Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI'

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

248
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash / innovatsion texnologiyalar / interaktiv metodlar / ta’limning barcha sohalari / pedagogik texnologiyalar / innovatsiyaga intilish / o‘quvchilarni faollashtirish / Competitive training / innovative technologies / interactive methods / all areas of education / pedagogical technologies / the pursuit of innovation / student activation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Iroda Baxtiyor Qizi Matmuratova, Adiba Abdugani Qizi Orazboyeva

Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida mativatsion texnologiyalarni qo'llashning afzalliklari haqida ma’lumot berilgan va metodlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Interactive Learning Technology Each teacher provides a lesson that all students can master as intended. This article gives you a brief overview on fraud and how to use it in your physical education class

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI»

Volume 3 | Issue 2 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA MATIVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AFZALLIKLARI

Iroda Baxtiyor qizi Matmuratova

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchis

Adiba Abdug'ani qizi O'razboyeva

Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Interfaol ta'lim texnologiyasi - har bir o'qituvchi barcha o'quvchilar ko'zda tutilgandek o'zlashtiradigan mashg'ulot olib borishni ta'minlaydi. Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida mativatsion texnologiyalarni qo'llashning afzalliklari haqida ma'lumot berilgan va metodlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, ta'limning barcha sohalari, pedagogik texnologiyalar, innovatsiyaga intilish, o'quvchilarni faollashtirish.

ABSTRACT

Interactive Learning Technology - Each teacher provides a lesson that all students can master as intended. This article gives you a brief overview on fraud and how to use it in your physical education class.

Keywords: Competitive training, innovative technologies, interactive methods, all areas of education, pedagogical technologies, the pursuit of innovation, student activation.

KIRISH

Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo'llashga qiziqish tobora keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo'llash ta'lim samaradorligi va ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning o'qish motivlarini o'stiradi. Innovatsiya (inglizcha innovation) yangilik yaratish, yangilikdir. Demak an'anaviy ta'limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya demakdir. Mustaqil davlatimizning taraqqiyoti ta'limning barcha sohalaridagi kabi jismoniy tarbiya sohasida ham katta islohotlarni talab qiladi. Raqobatbardosh kadrlarni

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

707

Volume 3 | Issue 2 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tayyorlash jamiyatning muhim ehtiyojini qondirishning eng zarur sharti hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Ta'limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o'quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta'lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Hozirgi interfaol mashg'ulotlarni olib borishda ma'lumki, asosan interfaol usullar qo'llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma'lum darajada interfaol texnologiyasiga o'sib o'tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o'zaro farqini bizningcha, shunday ta'riflash mumkin. Interfaol ta'lim usuli - har bir o'qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o'z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o'quvchi o'z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o'zlashtiradi. Interfaol ta'lim texnologiyasi - har bir o'qituvchi barcha o'quvchilar ko'zda tutilgandek o'zlashtiradigan mashg'ulot olib borishni ta'minlaydi. Bunda har bir o'quvchi o'z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg'ulotni oldindan ko'zda tutilgan darajada o'zlashtiradi.

NATIJALAR

O'qituvchi dars davomida turli interaktiv metodlar ("Bumerang", "Charxpalak", "Aql charxi" va boshqalar)dan foydalanishi mumkin. Masalan, "Charxpalak metodi" O'quvchilar guruhlarga bo'linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. O'quvchilar topshiriqni bajarganlaridan keyin ularning ishlari guruhdagi boshqa o'quvchilarga tarqatildi. Ular tegishli o'zgartishlar kiritganlaridan keyin yana boshqa o'quvchilarga beriladi va shu tarzda o'quvchilarning har birining ishi guruhdagi barcha o'quvchilar qo'lidan o'tadi va oxiri o'ziga qaytadi. Har birlari o'zlari nuqtai nazaridan ishga o'zgartirishlar kiritishlari mumkin. Keyin o'qituvchi to'g'ri javobni ko'rsatadi. Bu usulda o'quvchilar ijodiy fikrlashga, o'z fikrlarini erkin bayon etishga va o'z kamchiliklarini bilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. "Aql charxi" usulida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutq ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bu o'yinda ikki yoki uchta o'quvchidan iborat guruhchalar ishtirok etiladi. Birinchi o'quvchi mavzuga doir terminlardan birini aytadi. Ikkinchi o'quvchi birinchi o'quvchi aytgan terminni qaytaradi va o'zi ham bitta termin aytadi. Uchinchi o'quvchi avvalgi ikkita terminni qaytaradi va bitta termin qo'shib aytadi. Yana birinchi o'quvchiga navbat keladi, u ham avvalgi uchta terminni qaytaradi va o'zi bitta

