Научная статья на тему 'TA'LIM JARAYONIDA IQTIDORLI O`QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

TA'LIM JARAYONIDA IQTIDORLI O`QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

11025
664
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtidor / intellekt / aqliy rivojlanishi / o‘zligini anglashi / qobiliyatlarini namoyon etish / intellektual ijodiy salohiyat / talent / intellect / mental development / self-awareness / ability to express / intellectual creative potential

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aziza Davronbekovna Raximova, Shohista Odilbek Qizi Oktamova

Mazkur maqolada ta`lim jarayonida iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularda intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonining psixologik jihatlari to`g`risidagi ma`lumotlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF WORKING WITH GIFTED STUDENTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article provides information on the psychological aspects of the process of working with gifted students in the educational process, the development of their intellectual and creative potential

Текст научной работы на тему «TA'LIM JARAYONIDA IQTIDORLI O`QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

TA'LIM JARAYONIDA IQTIDORLI OQUVCHILAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Aziza Davronbekovna Raximova

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi raximoval 977@mail .ru

Shohista Odilbek qizi O'ktamova

Urganch davlat universiteti talabasi

ANNOTASIYA

Mazkur maqolada talim jarayonida iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, ularda intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonining psixologik jihatlari to'g'risidagi malumotlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: iqtidor, intellekt, aqliy rivojlanishi, o'zligini anglashi, qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual ijodiy salohiyat

PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF WORKING WITH GIFTED STUDENTS

IN THE EDUCATIONAL PROCESS

ABSTRACT

This article provides information on the psychological aspects of the process of working with gifted students in the educational process, the development of their intellectual and creative potential.

Keywords: talent, intellect, mental development, self-awareness, ability to express, intellectual creative potential

KIRISH

Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e'tibor berish masalasi xamma zamonlarda va hamma davlatlarda xam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo'lib kelgan.

XX asr bo'sag'asida psixologiya fani va uning ilg'or vakillari o'zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko'rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo'ldilar.

Umuman, psixologik xizmat ko'rsatish muammosi ma'lum ma'noda, ilmiy psixologiyaning etakchi yo'nalishlaridan biri sifatida ko'p bor munozaralar manbai bo'lgan. Bu xaqda dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo'lmish Xindiston, Xitoy, Egipet, Vavilon, O'rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (rux) xaqidagi kitobning muallifi Aristoteldan hamda temperament (mijoz) ta'limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Abu Ali ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o'z fikr-muloxazalarini bildirib kelmoqdalar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko'rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdagi o'ziga xos psixologik saloxiyatning nechog'liq to'la-to'kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma'naviy taraqqiyot yo'liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Shu boisdan bo'lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan, rivojlanish yo'lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o'z fuqarolarining ma'naviy, intellektual, jismoniy, ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo'llarini izlashga jiddiy e'tiborni qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy- psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ayniqsa, aloxida ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o'zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, ta'lim jarayoniga xam o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Ta'lim jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish ta'lim muassasalarida ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi bevosita psixologik xizmatni to'g'ri tashkil etishga xam bog'liqdir.

Ta'lim tizimida psixologik xizmatning tashkil etilishi tarbiyalanuvchi, o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini o'rganish asosida uning shaxsi har tomonlama kamol topishi, xam ma'naviy, xam aqliy rivojlanishi, o'zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ta'lim-tarbiyaviy hamda ma'naviy-ruhiy sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.

Ma'lumki, keyingi yillarda ta'limni isloh qilishda, milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning ustivorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma'naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda jamoat

tashkilotlari mahallalar , xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlari jadal suratlar bilan olib borildi.

Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishning ma^sadi:

- yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va uni muhofaza qilishdan iboratdir;

- ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdek ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va rivojlantirish:

- intellektual ijodiy salohiyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish;

- yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi psixologik-pedagogik tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish.

Beliglangan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifani belgilab olamiz:

- Iqtidorli o'quvchilarni izlash mexanizmi, psixologik-pedagogik, tashkiliy-uslubiy asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni aniqlash.

- Intellektual ijodiy salohiyatni oshirishda tarbiya jarayonining xususiyatlarini o'rganish.

- Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o'rganish.

