Turg'unov Baxromjon Raximjonovich,
Andijon davlat universiteti "Umumiy psixologiya" kafedrasi tayanch doktoranti
TALABALARDA INTELLEKTUAL SALOHIYAT NAMOYON BO'LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
UDK: 159.937-053.(087.5) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_11_4
TURGUNOV B.R. TALABALARDA INTELLEKTUAL SALOHIYAT NAMOYON BO'LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Maqolada talabalar intellektual salohiyatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillami aniqlash asosida psixologik usul va vositalari, o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Intellektual salohiyatli talabalarni psixologik qo'llab-quvvatlash jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan usul va vositalari tadqiq qilingan va samarali tavsiyalar keltirilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: ijtimoiy vaziyat, o'quv faoliyati, intellektual salohiyat, muammoli vaziyat, muammoli masala, muloqot, emotsional yaqinlik, ilmiy tafakkur, intellektual rivojlanish va intellektual muvaffaqiyat.
ТУРГУНОВ 6.R. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА У УЧАЩИХСЯ И ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ
В статье изучены психологические методы и средства, специфика на основе выявления социально-психологических факторов, влияющих на интеллектуальный потенциал учащихся. Исследованы методы и средства, которые могут быть использованы в процессе психологического сопровождения интеллектуально одаренных учащихся, даны эффективные рекомендации.
Ключевые слова и понятия: социальная ситуация, учебная деятельность, интеллектуальный потенциал, проблемная ситуация, проблемный вопрос, общение, эмоциональная близость, научное мышление, интеллектуальное развитие и интеллектуальный успех.
TURGUNOV B.R. SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS AND DEVELOPMENT OPPORTUNITIES FOR THE MANIFESTATION OF INTELLECTUAL POTENTIAL IN STUDENTS
The article studies psychological methods and means, specifics based on the identification of socio-psychological factors affecting the intellectual potential of students. The methods and tools that can be used in the process of psychological support of intellectually gifted students have been investigated, effective recommendations are given.
Key words and concepts: social situation, educational activity, intellectual potential, problematic situation, problematic question, communication, emotional closeness, scientific thinking, intellectual development and intellectual success.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
Kirish. Dunyo miqyosidagi yetakchi univer-sitetlaridan talabalar intellektini o'rganish bo'yicha Avstraliya instituti (Australian Institute of Family Studies), Seul Milliy universiteti (Seoul National University, Janubiy Koreya), Moskva davlat universiteti (M.V. Lomonosov nomidagi MDU, Rossiya), Boston Shimoliy-Sharqiy universiteti (Northeastern University Boston, AQSh), Angliyaning Chyes-ter Universitetlari (Psychology and Child Development (with Placement Year) BSc), Myunxen universiteti (LMU, Germaniya) va boshqalar tomonidan intellektual muvaffaqiyatli talabalar psixologik xususiyatlarini o'rganish tobora dolzarb bo'lib kel-moqda. Xorij psixologlarining ilmiy tadqiqotlari xulosalarida qayd etilishicha, shaxsning intellektual muvaffaqiyatga erishishi uning kelgusi faoliyati uchun muhim zarurat.
Hozirgi davrda talabalarning intellektual salohi-yatga erishish ko'nikma va malakalarini psixologik jihatlarini tadqiq etish orqali mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'naviy rivojlan-tirishga qaratilgan tub o'zgarishlarga ijobiy daxl-dorlik munosabatni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublika-sini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Yangi ish o'rinlarini yaratish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va sifatli ta'lim xizmatlari imkoni-yatlarini oshirish"1 bo'limi. O'zbekiston Respub-likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyas-ining 2017 yildagi 72-sessiyasida BMTning Yosh-lar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilishi2. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27-dekabri kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o'tkazgan uchrashu-vida "Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi"3 deya ta'kidlashlari. Glo-ballashuv sharoitidagi xavf-xatarlar, mafkuraviy
1 "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni.O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari.2017. - (766)-son. B.36-37.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambeliyasidagi nutqi. 2017 yil 19 sentyabr.
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqi. - 2019 yil 27 noyabr.
xurujlar va ijtimoiy voqelikka yoshlar munosabati shakllanishi borasida so'z borar ekan, Prezidentimiz ma'rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning "Bu dunyo kurash maydonidir. Sog'lom tan, o'tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir" degan ibratli so'zlarni keltirganliklari tadqiqotimiz dolzar-bligiga asos sifatida xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Yosh-larni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mus-tahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi, 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqa-ruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentin-ing "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi"4, "Yangi O'zbekiston strategiyasi" Adolatli ijtimoiy siyosat dasturlari doirasida belgilangan keng ko'lamli strategik chora-tadbir-larni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadq-iqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Demakki, ijtimoiy voqelikni har tomonlama tadqiq etish zamonaviy fan hisoblangan ijtimoiy psixologiya oldidagi dolzarb masalaga aylanmoqda.
