Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARINING SAMARALI VA NATIJALI BO’LISHINI TA’MINLAYDIGAN METODLAR'

ONA TILI DARSLARINING SAMARALI VA NATIJALI BO’LISHINI TA’MINLAYDIGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
138
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol / metod / zamonaviy / texnologiya / pedagogika / noan’anaviy / sirli sandiq / tushunchalar tahlili / baliq ovi / kim hakam / taqdimot / taqdqiqot / xotira / tushunchalar tahlili.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G‘aniyeva Shodiya Azizovna, Mamurjonova Shukrona Umidjon Qizi

Mazkur maqola ona tili fanida qo’llanadigan interfaol metodlar haqida. Ta’lim jarayoni uzoq davom etadigan jarayon ekani va zamonaviy pedagogning hozirgi kundagi salohiyati va bilim darajasi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. O’qituvchining mazmunli dars tashkillashiga oid bir nechta tavsiyalar ham berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARINING SAMARALI VA NATIJALI BO’LISHINI TA’MINLAYDIGAN METODLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ONA TILI DARSLARINING SAMARALI VA NATIJALI BO'LISHINI TA'MINLAYDIGAN METODLAR 1G'aniyeva Shodiya Azizovna, 2Mamurjonova Shukrona Umidjon qizi

1FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11028693

Annotatsiya. Mazkur maqola ona tili fanida qo 'llanadigan interfaol metodlar haqida. Ta'lim jarayoni uzoq davom etadigan jarayon ekani va zamonaviy pedagogning hozirgi kundagi salohiyati va bilim darajasi haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. O'qituvchining mazmunli dars tashkillashiga oid bir nechta tavsiyalar ham berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: interfaol, metod, zamonaviy, texnologiya, pedagogika, noan'anaviy, sirli sandiq, tushunchalar tahlili, baliq ovi, kim hakam, taqdimot, taqdqiqot, xotira, tushunchalar tahlili.

Abstract. This article is about interactive methods used in mother tongue science. The educational process is a long process, and information is also given about the current potential and level of knowledge of a modern pedagogue. Several recommendations for the teacher's organization of a meaningful lesson were also given.

Keywords: interactive, method, modern, technology, pedagogy, non-traditional, mystery box, analysis of concepts, fishing, who is the judge, presentation, research, memory, analysis of concepts.

Аннотация. Данная статья посвящена интерактивным методам, используемым в науке о родном языке. Образовательный процесс - процесс длительный, также дается информация о современном потенциале и уровне знаний современного педагога. Также было дано несколько рекомендаций учителю по организации содержательного урока.

Ключевые слова: интерактив, метод, современный, технология, педагогика, нетрадиционный, тайный ящик, анализ понятий, рыбалка, кто судья, презентация, исследование, память, анализ понятий.

Rivojlanayotgan bugungi zamonda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'lim tizimining jahon ta'limi andozalariga integratsiyalashuvi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan yangicha yondashuv asosida foydalanishni taqozo etmoqda. Bu yondashuvlarning ko'pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq bo'lib o'quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o'zgarishlar olib kirmoqda. Zamonaviy o'qituvchining mahorati, o'quvchisini fanga qiziqtirganda, uning qalbida ilmga muhabbat uyg'otganda va har bir darsini o'ziga xos usulda o'tishida namoyon bo'ladi. Har bir tajribali o'qituvchi bugungi kunda o'z kasbiy mahoratini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanmoqda.

XXI asrning didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli bu- hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Bugungi kun o'qituvchisi ijobiy natijalarga erishish uchun zamonaviy texnologiyalardan dars davomida foydalanishi kerak. Kelajak uchun kerakli inson bo'lishga bugungi kunda bir qancha shartlar mavjud. Shu shartlarga mos avlodlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash, zarur bo'lgan axborotlar bilan ta'minlash, ularni mustaqil fikrlashga undash, hayotiy ko'nikmalarni bilim va nazariyalar orqali berish, ularni chin yurakdan xalqparvar, vatanparvar qilib kamol toptirish biz pedagoglarga topshirilgan. Ilg'or pedagogik va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

innovatsion texnologiyalar orqali darslarni tashkillashimiz bu ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda bizga yaqindan yordam beradi.