- Yoshlarning ma'naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish manbalarini yaratish.

- Yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini oshirish usullarini ishlab chiqish.

- yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini nazariy va amaliy jihatdan o'rganib chiqish;

- fanning turli sohalaridagi mutaxassislar intellektual salohiyatini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

- ta'lim menejmenti sohasida innavatsion takliflarni o'rganish va ularni ta'lim tizimiga tadbiq etish;

- bo'lajak rahbar kadrlarning intellektual salohiyatini oshirish va ko'maklashuvchi yuridik malakani (xorijiy) o'rganish va me'riy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda olib borilayotgan ijodiy intellektual salohiyatni rivojlantirishga oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat oldidagi talablardan kelib chiqib, yoshlarni ta'lim jarayonida intellektual ijodiy

salohiyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik texnologiyalarni qo'llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab qiladi.

Har bir o'quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayoniga biror psixologik yoki pedagogik uslubni qo'llash murakkab jarayondir. Lekin bu davr talabidir.

Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo'llash, uni mantiqiy-nazariy jihatdan to'liq anglab olish va amaliyotga qo'llashgacha bo'lgan murakkab jarayonga qaraganda - jarayonning o'zini loyihalashtirish eng qulay va samarador uslubdir. Ya'ni har bir o'quvchiga individual yondoshish kerak.

Agar bola barcha vazifalarni osonlik bilan bajarsa, unda mantiqiy

tafakkur, kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, barcha narsalarga qiziquvchanlik, o'z fikrini tushuntiгa olish, matematik amallami bajara olishi, dunyoqarashining kengligi - bularning barchasi unda bilish jarayonlarining yuqori daгajada гivojlanganligi va kattalaг tomonidan etarii daгajada e'tiboг berish kerakligini talab etadi.

Iqtidoгli bola quyidagi xususiyatlami ham o'zida mujassam etadi: ijodiy, original fikrga ega; yumor, hazilni tushunadi; biror narsani bilishga nisbatan cheksiz intilish va qiziquvchanlik; boy tasavvurga ega (ijodiy, tasviriy, musiqiy faoliyatda namoyon bo'ladi); ko'p hollaTda o'z tengdoshlaridan mustaqilligi bilan ajralib turadi, kattalar bilan muloqotga intiladi.

Ba'zida esa ota-onalami fareandlarining o'z tengdosЫaгiga o'xshamasligi, boladagi o'ta qiziquvchanlik, bilishga katta ishtiyoq xavotñga soladi. Bolaning xatti-haгakatlari qat'iy va noan'anaviy bo'lsa, masalan Nimaga? Nima uchun? kabi savollami ko'p berea ba'zida ota-onalar bu savollarga javob berishga qiynalsalar, ular bolalarga tanbeh berishlari, va hattoki, uni jazolashlari mumkin. Bunday holatlarda ota-onalaг boladagi ijodiy imkoniyatlami гivojlantiгish o'miga uni so'ndiradilar

Iqtidorli bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashganda ularning faгzandlaгining baгcha sohalaráa biгinchi bo'lishi kabi hohisЫaгining guvohi bo'lish mumkin. Masalan, ona - mening fareandim qobiliyatli bo'lsa -yu, nima uchun o'qishni hohlamaydi? degan savolni berishi mumkin. Ba'zida shunday holat^ bo'ladiki, ota-onalaг bolani haddan tashqari biгoг biг mashg'ulot bilan shug'ullanishga majbrn- qilisЫaгi, bolada ana shu faoliyatga nisbatan nafratni uyg'otishi mumkin. Agar Ышг muddat vaqt o'tsa, bolaning o'zi bunga

qiziqishi, chunki ayni vaqtda bolani boshqa mashg'ulotlar ko'proq qiziqtirishi mumkin.

Psixologlar shuni ta'kidlaydilarki, agar uzoq vaqt iqtidorli bolaning intellektual yoki harakat ehtiyojlari qondirilmasa, bu bolaning his - tuyg'ulariga putur etkazishi va nevroz holatlariga olib kelishi mumkin.