termin qo'shib aytadi. Qaysi o'quvchi adashib ketsa yoki aytilgan

February, 2022

Volume 3 I Issue 2 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 I UIF: 6,1

te^nla^an qaytarib aytsa o'yindan chiqadi. Shu taгiqa o'quvchilar guruhi davom etadi. Bu o'yinni tashkil etishda maqsad aniq bo'lishi va o'quvchilaming qaysi bilim, ko'nikma va malakalami egallasЫaгiga e'tiboг qaгatilishi muhimdir. Masalan: sport turlarini ayting:

1-o'quvchi: futbol.

2-o'quvchi: futbol-voleybol.

3-o'quvchi: futbol - voleybol - boks.

4- o'quvchi: : futbol - voleybol - boks-tennis

5-o'quvchi: futbol - voleybol - boks-tennis - karate

6-o'quvchi: futbol - voleybol - boks-tennis - karate va boshqalar.

O'quvchi so'zlami ketma-ket aytishda xatoga yo'l qo'ysa o'yindan chiqadi.

Xuddi shu yo'nalishda "Sport turiari" va boshqa mavzularini o^ganishda ham bu o'yindan foydalanish mumkin. Ayniqsa bu o'yin daгslaгni umumlashtirish va takroгlash daгslaгida qo'l keladi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o'quvchilaming o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilami ta'lim jarayoniga qiziqtiгadi, o'quvchilaming daгsga faol qatnashishga, bilimlami egallashga undaydi. Interaktiv metodto o'qish motivini гivojlantiгishga katta yordam beradi.

MUHOKAMA

Bugungi kunda ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan eng muhimlaridan

biri otiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Jamiyatning yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun boshlang'ich sinfdan boshlaboq tinimsiz izlanish, ta'limning yangi samarali usullarini qidiгish va kashf qilish zarnr Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib bera olish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o^uvchito faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko^kmato hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchilardan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim darajasiga nisbatan kompetensiyaviy yondoshuvni talab etadi.

Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajribalar asoslarini tashkil etuvchi usullar interfaol

usullar nomi bilan yuritilmoqda. Quyidagi ta'lim amaliyotida i

February, 2022

Volume 3 | Issue 2 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

nterfaol sullaridan "Aqliy hujum", "Klaster"dan foydalanish borasida so'z yuritamiz.

Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, ta'limni sifatini oshirish orqali, uni samaradorligini ta'minlash asini tashkil etadi. Shuningdek, u qanday o'qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko'proq interaktiv metodlarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi. Interaktiv so'zi inglizcha - interaction, ya'ni, inter -aro, o'zaro, act - harakat ma'nosini anglatadi.) Interaktiv usullar - bu o'zaro harakat, ya'ni hamkorlik asosida o'qitish demakdir. Interaktiv usullarning to'rtta asosiy turi mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:

- o'yinlar, eksperimental faoliyat va kognitiv usullar;

- ishbilarmonlik o'yinlari, modellashtirish;

- amaliyot orqali o'qitish, bevosita faoliyat.

Interaktiv usullarning barchasida ham o'qituvchi va o'quvchi faoliyati o'rtasidagi hamkorlik, o'quvchining ta'lim jarayonidagi faol harakati ko'zda tutiladi.

Ta'lim jarayonini innnovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o'qituvchi o'zining ish shakllari va o'quvchilarning ko'nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim.

REFERENCES

1. Azizxo'jayeva N.N. O'qituvchi mutaxssislari tayyorlash texnologiyasi. - T.: «Nizomiy TGPU». 2000. - 52 b.

2. Berdiqulov B. Sport kurashida trenirovka yuklamalarini nazorat qilish. Xalq ta'limi jurnali. 2001 y. 101-105 betlar.

3. Qurbonov Z.A. "Umid nihollari" musobaqasida futbol o'yini. Xalq ta'limi jurnali. 2002 y. 84-87 betlar

4. Qurbonova M. Sog'lom avalodni tarbiyalashda xalq milliy o'yinlari. Xalq ta'limi jurnali. 2000 y. 116-118

XULOSA

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.