Innovatsion texnologiya - ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida o'qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik o'zgartirishlar kiritish bo'lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg'ulotga aylanadi.

Interfaol metod bu - mavzuni o'quvchiga oson usul orqali o'rgatish metodikasidir. Ya'ni zerikarli grammatik qoidalarni yodlab, mashqni kitobdan daftarga ko'chiribgina qolmasdan, balki dars jarayonida ham o'ynab ham o'ylab ishlashidir. An'anaviy dars o'tish usuli ko'p yillar davomida ta'lim tizimimizda asosiy o'rinni egallagan edi. Lekin bu usul o'quvchini deyarli mustaqil fikrlamaydigan, izlanuvchanlik qobiliyatini pasayiyishiga va dars jaryonida passiv ishtirokchiga aylanishiga sabab bo'ldi. O'qituvchining esa faolligi jamiyatni rivojlantirmaydi, albatta. Shiddatlanib axborotlashib o'sib borayotgan bir davrda o'quv jarayonidagi faollik ta'minlanmasa, o'quvchining fanga bo'lgan qiziqishi ortmasa bu dars mazmunli dars bo'la olmaydi. Shuning uchun biz dars jarayonlarini noan'anaviy tarzda tashkil etishimiz zarur.

Noan'anaviy darslar o'z navbatida interfaol metodlarni talab qiladi. Bu metodlar o'quvchilarni o'qituvchi bilan hamkorlikka chorlaydi va faollik talab etadi. O'quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog'onaga ko'tarilishi orqali fikrlar to'qnashuvi yuzaga keladi. Bu metodlardan foydalanish past o'zlashtiruvchi o'quvchilarni ham faollika chorlab ularni dunyoqarashi va tafakkurini oshirishda yaqindan ko'mak beradi.

Yuqoridagi ta'kidlaganimizdek, o'qituvchining mahorati darsda foydalanadigan metodlariga va ular orqali erishilgan natijalariga bog'liq. Sababi ta'lim uzoq davom etadigan jarayon hisoblanib, uning sifatli bo'lishi o'qituvchi uchun muhimdir. Interfaol metodlar esa bu jarayonga yordam beradi. O'qituvchining maqsadga tez va oson erishishida yordam beruvchi metodlarni to'g'ri qo'llash uning bilim darajasini belgilaydi. Har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqib metod tanlanadi. O'qituvchi har bir dars mavzusiga mos metod qo'llashi kerak. Bitta metod orqali o'nta darsni emas, balki, bitta darsni o'nta metod orqali tushuntirib berish kerak. Buning uchun esa o'qituvchi doim o'z mahoratini oshirishi, kasbiy darajasini rivojlantirishi va o'z ustida ishlashi talab etiladi. Bundan tashqari ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo'lishi va ulardan dars jarayonida samarali foydalanishi ham kerak. Dars samaradorligining yuqori bo'lishi o'qituvchining kasbiy mahoratiga, fan bilimdonligiga va albatta aktiyor va ijodkorligiga bog'liq. Mavzuni tushuntirish uchun kerakli usul va vositalarni oldindan belgilab olish bu o'qituvchining bilimdonligidandir.

Zamonaviy o'qituvchilarimiz bilishadiki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Ularning aksariyati dars jarayonida tajriba-sinovlardan o'tkazilganda yaxshi natijalar bergan. Keng qo'llanadigan usullar- "Klaster", "Aqliy hujum", "Davom ettir", "Taqdimot", "Blits-so'rov", "Muammoli vaziyat" kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida "Sinkveyn", "Teskari test", "Aql charxi" metodlarini, yangi mavzuni tushuntirishda "Insert", "Pinbord", "Zinama zina", "Bumerang" texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida esa "Ven diagrammasi", "Baliq skleti", "Nima uchun?", "Qanday?", "Konseptual jadval", "Nilufar guli" kabi grafik organayzrlardan, "Ta'rif egasini top", "Men kimman", "Domino" kabi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Interfaol metodlarni o'ynash jarayonida o'quvchi erkin fikr bildiradi va o'zini erkin tutadi. Qolaversa, erkin muloqot jarayonida o'z bilimini namoyon etgisi keladi. O'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda metod tanlashimiz ularni o'zlariga bo'lgan ishonchlarini ortishiga, qat'iyat paydo bo'lishiga sabab bo'lsa yana boshqa tomondan, munozaraga kirishishga va uni hal qilish orqali o'z fikrlarini asoslashga o'rganadi. Interfaol metodlar o'quvchilarning bilim saviyasiga, guruh sharoiti va tabiatiga qarab tanlanadi. Sababi, bu metod orqali har ikkala tomon, o'qituvchi ham o'quvchi ham o'z maqsadlariga, natijalariga erishishi kerak.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi. «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o'rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi. O'quvchilar ana shu so'zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Yozuv ekranda ko'rsatiladi. O'quvchilar ortiqcha so'zni aniqlashadi.