Tadqiqotning maqsadi. talabalar intellektual salohiyatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omil-larni aniqlash asosida ilmiy amaliy taklif va tavsiya-lar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: intellekt muammosini tushuntirishga qaratil-gan falsafa, sotsiologiya va psixologiya doirasida ishlab chiqilgan nazariyalarning o'ziga xos jihatlari va o'rganilganlik holatini tahlil qilish va "intellekt" kategoriyasining falsafiy-sotsio-psixologik xususiyatlarini aniqlash;
«Intellektual jihatdan salohiyatli talabalar» ijtimoiy guruhi vakillarini har tomonlama ijtimoiy-psixologik nazariy va empirik o'rganish amalga oshirish. Zamonaviy ijtimoiy-madaniy kontekstda intellektual salohiyatga erishgan talabalarni max-sus ijtimoiy guruh sifatida ko'rib chiqish imkoni-yatini tadqiqiy metodlar o'tkazish orqali aniqlash;
muvaffaqiyat haqidagi ijtimoiy g'oyalarning o'ziga xosligi, intellektual salohiiyatga erishgan
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi" // http://president.uz; http://uza.uz.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
talabalar guruhi muvaffaqiyat haqidagi ijtimoiy g'oyalarning o'ziga xos xususiyatlari aniqlash ta'lim va kasbiy faoliyati bilan bog'liqlik jihatlarini ochib berish;
turli darajadagi ijtimoiy muvaffaqiyatga ega bo'lgan intellektual talabalarning intellektual muvaffaqiyati determinantlari o'ziga xos maqsad-lar, shaxsning yo'nalganligi va istiqboli uchun muhimligini aniqlash.
yuqori va o'rtacha maqomga ega intellektual muvaffaqiyatli talabalar hozirgi va kelajak hayotiga nisbatan pozitsiyasini aniqlash asosida muvaffaqi-yatlarini ta'lim va tarbiya bilan bog'liqlik xususiyat-larini aniqlash.
Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili. Talabalar intellektual salo-hiyati muammosi hozirgi globallashuv taqozosi bilan ijtimoiy psixologiya fanida g'oyatda dolzarb psixologik muammo hisoblanadi. Bu muammo bilan O'zbekistonlik psixologlaridan E.G'.G'oziyev, G'.B.Shoumarov, V.M.Karimova, N.S.Safoyev,
D.G'.Muhamedova, Z.T.Nishonova, B.R.Qodirov, R.S.Samarovlar o'z ilmiy tadqiqotlarida talabalarning psixologik muammolarining turli jihatlarini ochib berganlar.
Xorij olimlaridan falsafa, sotsiologiya, psixologiya fanlarida talabalarning ijtimoiy-psix-ologik va individualligi xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy vaziyat bilan bog'liqligi (L.S.Vygotskiy, B.F.Lomov, S.L.Rubinshtein va boshqalar). Talabalik davrida aqliy va shaxsiy riv-ojlanish (L.I.Bojovich, L.S.Vygotskiy, L.A.Golovey,
E.A.Levanova, A.V.Mudrik, L.F.Obuxova, A.M.Prixojan, E.Spranger, E.Erikson va boshqalar). Talabalarning vaqtinchalik va mazmuniy jihatlari bo'yicha maqsadlari (B.Bass, J.Boyd, F.Zimbardo, J.Nutten, N.N.Tolstix va boshqalar). Rivojlanishning ijtimoiy psixologiyasi va shaxslararo munosabat-lar (Ye.P.Belinskaya, A.I.Dontsov, E.M.Dubovskaya, V.A.llyin, M.Yu.Kondratiyev, A.V.Petrovskiy, N.N.Tolstix va boshqalar). Talabaning hamjami-yatidagi maqomi va «muhim boshqa» uch fak-torli modelidan foydalanish (YE.M.Dubovskaya, V.A.llyin, YL.Kolominskiy, M.Yu.Kondratiyev, R.L.Krichevskiy, A.V.Petrovskiy, M.YE. Sachkova va boshqalar). Talabalarning ijtimoiy tasavvurlari (I.B.Bovina, P.Verjes, A.I.Dontsov, S.Moskovisi va boshqalar). Tadqiq etilayotgan muammo yuza-sidan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, intellektual muvaffaqiyatli talabalar muammosi alohida ijtimoiy psixologik muammo sifatida o'rganish amalga oshirilmagan.
Maqolaning ilmiy mohiyati quyidagilardan iborat:
«Intellektual jihatdan salohiyatli talabalar» ijtimoiy guruhi vakillarini har tomonlama ijtimoiy-psixologik nazariy va empirik o'rgangan holda, zamonaviy ijtimoiy-madaniy kontekstda intellek-tual muvaffaqiyatga erishgan talabalarni maxsus ijtimoiy guruh sifatida ko'rib chiqish imkoniyatini tadqiqiy metodlar o'tkazish orqali aniqlangan;
Muvaffaqiyat haqidagi ijtimoiy g'oyalarning o'ziga xosligi, intellektual salohiyatlilarning muvaffaqiyat haqidagi ijtimoiy g'oyalarning o'ziga xos xususiyatlari aniqlanib, ta'lim va kasbiy faoliyati bilan bog'liqlik jihatlarini ochib berilgan;
Turli darajadagi ijtimoiy muvaffaqiyatga ega bo'lgan intellektual salohiyatli talabalarning intellektual muvaffaqiyati determinantlari o'ziga xos maqsadlari, shaxsning yo'nalganligi va istiqboli uchun muhimligi isbotlangan;
Yuqori va o'rtacha maqomga ega intellektual salohiyatli talabalar hozirgi va kelajak hayotiga nisbatan pozitsiyasini aniqlash asosida muvaffaqi-yatlarini ta'lim va tarbiya bilan bog'liqlik xususiyat-lari isbotlangan.
