Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
885
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / metod / dars / jarayon / texnologiya / o’qituvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akramova Gulnoza Baxodir Qizi

Maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida turli qiziqarli o‘yinlardan foydalanish mazmuni va ahamiyati,o’quvchilar bilan ishlash faoliyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 1 issue 3 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH DARSLARIDA TURLI QIZIQARLI O'YINLARDAN FOYDALANISH

Akramova Gulnoza Baxodir qizi

KIUT 1-kurs magistranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7662196

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarida turli qiziqarli o'yinlardan foydalanish mazmuni va ahamiyati,o'quvchilar bilan ishlash faoliyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, metod, dars, jarayon, texnologiya, o'qituvchi.

Аннотация. В статье освещаются содержание и значение использования различных интересных игр на уроках родного языка и чтения в начальной школе,деятельность по работе с учащимися.

Ключевые слова: образование, метод, урок, процесс, технология, учитель

Annotation. The article highlights the content and importance of using various interesting games in primary school native language and reading lessons,and the activities of working with students.

Key words: education, method, lesson, process, technology, teacher.

Hozirgi zamonda ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlari keng qo'llanilmoqda. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi.

Interfaol metodlar (2) deganda-ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

- ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

- o'qish shiddatini ta'lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o'rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Quyida boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan bir nechta o'yin namunalarini keltiramiz.

O'qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko'nikma negizida o'quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo'lgan ta'lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogik texnologiyani keltirib chiqaradi. Yangicha pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo'ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o'qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.

Buning uchun o'qituvchi o'z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta'limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko'rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars -sahna, dars -suhbat, dars - sayr ko'rinishida o'quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o'qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog'liq deb o'ylayman.

O'qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boy faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.

O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.

Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug'dirishdir.

Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi.

Keyingi sharti - bu o'qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.

O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.

O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.

Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o'qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

• kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

• me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

• kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

• dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;

• (o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).

Demak, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:

• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.

• bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;

• mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

• pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.

O'qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga -yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi

Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.

Maqbullik me'yori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.

Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.

Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o'qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob'ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.

V.A.Slastenin(1) o'tkazgan tadqiqotlar o'qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

• mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;

• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.

O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho

berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.

Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.

V.A.Slastenin tadqiqotlarida o'qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

• shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;

• kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;

• kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy

• bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

• o'qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.

"SO'Z VA HODISALARNI ESLASh"(2) ta'limiy o'yini

Sinf o'quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so'z tanlaydi.

1. Daraxt, paxta so'zi bilan o'yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do'mbira, doira, dolana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" hartlari bilan boshlanadigan so'zlar topiladi.

2. Daraxt, paxta so'zlarining birinchi bo'g'iniga da-, pax- bo'g'in qo'shib so'z hosil qilis: dali,dada paxtakor paxtazor.....

3. Berilgan so'zlarga ohangdosh so'zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, karaxt kabi.

4. Berilgan so'zlar bilan bog'liq bo'lgan barcha so'zlarni eslash: paxta, momiq, chigit, shona, g'o'za, ko'sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz.

5. Berilgan so'zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar.

6. Berilgan so'zlar bilan bog'liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to'qishga harakat qilish.

"TOPOG'ON" o'yini.

1. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong'oq;

2. Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;

3. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;

4. Ovchi. Muzqaymoq, bo'ri, hayvonot bog'i, qafas, daraxt:

5. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.

Berilgan so'zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.

"BEGONA" o'yini:

Bunda beshta so'z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so'z begona asardan olinadi. Masalan: "O'gay" "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so'z. Shu begona so'zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta'lim standarti talablari darajasida o'zlashtirishi kerak. O'qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag'ishlovchi mana shunday o'yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o'quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.

"KIM KO'P SO'Z TUZADI" o'yini:

O'quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so'zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so'z boshi, so'z o'rtasi va so'z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so'zlar toping. So'z boshida: ayiq, asal,... So'z orasida: sariq, maktab So'z oxirida: bog'cha, chana... kabi.