«Sirli sandiqcha» metodi. Sirli sandiqcha metodi ham o'quvchining mantiqiy fikrlashini shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metoddan foydalanish uchun o'quvchilar guruhlarga bo'linadi.O'qituvchi doskaga 4 ta mavzu nomini ilib ular haqida hech qanday ma'lumot yozmaydi. Masalan, So'z turkumlarill mavzusi o'tilganda Ot, Sifat, Son, Fe'l kabi. Sirli sandiqchallda esa so'z turkumlariga oid ma'lumotlar, misollar yozilgan bo'ladi. O'quvchilar bu ma'lumotlar qaysi so'z turkumiga tegishli bo'lsa qog'ozni shu so'z turkumi tagiga qistirib boradi.O'qituvchi bajarilgan ishni tahlil qiladi va rag'bat kartochkalari beradi.Eng ko'p rag'bat kartochkasi to'plagan guruh g'olib bo'ladi.

«Tushunchalar tahlili» metodi. Bu metod quyidagicha mulohaza qilinadi. Nazorat ishi yakunlanib, baholar e'lon qilingandan so'ng, har bir o'quvchi nazorat daftarida o'qituvchi tomonidan tekshirilgan va kamchiligi tuzatilgan so'zlarni ko'chirib yozadi. Bu metod ham o'quvchini hushyorlikka chorlash bilan bir qatorda o'z xatosini o'z vaqtida tushunishga va bu xatoni boshqa takrorlamaslikka olib keladi.

Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi o'yinlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. «Baliq ovi», «Kim hakam», «Taqdimot-tadqiqot», «Piramida», «Matn tuzib ko'r, aqling bo'lar zo'r», «Raketa», «To'g'ri noto'g'ri», «Xatosini top», «Xotira mashiqi», «Bo'g'in», «Mo'jizalar maydonchasi», «Maqol», «So'zdan so'z yasash» o'yinlaridir.

«Baliq ovi» o'yini. Doskaning bir tomoniga dengiz rasimi, ikkinchi tomoniga akvarium rasimi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo'ladi. O'quvchi dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to'g'ri bo'lsa baliqni akvariumga, noto'g'rib bo'lsa dengizga qo'yib yuboradi.

"Kim hakam" o'yini. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida "Kim hakam" o'yini olib boriladi. Bunda o'quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O'quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi. O'qituvchi tomonidan ma'lumotlar tezkorlik bilan o'qiladi. Bunda har bir guruh a'zolari to'g'ri ma'lumotlar uchun- "qizil kartochka", noto'g'ri ma'lumotlar uchun-"sariq kartochka"larini ko'tarishadi.

Hozirgi zamon darsi 3 ta maqsadni: ta'lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko'zda tutadi. Hozirgi zamon darsiga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo'lishidir, ya'ni darsdan ko'zlangan maqsad hamda o'quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o'tiladigan mavzu bilan bog'lash o'quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo'ladigan jihozlarni belgilash va ko'rgazmali qurollar bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

boyitish, qo' shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir. Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan biri -ta'lim metodlari va usullarini birbiri bilan mustahkam bog'lab olib borish samaradorligini oshirishdir. Darsga qo'yiladigan asosiy talablardan yana biri - barcha didaktik vazifalar darsning o'zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o'quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo'lishi kerak. Dars davomida o'qituvchi o'quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O'tilgan har bir darsning o'quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi. Eng asosiysi o'quvchi dars o'tishi innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi. O'zbekiston davlat ta'lim siyosatida o'qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo'llay olishi, o'quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko'nikma, malakalarini hosil qila olishi zamon talablaridan biridir. Interfaol ta'lim jarayonida dars o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so'zidan olingan bo'lib, «Interakt», ya'ni, Inter — bu «o'zaro», «akt» — harakat, ta'sir, faollik ma'nolarini bildiradi.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchio'quvchi (sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi.Interfaol metodlar o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi.