Tadqiqotning obyekti sifatida Andijon davlat universiteti talabalaridan 341 nafar (128 ta erkak, 213 ta ayol ) Andijon davlat chet tillari institutidan 260 nafar (94 ta erkak, 166 ta ayol) Andijon davlat pedagogika instituti 143 nafar (27 ta erkak, 116 ta ayol) jami 744 nafar (249 ta erkak, 495 ta ayol) jalb qilindi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda
D.A.Leontyevning Hayot mazmunini bel-gilovchi yo'nalishlar testi, B.Basning oriy-entatsiya so'rovnomasi, R.Armtauxerning intellekt tuzilishi testi, N.P. Fetiskin, V.V. Kozlov, G.M.Manuilovlarning ijodkorlikni baholash testi, hamda matematik statistika metodlari (Styudent-ning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koef-fitsiyentini hisoblash metodlari)dan tadqiqotda olingan empirik materiallarni qayta ishlash va ularning statistik ahamiyatlilik darajasini aniqlash uchun foydalanildi.
Natijalar va amaliy misollar. Tadqiqot nati-jalarining ilmiy ahamiyati intellektual salohiyatli talabalar ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishga ilmiy jihatdan yondashilgani, ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini inobatga oluvchi psixo-konsultatsiya va psixokorreksiya texnik ishlarni ishlab chiqish imkoniyatini berishi bilan belgi-lanadi hamda ijtimoiy voqelikka munosabat shak-llanishining mohiyati va tushunchasi ochib beril-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
1-jadval. Talabalar intellektual salohiyatini aniqlashda qatnashgan ishtirokchilar ish tajribasi bo'yicha ko'rsatkichlari
Jinsi Mehnat staji
5 yilgacha ish tajribasiga ega o'qituvchilar 5 yildan 10 yilgacha ish tajribasiga ega o'qituvchilar 10 yildan 15 yilgacha ish tajribasiga ega o'qituvchilar 15 yildan 20 yilgacha ish tajribasiga ega o'qituvchilar 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega o'qituvchilar
Erkak 84 57 128 74 39
Ayol 132 241 246 122 58
Jami 216 298 374 196 97
1-rasm. "Intellektual salohiyat deganda nimani tushunasiz?" so'rovnoma natijalari.
gani, uning shakllanishi va rivojlanishining hozirgi kundagi holati to'g'risidagi nazariy tasavvurlar , shuningdek, keltirilgan xulosalar ushbu hodis-ani o'rganishning keyingi izlanishlari doirasida qo'llanilishi bilan izohlanadi.
Biz talabalarda intellektual salohiyatni nam-oyon bo'lishini psixologiya fanida o'tkazilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy yondashuvlarni o'rganish asosida chiqaril-gan xulosalardan tashqari bugungi kunda ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali professor-o'qituvchilar o'rtasida kichik so'rovnoma o'tkazdik. Bunda Andijon viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan 8 ta davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Andijon davlat universiteti 241 nafar, Andijon tibbiyot instituti 190 nafar, Andijon qish-loq xo'jaligi instituti 174 nafar, Andijon mashina-sozlik instituti 178 nafar, Andijon davlat chet til-lari instituti 148 nafar, Andijon davlat pedagogika instituti 126 nafar, Andijon qurilish-iqtisodiyoti instituti 76 nafar, Andijon pedagogika va iqtisodi-yot instituti 48 nafar, jami 1181 nafar professor-o'qituvchilari ishtirok etib ular ish tajribasi asosida guruhlashtirildi.
Dastlab biz ishtirokchi-respondentlarga "Intellektual salohiyat deganda nimani tushuna-
siz?" savol bilan murojaat etdik. Olingan natijalar quyidagicha ko'rsatgichlarni keltirib chiqardi.
Olingan natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, profes-sor-o'qituvchilarning 321 (28,97 %) nafari intellektual salohiyat deganda nimani tushunasiz savoliga "Bilimdonlik" tushunchasini, 214 (19,31 %) nafari "Aql-zakovat", 173 (15,61) nafari "Kompetensiya", 151 (13,63 %) nafar "Xabardorlik", 58 (5,23 %) nafar "O'z ustida ishlash", 51 (4,60 %) nafar "Ijod-korlik", 39 (3,52 %) nafar "Tafakkur", 34 (3,07 %) nafar "Mustaqil fikrlash", 30 (2,71 %) nafar "Izlanu-vchanlik", 14 (1,26 %) nafar "Aql-idrok", 9 (0,81 %) nafar "Ta'minlanganlik", 14 (1,26 %) nafar "Boshqa javoblar" deb javob berdilar.
