Научная статья на тему 'ONA TILI FANINI O`QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA ULARNING AHAMIYATI'

ONA TILI FANINI O`QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1292
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ZAMONAVIY METODLAR / KOMMUNIKATIV KO'NIKMA / AXBOROT TEHNOLOGIYALARI / DIDAKTIK O'YINLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ysupova Sh.Sh., Rahimova N.M.

Ushbu maqolada ona tili fanini o`qitishda zamonaviy va innovatsion metodlardan foydalanish hamda ushbu metodlarning ahamiyati haqida so`z boradi va bu borada kerakli tavsiyalar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN METHODS IN TEACHING MOTHER TONGUE AND THEIR IMPORTANCE

This article discusses the use of modern and innovative methods in teaching the native language and the importance of these methods, and provides the necessary recommendations in this regard.

Текст научной работы на тему «ONA TILI FANINI O`QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA ULARNING AHAMIYATI»

Ysupova Sh.Sh.

UrDu Filologiya fakulteti magistratura bolimi lingvistika o^zbek tiliyo^nalishi 1- bosqich talabasi

Rahimova N.M.

UrDu Filologiya fakulteti magistratura bolimi lingvistika o^zbek tiliyo^nalishi 1- bosqich talabasi

ONA TILI FANINI O QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR VA

ULARNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fanini o^qitishda zamonaviy va innovatsion metodlardan foydalanish hamda ushbu metodlarning ahamiyati haqida so^z boradi va bu borada kerakli tavsiyalar beriladi.

Kalit so'zlar: Zamonaviy metodlar, kommunikativ ko^nikma, axborot tehnologiyalari, didaktik o yinlar.

Ysupova Sh.Sh. 1st year student linguistics uzbek language master's department faculty of philology UrDu Rahimova N.M. 1st year student linguistics uzbek language faculty of philology master's department UrDu

MODERN METHODS IN TEACHING MOTHER TONGUE AND THEIR

IMPORTANCE

Annotation: This article discusses the use of modern and innovative methods in teaching the native language and the importance of these methods, and provides the necessary recommendations in this regard.

Keywords: Modern methods, communication skills, information technology, didactic games.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarga ta'lim berish, zamonaviy hamda samarali innovatsion metodlardan hoydalanish qolaversa dars jarayonida turli AKT vositalaridan foydalanish oquvchilarda mustaqil fikrlash, kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish, o'quvchilar o'rtasida fanga, izlanishga, tadqiqotga yondashish, bilimlardan samarali foydalanishga yordam beradi. Bunday natijaga

erishish uchun esa albatta dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyalarini birlashtirish talab etiladi. Bu jarayonda o'qituvchi shaxsning rivojlanishi, ta'lim va tarbiyani shakllantirish uchun sharoit yaratadi va shu bilan birga boshqaruv, yo'l-yo'riq ko'rsatish funksiyalarini ham bajaradi. O'qitish jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning bilimlari, tajribasi, interfaol usullari o'quvchilarga malakali, ilg'or ko'nikmalar beradi.

Ona tili fani o'qitishda darsda psixologik jarayonlar ham muhim rol o'ynaydi. O'qituvchida pedagogik mahorat bilan birga psixolog bo'lmog'i lozim. Bola psixologiyasini yaxshi tushungan o'qituvchi haqiqiy pedagog bo'la oladi. Har bir darslarda psixologik hamda innovatsion metodlarga vaqt ajratish darsning qiziqarli bo'lishiga, o'quvchining e'tiborini o'ziga tortishga, mavzuni yaxshi tushinishga qo'pol qilib aytganda uxlayotgan o'quvchining uyg'otishga juda katta yordam beradi va shu bilan birga o'quvchi qachon yana shu darsga kirar ekanmiz degan fikrni uyg'otishga sabab bo'ladi. Quyida dars davomida qo'llash mumkin bo'lgan bir nechta zamonaviy metodlar haqida to'xtalib otamiz

1. "Kim hakam" Ona tili darsida o'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida "Kim hakam" o'yin metodini qo'llash ham yaxshi samara beradi. Bunda o'quvchilardan diqqat, tezkorlik, hozirjavoblik talab etiladi, O'quvchi fíkrini jamlashga harakat qiladi. O'qituvchi tomonidan ma'lumotlar tezkorlik bilan o'qiladi. Bunda har bir guruh a'zolari to'g'ri ma'lumotlar uchun- "qizil kartochka", noto'g'ri ma'lumotlar uchun-"sariq kartochka"larini ko'tarishadi. Natijalarni aniqlab borish uchun har bir guruhga nazoratchilar biriktiriladi. Bunda deyarli barcha o'quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o'quvchilar nimadir o'rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a'lochi ham, o'rta o'quvchi ham, ulgurmovchi ham sergak tortadi. Chunki sinfda o'tirgan o'quvchilar yaqinginada o'yinlar olamidan kelgan. Agar o'qituvchi ta'limiy o'yinlarni o'ylab qiziqarli qilib o'tkazsa bolada «hayratlanish» tuyg'usi uyg'onadi, ta'lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o'quvchilarning yodidan chiqmaydi va o'yindan ko'zda tutilgan maqsad shakllana boradi. O'yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo'lib, ular ta'limiy va tarbiyaviydir.

Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o'qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta'lim jarayonini didaktik o'yin bilan uyg'unlashtirib samarali

natijalarga erishmoqdalar. Didaktik o'yinli dastur yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko'rish va baholash jarayonida qo'llanilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o'yinlarga tayyorlashi, ular muvafaqqiyatli chiqqanidan so'ng ommaviy o'yin darslarini o'tkazishi kerak. Chunki, o'quvchilar didaktik o'yin darslarida ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko'nikma va malakalarni egallagan bo'lishlari zarur. Bolaning o'qituvchini aytganini takrorlab loqayd o'tirganidan ko'ra, qanday bo'lsa ham fikr yuritgani mehnat qilgani ma'qul.

2. "So'z va hodisalarni eslash".

Sinf o'quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so'z tanlaydi.

1. Daraxt, paxta so'zi bilan o'yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do'mbira, doira,

do'lana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi «d», «p» harflari bilan boshlanadigan

so'zlar topiladi.

2. Daraxt, paxta so'zlarining birinchi bo'g'iniga da-, pax- bo'g'in qo'shib so'z hosil qilish.

3. Berilgan so'zlarga ohangdosh so'zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt,

karaxt kabi.

4. Berilgan so'zlar bilan bog'liq bo'lgan barcha so'zlarni eslash: paxta, momiq,

chigit, shona, g'o'za, ko'sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz

5. Berilgan so'zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar.

6. Berilgan so'zlar bilan bog'liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht

to'qishga harakat qilish.

7. Berilgan so'zlardan «Sinkveyn» tuzish.

Ko'rinib turibdiki, topshiriqlar bosqichma-bosqich murakkablashib borayapti. Bolaning faoliyati kengayib, tezlashtirilayapti. Shuning uchun u zerikmaydi. O'yin davomida mustaqil fikrlashni kimdir mantiq asosida quradi, kimdir so'zlarni tasodifan aytadi. Hozircha buning ahamiyati yo'q, muhimi u fikrlayapti, mustaqil mulohaza yurityapti. Bolaning o'qituvchini aytganini takrorlab loqayd o'tirgandan ko'ra qanday bo'lsa ham fikr yuritgani, mehnat qilgani ma'qul.

3. " Tez o'yla" metodi.

1. Tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong'oq;

2..Xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;

3. Taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;

4. Ovchi, muzqaymoq, bo'ri, hayvonot bog'i, qafas, daraxt;

5. Tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.

4. "Begona" o'yin metodi

Bunda beshta so'z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so'z begona asardan olinadi. Masalan: "O'gay", "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" so'z. Shu begona so'zdan ertakni davom ettirishadi. Oquvchi dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat talim standarti talablari darajasida o'zlashtirishi kerak. O'qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag'ishlovchi mana shunday o'yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o'quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.

5. " Kim ko'p so'z tuzish"

O'quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so'zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so'z boshi, so'z o'rtasi va so'z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan, «a» tovushiga oid so'zlar toping. Qisqa vaqt mobaynida ma'lum nazariy bilimlarni o'quvchiga yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko'nikma, malaka hosil qilish, ma'naviy sifatlarini shakllantirish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash, o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab etadi. O'quvchilarni mustaqil fikralashga yo'naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o'z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir. Ta'limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta'lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta'minlovchi dars berish va o'qitish usullari -interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz:

6. Taqdimot va muzyurarlar - bu mashg'ulotni boshlash uchun mo'ljallangan qisqa mashqlardir. Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi «to'siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o'quvchilari orasidagi o'zaro ishonch, hurmat, o'zaro yaqinlikni his etishga o'rgatish yotadi. Dars davomida yuqorida aytib o'tilgan metodlardan foydalanish darsni qiziqarli hamda qiziqarli o'tishiga va bu orqali esa, ta'lim sifati oshishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Rafiyev A., G'ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun darslik). T., "Sharq", 2013.

2. Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to'plami. T. "Navro'z", 2018.

3. Norova N.K. " ONA TILI DARSLARIDA TA'LIMIY O'YINLARNI QO'LLASHNING AHAMIYATI. 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.