Научная статья на тему 'TA'LIM JARAYONIDA YANGICHA INNOVATSIYALAR'

TA'LIM JARAYONIDA YANGICHA INNOVATSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
124
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INNOVATSIYA / AQLIY HUJUM / MADIFIKATSIYA / PANTAMIMA / TEXNOLOGIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bayzakov J.A.

Muammoli o'qitishda o'qituvchi tayyor bilimlarni bayon qilmasdan balki o'quvchilar oldiga muammolar, vazifalar qo'yadi va ularni ushbu vazifalarni bajarishga undaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW INNOVATIONS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

In problem-based learning, the teacher does not state ready-made knowledge, but sets problems and tasks for students and encourages them to complete these tasks.

Текст научной работы на тему «TA'LIM JARAYONIDA YANGICHA INNOVATSIYALAR»

Bayzakov J.A.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

TA'LIM JARAYONIDA YANGICHAINNOVATSIYALAR

Annotatsiya: Muammoli o'qitishda o'qituvchi tayyor bilimlarni bayon qilmasdan balki o'quvchilar oldiga muammolar, vazifalar qo'yadi va ularni ushbu vazifalarni bajarishga undaydi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, aqliy hujum, madifikatsiya, pantamima, texnologiya.

Bayzakov J.A. lecturer

department of uzbek linguistics Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

NEW INNOVATIONS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract: In problem-based learning, the teacher does not state ready-made knowledge, but sets problems and tasks for students and encourages them to complete these tasks.

Key words: innovation, mental attack, modification, pantomime, technology.

Yurtimiz ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini innovatsiyalar asosida tashkil etish va boshqarishni davr taqozo etmoqda. Ta'lim muossasini ilmiy metodik boshqarishda innovatsion ta'limga katta chtiyoj sezilmoqda. Innovatsion (inglizcha "inno" - yangi, "vasion" - kiritish, tatbiq etish) va noananaviy talim usullari an'anaviy usulda boshqarilayotgan ta'lim tizimiga nisbatan pedagogik jarayonlar amaliyotida o'zining ijobiy natijasini bermoqda. Sababi, an'anaviy usullarda boshqarilayotgan ta'lim jarayonida o'quvchilar dars davomida passiv ishtirok etadilar. Ular o'qituvchining ma'ruzasini tinglab, qabul qiluvchi informator sifatida namoyon bo'ladilar. Inovatsion va noan'anaviy ta'limda esa, barcha o'quvchilar faol qatnashadilar[1.42].

Innovatsion pedagogik ta'lim yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

Aqliy hujum" (o'qituvchi tomonidan berilgan savolga o'quvchilarning birin-ketin javob berishlari).

"Aqliy hujum" uslubi: "Aqliy hujum biron-bir muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga keladigan eng samarali uslubdir. Muammoli o'qitishda o'qituvchi tayyor bilimlarni bayon qilmasdan balki o'quvchilar oldiga muammolar, vazifalar qo'yadi va ularni ushbu vazifalarni bajarishga undaydi.

мЭкономнка h соцнумм №3(94)-2 2022

www.iupr.ru

58

Muammoli o'qitishda o'quvchi bilimlarni mustaqil, shaxsiy-ijodiy faoliyat yo'li bilan egallaydi, fikrlashi rivojlanadi. Muammoli o'qitishda o'quvchilar o'z fikrlarini qancha ko'p taqdim etsa, natija shuncha yaxshi bo'ladi.

O'qituvchining bu jarayondagi vazifasi izlanishda bo'lib, qo'shimcha adabiyotlardan, qomuslardan keng foydalanishi zarur. "Aqliy hujum" uslubida yangi bilimlar bo'yicha o'quvchilar baholanmaydi, faqat rag'batlantiriladi [8.54].

Biz fan o'qituvchilari bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatlarini egallashlarida, o'qitishda turli interfaol o'yinlardan, seminar darslardan, bahs-munozaralardan, innovatsion omillardan keng foydalangan holda mashg'ulotlarni tashkil etish zarurligini o'rgatib boramiz. Chunki bolalar tafakkurining faollashuvi, mustaqillik darajasining ortishi-ana shunday amaliy darslar jarayonida qaror topadi. Xitoy faylasufi Konfutsiy fikrini misol qilib keltirish mumkin.

"Aytsang-eshitaman, unutaman"

«Ko'rsatsang- eslab qolaman.»

« O'zim bajarib- anglab yetaman"

Ayni vaqtda ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan bir necha innovatsion ta'lim turlaridan namunalar keltiramiz: Modifikatsiyalashgan ta'lim" shakli o'zgartirilgan ma'ruza (O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot tarzida, savol-javob, baxs-munozara orqali dars o'tadi). -"Multimedia - video dasturlar asosida dars o'tish"- ma'lum bir mavzuni dasturli, ovozli, ko'rgazmali vositalar yordamida o'tish usuli: "Muayyan vaziyat yoki holatni tahlil qilish biron-bir hayotiy voqea, vaziyat, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish, to'g'ri xulosa chiqarish, "Nuqtai nazaring bo'lsin"- o'qituvchining savol yoki topshiriqlariga barcha o'quvchilar o'z maqtai nazarlarini bildiradilar, shu orqali ularda o'zlarining shaxsiy fikrlari qaror topadi [3.9].

O'qituvchi biror predmet bo'yicha o'quvchilarning tizimli bilim olishini ta'minlash maqsadi sari intilar ekan, ma'lum ishlarning bajarilish namunasini ko'rsatadi. Ayni vaqtda, u ta'limning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini ta'minlaydi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni o'zlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil o'zlashtirishlari, o'rgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qo'llashlari uchun maxsus topshiriklar beriladi.