Agar bola iqtidorli bo'lsa, u holda:

- uning qiziqishi, ijodkorlikni, fikrlar originalligini qo'llabquvvatlash

kerak;

- bolaning o'z sevimli mashg'ulot yoki o'yin turini tanlashiga va o'z fikrini bayon etishiga imkon berish lozim;

- bola sizga emas siz unga moslashishingiz kerakligini unutmaslik kerak;

- tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlardagi muammolarni bartaraf etishda yordam berish kerak;

- o'zi kabi har tomonlama rivojlangan do'stlari bo'lishiga ahamiyat berish

kerak;

- bolani har doim ham g'olib bo'lishiga ortiqcha intilmaslik lozim, aks holda boshqa bolalar, tengdoshlari uni yomon ko'rib qolishlari mumkin;

- boladan har doim va hamma sohada birinchi bo'lishini, maktabda esa a'lochi bo'lishi kerakligini talab qilish noto'g'ri ,chunki maktabda a'lo baholarga o'qish har doim ham iqtidorli bo'lishga bog'liq emasligi isbotlangan.

Iqtidorli bolalarning ota-onalari ba'zida qizim yoki o'g'lim o'z tengdoshlarini o'zib o'tib, masalan 7 yoshida 3-sinfda o'qishlariga intilish to'g'rimikan, degan savol bilan murojaat etadilar. Har bir holat o'ziga yarasha noyobdir, lekin shu o'rinda bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi haqida unutmaslik kerak. Axir u boshqa, o'zidan katta bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi ma'lum emas-ku. U yakkalanib qolmasmikan?

Bolangizning boshqalar bilan muloqotiga va muloqotning ijtimoiy ko'nikmalarini korreksiya qiluvchi guruhiy o'yinlarga ko'proq ahamiyat bering. Bunday o'yinlarni o'tkazishda faqatgina bilish jarayonlarining rivojlanishiga ahamiyat bermasdan, balki boshqa bolalar bilan birgalikda harakat qilishlariga ham e'tibor berish kerak. Iqtidor bilish, o'quv, ijodiy, badiiy, harakatli faoliyat sohalarida namoyon bo'ladi.

Iqtidorli bolaning o'quv faoliyatdagi yutuqlari uning erta yoshdan o'qishga bo'lgan intilishida namoyon bo'ladi. Ba'zida bolalar 3-4 yoshida, kattalarning yordamisiz mustaqil ravishda o'qiy boshlaydi. Bola kitoblarni tomosha qilishi, rasmlar asosida hikoya tuzishi, harflarni yozishi, kattalar

o'qiyotganda uzoq vaqt sata bilan tinglashi, o'z yoshiga mos bo'lmagan matematik amallarga qiziqishi, matematik belgi va ishoralarni tushunib eslab qolishi, ba'zida tabiatga, tabiiy fanlarga qiziqishini ham namoyon qilishi, turli predmetlarning kelib chiqishi va ularning vazifasi haqida savollar berishi mumkin. Badiiy faoliyat sohasida bola o'zini ertaraq namoyon etadi:

- erta rasm chizishni boshlaydi, ko'p vaqtini, masalan plastilindan tuñi na^alam yasashga ajratadi, bunda o'zining mohiñigini namoyiy etish o^ali, гanglaг, kompozitsiyalami to'g'гi tanlay oladi. Shuningdek, musiqaga ham erta qiziqish paydo bo'ladi, musiqiy tovushlami ajrata oladi.

Haгakatlantiгuvchi sohadagi iqtidor bolada tuгli harakatlaгni bajaгish, ya'ni yugurish, sakrash turli akrobatik mashqlarni bajarish, muvozanatni saqlay olishda namoyon bo'ladi. Bola turii yoki bitta sohada iqtidoгli bo'lishiga qaгamay, mana shu tabiat tomonidan beгilgan qobiliyatni o'z vaqtida aniqlab, uning rivojlanishiga yordam berishimiz kerak.

Yoshlarni intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyaning ahamiyati muhim rol o'ynaydi. Intellektual ijodiy salohiyatni oshirish uchun tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. YOshlarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantirish jarayonida o'quvchilarda jamiyatga naf keltiradigan, shaxsga qo'yiladigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va ko'nikma hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga, dunyo qarashi va irodasiga tizimli, muntazam ta'siï etib boriladi. Ijodiy salohiyatni rivojlantirish jarayonida bulardan birortasi e'tiboráan chetda qolsa, ko'zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mana shu psixologik jihatlarni e'tibo^a olingandagina yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib uni rivojlantrishga imkon yaratiladi.