O'yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan -"Aqliy hujum", "6x6x6", "Bahs-munozara", "Savol bering", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar","Pinbord", "Bumerang", "Skarabey", "Roven Diagrammalari", "Blits-o'yin", "Klaster", "Loyihalash", "Zanjir", "Insedent", "Sinkveyn", "Muzyorar", "Debat" kabilarni sanab o'tish mumkin. Bu metodlar sinfda o'rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs - munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi.

O'qitish jarayonlarida noan'anaviy ta'lim usullaridan: «Konferensiya darsi», seminar darsi, «Aralash darslar», «O'yinchoqlar yordamida dars o'tish», «Kasbga bog'lab dars o'tish», «Badiiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish», «Evrika(o'ylab top)»; ta'limning qiziqarli faol usullaridan: «Kichik va katta guruhlarda ishlash», «Rolli o'yinlar», «Sahna ko'rinishi», «Krossvordlar yechish», «Zakovat savollari», «test sinov topshiriqlari», «Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o'tish», «Sinkveyn o'yinlari»; shuningdek, ta'limning innovatsion (yangi) usullari: « Modifikatsiyalashgan ta'lim», «Improvizasiya», «Aqliy hujum», «Debat», «tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul», «Klaster usuli», «Muammoli vaziyat», «Muayyan holat, vaziyatni o'rganish, tahlil qilish», «Har kim har kimga o'rgatadi», «Nuqtai nazaring bo'lsin», «Multimedia vositalaridan foydalanish» va boshqalarni qo'llash muhimdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

"Taqdimot-tadqiqot" usuli. Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o'quvchi yangi mavzuni o'tilgan mavzular bilan bog'lash maqsadida doskada taqdimot qilishadi. O'qituvchi tomonidan yangi mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berib o'tiladi.

"Matn tuzib ko'r, aqling bo'lar zo'r". O'quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida, berilgan muddatda matn tuzishadi. Berilgan rasm asosida darak, so'roq, buyruq va his-hayajon gaplardan iborat matn yozish sharti qo'yiladi. Qaysi guruh ishtirokchilari ko'proq gap tuzgan bo'lsa shu guruh a'zolari g'olib deb topiladi.

«Raketa» o'yini. Doskaga raketa rasimi chiziladi , yoki , uchta raketa yasab savollar yoziladi kartochkalar ilinadi. Raketa o'zga sayyoraga uchish uchun yuklardan xoli bo'lishi kerak, o'quvchilar uch guruhga bo'linadi, qaysi guruh a'zolari savollarga to'g'ri javob bersa kartochkalar olib tashlanadi, to'g'ri javob berilmagan kartochka raketada qoladi va u ucha olmaydi.

"Xotira mashqi" o'yini. Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida , ayniqsa birinchi tanishuv darsida qo'llash mumkin bo'lgan o'yin. O'quvchi o'z ismini aytadi va shu ism bilan boshlanuvchi biror adib ismini aytadi.Adham -Alisher Navoiy, Bahodir- Zahiriddin Muhammad Bobur, Gavhar-Gulhaniy. O'yin shartiga ko'ra o'qituvchi bir nechta imlosi qiyin yoki o'quvchilarga o'zlashtirilishi rejalashtirilgan so'zlarni aytadi, o'quvchilar esa bu so'zlarni eslab qolib, daftarlariga imlo qoidalari asosida yozadilar.

