Vahabova O'gilxonTolibjonovna,
Andijom davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi
AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA'SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK JIHATLARI
UO'K: 159.937-053.81:316.6(043.3) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_11_3
VAHABOVA O.T. AXBOROT MUHITI YOSHLAR IJTIMOIY NORMALARI SHAKLLANISHIGA TA 'SIRINI TADQIQ ETISHNING METODIK JIHATLARI
Maqolada yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat idroki va uning interpetasiyasiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tayanch so'z va tushunchalar: shaxs xulq-atvori, motivasion komponent, munosabat, adaptiv munosabat, emosional-kognitiv motivlar, stimullar, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar.
ВАХДБОВА Y.T. МЕТОДИЧЕСКИЕ АСпЕКТЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ВЛИЯНИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ СРЕДЫ НА ФОРМИРОВАНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ НОРМ
молодежи
В статье ставится задача разработать научно-практические предложения и рекомендации, основанные на выявлении социально-психологических факторов, влияющих на восприятие молодежью отношения к социальной действительности и ее интерпретации.
Ключевые слова и понятия: личность, мотивационный компонент, установка, адаптационная установка, эмоционально-познавательные мотивы, стимулы, социально-психологические характеристики.
VAKHABOVA U.T. METHODOLOGICAL ASPECTS OF RESEARCH ON THE IMPACT OF THE INFORMATION ENVIRONMENT ON THE FORMATION OF YOUTH SOCIAL NORMS
The article aims to develop scientific and practical proposals and recommendations based on the identification of socio-psychological factors affecting the perception of young people's attitude to social reality and its interpretation.
Key words and concepts: personality, motivational component, attitude, adaptive attitude, emotional-cognitive motives, stimuli, social-psychological characteristics.
Kirish. Jahonda talaba-yoshlarning ijtimoiy normalari o'zgarishiga axborot globallashuvi ta'sirlarining psixologik xususiyatlarni aniqlashtirish, axborot muhiti va makonining yoshlarda voqelikka munosabatini tarkib toptirishning psixokorreksion usullarini ishlab chiqish muhim ijtimoiy-psixologik muammo sifatida dolzarblashib bormoqda. Glo-ballashuv va integratsiya jarayonlarida bugungi kun yoshlarining ijtimoiy normalarini o'zgarishini o'rganish, ijtimoiy jarayonlarni tadqiq etishga imkon berishi bilan muhimligi oydinlashmoqda, xususan, talaba yoshlarning xulq-atvor tizimiga ta'sirini o'rganish ularning psixologik rivojlanishini o'rganishga yordam beishi, jumladan, «Yosh-lar xalqapo deklapasiyasi»da «...Yoshlar - barqa-ror rivojlanish maqsadlarining drayveri sifatida belgilanganligi...»1. Bu borada o'tkazilgan tadqiqot-lar oliy ta'limni isloh qilish jarayonida yoshlar ijti-moiy normalarini hisobga olish ular xulq-atvorida ijobiy o'zgarishlar shakllantirishning zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Jahon ta'lim va ilmiy markazlari yoshlarning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanish imkoni-yatlarini, shaxsiy hayotini, kasbiy faoliyati uchun intilishlari, ta'lim tarbiya jarayoni va shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan axborot muhiti ularning ijtimoiy normalariga psixologik xususiyatlarni ta'sirini o'rganish orqali ularni o'z-o'zini tako-millashtirishga ta'sir etuvchi demografik, individual omillarni o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada yoshlarda ijtimoiy normalari shakllanishi, ularda axborot muhiti sharoitida o'zaro munosabatlarning rivojlanish dinamikasi, shaxslararo hamkorlik muammosi, ularning sotsializatsi-yasi, ijtimoiy hozirlik va individual tipologik tuzilma-larini aniqlashga bog'liq ijtimoiy-psixologik izlanish-larga alohida e'tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.