So'rovnomamizning keyingi "Hozirgi kun tala-basining intellektual salohiyatini qanday bahol-aysiz?" savoliga respondentlar quyidagicha javob berdilar.
Natijalar asosida shunday xulosalarga kel-ish mumkinki, professor-o'qituvchilar bugungi kun talabalarining intellektual salohiyatini baho-lashda ijobiy natijalar qo'lga kiritilmadi. 1108 nafar respondentlardan 454 nafari talabalarning intellektual salohiyatini past darajada shakllan-gan deb baholagan bo'lsa, 321 nafari o'rtacha darajada shakllangan deb baholashgan. 254 nafar
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
2-rasm. "Hozirgi kun talabasining intellektual salohiyatini qanday baholaysiz?" so'rovnoma natijalari.
3-rasm. "Sizning fikringizcha talabalarning intellektual salohiyati shakllanishiga qaysi omillar ta'siri kuchliroq ko'rinishda sabab bo'ladi deb o'ylaysiz?" so'rovnoma natijalari.
respondent esa bugungi kun talabasining intellektual salohiyatidan qoniqish hosil qilgan. 79 nafar professor-o'qituvchilar esa intellektual salohiyatni baholay olmaganliklarini ko'rishimiz mumkin.
"Sizning fikringizcha talabalarning intellektual salohiyati shakllanishiga qaysi omillar ta'siri kuchliroq ko'rinishda sabab bo'ladi deb o'ylaysiz?"
"Tashqi obyektiv omillarni 5 balli ko'rinishda baholashingizni iltimos qilamiz" savoliga javoblar
So'rovnomamizda intellektual salohiyat shak-llanishida tashqi omillarni yetakchi deb hisoblagan respondentlarimiz 698 nafar, ulardan tashqi omillarni baho ko'rinishida darajalarning ko'rsatmasiga ko'ra maksimal 5 ball ko'rinish natijalarida eng ko'p 5 balli bilan belgilanganlari "Talabaning ta'lim yo'nalishini o'zi tanlaganligi" hamda "Professor-o'qituvchilarning malaka darajasi" bo'ldi.
1108 nafar respondentdan ichki omillarni ma'qul ko'rgan 409 nafari yuqoridagi berilgan savolga munosabati quyidagi jadvalda aks etgan.
Biz tomonimizdan mualliflik asosida shak-llantirilib oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari bilan o'tkazgan so'rovnomamizdan olingan natijalar tadqiqotimiz jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini aniqlashda qaysi jihatlarga to'xtalishimiz kerakligini yana bir karra dalilladi. Tadqiqotni tashkil etishda viloyat-dagi uchta oliy ta'lim muassasasi talabalari tanlab olindi.
O'tkazilgan tadqiqotimiz natijasida statistik jihatdan tekshiriluvchilarimizni intellektual salohiyati shaxsning intellektual faoliyati faoliyat turi sifatida umumiy (har qanday boshqa faoliyat turi bilan bir xil) va o'ziga xos (faqat ushbu faoliyat turiga xos) namoyon bo'lish xususiyatlariga ega
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
4-rasm. "Tashqi obyektiv omillarni 5 balli ko'rinishda baholashingizni iltimos qilamiz" so'rovnoma natijalari.
5-rasm. Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari bilan o'tkazgan so'rovnomadan olingan so'rovnoma natijalari.
ekanligi dalillandi. Umumiy xususiyatlari quyidagi baholash parametrlari orqali aniqlanishi:
a) Kognitiv komponentda:
- sub'ekt (axborotni tahlil qilish va qayta ish-lash; mavzuning ideal g'oyasi bilan bog'liq bilim, ko'nikma va ko'nikmalarni qo'llash;
- mavjud muammoni tushunish va muammoni hal qilish;
- operatsiya (faoliyat mazmuniga qarab individual operatsiyalarni ishlab chiqish; o'rganilayotgan sub'ektning qandaydir umumiy munosabatini aniqlash maqsadida kuzatish).
b) Motivatsion komponentda:
- motiv (ehtiyojlarni, qiziqishlarni, e'tiqodlarni amalga oshirish, shaxsga bo'lgan munosabat, stereotiplar va qadriyatlar, uning kognitiv faoliyati, faoliyat ob'ektining mavjudligi);
- vazifa (o'rganilayotgan ob'ektning belgila-rini aniqlash va uning atrofdagi dunyoning boshqa ob'ektlari bilan aloqalarini aniqlash);
- faoliyatning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda harakatlar va operatsiyalarni bajar-ish);
c) Emotsional komponentda:
- pozitsiyasi (hissiy holatning vazifaga munosabati);
d) Boshqaruvchanlik komponentida:
- vositalar (ma'naviy, moddiy, texnik, instrumental vositalar, tushunchalar va potentsial ener-giyadan foydalangan holda harakat dasturining mavjudligi)
e) Natijalar komponenti:
- natija va uni baholash (predmet-amaliy harakatlarni bajarish, mavzuni modellashtirish va o'zgartirish, uning yangiligi bilan faoliyat maqsa-diga muvofiq belgilanadi).