"Tanlash ixtiyoriy, bajarish majburiy" usuli. Bunda o'quvchilar darslikdagi mashqning shartida keltirilgan topshiriqlarni o'zi ixtiyoriy ravishda badiiy asar, boshqa darsliklardagi matn, materiallar asosida bajarishlari kerak. Natijada o'quvchilarda mustaqil o'qib o'rganish, o'zining qiziqish va qobiliyatlarini namoyon qila olish ko'nikmalari shakllanadi. Masalan: 3-sinf ona tili kitobining, I qism 12-darsida so'roq gaplarni mustahkamlash mavzusida 74-mashq berilgan. Unda: Quyidagi so'zlardan foydalanib, so'roq gaplar tuzing deyilgan, demak so'zlar:Kim?, Nima?, Qachon?, Qayerda?, Kimga?, Nega?, Nechta?. O'quvchilar bu so'roqlarga xohlashsa badiiy asrdan, yoki darslikdagi matndan javob topib yozishlari mumkin.

"Imkoniyat" usulida chorak yakunida o'zlashtirishi yuqori bo'lgan o'quvchilarga o'rganilgan mavzular bo'yicha javobi tanlanadigan va javobi yoziladigan testlar tuzib kelish topshiriladi. Bu vazifani a'lo darajada bajargan o'quvchilar nazorat ishlarini topshirishdan ozod qilinadi. Test tuzgan o'quvchilarda test yechgan o'quvchiga nisbatan quyidagi ko'nikmalar shakllanadi:

- o'z fikrini yozma tarzda izchil, aniq, tushunarli bayon qila olish;

- mavzudan kelib chiqib savollarga javob berish va o'zi ham savollarni mantiqan

to'g'ri qo'ya olish;

- axborotlarni izlab topish, saralash, tanlash va tahlil qila olish;

- bilimini mustaqil ravishda oshirib boorish va uni amaliyotda qo'llay olish kabilar.

"Davom ettir" metodi. Ushbu metod o'quvchilarni tez fikrlashga o'rgatish bilan birga,

esda saqlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi, darslik bilan ishlash ko'nikmasini shakllantiradi. "Davom ettir" metodi uchun topshiriq quyidagicha tashkil etiladi: o'qituvchi o'tilgan mavzuga oid ma'lumotlarning bosh so'zlaridan beradi va o'quvchi ushbu so'zlarning davomchi so'zlarini berilgan matn yoki badiiy asar parchasidan topib, jumlani to'ldiradi. Masalan: 3-sinf III qism ona tili darsligida 66-mashq berilgan, unda "Vaqt- bebaho ne'mat" matni ta'svirlangan. O'quvchilrga shu matnning ayrim joylaridan bosh gaplarini boshlab so'ngra matndan topib davom ettirishlari so'raladi.Ya'ni quyidagicha:

1. U shunchalik tez o'tib ketadiki,...

2. E'tiborlisi, kimdir uni samarali, foydali o'tkazib,...

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

3. Vaqtni inson manfaatiga xizmat qildirishning yo'li-...

Javoblar:

1. Hatto payqamay ham qolasan kishi.

2. Oilasiga, do'st-birodarlariga naf keltirsa, yana kimdir uni behuda sarflaydi.

3. Doimo ezgu maqsadlar bilan yashash, ilm va kasb-hunar o'rganish, el-yurtga halol xizmat qilish.

"Algoritm" metodi. Biz bu atama bilan Al-Xorazmiyning "AL-jabr va al-Muqobala" asari orqali tanishmiz. Bu atama, berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo'lgan aniq ko'rsatmalar ketma-ketligini bildiradi.

Ushbu metoddan biz o'tilgn mavzu haqida qay darajada ma'lumot olganligi to'g'risida o'quvchini sinashimiz mumkin. Masalan, 3-sinf o'quvchilarga "Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari" mavzusuni o'zlashtirilganligini tekshirihs uchun quyidagicha "algoritm" o'tkazamiz:dastlab o'quvchilarni to'rt guruhga ajratamiz, so'ngra darak, so'roq, buyruq, his-hayajon gaplar yozilgan A4 formatdagi qog'ozni tarqatamiz. Guruh a'zolari shartga binoan berilgan gapalrga oid bo'lgan kitobdagi qoidalarni va o'zlari tushungan misollarni topib aytishlari kerak bo'ladi. Natijalar va to'g'ri javoblar soni doskaga yozib boriladi va o'qituvchi tomonidan fikrlarning qay darajada to'g'riligi tekshiriladi. To'g'ri fikrlar rag'batlantirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.