Respublikamiz talaba-yoshlarida ijtimoiy nor-malar o'zgarishiga axborot muhitining ta'sirini psixologik tomonlarini tadqiq etish orqali hamjami-yatimizni siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik taraqqiyotida ko'zda tutilgan ijobiy o'zgarishlarga daxldorlik hisini tapkib toptirish bo'yicha zarur huquqiy-me'yoriy asoslar yaratilmoqda. «... yosh-larni san'at dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash
1 Butunjahon Yoshlap halqapo deklarasiyasi. - Т.: 2019. -14 b.
borasidagi ishlar yangi sifat bosqichiga ko'tarish»2 masalalari bilan bir qatorda ularni shaxslararo munosabatlarga ijtimoiy-psixologik tayyorlash, kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lishlari ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi, jamiyatimiz a'zolari bo'lgan yoshlar masalalarini ilmiy o'rganishga zarur asos bo'la oladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillapga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi, 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samarador-ligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoli-yatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-son «Psixologiya soha-sidagi kadrlarni tayyorlash tizimini yanada tako-millashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori va boshqa me'yoriy hujjatlar doirasida belgilangan keng ko'lamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda mazkur dissertasiya ishi muayyan dara-jada xizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsadi yoshlarning axborot muhiti va ijtimoiy normalari o'rtasidagi munosabat-larni aniqlash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiya-lar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Talaba-yoshlarni ijtimoiy normalari shakllan-ishida axborot muhitining o'rni haqidagi mavjud qarashlarni nazariy tahlil qilish.
Yoshlarning axborot resurslari va internet mulo-qotiga jalb qilinganlik darajasi va xususiyatlarini aniqlash.
Axborot muhiti va talaba-yoshlar ijtimoiy normalari shakllanishi virtual o'zaro munosabatlar sohasida sodir bo'ladigan xulq-atvor jarayonlari o'rtasidagi muntazam aloqalarni aniqlash.
Axborot muhiti tanlovchanligi yoshlarning ijtimoiy xulq-atvor normalarida namoyon bo'lish xususiyatlari bilan o'zaro tranformatsiyasini aniqlash.
Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili. Yoshlarda axborot muhitining ijtimoiy normalari o'zgarishiga ta'siri muammosi hozirgi globallashuv va axborotlashish masalalari ko'zga tashlanayotgan davrda ijtimoiy psixologiya fanida g'oyatda dolzarb psixologik muammo hiso-blanadi.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» PF-60-son Farmoni. - https://lex.uz/docs/5841063
Respublikamiz psixolog olimlaridan B.R.Qodirov, B.M.Umarov, V.M.Karimova, Z.T.Nishonova, N.S.Safaev, R.S.Samarov, O'.B.Shamsiev, G'.B.Shoumarov, E.G'.G'oziev, Z.A.Abdurahmonova va boshqalar o'z ilmiy tadqiqotlarida yoshlarning psixologik muammolari, ijtimoiy munosabatlarda sog'lom fikrlashi, o'quv va mehnat faoliyati bilan band bo'lishlari bilan birga mehnat staji, migrasion tajriba mavjudligi masalalarini ilmiy tadqiq etishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari psixolog olimlaridan A.A.Bakanova, A.A.Leontyev, A.V.Petrovskiy, V.V.Skvorsov, E.P.Ilin, M.Sh. Magomed-Eminov, N.V.Grishina va boshqalar axborot muhitining yoshlar ijtimoiy normalariga ta'sirini ijtimoiy psixologik nuqtai-nazardan tadqiq etishgan. Xorij olimlaridan A.Adler, A.Bandura, A.Maslou, G.Olport, J.Rotter, Z.Freyd, K.G.Yung, K. Podjers, K.Xorn, R.B.Kettel, E.Fromm, E.Erikson va boshqalar shaxs shakllanishi va rivojlanishi masalalarini ilmiy tadqiq etishgan.
Maqolaning ilmiy mohiyati quyidagilardan iborat:
talaba-yoshlarni ijtimoiy normalari shakllan-ishida axborot muhitining o'rni haqidagi mavjud qarashlarni nazariy tahlil qilish asosida mualliflik moduli aniqlangan;
yoshlarning axborot resurslari va internet mulo-qotiga jalb qilinganlik darajasi va xususiyatlarini metodik vositalar orqali aniqlangan;
axborot muhiti va talaba-yoshlar ijtimoiy normalari shakllanishi virtual o'zaro munosabatlar sohasida sodir bo'ladigan xulq-atvor jarayonlari o'rtasidagi muntazam aloqalar dalillangan;
axborot muhiti tanlovchanligi yoshlarning ijtimoiy xulq-atvor normalarida namoyon bo'lish xususiyatlari bilan o'zaro transformatsiyasi dalillan-gan.
