INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
BOSHLANG'ICH TA'LIM - BILIMLAR POYDEVORI 1Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, 2Jabborova Shahnoza Baxodirjon qizi
1FarDu, o'qituvchi, 2Farg'ona davlat universiteti talabasi 1davlatxontoyirjonovna@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11004189
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim sohasi haqida tushuncha, uning yurt kelajagi uchun qanday ahamiyati mavjudekanliligi, yurtimizdagi ta'lim tizimigadoir bo'layotgan turli siyosatlar haqida va boshlang'ich sinf o'quvchilarini zamonaviy usullar orqali o'qitish, ta'lim bilan birgalikda tarbiyani ham uzluksiz ravishda olib borish, mutafakkirlarimizning ta'lim haqidagi bildirgan qisqacha fikrlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so'zlash, o'qib tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta'lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o'quv dasturi.
Abstract. In this article, an understanding of the field ofprimary education, its importance for the future of the country, various policies affecting the education system in our country, and teaching primary school students through modern methods, continuous education along with education, the brief opinions expressed by our thinkers about education are highlighted.
Keywords: primary education, competence, listening comprehension, speaking, reading comprehension, written speech, modern education, foreign experience, textbook, program, national curriculum.
Аннотация: В этой статье дается понимание области начального образования, ее важности для будущего страны, различных политик, влияющих на систему образования в нашей стране, а также обучения учащихся начальных классов с помощью современных методов, непрерывного образования наряду с образованием, выделены краткие мнения, высказанные нашими мыслителями по поводу образования.
Ключевые слова: начальное образование, компетентность, аудирование, говорение, понимание прочитанного, письменная речь, современное образование, зарубежный опыт, учебник, программа, национальная учебная программа.
Kirish. Barchamizga ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - o'quvchi shaxsi shakllanishining poydevori hisoblanadi. Chunki bu davrida bola ong ostida olamni anglash, tasavvur va bilimlar poydevorini tiklash pallasi bo'lgani uchun ham alohida e'tibor talab etadi. Maktab ostonasiga qadam qo'yar ekan, bola o'zining o'quvchi ekanligini his qila boshlaydi, ta'lim olishga va birinchi ustoziga nisbatan mehrni tuyadi, ilm yo'lidagi kelgusi natijalar uchun harakat qila boshlaydi. Bola dastlabki tasurotlarni boshlang'ich sinfda oladi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim bilimlar poydevori deyiladi. O'qituvchi malakali bo'lsa bola qalbini ilm bilan qurollantirsa poydevor mustahkam bo'ladi. Shuning ucnun ham yoshlikda olgan bilim toshga o'tilgan naqishga qiyoslanadi. Bugungi kunda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb maqsadlardan biridir. Har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim mustahkam poydevor vazifasini o'taydi. Boshlang'ich sinflarda olib boriladigan ta'limiy ishlarning asosiy yo'nalishlaridan biri o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish muomila odobini shakllantirish hisoblanadi. Bizning oldimizda turgan eng katta muammolarimizdan biri ham shu. O'quvchilar yuqori sinfga chiqqanda birinchi galdagi muammo o'quvchilarning nutqidagi kamchiliklar ekanligi aytiladi. Bu o'quvchining kitobni kam o'qishdan o'qigan asar yuzasidan og'zaki hiloyalash malakasi rivojlanmaganidan dalolat. Shu boisdan ota
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
onalar bilan hamkorlikda ishlagan holda ularni tez tez darslarga tadbirlarga taklif qilib turish ham maqsadga muvofiqdir. Barchamizga ma'lumki hamma kasblarni ham avvalo ustoz muallim o'rgatadi. Dastlabki sabiqni ham o'qituvchi beradi. Dastlabki Ona Vatan so'zlarining ma'no mohiyatini ham boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi beradi. Shuning ucnun ham barcha kasblar ichida o'qituvchilik muallimlik kasbi o'ta sharafli va ma'suliyatli hisoblanadi. Shu o'rinda tabiiy bir savol tog'iladi. Xo'sh o'qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo'lmog'i lozim? Xususan bugungi kunda o'qituvchi qanday malakalar bilan qurollantirmog'i kerak? O'qituvchi jamiyatning yoshavlod ta'lim tarbiyasiga qo'yilgan ishtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir. Ta'limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta'lim olishning asosiy vositasi bo'lgan darsliklarni yangilamay turib, o'quvchi va o'qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib bo'lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:"Darsliklar masalasida ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo'ldi. Finlandiya standarti bilan 1- 4 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo'ldik. Finlandiya xalq ta'limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi", - degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi. Barcha maktablarda "Milliy o'quv dasturi"ni to'laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga oshirildi.