"Kamlak" metodi. Bu metoddan ona tili va o'qish darslarida foydalanishimiz mumkin. Bu metoddan ko'zlangan maqsad ona tilining naqadar kamalakdek serjilo ekanligi haqida axborot berishdan iborat. Metoddan kelib chiqib A4 formatdagi qog'ozga kamalak ta'sviri tushiriladi va o'quvchilarga tarqatiladi. Topshiriq esa har qaysi qator kamalakning har bir rangiga ltadan gap yozishi kerak bo'ladi. Masalan, birinchi guruh so'roq gapga, ikkinchi guruh dark gapga, uchinchi guruh his-hayajon gapga misol yozishlari kerak bo'ladi. Topshiriqni o'quvchi kamalkda aks ettirishi kerak bo'ladi.

Bugungi kunimiz yoshlari har tomonlama salohiyatli, barkamol, ajdodlarga munosib avlod bo'lib kamol topishlari uchun chuqur bilimga ega bo'lishlari lozim. Chunki kelajagimiz jismonan sog'lom va ruhan tetik bo'lgan yoshlar qo'lidadir. Biz yuqoridagi metodlar orqali o'quvchilarni ona tiliga bo'lgan qiziqishini oshirishni, o'z fikrlarini erkin bayon eta olishni, sinfdagi boshqa o'quvchilarning fikrini hurmat qilishni, o'zining fikrini himoya qilishni o'rgatishni asosoiy maqsadimiz etib belgilaganmiz va shu qobiliyatlarni rivojlantirishga erishmoqdamiz. Barchamizga ma'lumki, boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning asosini tashkil etadi. O'quvchining boshlang'ich sinfda olgan bilimi yuqori sinfda ishlatishga tayyor holda bo'lishi kerak. Buning uchun biz yuqoridagi metodlardan smarali foydalansak, darslarimizdaan natija olishni boshlar edik. Chunki, axborot tezlashgan bir vaqtda o'quvcchiga yoqadigan va uni darsga jaalb qiluvchi usullardan foydalanishimiz yordam beradi deb o'ylayman. Interfaol metodlar yordamida ona tili darslarimizni tashkillashimiz o'quvchilarimizni savodxon bo'lishga, DTS talablarida ko'rsatilgan bilim, ko'nikma va malakalarni oson va qiziqarli egallashlariga yordam beradi. Darsimizning kirish qismida yoki o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni tushuntirish, o'tilganlarni takrorlash qismida yuqoridagi va ularga o'xshash metodlarni qo'llashimiz o'quvchilarni fanga bo'lgan hurmatini va qiziqishini yanada orttirgan bo'lardi. Aslini olganda, aynan bir fan va shu fanning shu qismi uchun metod deb yozilmagan. O'qituvchi qanchalik kreativ va tashabbuskor bo'lsa oddiy doska va darslik bilan ham interfaol metod tayyorlab dars jarayonini qiziqarli o'tkazadi. Bizning hozirgi qilayotgan barcha harakatlarimiz kelajakda ta'lim tizimimizni jahon miqoyisiga olib chiqish va dunyo davlatlariga namoyish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

etishdir. Hozirda biz xorijiy tajrabalarni o'rganishimiz kelajakda o'z ta'lim tizimimizning

yaratilishiga turtki beradi deb o'ylaymiz. Ta'limga tikilgan sarmoya esa eng yaxshi sarmoyadir.

Bu metodlar esa sarmoyalarning bir qismidir.

REFERENCES

1. M. Ashurov. Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlardan foydalanish mavzusidagi maqolasidan.

2. Sayfiyeva G. ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Ustozlar uchun jurnali. 44-son 6-to'plam may 2023.27-bet.

3. Jonibekova A. Xaitmamatova S. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MA'NODOSH VA ZID MA'NOLI SO'ZLAR YORDAMIDA OG'ZAKI NUTQINI O'STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI. Academic Research in Educational Sciences. 458-bet.

4. Turdiyeva G. ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH.Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.