Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6157
515
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodlar / innovatsion / o’quvchi / dars / interfaol / samarali / mavzu / methods / innovative / student / lesson / interactive / effective / topic

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Turdiyeva, Gulbahor Toxirovna

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qo`llaniladigan va o`quvchilarni faolligini oshiradigan turli xil metodlar, didaktik materiallar va enerjayzerlar aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN MOTHER LANGUAGE LESSONS

This article presents various methods, didactic materials and energizers used in the science of mother tongue and literature, which increase students' activity.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Turdiyeva Gulbahor Toxirovna

Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyot

fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanida qollaniladigan va o^quvchilarni faolligini oshiradigan turli xil metodlar, didaktik materiallar va enerjayzerlar aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: metodlar, innovatsion, o'quvchi, dars, interfaol, samarali, mavzu

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены различные методики, дидактические материалы и энергетические средства, применяемые в науке о родном языке и литературе и повышающие активность учащихся.

Ключевые слова: методы, инновационные, студент, урок, интерактив, эффективный, тема

ABSTRACT

This article presents various methods, didactic materials and energizers used in the science of mother tongue and literature, which increase students' activity. Keywords: methods, innovative, student, lesson, interactive, effective, topic

KIRISH

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o'qituvchini izlanishga va o'quvchini o'z ustida ishlashga erkin

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki unda o'quvchi o'zini erkin tuta olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o'zlashtirilishi lozimligi muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o'tib, yaxshi natija bergan. Keng qo'llaniladigan usullar - «Klaster», «Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot», «Blits-so'rov», «Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o'tilgan mavzuni so'rash qismida «Sinkveyn», «Teskari test», «Aql charxi» metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida «Insert», «Pinbord», «Zinama-zina», «Bumerang» texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida «Venn diagrammasi», "Baliq skeleti", «Nima uchun? », «Qanday? », « Konseptual jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil etuvchilar hamda «Tushunchalar tahlili», «T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar», «Charxpalak» metodlarini, uyga vazifa berishda «FSMU», «Klaster», «Bo'g'inlar zanjiri», «BBB» metodlarini qo'llash dars samaradorligini ta'minlab, o'quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili darslarida ham yuqorida sanab o'tilgan interfaol metodlardan tashqari «Ha... yo'q», «Ta'rif egasini top», «Men kimman?», «Domino», «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha», «Sirli sandiqcha metodi»,«Harfni his qilish» metodlari kabi didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin vaqtida o'quvchilar o'zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o'quvchida ishonch, qat'iyat paydo bo'ladi. Munozaraga kirishishni o'rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o'quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. O'quvchilarga har darsda bir xil dars o'tish ularning zerikishiga olib keladi va mavzuga bo'lgan e'tiborini pasaytiradi. Bunday holatlarning oldini olish uchun dars mashg'ulotlari jarayonida turli xil qiziqarli metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.Turli xil qiziqarli metodlardan foydalanish o'quvchilarning diqqatini oshiradi. Masalan o'quvchilarga «Bo'g'in» mavzusini o'tayoygan o'qituvchi «Bo'g'inlar zanjiri» metodidan foydalanishi mumkin. Bunda birinchi aytilgan so'zning oxirgi bo'g'ini keying so'zning birinchi bo'g'iniga to'g'ri kelishi kerak bo'ladi. Namuna: maktab - tabrik; rassom - somsa va shu kabi zayilda davom etadi. Bu metoddan o'quvchilarda o'tilayotgan yangi mavzuni mustahkamlash bilan birga ularning tezkor fikrlashlari, so'z boyligini aniqlash maqsadida ham foydalansa bo'ladi.

MUHOKAMA.

«Klaster» metodi. Klaster" grafik organayzeri "Fikrlarning tarmoqlanishi" degan ma'noni anglatadi. Bu metod turi o'quvchilarning biron-bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog'langan ketma-ketlikda tarmoqlashni o'rgatadi. "Fikrlarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

tarmoqlanishi" quyidagicha tashkil etiladi: l.Xayolga kelgan har qanday fikr bir so'z bilan ifoda etilib ketma-ket yoziladi; 2. Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u holda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi; 3. Darsda imkon boricha fikrlarning va o'zaro bog'liqlik ketma-ketligini ko'paytirishga harakat qilinishi lozim. Ona tili darslarida "So'z turkumlari" mavzusini yoritishda "Klaster" usuli beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu metod orqali o'quvchilar mavzuga oid tushunchalar ustida ishlaydi. Masalan, sifat so'z turkumiga oid tushunchalarni ular quyidagi tartibda tarmoqlarga ajratishlari mumkin. "Klaster" usulida so'z turkumlari tushuntirilganda o'quvchining diqqatini shu mavzuga qaratish maqsadida markazga so'z turkumlariga oid tushunchalar yoziladi. O'quvchilarlar mavzuga oid barcha fikrlarini markazning atrofiga joylashtirib yozadilar. Fikrlar bayon etilgandan so'ng har bir fikr yoki so'zni toifalarga ajratib chiqadilar. "Klaster" usuli quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo'llaniladi:1.O'quvchilar so'z boyligini oshirish; 2.Yozma nutqni takomillashtirish; 3.Fikrlash qobiliyatini shakllantirish; 4.Toifalarga ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi. «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o'rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi. O'quvchilar ana shu so'zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Yozuv ekranda ko'rsatiladi. O'quvchilar ortiqcha so'zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, qo'y, toshbaqa, ot, it. So'ng bu so'zlar ishtirokida gap tuzish topshirig'i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do'sti. O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o'quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg'otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga o'rgatiladi.

