigan ta'lim texnologiyalarini yaratishga talab katta.

Ta'lim tizimidagi boshqa fanlardan ingliz tilining farqi bir paytning o'zida, uning ham ta'lim maqsadi, ham ta'lim vositasi ekanligida namoyon bo'ladi. Ingliz tilida nutqiy malakalar

(tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozuv)ni egallash ta'limdan ko'zlanadigan maqsad bo'lishi bilan birga, o'rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi

Ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirish xar bir ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Pedagog mutaxassislar ta'lim tizimini takomillashtirish deganda ta'lim-tarbiya jarayonlari faoliyatini tizimli loyihalashtirish va pedagogik qo'llab-quvvatlash, mavjud va amalga oshirilgan faoliyatlami qayta aloqaning intensivligini ta'minlash, pedagogik tizimning ochiqligi, dinamikligi, statistikligi, o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish va rivojlantirishi, intellektual, xissiy, axloqiy, madaniy, jismoniy imkoniyatlarini yanada faollashtirishga erishish tushuniladi. Bu kabi vazifalarga erishish uchun hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirishning asosiy vazifalarini belgilash va ularni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat.

Hamkorlik pedagogikasi - bu shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi yo'lida muhim qadam hisoblangan, bolalarni o'qitish va tarbiyalashda nafaqat o'qituvchilarning ta'lim oluvchilar va hamkasblar bilan, shuningdek, ota-onalar, atrof-muhit, jamoa faollari bilan birgalikdagi faoliyatidir. Ota-onalar, atrof-muhit, jamoa faollari, nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan birgalikdagi harakat, dars va darsdan tashqari faoliyatda ularning ishtirok etishi, ta'lim-tarbiya jarayoni sifat va samaradorligini oshirishda yordam ko'rsatishi, mavjud muammolarni birgalikda hal etish va o'zaro hamfikrlilik muhitini tashkil etishni talab etadi.

Zamonaviy sharoitda hamkorlik pedagogikasining ta'lim-tarbiyaga doir yetakchi g'oyalari sifatida davlatimiz rahbari raisligida o'tkazilgan maktablarda ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quvchi o'rnini ko'paytirish, o'qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha yangi vazifalarni aytishimiz mumkin. Mazkur belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Ta'lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo'yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o'quv dasturi, baholash tizimini joriy etdi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga "tayanch maktab" bo'ladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo'llagan o'qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo'lga qo'yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi. Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilangan. Joriy o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim maktablarida xorijiy til o'qitish sifatini oshirish va dars jarayonida haqiqiy chet til muhitini yaratish maqsadida 500 nafar malakali xorijiy pedagoglar bilan hamkorlikda ta'lim jarayonini tashkil etishga erishildi. Ushbu pedagoglar xorijiy til mutaxassislari bo'lib, o'quvchilarning til ko'nikmalarini yaxshi rivojlantirish hamda pedagoglarning salohiyatini yaxshilash bo'yicha faoliyat olib boryaptilar.

Til egalari nima uchun kerak? Chet tilini o'qitishni asosiy maqsadi bu o'quvchilarni kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishdir. Til egalari bilan esa biz bu jarayonni real muhitda shakllantirishimiz mumkin. O'quvchilarni chet tili o'rganishga bo'lgan qishiqishlarini oshirish va o'qituvchilar o'rtasida sog'lom raqobatni vujudga kelishiga sabab bo'la oladi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarini rivojlantirishning yangi bosqichida hamkorlik pedagogikasining kreativlik, integratsiya va pedagogik evristika tamoyillari asosida homkorlikni

boshqa fanlarga ham tadbiq etish mumkin. Biz xorijiy til sifatida o'rganayotgan til chet davlatlarda ona tili sifatida o'qitilishini hisobga olgan holda, ona tili o'qitish metodikasi uchun ham horij tajribasiga ega bo'la olamiz. Bu hamkorlik asosida umumiy o'rta ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta'lim muassasalari amaliyotiga muayyan o'zgarishlar kiritish, uning samarasi umumiy o'rta ta'lim maktablari faoliyatining ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etilishi, ta'lim mazmunining boyitilishi va sifatining yaxshilanishi, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasining oshganligi, ularning yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaliklari, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida o'zaro faol hamkorlikning qaror topishiga erishish mumkin.

Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'yektlariga aylantiradi. Ta'lim tizimi o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o'z xissamizni qo'shishimiz mumkin.

Xulosa sifatida o'quvchilarining kommunikativ kompetentligini shakllantirishga deduktiv yondashuvni, ya'ni ularning leskik zahirasida standart muloqot modellarining ulushini ko'proq bo'lishiga erishish zarurligini ta'kidlash mumkin. Standart muloqot modellarining yod olinishi va ulardan nutq vaziyatlarida maqsadli qo'llashni mashq qilinishi o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Buning uchun o'qituvchiga turli nutq vaziyatlarida qo'llaniladigan standart muloqot modellari bazasini shakllantirish va amaliy mashg'ulotlarda ulardan keng foydalanishni tavsiya etamiz.

REFERENCES

1. Ibraimov X, Quronov M "Umumiy pedagogika" Darslik. Toshkent: 2023

2. Kolyagin Y.M., Alekseenko O.A. "Integration of school education" //Primary school, 1990. -№9, pp.28-31.

3. Муминова, Ф. М. Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish / Ф. М. Муминова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 18 (308). — С. 590-592.

4. Dubovitskaya T.D. Diagnostics of the importance of a subject for development of the identity of the pupil//Vestn. Orenburg University. - 2004. - No. 2. P. 75-79.

5. Galiullina E., Kondrateva I., Madyakina N.Level and criteria of Students' Foreign Language Communicative Competence //Mediterranean Journal of Social Sciences, MCSER Publishing, Rome- Italy, ISSN 2039-2117 (online), ISSN 2039-9340 (print). - Vol. 6, № 3, Supplement 1. - May, 2015. - P. 290-295.

6. Minnisa S. Safina Formation of Socio-Cultural Competence in Teaching a Foreign Language// Procedia - Social and Behavioral Sciences, Volume 136, 9 July 2014, Pages 80-83.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.