Научная статья на тему 'ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH'

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
826
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion texnologiyalar / yangilik / jamiyat taraqqiyoti / interfaol metodlar. / innovative technologies / innovation / social development / interactive methods.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — F. Fayziyeva

Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ularning bugungi ilm-fan uchun ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida o’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib kelishi va bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiqligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN NATIVE LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES

This article talks about the effective use of innovative technologies in native language and literature classes and their importance for today's science. In the course of the article, it is revealed that the use of modern methods of teaching leads to high efficiency in the teaching process and the appropriateness of choosing these methods based on the didactic task of each lesson.

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

SAMARALI FOYDALANISH Fayziyeva Fotima Kudratovna

Chilonzor tumani 101 - maktabning ona tili va adabiyot fani oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6970478

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ularning bugungi ilm-fan uchun ahamiyati haqida so'z boradi. Maqola davomida o'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib kelishi va bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiqligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiyalar, yangilik, jamiyat taraqqiyoti, interfaol metodlar.

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация. В данной статье говорится об эффективном использовании инновационных технологий на уроках родного языка и литературы и их значении для современной науки. В ходе статьи выявлено, что использование современных методов обучения приводит к высокой эффективности учебного процесса и целесообразности выбора этих методов исходя из дидактической задачи каждого урока.

Ключевые слова: инновационные технологии, инновации, социальное развитие, интерактивные методы.

EFFECTIVE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN NATIVE LANGUAGE AND

LITERATURE CLASSES

Abstract. This article talks about the effective use of innovative technologies in native language and literature classes and their importance for today's science. In the course of the article, it is revealed that the use of modern methods of teaching leads to high efficiency in the teaching process and the appropriateness of choosing these methods based on the didactic task of each lesson.

Keywords: innovative technologies, innovation, social development, interactive methods.

KIRISH

Hozirgi kunda barcha sohada tub yangilanishlar sodir bo'layotgan bir paytda ta'lim sohasida ham tubdan o'zgarishlar yuz bermoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ham, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ham darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bot-bot aytilmoqda. Avvalo,innovatsion texnologiyaning o'zi nima degan savol tug'iladi. Innovatsiya (inglizcha innovation)- yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda ijodiy fikrlovchi yoshlarga bo'lgan talab davr taqozosidir. Chunki shaxsiy dunyoqarashga ega bo'lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir boladilar. Respublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh omillaridan biri ham ijodiy fikrlovchi, k eng dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Bularni amalga oshirishda

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

o'qituvchining darslar va sinfdan tashqari mashgulotlar jarayonida interfaol metodlardan unumli foydalana olishi ham muhim orin tutadi. Interfaol metodlardan amalda foydalanishda quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:

- o'quvchi ozi o'rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o'rgata olmaydi;

- o'qituvchi o'quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi ya'ni yapon xalq maqoli misolida olsak, o'qituvchi baliq tutib bermaydi, balki unga baliq tutishni o'rgatadi;

- bilim borliqdan kochirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi kabilar.

Shuningdek o'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori

samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasi o'sishiga olib keladi.

Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchini faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari izlab topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalarga bag'ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator oqitish usullari haqida soz yuritilmoqda. Bu usullar innovatsion metodlar sifatida taqdim etilmoqda. Shulardan ona tili darslarida bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashda foydalanish mumkin bolgan ayrim metodlar xususida so'z yuritamiz.

TADQIQOT NATIJALARI

1. Modulli talim texnologiyasi. Bu o'quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va

qo'shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalari, ijodiy va mustaqil

fikrlashni rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi. Modulli ta'lim texnologiyasining o'ziga xos

jihati o'rganilayotgan mavzu bo'yicha o'quvchilarning mustaqil va ijodi y ishlariga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.

2. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi, uning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini va faqat birgalikda bajarish emas, balki o'quvchilarni hamkorlikda o'qishga orgatadi, ular o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam va fikr almashinishi vujudga keltirish.

3. Muammoli ta'lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo'yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalar to'g'riligini tasdiqlashdir.

4. Interfaol metod texnologiyasi. O'quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug'dirish. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo'linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.