«Sirli sandiqcha» metodi. Sirli sandiqcha metodi ham o'quvchining mantiqiy fikrlashini shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metoddan foydalanish uchun o'quvchilar guruhlarga bo'linadi.O'qituvchi doskaga 4 ta mavzu nomini ilib ular haqida hech qanday ma'lumot yozmaydi. Masalan, So'z turkumlarill mavzusi o'tilganda Ot, Sifat, Son, Fe'l kabi. Sirli sandiqchalda esa so'z turkumlariga oid ma'lumotlar, misollar yozilgan bo'ladi. O'quvchilar bu ma'lumotlar qaysi so'z turkumiga tegishli bo'lsa qog'ozni shu so'z turkumi tagiga qistirib boradi.O'qituvchi bajarilgan ishni tahlil qiladi va rag'bat kartochkalari beradi.Eng ko'p rag'bat kartochkasi to'plagan guruh g'olib bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023

Ot Sifat Son Fel

«Tushunchalar tahlili» metodi. Bu metod quyidagicha mulohaza qilinadi. Nazorat ishi yakunlanib, baholar e'ion qilingandan so'ng, har bir o'quvchi nazorat daftarida o'qituvchi tomonidan tekshirilgan va kamchiligi tuzatilgan so'zlarni ko'chirib yozadi. Bu metod ham o'quvchini hushyorlikka chorlash bilan bir qatorda o'z xatosini o'z vaqtida tushunishga va bu xatoni boshqa takrorlamaslikka olib keladi.

«Harfni his qilish» metodi. "Harfn yoki so'zni his qilish" metodida o'quvchilar tik turgan holatda bo'ladi.Eng oxirida turgan o'quvchi orqasiga o'qituvchi tomonidan ruchkaning orqa tomoni bilan harf yoki so'z yoziladi. Keyingi o'quvchi oldingi o'quvchi orqasiga yozadi. Va shu tariqa davom etadi. Birinchi partadagi o'quvchi o'zining orqasiga yozilgan harfni his qilib sinf yozuv taxtasiga kelib yozadi. Bu metodni ko'pincha nafaqat harf shaklida 4-5 sinf o'quvchilarida qo'llash mumin, balki 5-6 sinf o'quvchilariga ikki uch harfli so'z shaklida ham qo'llash mumkin. Bu metodni kichik yoshdagi o'quvchilarga darslarda dam olish daqiqasi sifatida qo'llash mumkin. Darslarda bu kabi enerjayzer metodlarni qo'llash o'quvchilarning faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi o'yinlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. «Baliq ovi», «Kim hakam», «Taqdimot-tadqiqot», «Piramida», «Matn tuzib ko'r, aqling bo'lar zo'r», «Raketa», «To'g'ri noto'g'ri», «Xatosini top», «Xotira mashiqi», «Bo'g'in», «Mo'jizalar maydonchasi», «Maqol», «So'zdan so'z yasash» o'yinlaridir.

«Baliq ovi» o'yini. Doskaning bir tomoniga dengiz rasimi, ikkinchi tomoniga akvarium rasimi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo'ladi. O'quvchi dengizdagi baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to'g'rib o'lsa baliqni akvariumga , noto'g'rib bo'lsa dengizga qo'yib yuboradi.

"Kim hakam" o'yini. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida "Kim hakam" o'yini olib boriladi. Bunda o'quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O'quvchi fikrini jamlashga harakat qiladi. O'qituvchi tomonidan ma'lumotlar tezkorlik bilan o'qiladi. Bunda har bir guruh a'zolari to'g'ri ma'lumotlar uchun- "qizil kartochka", noto'g'ri ma'lumotlar uchun-"sariq kartochka"larini ko'tarishadi.

Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

"Taqdimot-tadqiqot" usuli. Bu bosqichda har bir guruhdan bir nafar o'quvchi yangi mavzu va yangi mavzuni o'tilgan mavzular bilan bog'lash maqsadida doskada taqdimot qilishadi. O'qituvchi tomonidan yangi mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berib o'tiladi.