Darhaqiqat o'qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o'z kasbiga fidoyilik mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo'lmas ekan, u yaxshi ustoz - o'qituvchi bo'la olmaydi. Zero davlatimiz istiqboli Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan olg'a surilayotgan ta'limdagi barcha islohatlarning ijobiy yechimi va ana shu ko'p ming yillik ziyokorlik ishining samarasi bo'ldi. Shuning ucnun ham bugungi mustaqillik sharoitida o'qituvchilik kasbiga bo'lgan e'tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shu bilan birga boshlang'ich sinf o'qituvchisining oldida qo'yilgan talablar ham o'zgacha bo'lmoqda. Chunki bugun O'zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan , bu borada pedagog o'qituvchilarning ayniqsa malakali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'z o'rni o'ziga hos mohiyati borligini unutmaslik lozim.
Topshiriqni bajarayotganda o'quvchilarning hamkorlikda ishlashlari, birovning g'oya va fikrlarini qabul qilish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga asoslangan, o'zaro hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishni shakllantirishdir.
Kommunikativlik - muloqot qilish qobiliyati, o'quvchilar o'z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma'lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o'rganishdir.
Kreativ fikrlash - ijodiy fikrlash insonni mashina va sun'iy intellektdan ajratib turadigan yangilik qilish qobiliyatini rivojlantiradi. O'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganishini, innovatsion yechimlarni ishlab chiqshni va muammolarni ijodiy hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Tanqidiy fikrlash - tanqidiy fikrlash bu mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida boshqalarning fikrlarini o'zlashtirmaslik, har doim o'z fikriga ega bo'lish va ularni dalillar bilan isbotlash, axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirish bugungi zamonaviy ta'lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bo'lib, o'quv jarayonini bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishga inkon yaratishini hisobga olsak, maktabdagi har bir darsni o'quvchilar faqat fan mazmunini o'zlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantiradigan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
jarayonga aylantirishimiz zarur. Kollaborativlik, ya'ni hamkorlikda o'qitish g'oyasi turli mamlakat olimlari, jumladan, J.Xopkins universiteti professori R.Slavin, Minnesotti universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson, Koliforniya universiteti professori Sh.Sharon tomonidan tadqiq etilgan. O'tgan asrning 70-yillarida J.Dyui hamkorlikda o'qitishda natijalarni oldindan aniqlash, amaliy faoliyatni tashkil etish g'oyasini ilgari surgach, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya mamlakatlari ta'lim muassasalarida bu goyalar keng qo'llanila boshlagan.
Hamkorlik pedagogikasi novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, V.F.Shatalov, E.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o'qituvchi va o'quvchilar) o'rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o'zaro munosabatlarni tashkil etishini ta'kidlab o'tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega zaruz qoidalar buyuk pedagoglar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o'z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g'oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va "XXI asr ta'limi konsepsiyasi" asosini tashkil etadi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi - o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qish, o'rganishdir.
Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Hamkorlik muhitini yaratish metodikasi A.S.Makarenko tomonidan ishlab chiqilgan jamoani rivojlantirish nazariyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu nazariyaning mohiyati insonning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida jamoa (kollektiv) muhim o'rin tutishiga asoslanadi. Har bir inson jamiyatda yashaydi, faoliyat yuritadi, boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishadi. Bizning fikrimizcha, jamoaning ijodiy salohiyatidan foydalanish orqali shaxsga o'z qobiliyatlarini ochish, shaxs sifatida namoyon bo'lish imkoniyatini berish mumkin. O'quvchi turli vaziyatda o'z fikrini dadil bayon etadi, axborotni qidiradi, olingan ma'lumotlarni ongli va obyektiv baholashni o'rganadi.