"Tanqidiy fikrlash" - o'quvchilar o'qituvchining bergan savollariga -birini takrorlamagan holda, tanqidiy yondashib fikr bildiradilar. yordamida

Bundan tashqari, "Har kim - har kimga o'rgatadi", "Pantomima-so'zsiz harakatlar ifodalash", "Rolli o'yin, sahna ko'rinishi" kabi usullar ham mavjud. Innovatsion ta'lim o'ziga taaluqli bo'lgan bir necha bosqich va vositalar jamlanishi natijasida ilmiy-ijtimoiy yangilik yoki g'oyaga aylanadi. Bunda yangilik kiritish innovatsiya natijasi sifatida qaraladi, innovatsiya jarayoni esa umumiy tarzda quyidagi uch bosqichda rivojlanadi: g'oyalarni berish (ilmiy yangilik ochish), g'oyalarni amaliy jihatdan ishlab chiqish (yangilik yaratish yoki yangilikni kiritish) va yangilikni amaliyotga tadbiq etish.

'^KOHOMHKa h соцнумм №3(94)-2 2022

www.iupr.ru

59

Texnologiyaning asosiy maqsadi o'quvchining o'zi o'rganishi uchun mas'uliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bunda "o'rgatish muhim emas, o'rganish muhim" degan haqiqatni o'qituvchi yoki ota-onalar emas, balki har bir o'quvchining o'zi tushunib yetadi.[7.35]. U ta'lim olishi uchun o'zi masul bo'ladi. Texnologiya o'quvchini o'qib materialini tushinishga va bilimini o'stirib borishga o'rgatadi. O'quvchilar o'z faoliyatini xolis baholashga o'rganadilar. Ammo pedagogikaning eng muhim vazifasi - mustaqil insonning ta'limini chegirmaslik kerak. Biror kishi nafaqat nazariy bilimlarni o'rganishi, balki uni o'qituvchi unga tushuntirish yo'li bilan qo'llashi kerak, balki yangi narsalar yaratish uchun ushbu dastlabki nazariyalar va amaliyotlardan ijodiy foydalanishi kerak. Ushbu pedagogika sohasi rivojlanish o'rganish nazariyasi deb nomlandi. Uning poydevori XVIII asrda Pestalozzi tomonidan taqdim etilgan bo'lib, bu inson tug'ilishdan orzu-istak paydo bo'lishiga ishora qilmoqda Rivojlanish. O'qituvchining vazifasi bu qobiliyatlarni to'liq rivojlanishiga yordam berishdir. Ta'lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta'lim jarayonining mohiyati, ta'lim mazmuni, ta'lim qoidalari, ta'lim metodlari, ta'limni tashkil etish shakllari hamda ta'limda o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini hisobga olish va baholash kabilarni o'z ichiga oladi. Ko'nikmalar maktab o'quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig'indisidir. Ko'nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi belgilanadi[6.21].

Xulosa qilib aytganda, innovatsion omillarini ta'lim tizimini joriy qilish bo'lajak pedagoglarning faoliyatini kuchaytiradi, ta'lim samaradorligiga erishiladi, demak, o'z kasb mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar

References:

1. Аметовна, Ю. Т., & Назаровна, К. Х. (2020). Применение интеграции при обучении русскому языку в национальных группах. Суз санъати, (3).

2. Yuldasheva, T., & Kadirova, K. (2020). Teaching Russian with Innovative Approach. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).

3. Юлдашева, Т. А. (2021). Методы исследования в методике преподавания русского языка. Academic research in educational sciences, 2(2).

4. Ametovna, Y. T. (2021). Features of the methodology of teaching russian as a foreign university. International Engineering Journal for Research & Development, 6(ICDSIIL), 3-3.

5. Yuldasheva, T. A. (2020). BOSHLANG 'ICH SINFDA IZOHLI O 'QISH JARAYONINI QO 'LLASH. Science and Education, 1(Special Issue 2)

6. Юлдашева, Т. А. (2021). Виды коммуникации и коммуникативные барьеры в межкультурном общении студентов иноязычных групп. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 2027-2030.

7. Yuldasheva, T. A., Begimova, A. (2022). The Role of the Constitution of the Republic of Uzbekistan in our Free and Prosperous Life. International Journal

Of Multidisciplinary Research In Science, Engineering and Technology, 5(2), 15-22.

8. Ametovna, Y. T. (2021). INTERCULTURAL COMMUNICATION: ESSENCE, OBJECT, HISTORY. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(05), 109-111.

9. Юлдашева, Т. А., & Калдибекова, К. (2021). АКТИВНЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЁМЫ ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА В ШКОЛЕ. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1427-1434.

10. Юлдашева, Т. А., & Очилова, А. (2021). Инновационные подходы к гражданскопатриотическому воспитанию. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1443-1447.

11. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). ПРЕПОДАВАНИЕ РУССКОГО ЯЗЫКА В ИНОЯЗЫЧНЫХ ГРУППАХ. Экономика и социум, 11(90), 1148-1152.

12. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). Русский язык в школе и в вузе: проблемы изучения и преподавания. Экономика и социум, 9(88), 1015-1021.

13. Юлдашева, Т. (2021). ВИДЫ КЛАСТЕРОВ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ НА УРОКЕ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(7), 308-314

14. Юлдашева, Т. (2021). Современные инновационные технологии в образовании и их применение. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 386-393.

15. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). Русский язык в современном мире: традиции и инновации в преподавании русского языка в национальных группах. Academic research in educational sciences 2(CSPI conference 2), 128 -132.

16. Юлдашева, Т. А. (2021). Обучение языковой коммуникации на русском языке. Экономика и социум, 3(2), 593-596.

17. Юлдашева, Т. А. (2021). Межкультурная коммуникация в высших образовательных учреждениях: социокультурный подход. Экономика и социум, 6(2), 849-853.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.