"Piramida" o'yini. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida "Piramida" o'yini olib boriladi. Bunda To'rtala guruhgaalohida mavzular beriladi, guruh a'zolari berilgan mavzu bo'yicha barcha ma'lumotlarni maxsus kartochkalarga yozishadi va piramida tasvirlangan ko'rgazmaga yopishtirib chiqadilar. Natijalar tekshiriladi noto'g'ri va takrorlangan ma'lumotlar olib tashlanadi va qolgan natijalar hisoblanadi.Eng ko'p ma'lumot yozgan guruhlar taqdirlanadi.Bunda o'quvchilar o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tushunchalarni o'zlashtirib olganlik darajasi aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish , o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish , safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash , shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatadi.

"Matn tuzib ko'r, aqling bo'lar zo'r". O'quvchilar monitordan uzatilgan rasm asosida, berilgan muddatda matn tuzishadi. Tuzilgan matnda undov, modal, taqlid so'zlar ishlatilishi kerak. Mazmunli va undov, modal, taqlid so'zlardan ko'p ishlatgan matn egalari g'olib bo'lishadi.

«Raketa» o'yini. Doskaga raketa rasimi chiziladi , yoki , uchta raketa yasab savollar yoziladi kartochkalar ilinadi, Raketa o'zga sayyoraga uchish uchun yuklardan xoli bo'lishi kerak o'quvchila uch guruhga bo'linadi, qaysi guruh a'zolarisavollarga to'g'ri javob bersa kartochkalar olib tashlanadi, to'g'ri javob berilmagan kartochka raketada qoladi va u ucha olmaydi.

«So'zdan so'z yasash» o'yini. Bu o'yin o'quvchilarni so'z boyligini oshirishga, qayta xotirlashga va mantiqan fikrlashni kengaytirishga undaydi. Bu usul orqali bir so'zdan bir necha so'z tuzish o'yini o'quvchilarni ziyraklikka, hozirjavoblikka undaydi. Yozuv taxtasiga o'qituvchi tomonidan bir so'z yozib qo'yiladi.Masalan: O'zbekiston, Zanjir... Shundan so'ng o'qituvchi ma'lum vaqt davomida ana shu so'z harflaridan foydalangan holda boshqa so'z yasashlarini aytadi..Masalan, O'zbekiston - o'z, ek, bek, o'zbek, on, Zanjir - zar, zira, arz, ariza, jar, ranj kabilar.

"Xotira mashqi" o'yini. Hozirjavoblik va zukkolikni oshirish maqsadida , ayniqsa birinchi tanishuv darsida qo'llash mumkin bo'lgan o'yin. O'quvchi o'z ismini aytadi va shu ism bilan boshlanuvchi biror adib ismini aytadi.Adham -Alisher Navoiy, Bahodir- Zahiriddin Muhammad Bobur, Gavhar-Gulhaniy. O'yin shartiga ko'ra o'qituvchi bir nechta imlosi qiyin yoki o'quvchilarga o'zlashtirilishi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

rejalashtirilgan so'zlami aytadi, o'quvchilar esa bu so'zlarni eslab qolib, daftarlariga imlo qoidalari asosida yozadilar.

Xulosa qilib aytganda,innovatsion metodlar o'quvchilarning savodxon bo'lishiga, DTS talablariga qo'yilgan bilim va ko'nikmalarni oson va qiziqarli egallashlarida muhim rol o'ynaydi. Dars mashg'ulotlari davomida shu va shu kabi metodlardan foydalanish o'tilgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni o'zlashtirishga katta yordam beradi. Dars jarayonida o'quvchilarning diqqatini mavzuga qaratishda albatta o'zining samarasini ko'rsatadi.

Yuqorida keltirilgan interfaol metodlarni ona tili va adabiyot darslarida qo'llash natijasida o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga, o'zlarining fikrini erkin bayon eta olishga, atrofidagilarning fikrlarini hurmat qilishga, o'zining nuqtayi nazarini himoya qila olish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.-T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2010,- 400 b.

2. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika T.: O'qituvchi. 2010 y. 254-263 b.

3. Bobomurodova A. Ona tili ta'limi jarayonida o'yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009.

4. N.A. Muslimov, M. Usmonboeva, M. Mirsoliyeva — Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik —O'UM Toshkent -2016

5. O.U. Avlayev, S.N. Jo'rayeva, S.P.Mirzayeva "Ta'lim metodlari" o'quv-uslubiy qo'llanma, "Navro'z" nashriyoti, Toshkent - 2017.

6. Gulomova M.X., Sobirova N.K. Yangi innovatsion texnologiya yordamida ta'lim samaradorligini oshirish usullari// Innovatsiya o'quv jarayonida(tezislar to'plami). -T. 2009.

7. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. Boshlang'ich ta'lim talabalari uchun darslik. -T.: —Nosir 2009y.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.