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
2-jadval. Tadqiqotga jalb etilgan talabalarning taqsimoti
Ta'lim muassasasi Ta'lim olayotgan boshqichi Umumiy soni, erkak/ayol Umumiy soni
1-bosqich, erkak/ayol 2-bosqich, erkak/ayol 3-bosqich, erkak/ayol
Andijon davlat universiteti 64/105 35/67 29/41 128/213 341
Andijon davlat chet tillari instituti 41/70 32/51 21/45 94/166 260
Andijon davlat pedagogika instituti 15/67 11/49 - 27/116 143
Tadqiqotga jalb etilganlar umumiy soni, erkak/ayol 120 /242 78/167 50/86 249/495 598
Jami 362 245 136 744 744
O'ziga xos intellektual salohiyat namoyon bo'lishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagi parametrlar orqali aniqlanishi:
a) Kognitiv komponentda:
- predmet (atrofdagi olamning o'ziga xos hodisalarini bilish; fanlararo aloqalar va munosa-batlarni aks ettirish; ko'p funktsionallikni yaratish; dolzarb vazifani aniqlash; harakatni, o'tkazishni boshqaradigan intellektual faoliyatning ob'ektiv mazmunini aniqlash va intellektual harakat maqsadi):
- operatsiya (tegishli operatsiyani tanlashni aniqlash)
b) Motivatsion komponentda:
- motiv (intellektual harakatlar va oper-atsiyalarni aktuallashtirish shaxsning maqsadi va individual psixologik fazilatlari, uning o'zini o'zi rag'batlantirishi va nazorat qilish joyiga muvo-fiqligi);
- vazifa (intellektual harakatlar va operatsi-yalarni tanlash, ma'no va maqsadni shakllantirishni faollashtirish, refleksiyani rivojlantirish);
c) Emotsional komponentda:
- pozitsiya (bilim va tajribaga qarab intellek-tual harakatlarni amalga oshirish)
d) Boshqaruvchanlik komponentida:
- psixologik vositalar (individning bilimi va individual psixologik)
e) Natijalar komponenti:
- natija va uni baholash (baholash tizimining muvofiqligi shaxsning intellektual yutuqlari; naqsh-larni chiqarish qobiliyati; mustaqil muammoni hal qilish haqidagi tasavvuri, test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish) kabilar aniqlandi.
Tadqiqotda D.A.Leontyevning "Hayot mazmunini belgilovchi yo'nalishlar" testi, B.Basning oriyentatsiya so'rovnomasi, R.Armtauxerning intellekt tuzilishi testi, N.P.Fetiskin, V.V.Kozlov,
G.M.Manuilovlarning ijodkorlikni baholash testlari-dan foydalanildi.
Tadqiqotimizning asosiy metodikasi bo'lgan R.Amtahuer tomonidan yaratilgan "Intellekt tuzilishi testi"ni1 talabalar o'rtasida intellektual salohi-yatni kognitiv komponentlarini aniqlash maqsad-ida o'tkazdik va quyidagi statistik ma'lumotlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik.
Olingan natijalar statistik jihatdan tahlil qilin-ganda shuni ko'rishimiz mumkinki, testda mavjud bo'lgan to'qqizta shkala bo'yicha qiymatlar jin-slararo farq ko'rinishida tahlil qilinganda, birin-chi daraja amaliy intellektni rivojlanish darajasi bo'yicha 249 nafar erkaklarda o'rtacha qiymat 13,03, ayollarda 13,12 raqamni tashkil etib tek-shiriluvchilarimizdan ayol jinsiga mansub bo'lgan talabalar yuqoriroq ballni to'plashdi. Bunga sabab sifatida ta'limga bo'lgan munosabat qizlarda yosh-likdan boshlab o'qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni odatda mas'uliyat bilan yondashuv asosida tashkil etganligini ko'rsatishimiz mumkin. Subtest 2 (EL) Intuitiv kontseptual tafakkur shka-lasida talaba yigitlar qizlarga nisbatan yuqoriroq ko'rsatkichni to'pladilar 12,24 > 11,89 (1,047). Yigitlar olgan nazariy bilimlarini odatda amaliy ravishda faoliyatda ko'proq qo'llashga moyilligi sababidan, xabarlarning ichki ma'nosini tushun-ish, obyektlar va hodisalarning «tashqi», ikkilam-chi xususiyatlardan muhim, doimiy xususiyatlarini ajratish jarayoni faolligi bo'lishi mumkin.