Ta'lim-tarbiya berish jarayonida ta'limning ma'lum bir maqsadga qaratilishi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim jarayoni yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirmasdan turib ularni ijodiy rivojlantirib bo'lmaydi.

O'quvchilarning intellektual ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi har qanday maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va ketma-ket bajariladigan usullar belgilab olinadi:

1. O'quvchilarning intellektual ijodiy salohiyatini shakllantiruvchi hislatlarini uyg'otish va rivojlantirish rejalashtiriladi.

2.Mana shu hislatlarni rivojlantirishni amalga oshiruvchi usullarni yaratish yoki intellektual ijodiy salohiyatni oshirib borishga xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.

3.Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlatish rejalashtiriladi.

XULOSA

Demak. yoshlarning intellektual-ijodiy salohiyatini rivojlantirishni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun o'quvchilar ijodiy faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirlarni belgilab ularni ikki guruhga ajratamiz:

1. «Intellektuallar» guruhi

1) «Zakovat», «Iqtidor», «Imkon» kabi intellektual o'yinlarni o'tkazish;

2) «Eng yaxshi tarixchi, matematik, dasturlovchi, fizik, biolog, filolog ... va hokazo» nomlarda tanlovlar o'tkazish;

3) ilmiy yo'nalishdagi ishlarni tashkil etish, ilmiy anjumanlar o'tkazish;

4) «Yosh dasturlovchilar», «Yosh astronomlar», «Yosh ixtirochilar», «Yosh konstruktorlar», «Yosh texniklar», «Yosh radiotexniklar», «Yosh iqtisodchilar» kabi klublarni tuzish.

2.«Ijodkor va iste'dodli yoshlar» guruhi

1) «Eng yaxshi she'r, rasm, foto, kashta, so'zana va hokazo» nomlarda tanlovlar o'tkazish;

2) «Quvnoqlar va Zukkolar» klublari jamoalari bellashuvlarini o'tkazish;

3) «Eng yaxshi hamshira, hisobchi, oshpaz, chilangar, suvchi, hosilot, terimchi va hokazo» nomlarda tanlovlar o'tkazish;

4) «Yosh musavvir», «Yosh musiqashunos», «Yosh kitobxon», «Yosh ijodkor» kabi klublarni tuzish;

5) ijodkor yoshlarning ijodiy kechalari va ko'rgazmalarini tashkil etish;

6) umumxalq bayramlari, Xalqaro va Milliy bayram kunlari munosabati bilan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

7) Buyuk mutafakkirlarimizning tavallud kunlariga bag'ishlangan bayram kechalarini sahnaviy ko'rinishlarini uyushtirish;

8) Mustaqil ravishda biror bir mavzuga bag'ishlangan badiiy kompozitsiyalar tayyorlash;

9) Badiiy havaskorlik to'garaklarinining ishini jonlantirish va musobaqa tariqasida o'tkazilishini tashkil etish;

10) Ijodiy ishlar majmuasini ommalashtirish.

11) Eng yaxshi ijodkor talaba sovrinini tashkil etish

12) Yil eng yaxshi iste'dodli talabalasi rukni ostida ko'rik tanlov tashkil etish. Bundan tashqari yoshlarning intellektual ijodiy salohiyatini muntazam

rivojlantirish ishlarini amaliyatga tadbiq etish uchun har bir pedagog har bir darsda o'quvchilarning ijodiy faoliyatini kuzatib borishi kerak.

REFERENCES

1. Богоявленская Д.Б., Богоявленская М.Е., Одаренность: природа и диагностика. М. ЦНПРО, 2013

2. Davletshin M.G. va boshqalar. Qobiliyat va uning diagnostikasi. -T.:O'qituvchi, 1997.

3. Dostmuhamedova SH.A.,Nishanova Z.T. va boshqalar.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya - Toshkent:" Oqituvchi", 2013

3. Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. - Toshkent: Fan.- 2003

4. Ушаков Д. В. Психология интеллекта и одаренности»: Институт психологии РАН; Москва; 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.