Tadqiqotning ob'yekti. sifatida Andijon davlat pedagogika instituti talabalaridan jami 598 nafar respondentlar jalb qilindi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotda suhbat, kuza-tish metodlari, shuningdek, yoshlar ijtimoiy normalari shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganish uchun mualliflik anketasi, O.S.Posipanova "Namoy-ishkorona e'tiborga moyillik" so'rovnomasi1, Kroun-Marlouning "Ijtimoiy talab shkalasi" so'rovnomasi2, R.Lazarus va S.Folkmanning "Xulq-atvorning hayotiy
1 Оргашзацшна психолопя. EKOHOMi4Ha психолопя. № 2-3 (17) / 2019.
2 А.В.Капуза • 2016 • Цитируется: 5 — социальная желательность / шкала Кроуна-Марлоу / современная теория тестирования (IRT) / TALIS / факторная структура /
qiyinchiliklarga bardoshliligi" metodikasi3, Rokich-ning "Qadriyatlar orientatsiyasi" metodikalaridan4 foydalanildi, olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika metodlaridan Styudent-ning t-mezoni, K.Pipsonning r-koppelyatsiya koef-fitsienti orqali tasdiqlandi.
Natijalar va amaliy misollar. Bugungi kunda axborot muhitida virtual dunyo onlayn mulo-qot qilish uchun ko'plab imkoniyatlar va das-turlarni taqdim etadi. Muayyan vosita va aloqa turiga bo'lgan afzallik foydalanuvchi tomonidan ularning xohish va imkoniyatlariga qarab belgi-lanadi. Insonlar turli xil media kanallaridan tobora ko'proq foydalanmoqda va ulardan foydalanish vaqti oshib bormoqda. GlobalWeblndex o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar turli media kanallarida o'rtacha kunlik vaqtini quyidagicha keltiradi:
- planshet, noutbuk yoki kompyuterda internetdan foydalanishning o'rtacha vaqti bir kunda 4 soat 42 minut;
- televizor ko'rish uchun o'rtacha vaqt bir kunda - 2 soat 21 daqiqa;
- turli qurilmalardan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning o'rtacha vaqti bir kunda 1 soat 53 daqiqa;
- smartfonda internetdan foydalanishning o'rtacha vaqti bir kunda 1 soat 24 daqiqa.
Biz tadqiqot ishimiz dastlabki bosqichida hozirgi kunda axborot muhitining internet tarmog'idagi ulushini hisobga olgan holda ularning ulushini aniqlashga harakat qildik. O'zbekistondagi internet foydalanuvchilari soni 2014 yilda 14,7 milliondan 2023 yilga kelib 31 million nafarga yetgan. Bu raqa-mlarning asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlar foydalanu-vchilariga to'g'ri keladi.
Tadqiqotni tashkil etishda oliy ta'lim birinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba yoshlarni sinalu-vchi - respondent sifatida jami viloyatimizda faoli-yat yuritayotgan Andijon davlat pedagogika instituti birinchi bosqich talabalari jalb etildi
Shunday qilib talaba yoshlar o'rtasida axborot muhitining yoshlar ijtimoiy normalariga ta'sirini aniqlash maqsadida o'tkazgan so'rovnomalarimiz natijasida quyidagicha xulosalarga kelindi.
3 И.Е.Шумакова • 2009 • Цитируется: 15 — Лазаруса и С. Фолкмана, совладание с жизненными трудностями трактуется как «постоянно изменяющиеся когнитивные ...
4 А.С.Рындина • 2021 — Рокича, методика Ш. ... Так, смысловая нагрузка данного рассуждения подводит к обоснованию некоторых различий между понятиями «ценность» и...