Kontseptual mantiqiy tafakkur shkalasida ham erkaklar ayollarga nisbatan yuqoriroq ball yig'ishdi 12,36> 12,01. Chunki, obyektiv qonuniyatlarni, atrofdagi dunyo hodisalari o'rtasidagi aloqalarni aniqlash, voqealar ketma-ketligidagi ichki man-tiqni, davom etayotgan o'zgarishlarni ko'rish, faoliyat algoritmlarini ajratib olish qobiliyati. Dalil-lar mantiqini, formulalar, qoidalarning ma'nosini,
1 Amaliy psixologiya, kasbiy diagnostika sohasidagi memis mutaxassisii Rudolf Amthauerning (1920 yilda tug'ilgan) «Intellekt tuzilishi» testi. - https://psytests.org. ru/iq/istB.html
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
V____
3-jadval. Rudolf Amthauerning "Intellekt tuzilishi" testi natijalari
Subtestlar Jinsi N O'rtacha qiymat t- qiymat
Subtest 1 (IN) Amaliy intellekt Erkak 249 13,03 -0,311
Ayol 495 13,12
Subtest 2 (EL) Intuitiv kontseptual tafakkur Erkak 249 12,24 1,047
Ayol 495 11,89
Subtest 3 (AN) Kontseptual mantiqiy tafakkur Erkak 249 12,36 0,925
Ayol 495 12,01
Subtest 4 (GE) Kontseptual turkumlash Erkak 249 13,20 -0,820
Ayol 495 13,49
Subtest 5 (AR) Matematik intuitsiya Erkak 249 13,20 -0,281
Ayol 495 13,33
Subtest 6 (NU) Formal-mantiqiy fikrlash Erkak 249 13,41 0,967
Ayol 495 12,96
Subtest 7 (PL) Obrazli sintez Erkak 249 11,37 -0,162
Ayol 495 11,44
Subtest 8 (SP) Fazoviy tafakkur Erkak 249 13,34 -0,990
Ayol 495 13,72
Intellektning umumiy darajasi Erkak 249 118,34 -0,612
Ayol 495 118,41
Izoh: *p<0,05; **p<0,01; ***p<0,001.
ularni qo'llash doirasini tushunish qobiliyati deyarli normada har ikkala jins vakillarida rivojlangan-ligini ko'rishimiz mumkin bo'ldi. U sabab-oqibat munosabatlarini izlash, ma'lumotni taqdim etishda mantiqiy ketma-ketlikni ta'kidlash, intuitiv taxmin-larni isbotlash va asoslash, xulosalarni mantiqiy tekshirish, ilmiy konstruktsiyalarni bog'lash uchun ishlatiladi.
Keyingi shkala kontseptual turkumlashda olin-gan ballar 13,20< 13,49 sezilarli bo'lmagan farq ko'rinishida (-0,820) ayollarda ustunlik kuzatildi. Bilimlarni tizimlashtirish, umumlashtirish, tavsi-flovchi, empirik materialni tuzish qobiliyati sifa-tida konseptual tasniflash hodisaning, ob'ektning o'ziga xos xususiyati ob'ektiv bilimlar tizimidagi o'rni bir ma'noda aniqlanadi, uning asosiy xususi-yatlarining butun spektrini oldindan bashorat qil-ish mumkin bo'ladi. Bu qobiliyat sun'iy tizimlarni (masalan, dasturlash tillari), ilmiy konstruktsiyalarni (masalan, elementlarning davriy jadvalini) yarat-ishga imkon beradi. U ma'lum bir bilim soha-sida amal qiladigan qoidalar tizimini ko'rish va o'zlashtirishni osonlashtiradi, tilning tuzilishi hisini tavsiflashini kuzatish mumkin bo'ldi.
Matematik intuitsiya shkalasida ayollar va erkaklar deyarli bir xil ko'rsatkichda 13,20< 13,33 (-0,281) ballar yig'ishdi. Bu shkalada matematik qobiliyatning mavjudligi standart matematik algoritmlarni o'zlashtirish va «avtomatik» foy-dalanish qobiliyatini ifodaladi. Matematik intuitsi-yaning mavjudligi odamga muammoning turini va
uni hal qilish usulini darhol ko'rishga, zarur bo'lgan joylarda tegishli standart usullar va operatsiyalarni qo'llashga, tez psixikada taxminiy hisob-kitoblarni amalga oshirishga, «baholash» orqali olingan natijalarning to'g'riligini nazorat qilishga imkon berishi kuzatildi. Uning asosida kelajakda standart matematik algoritmlarni yechish qobiliyati shaklla-nadi, ularning mavjudligi bir qator juda murakkab hisoblash operatsiyalari natijasini darhol ko'rish va hisobot berish imkonini berishi taxmin qilindi.