"BERILGAN BOG'INLARGA BITTADAN HARF QO'SHIB, SO'ZLAR HOSIL QILING" o'yini(3)

Bir bo'g'inli so'z berilib, unga bir harf qo'shish orqali o'quvchilar yangi so'z hosil qilishlari kerak. Masalan: Far: farq, fard. Farz Dar: dard, dars, darz ...kabi.

KEYINGI MOS HARFLARNI QO'YIB YANGI SO'ZLAR HOSIL QILISH o'yini

Berilgan so'zlarni, oxiridagi harfni o'zgartirish orqali o'quvchilar yangi so'zlar hosil qiladilar va kim ko'p so'z tuzsa, ana o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi. Masalan: KIYIN - KIYISh, KIYIK, Kl YIM, KIYIB kabi.

SO'ZLARDAGI BIROR HARF(TOVUSH)NI SHUNDAY O'ZGARTIRINGKI, QOFIYASI MOS SO'ZLAR HOSIL BO'LSIN o'yini

O'qituvchi so'zlar aytadi va o'quvchilar so'zdagi biror tovushni o'zgartirib unga mos qofiyadosh so'zlar topadilar. Masalan: PILLA - T1LLA, PAXTA - TAXTA, PUL - GUL, POL - MOL, PARTA-MARTA.. ..kabi

O'quvchilarining o'qish malakasini rivojlantirish va nutq o'stirishda ilg'or usullardan foydalanish. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga yo'naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o'z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini tashkiIlashtirish vositasidir. Ta'limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta'lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta'minlovchi dars berish va o'qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz: Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni boshlash uchun mo'ljallangan qisqa mashqlardir. Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi «to'siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o'quvchilari orasidagi o'zaro ishonch, hurmat, o'zaro yaqinlikni his etishga o'rgatish yotadi.

Aqliy hujum yoki aqliy hamla - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o'ziga xos muammo, vazifa xususida barcha o'quvchilarning imkon qadar ko'proq g'oyalarni yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi. Debat bu usulning maqsadi o'zaro baxs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir.

GAPLARNI OXIRIGA YeTKAZISh - bu mashqda o'quvchi o'z g'oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so'z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so'raladi, o'quvchi esa shu jumlalarga mos so'z tuzadi.

DAVRA SUHBATI - ta'lim oluvchilar davra stolida o'tirib, bir- birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.

GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo'llaniladigan hammaga ma'lum usulidir.

a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo'lgan g'oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o'tkaziladi.

b) KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA - mazkur o'quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko'tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko'tarilgan

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 1 issue 3 j ISSN: 2181-4163 j UIF-2023: 8.2 muammolar yechimini topish va g'oyalarni baholash uchun yig'ilgan to'rt-olti kishi ishtirok etadigan davra.

ROLLI O'YIN - dramma yoki "qoyilmaqom qilib o'xshatish". Rollar o'quvchilarga aynan mo'ljallanganligini va ularga "go'yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi.

SO'ROVNOMALAR O'TKAZISh - bilimlarni tekshirish va o'qitish jarayonini baholash uchun foydalaniladi.

BOShQARILAYOTGAN XAYOLOTLAR - o'qituvchi tayyorlab qo'ygan fantaziyasini o'qiydi yoki guruhning o'zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi.

IJODIY MEHNAT - rasm chizish, andozalash, qo'shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o'yinlar o'ylab topishni mujassam etadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"AKVARIUM" mashqi - bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya'ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa, birinchi guruh a'zolarining ma'lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo'yicha qolgan joylarini to'ldiradilar. Ikkala guruh bir - birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so'raladi.

O'YINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - bir xillikni yangilashtirish, kuch-quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. Bunda turli harakatli o'yinlar o'tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi.

KLASTER - (lof'g'uncha", "bog'lab") axborotlarni yoyish usuli bo'lib, undan foydalanish o'quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr yuritishlariga katta imkoniyat beradi.

Demak, yuqoridagi berilgan interfaol metodlar kabi tajribalarga asoslangan ta'lim usullari orqali o'quvchilarda faollik va dars samaradorligining oshishi ta'minlanadi. O'qituvchi ish faoliyatida mustaqil ravishda mavzuga mosini tanlash va qo'llash imkoniga ega. Quyida berilgan metodlarning ba'zilaridan boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish darslarida qanday foydalanish mumkinligi misollarda berilgan.