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)
18 ч_
1-jadval. Tadqiqotga jalb etilgan pespondentlarning ¡jtimoiy-iqtisodiy-demografik jihatdan e'tiborga molik taqsimoti
Yosh davrlari Hududiy joylashuvi Umumiy soni, erkak/ayol Umumiy soni
Shahar, erkak/ ayol Qishloq, erkak/ayol
17-20 yoshgacha 69/168 33/49 102/217 319
20-25 yoshgacha 51/80 21/23 72/103 175
25 yoshdan ortiq 23/49 11/21 34/70 104
Tadqiqotga jalb etilganlar umumiy soni, erkak/ayol 143/297 65/93 208/390 598
Jami 440 158 598 598
1-расм. "Axborot muhitining yoshlar ijtimoiy normalari shakllanishiga ta'siri qay darajada deb baholaysiz?" savoliga
berilgan javoblar.
Javoblar% hisobida
80%
70%
60%
50%
40%
30%
20%
10%
0%
67%
Z4%
9%
Yuqori
O'lta
Past
"Axborot muhitining yoshlar ijtimoiy norma-lariga ta'sirini qay darajada deb baholaysiz?" maz-munidagi so'rovnomadan o'rin olgan savolga 598 nafar respodentlarning 67 foizi (297 nafar) "yuqori", 24 foiz (106 nafar) "o'rtacha", 9 foizi (39 nafar) "past" javobini berishdi.
"Axborot muhiti yoshlar xulq-atvori shakllanishiga qay darajada ta'sir ko'rsatmoqda?" savolga 598 nafar sinaluvchi-respodentlarning 39% (172 nafar) "ijobiy", 36.5% (161 nafar) "salbiy", 19% (84 nafar) "o'rtacha", 5.5% (25 nafar) "baholay olmayman" javobini berishdi.
"Yoshlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan sama-rali foydalanmoqdami?" savolga 598 nafar sinaluv-chi-respodentlarning 19% (84 nafar) "ha samarali", 56% (247 nafar) "vaqtni behuda sarflamoqda", 9% (40 nafar) "baholay olmayman", 16% (71 nafar) "bil-madim" javobini berishdi.
Respodentlarning javoblarini ayrimlarini izohlashi so'ralganda axborot muhitida yoshlarning ko'p vaqti yangi kognitiv tasavvurlarini ortirishga emas balki maqsadsiz va mazmunsiz ravishda shunchaki ijtimoiy tarmoqlar bo'ylab sayr etishga sarflashayotgani oydinlashdi.
Axborot muhitida yangidan-yangi tasavvurlarn-ing tez-tez almashinishi analiz va sintez jarayonla-rining o'tmaslashishiga olib keladi natijada kognitiv dunyoqarash va faoliyatning eksteriorizatsiya - interiorizatsiyasi shakllanishi sustlashishi aniqlan-gan.
"Siz internetda quyidagi qaysi messenjerlar xiz-matidan foydalanasiz?" savolga 100% ko'rsatkichda bugungi kundagi internetdagi mashhur messen-jerlardan foydalanish darajasini aniqlaganimizda 442 nafar sinaluvchi-respodentlarning 100% (598 nafar) "Telegramm", 96% (424 nafar) "Tik-tok", 91% (402 nafar) "Youtube", 89% (394 nafar) "Facebook", 84% (371 nafar) "WhatApp", 68% (301 nafar) "Ins-tagramm", 49% (217 nafar) "Imo", 41% (181 nafar) "Twitter", 21% (93 nafar) "Twitter", 7% (31 nafar) "Viber", 7% (31 nafar) Boshqa messenjerdan, 95% (431 nafar) "Bir nechta messenjerdan" javobini ber-ishdi.
"Siz ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlikka erish-gan qahramonlar xulq-atvoriga taqlid qilasizmi?" savolga 598 nafar sinaluvchi-respodentlarning 25% (110 nafar) "Ha", 4% (18 nafar) "Yo'q", 71% (314 nafar) "Ba'zan" javobini berishdi.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
2-расм. "Axborot muhiti yoshlar xulq-atvori shakllanishiga qay darajada ta'sir ko'rsatmoqda?"
savoliga berilgan javoblar.