Formal-mantiqiy fikrlash shkalasida erkak talabalar ayollarga nisbatan yuqoriroq ballar yig'ishga muvaffaq bo'ldilar 12,96>11,37 (0,967). Axborotning sifatli tarkibidan qat'i nazar, aloqa-lar, bog'liqliklar bilan ishlash, operatsiyalarning turli xil mantiqiy o'zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatining rivojlanganligi erkaklarda odatda yuqoriroq ko'rinish hosil qiladi. Bu erkaklarda chap yarim shar qismining fiziologik tuzilishi bilan bevosita bog'ligigi sababidan bo'lsa kerak. Fikr-lashning qaysi intellektual operatsiyalariga aso-slanishiga qarab (yoki nima ekanligini ramziy qiladi), inson qanday munosabatlarni boshqarishni o'rganadi. Rivojlangan kontseptual tafakkur asosida to'liq mavhum tafakkur shakllanishi mumkin, bu butun intellekt faoliyatini sifat jihatidan yuqori darajaga ko'taradi, uning yangi, yanada mukam-mal turi paydo bo'lishiga olib keladi. Shunga ko'ra, shaxsning har qanday fan va faoliyat soha-sini o'zlashtirish, hayotiy muammolarni hal qilish qobiliyati keskin oshadi. Agar to'laqonli kontsep-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
tual tafakkur shakllanmagan bo'lsa, u holda kombinatsion fikrlash va matematik intiutsiya aso-sida tegishli yo'nalishdagi oliy ma'lumot olishga imkon beradigan maxsus matematik qobiliyatlar rivojlanadi, ammo umuman intellekt faoliyatining tabiati o'zgarmaydi. Bunday matematik qobiliyatlar boshqa fanlarni o'zlashtirish yoki hayotiy muammolarni hal qilish imkoniyatlarini kengayt-irmaydi. Agar faqat matematik intiutsiya rivojlan-gan bo'lsa, unda cheklangan hisoblash qobiliyat-lari uning asosida shakllanadi, bu sizning ongin-gizda turli xil arifmetik hisoblarni tezda bajarishga, yakuniy va oraliq natijalarning to'g'riligini nazorat qilish, hisob-kitoblardagi xatolarni sezishga imkon beradi. Kamroq kontseptual fikrlash bilan, ras-miy (mavhum) tuzilish tufayli, inson ixtisoslashgan bilim sohasining operatsion tomonida biroz yax-shilanish bo'lishi mumkin.
Obrazli sintez shkalasida ayollar erkaklarga nis-batan yuqori ballarga ega bo'ldilar 11,44<13,34 (0,162). Doimiy ravishda kiruvchi, tizimlashtiril-magan, tarqoq, to'liq bo'lmagan ma'lumotlarga asoslangan yaxlit g'oyalarni shakllantirish qobili-yati. Rivojlanayotgan yaxlitlik mantiqiy tuzilma emas, balki majoziydir, ya'ni uni tushunish uchun uni keyingi tahliliy qayta ishlash kerak. Agar majoziy sintez rivojlangan kontseptual tafakkur doirasida ishlasa, undan ilmiy umumlashti-rish, tizimli yoki empirik tadqiqotlarda foydalan-ish mumkin. Obrazli sintez amaliy aqlning tarkibiy qismlaridan biri bo'lishi mumkin, uning mavjudligi vaziyatni bir butun sifatida tezda tushunishga va keyingi harakatlar uchun eng yaxshi yo'nalishni tanlashga imkon berishi ko'rindi. Uning asosida kuzatilayotgan vaziyatni ichki o'zgartirish, uni turli nuqtai nazardan taqdim etish, paydo bo'lgan ma'no va taassurotlarga obrazli baho berish qobil-iyati shakllanadi. Agar amaliy intellekt yoki kontseptual fikrlash rivojlanmagan bo'lsa, unda obrazli sintez faqat vizual intellekt doirasida ishlaydi, rasmlar ko'rinishida taqdim etilgan vizual-grafik ma'lumotlar bilan ishlashni osonlashtirishi mum-kin.
Fazoviy tafakkur shkalasida. Ob'ektlarning fazoviy tuzilishini izolyatsiya qilish va integral tasvirlar yoki «tashqi», ko'rinadigan xususiyatlar bilan emas, balki ichki strukturaviy bog'liqliklar va munosabatlar bilan ishlash qobiliyati. Vizual idrok etish jarayoni shunday o'zgartiriladiki, ob'ektning ichki, strukturaviy xususiyatlari, uning fazoviy tash-kil etilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan vizual parametrlari analitik ravishda ajralib turadi va qat'iy (ko'pincha ongsiz). Fazoviy fikrlashda asosiy
operatsiyalar tahlil, ichki sxemalarni izolyatsiya qilish bo'lib, ular asosida kelajakda keyingi dara-jadagi operatsiyalar ishlab chiqiladi, bu tanlangan fazoviy sxemalarni o'zgartirishga imkon beradi. Ushbu turdagi tafakkur asosida bizni o'rab turgan dunyo ob'ektlari va hodisalarining fazoviy tashkil etilishining ob'ektiv qonuniyatlari haqida tushun-cha shakllanadi. Ushbu qonunlardan foydalanish sun'iy inson muhitini (arxitektura inshootlari, turli ob'ektlar, asboblar, mashinalar, uskunalar) yaratish uchun zarur ekanligi aniqlandi.
Operativ mantiqiy xotira shkalasida. Yodlashdan oldin tushunish, ma'lumotni tizimlashtirish, uning ichki muntazam mantiqiyligini ta'kidlash kerak. Kontseptual fikrlashni qo'llash natijasida esda saqlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish amalga oshiriladi, u «kontseptual piramida» tamoyiliga muvofiq ko'p o'lchovli tuziladi va tashkil etiladi, shuning uchun kelajakda u ongda bir vaqtning o'zida va yaxlit tarzda takror-lanishi, har qanday o'zgarishlarga duchor bo'lishi, har qanday tartibda takrorlanishi mumkin. Faqat umumiy sxema (reja, tuzilma) yoki yakuniy umum-lashma («piramidaning tepasi») yodga olinadi, bu tarkibning barcha sifat xilma-xilligini saqlab qolish va uni yo'qotmasdan ko'paytirish imkonini beradi.