O'YINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - kichik treninglar, o'yinlar, qo'shiq va she'rlar mazmuniga ko'ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o'yin, o'qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining asosiy faoliyat turi o'qish bo'lishiga qaramay, bir faoliyatdan to'la ikkinchisiga o'tish bolada qiyinchilik tug'diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta'limiy o'yinlar qo'llangan - holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to'xtalib o'tgan edik, o'quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o'tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo'lgan diqqatini jAamlashga olib keladi. O'tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos bo'lsa, yanada maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o'yinlar, she'r, qo'shiqlar mazmuniga ko'ra harakatlar, kichik yoshdagi o'quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko'rinishida bo'lishi lozim. Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar keltirib o'tamiz.

"Mevali salat" harakatli o'yini.

Sinf o'quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya'ni "olma", "nok", "shaftoli' "behi", "anor". Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o'quvchilar belgilangan meva nomlariga ko'ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo'sh o'rinlardan biriga tez o'tirib olishi kerak. O'tirolmay qolgan o'quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O'yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi: "Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman". - deb aytsa barcha "mevalar o'rinlarini almashtiradilar, yoki "Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman",- deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o'rinlarini almashtiradilar.

"O'zaro bog'liqlik" O'quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o'quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi. Masalan: "Bu olma. Olma bog'da o'sadi va mevalarga kiradi. Uni o'quvchilar juda yaxshi ko'rishadi" Keyin ikkinchi bola ham o'zidagi predmet haqida gapiradi va o'zidagi predmet bilan birinchi o'quvchidagi predmetni o'zaro bog'liqligini aytishi kerak. Masalan: "Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o'quvchilar yaxshi ko'rishadi. Quyosh istib tursa olma va boshqa mevalar pishadi" Keyin uchinchi o'quvchi o'zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o'zidagi predmet orasidagi bog'liqlikni topishi kerak. O'yin shu tartibda davom etadi.

"Umumiylikni izlash" O'quvchilar aylana qurib o'tiradilar. Olib boruvchi o'quvchilardan biriga to'pni otayotib, bir-biri bilan bog'lanmagan 2 ta so'zni aytadi. Masalan: maktab va o'quvchi, kitob va javon, quyosh va gul va hokazo. To'pni tutib olgan o'quvchi so'z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to'pni qaytaradi.

"Safar" O'quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo'lgan yo'lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O'quvchilar bir necha kun davomida "obekt" ni mustaqil kuzatadilar va uni og'zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik. kuzatuvchanlik, atrof - muhitga diqqat - e'tibor talab etiladigan bu o'yib vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, yon atrofga e'tiborli bo'lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkur o'yinlardan foydalanganda o'quvchilarning nutqi rivojlanad, lug'at boyligi vanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.

Yuqorida keltirilgan ta'limiy o'yinlar o'quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o'stirishga yo'naltitirilgan har bir mashg'ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi.

SO'Z O'YINI

SS

Bu mashq orqali o'quvchilar topqirlikka, izlanuvchanlikka yo'naltiriladi.Bunda berilgan so'zning oxirgi bo'g'iniga yangi bo'g'in qo'shib,shu bo'g'in bilan boshlanadigan yangi so'z tuzish talab qilinadi. Ras+som+sa ku+mush+kul bay+ram+ka Me+va+za for+ma+shina Kek+sa+lom lo+la+gan Di+yor+dam Shifo+kor+xona tabi+at+las Ak+mal+la Yan+gi+lam dos+ka+mon sum+ka+rim Va+tan+tana bi+lan+gar qis+qa+chon Shijo+at+las so+at+tang g'ala+ba+liq Navo+iy+mon yo+qa+lam likop+cha+na Sho+ir+moq nina+chi+nor his+sa+na O'zbekis+ton+na kam+zul+fiya Dos+ton+na

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Farberman. B.L. Ilg'or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001

2. Dadamirzayev G'. Pedogogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar. Metodik qo'llanma. - Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet.

3. www. ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.