5. Didaktik oyinlar texnologiyasi. Dars jarayonida turli didaktik o'yinlarni qo'llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg'otish.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

6. Sinov darslari. Yangi pedagogik texnologiya asosida dars o'tish shakllari va usullarini o'zgartirib, ularni xilma-xil qilib, oqituvchi oquvchini oquv jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi.

MUHOKAMA

O'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati bu darsni interfaol darsga aylantiradi. O'qitishning yangi interfaol shakllari - ta'lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlarini takomillashtirish yo'llaridan biri. Xorijiy davlatlar sinovdan o'tgan bu metod ya'ni interfaol metodga ko'ra darslar bir necha bosqichga bo'linadi: Ular chaqiriq, aqliy hujum, anglash, fikrlash kabi bosqichlardir.

1. Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o'quvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun -mohiyatiga kirib borish, uni his etish, anglab yetish jarayoniga tayyorlash kabi maqsadlar ko'zda tutiladi. Bunda o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish jarayonidao'quvchilar o'zaro fikr almashadi.

2. Aqliy hujum bosqichi. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo'llanishi mumkin bo'lib, u muamoni o'z g'oyalari, fikrlarini aytish yo'li bilan hal qilishdan iborat. Masalan, o'qituvchi sinf taxtasiga til so'zini yozadi va o'quvchilardan "Ushbu so'z sizlarda qanday tassavvur hosil qildi yoki shu so'zni yana qaday talqin qilsa bo'ladi?" - deb so'raydi. O'qituvchi o'quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni sinif taxtasiga quyidagi tartibda yozib borishi mumkin:

O'qituvchilarning fikrlari noto'g'ri deb topilmasligi lozim aksincha, o'qituvchi iloji boricha o'quvchilarga yordam berishi noto'g'ri fikr aytib qo'yishdan cho'chimaslikka da'vat qilishi, oxirida esa bildirilgan fikrlarning har birini o'qituvchi tahlil qilib berishi kerak.

3. Anglash bosqichi. Bu bosqichda aqliy hujum bosqichidagi mavzuga oid bahsmunozara natijasida yuzaga kelgan xulosaviy fikrlar eshitilib, o'qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to'ldiriladi. Savol-javoblar orqali mavzu mustahkamlanadi.

XULOSA

Ta'limda innovatsion metodlarni qo'llashdan asosiy maqsad - o'qituvchining o'z pedagogik xazinasini qayta ko'rib chiqishiga yordamlashish, yanada yuqori sifatli metodik yo'nalishga intilishini hosil qilish, kelgusi o'ylar, izlanishlar, tajribalarga undashdir.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to,g,risida"gi 4947-son Farmoni.

2. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi № 187-sonli Qarori.

3. U. Masharipova va b.q. Ona tili 4-sinf o'qituvchilari uchun ilgor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish.

4. Броварский В. Д., Турдалиев А. Т., Мирзахмедова Г. И. Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения //Научное обозрение. Биологические науки. -2020. - №. 3. - С. 43-48.

5. Турдалиев, А. Т., Аскаров, К. А., Жалилова, Ш. А., Гуломова, З. А., & Мусаев, И. И. (2019). Физико-химические, геохимические особенности и их влияние на почвенно-

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

экологическое состояние гидроморфных почв. Научное обозрение. Биологические науки, (4), 44-49.

6. Аскаров К. А., Турдалиев А. Т., Сотиболдиева М. М. Геохимия микроэлементов в почвах Центральной Ферганы //Современные научные исследования и разработки. -2018. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-45.

7. Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

8. Турдалиев А., Юлдашев Г. Геохимия педолитных почв. Монография //Т." Фан. - 2015. - С. 41-48.

9. Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 3227-3235.

10. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А. Энергетические особенности микроэлементов в засоленных почвах Центральной Ферганы //Актуальные проблемы современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 83-87.

11. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

12. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мирзаев Ф. А. У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. -№. 3. - С. 6.

13. Броварский, В. Д., Турдалиев, А. Т., & Мирзахмедова, Г. И. (2020). Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 43-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.