Normativ jadvalda o'lchangan
ko'rsatkichlarning miqdoriy qiymatlari to'rtta zonaga bo'linadi, ular shaxs uchun mavjud bo'lgan intellektual operatsiyalarni va shunga mos ravishda ularning o'quv dasturlarini yoki muayyan faoliyat turlarini o'zlashtirish imkoniyatlarini sifat jihatidan tavsiflaydi. Jadvallarda keltirilgan stan-dartlar yoshga bog'liq emas (yoki statistik), ya'ni ular yosh populyatsiyasida tegishli belgining tar-qalishini aks ettirmaydi. Differensial psixologiya yoki madaniyatlararo tadqiqotlar doirasida statistik yosh standartlaridan foydalanish mantiqan to'g'ri keladi, ammo kasbga yo'naltirish va kasb tanlashda yoki ta'lim ixtisosligini tanlashda ularga e'tibor qaratish mutlaqo befoyda. Keyingi hollarda, tegishli faoliyat turlari bo'yicha shaxsning intellektual qobiliyatiga qo'yiladigan talablarni aks ettiru-vchi standartlar kerak bo'ladi. Inson o'quv yoki kasbiy faoliyat jarayonida yo'qolgan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishi uchun qanday intellektual operatsiyalarni va qaysi darajada rivojlanishi kerakligini bilish muhimdir. Standartlar o'rta mak-tab, universitet yoki muayyan kasbiy faoliyatning o'quv dasturlarini muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan intellektual operatsiyalarning rivojlanish darajasiga qo'yiladigan talablarni aks ettiradi. Biz tushunamizki, bu yetarli bo'lmasligi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
mumkin (agar shaxs, masalan, mehnatsevarlik, ta'lim motivatsiyasi va boshqalar bo'lmasa), lekin bu holda vazifalarni yetarli darajada tushunish va faoliyatni yuqori sifatli bajarish mumkin emas.
Xulosalar.
1. Oliy o'quv yurtlarida talabalarni ta'lim olish muvaffaqiyatiga ko'plab omillar ta'sir qiladi - ichki va tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy, pedagogik va boshqalar).
2. Intellektual salohiyat muvaffaqiyatli kech-ishida avvalo ichki omillarni tartib bilan o'rganish tadqiqotni mazmunini yoritishga va uning maz-mun-mohiyatini tushunishni yanada osonlashti-radi.
3. Qobiliyatlar tarkibida umumiy intellekt, ijtimoiy intellekt, maxsus qobiliyat va ijodkorlik kabi nisbatan mustaqil tarkibiy qismlarni ajratib ko'rsatish zarur hisoblanadi. Biz faqat maxsus
qobiliyatlarga nisbatan mashg'ulot muvaffaqiyati bilan ijobiy munosabat haqida gapirishimiz mumkin.
4. Ko'p hollarda kasbiy rivojlanishning past darajasi muhim maxsus qobiliyatlar tegishli pro-fildagi universitetda muvaffaqiyatli o'qishni imkon-siz qiladi. Aksincha, universitetda muvaffaqiyatli ta'lim aslida maxsus kasbiy qobiliyatlarni shakllan-tirish jarayoniga to'g'ri keladi.
5. Intellektual salohiyatni rivojlantirish man-balari xilma-xil bo'lib, u ham ommaviy axborot vositalari, ham turli jamoat birlashmalari bo'lishi mumkin. Ammo intellektual salohiyatni rivojlanti-rishda asosiy rol ta'lim tizimiga tegishli. Bu shaxs-ning intellektual salohiyatini shakllantirish va rivo-jlantirishga qodir bo'lgan eng kuchli ijtimoiy, ilmiy muassasadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF-4947-son Farmoni. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari. 2017. - (766)-son. B.36-37.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentininig Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambeliyasidagi nutqi. 2017 yil 19 sentyabr.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentininig Shavkat Mirziyoyevning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqi. 2019 yil 27 noyabr.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi" // http://president.uz; http://uza.uz.
5. Amaliy psixologiya, kasbiy diagnostika sohasidagi memis mutaxassisii Rudolf Amthauerning (1920 yilda tug'ilgan) «Intellekt tuzilishi» testi. - https://psytests.org.ru/iq/ istB.html
6. G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya. - T.: 2010. - 544 b.
7. Shoumarov G'.B. Oila psixologiyasi. - T.: Sharq: 2010. - 283 b.
8. Абульханова К.А., Березина Т.Н. Время личности и время жизни. - СПб: Алетейя, 2001. - 304 c.
9. Абульханова-Славская К.А. Стратегия жизни. - М.: Мысль, 1991. - 301 с.
10. Айзенк Г.Ю. Количество измерений личности: 16, 5 или 3 -Критерии таксономической парадигмы / Иностранная психология. - 1993. Т. 1. № 2. - С. 9-23.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)