Demak, o'quvchida tashabbuskorlik, optimizm, o'ziga ishonch kabi shaxsiy fazilatlar takomillashadi, hamkorlikdagi o'zaro ta'sir ishtirokchisining subyektivligi o'qituvchining sinfda guruh, jamoa, juftlik faoliyatini tashkil etish qobiliyati bilan ta'minlanadi. Hamkorlikda o'qitish mihitida o'qituvchi fassilyatorga aylanadi, ya'ni yordamchi rolini o'ynaydi, guruh muloqotini ta'minlaydi, guruhlararo muhokama uchun qulay muhit yaratishga hissa qo'shadi. Hamkorlikda har bir o'quvchi ta'lim jarayonining bevosita ishtirokchisi bo'lishi, bilish faoliyat turlarini ongli ravishda tanlab olishi, fikrlash faoliyati bilan shug'ullanishi, o'z fikrini erkin bayon etishga o'rganishi, imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishi zarur. Takrorlash va mustahkamlash darslarida kichik guruhlarda ishlash jarayonida ta'lim oluvchilar bir-biriga o'rtoqlik yordamini ko'rsatadilar, o'zlashtirishi pastroq o'quvchilar do'stona yordamni his qiladilar, guruhlar o'rtasida sog'lom raqobat ruhi tug'iladi, bu ularni muvaffaqiyatli faoliyatni shakllantirish uchun qulay psixologik muhit yaratadi. Bunday hollarda o'qituvchining roli faqat muvofiqlashtirish, yo'l-yo'riq, maslahat va rag'batlantirishdan iborat. Hamkorlik muhiti ishtirokchisi muloqot davrida shaxsiy fikrini bayon etish bilan birga, o'zgalar fikri bilan ham hisoblashadi, o'zini boshqaradi, u yoki bu ma'lumotlarni bilishi guruhga muvaffaqiyat olib kelishi, aksincha, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmaslik mag'lubiyatga sabab bo'lishini amaliyotda ko'radi, o'quvchining mas'uliyat hissi ortadi. Intellektual munozara maydoni, xayrixohlik va ishbilarmonlik muhiti shakllanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
O'qituvchi topshiriqlarni o'quvchilarga taqsimlash chog'ida huddi shu jihatga e'tibor berishi, ya'ni ta'lim oluvchining qaysi mavzu yoki sohani (og'zaki nutqi, yozma nutqi, imlo) o'zlashtirishda qiynalsa, shu yo'nalishdagi vazifalarni topshirishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining takrorlash va mustahkamlash darslarida hamkorlikdagi o'quv muhitini tashkil etish o'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini rivojlantiradi, ularning shaxsiy o'sishiga yordam beradi, mustaqilligini rivojlantiradi, bu ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida bebaho rol o'ynaydi, shuningdek, o'qituvchining o'zini doimiy ijodiy izlanishda bo'lishga undaydi.
Xulosa o'rinda aytmoqchimanki, Boshlang'ich ta'limda olgan bilimlar yorqin Kelajak sari quyilgan dastlabki qadamlardir. Bu qadamlarning to'la to'kis bardavom bo'lishi uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari 45 daqiqa davomida parta oralab o'quvchilarini xatosini tuzatib mitti qo'lchalaridan ushlab birgalumda harakat qiladilar. Ularni chiroyli yozishga , ravon so'zlashga ifodali o'qishga o'gatib yorqin va buyuk kelajakni kashf qilib boradilar. Bugungi pandemiya sharoitida ham ta'lim ta'limdagi islohatlar bir daqiqa ham to'xtab qolgani yo'q.
Onlayin maktab darslari onlayin to'garaklarning yo'lga qo'yilganligi buning yorqin misolidir. Faqatgina siz aziz va hurmatli ota onalardan farzandlaringiznig onlayin ta'lim olishini nazorat qilishligingizni bir oddiy o'qituvchi sifatida Respublikamizdagi barcha o'qituvchilar nomidan so'rab qolaman. Aziz ustozlar hamkasblarim boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari maqolam oxirida sizlarga Kasbiy faoliyatingizda parvozlar va omadlar tilayman. Sehri bilimingiz ila shunday mustahkam poydevor qo'yinki bu poydevor umrbod bo'zilmasin. Sog' bo'ling kelajak kashfiyotchilari ustoz muallimlar.
REFERENCES
1. Prezident Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
3. Ona tili fani bo'yicha O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim milliy o'quv dasturlari. Toshkent, 2021.
4. https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/
5. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'lim to'g'risida. 23.09.2020 yildagi O'RQ637-son.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9.
7. Новые подходы к обучению в начальных классах в условиях обновления содержания образования (infourok.ru)
8. Моисеенко О.А., Краснополова А.С. К вопросу об учебной игре как интенсифицирующем средстве начального иноязычного образования // Современные проблемы науки и образования. - 2018. - №
9. Азитова Г.Ш., Краснова М.Н. Oсобенности системы образования в китае // Современные проблемы науки и образования. - 2017. - № 5. URL: https://scienceeducation.ru/ru/article/view?id=26953 (дата обращения: 06.02).
10. Сарачоглу З.К. Некоторые аспекты изменения содержания экологического образования в начальных школах Турции // Современные проблемы науки и образования. - 2015. -№ 2-2.
11. Ona tili ta'limi mazmunidagi takomillashuv. Ma'rifat. 2022-yil 27-iyul. №29 (9406).
12. Rustamova D. T. K., Mamajonova F. M. K. STAGES OF ACTIVATING LEXICAL SYNONYMS IN THE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //Oriental
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 10. -C. 750-756.
13. Tillavoldiyevna K. Z. et al. The Improving of Synonyms in The Speech of Primary School Students //Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research. - 2023. -T. 1. - №. 3. - C. 5-7.
14. Niezova M., Rustamova D. Oh no language in their classes students independent teacher of thinking interactive and unconventional methods //Molodoy Uchenyi. - 2020. - T. 4. - C. 480-481.