Javoblar% hisobida
45,0% 40,0% 35,0% 30,0% 25,0% 20,0% 15,0% 10,0% 5,0% 0,0%
39,0%
36,5%
19,0%
5,5%
Ijobiy
salbiv
O'rtaclia
Baholav olmayman
3-расм. "Yoshlar internet va ij'timoiy tarmoqlardan samarali foydalanmoqdami?" savoliga berilgan javoblar.
Javoblar % hisobida
60,0%
50,0%
40,0%
30,0%
20,0%
10,0%
0,0%
56,0%
19,0%
■lu/u/0 ■
Ha samarali
Vaqtnibeliuda sarflamoqda
Baholav olmavinan
Bilinadiin
Telegramm ijtimoiy tarmog'idagi profiliga ko'ra foydalanuvchilarning ekstroversiya, xushmuomala-lik, nevrotiklik, tajribaga ochiqlik va vijdonlilik kabi shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga harakat qildik. Eng kuchli korrelyatsiya hissiy barqarorlikni (r = 0,27) va xayrixohlikni (r = 0,31) baholashda kuza-tildi. Baholanayotgan shaxsdan olingan shaxsiy xususiyatlarni baholashlar orasida faqat ekstraver-siya ish samaradorligi bilan bog'liq (r = 0,28).
Tahlil turli jins, yoshi va individual xususiyatlar-iga ega bo'lgan talaba-yoshlardan iborat internet foydalanuvchilari o'rtasida turli iboralar va so'zlarni qo'llash chastotasidagi farqlarni aniqladik.
Ayollarda an'anaviy ravishda xarid qilish, sevgi, munosabatlar, his-tuyg'ular, bolalar, oila, nikoh va boshqalar haqida eng keng muomalada bo'lishgan bo'lsa.
Erkaklar esa odatda istaklar, hukumat, futbol, o'yinlar, janglar, ish, daromad, mashinalar va boshqalar haqida so'z va iboralarni ishlatganlar.
Insonning o'ziga xos xususiyatlarini, uning shaxsiy xususiyatlarini baholashning ko'plab vazifalari uning profili va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tahlil qilishda o'tkazilishi mumkin.
O.S.Posipanova "Namoyishkorona e'tiborga moyillik" so'rovnomasi namoyishkorona moyil-lik darajasini va tovarlarni sotib olish va ulardan foydalanishda ustunlik qiladigan norma darajasini aniqlash maqsadida o'tkazildi. So'rovnoma namoyishkorona iste'molning shaxs 10 turiga moyil-ligini tashxislovchi uchta mumkin bo'lgan 30 ta bayonotdan iborat. Bizning buyumlarimiz biz haq-imizda ma'lumot beradi: kiyim-kechak, aksessuarlar, ish yuritish buyumlari, gadjetlar va boshqalar. Ba'zi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
4-pacM. "Siz internetda quyidagi qaysi messenjerlar xizmatidan foydalanasiz?" savoliga berilgan javoblar.
5-расм. "Siz jtimoiy tarmoqdagi mashhurlikka erishgan qahramonlar xulq-atvoriga taqlid qilasizmi?" savoliga berilgan
javoblar.
Javoblar % hisobida
80,0% 70,0% 60,0% 50,0% 40,0% 30,0% 20,0% 10,0% 0,0%
71,0%
Z!>,U7o
4,0%
Ha
Yo'q
Ba'zan
odamlar narsalar yordamida o'zlariga e'tibor qarat-ishga intilishadi. Ushbu so'rovnoma demonstrativ xulq-atvor normasining dominant turlarini va ularn-ing darajasini aniqlash imkonini beradi. Har bir tur uchta bayonot bilan belgilanadi.
0 ball - bu men uchun mutlaqo xos emas;
1 ball - ba'zi hollarda shunday;
2 ball - ha, albatta bu men uchun.
Olingan natijalarni Styudentning t-mezoni yordamida qiyoslash imkoniga ega bo'ldik. Qiyoslash natijalari quyidagi jadvalda o'z ifodasini topgan.
Natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki ayol talabalarda demonstrativ ijtimoiy normalar erkak talabalarga nisbatan o'rtacha arifmetik qiymat statistik jihatdan ahamiyatli ravishda yuqori ekani aniqlandi (erkak-lar o'rtacha 21,9, ayollar 25,2 p<0.05). Har ikkila jins vakillarida dispersiyalar ko'rsatkichi erkaklarda
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
2-jadval. O.S.Posipanovaning "Namoyishkorona etiborga moyillik" so'rovnomasining jinslararo tavofut natijalari
n O'rtacha Dispersiya t
Erkaklar 208 21,9 104,1 -4,002***
Аyollar 390 25,2 79,9
Izoh: *p<0,05; **p<0,01; ***p<0,001
6-rasm. Respodentlarning so'rovnomadagi uch toifadagi ballar ko'rsatkichi.
7-rasm. Respodentlarning qishloq - shahar hududi bo'yicha ko'rsatgichi.
105,6, ayollarda 79,9 qiymatni ko'rsatdi.Styudent-t qiymati esa -2,5 ni tashkil etdi.
"Namoyishkorona e'tiborga moyillik" so'rovnomasi natijalari asosida har ikki jins vakillar-ini har uch ball toifasi bo'yicha ko'rsatkichlarini quyidagi rasmda ko'rishingiz mumkin.
Xulq-atvorda ijtimoiy normaning demostrativ ko'rinishi sinaluvchi - respodentlarda uch toifada (quyi, o'rtacha, yuqori) ajralib chiqdi va jinslararo tavofutga ko'ra statistik qayta hisoblandi.
Bunda erkak talaba-yoshlar 100% lik ko'rinishda yuqori, o'rta, quyi darajadagi farqlar quyidagi raqa-mlarda ifodalandi: yuqori -1,9 foiz; o'rtacha - 57,7 foiz; quyi - 40,4 foiz.
Ayol talaba-yoshlarda 100% lik ko'rinishda yuqori, o'rta, quyi darajadagi farqlar quyidagi raqa-mlarda ifodalandi: yuqori - 5,6 foiz;
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)
o'rtacha - 67,4 foiz;
quyi - 26,9 foiz.
Xuddi shu so'rovnomani qishloq shahar toifasiga ko'ra sinaluvchi-respodentlardagi natijasini quy-idagi rasmda ko'rish mumkin.
Qishloq hududida istiqomat qiluvchi yosh-lar shahar hududida istiqomat qiluvchi yoshlar-dan "o'rtacha"(67,5>62,7) va "yuqori" (5,4>4,5) ko'rsatgichlarda ko'proq ballar yig'ishgan bo'lsa, "quyi" (27,1<32,7) toifada pastroq ballar yig'ishga muvaffaq bo'ldilar.
Xulosalar.
1. Bugungi kunda jamiyatda internet kommu-nikasiyalarining tezkor ravishda tarqalishi barcha darajalarda faol muhokama qilinmoqda. Bu soha psixologlar, shifokorlar, filologlar, sotsiologlar, har-biylar, faylasuflar, siyosatshunoslar, dasturchilar va boshqa axborot texnologiyalari mutaxassisla-rini qiziqtirmoqda. Internet kommunkasiyasi deyarli barcha zamonaviy davlatlarda ijtimoiy reallikka aylandi va amaliy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarn-ing yangi yo'nalishlarini belgilab bermoqda.
2. Axborot muhiti yoshlarning bo'sh vaqtla-rini tobora ko'proq to'ldirib, ko'pincha jonli mulo-qot vaqtini siqib tashlamoqda. Hozirgi vaqtda ijtimoiy xulq-atvorning yangi modellarini targ'ib qila oladigan va real o'zaro ta'sir doirasiga integratsi-
yalashuvi mumkin bo'lgan juda ko'p turli xil internet tarmoqlari mavjud.
3. Axborot muhitida virtual dunyo onlayn muloqot qilish uchun ko'plab imkoniyatlar va das-turlarni taqdim etadi. Muayyan vosita va aloqa turiga bo'lgan afzallik foydalanuvchi tomonidan ularning xohish va imkoniyatlariga qarab belgi-lanadi. Insonlar turli xil media kanallaridan tobora ko'proq foydalanmoqda va ulardan foydalanish vaqti oshib bormoqda.
4. Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori ob'ektning ko'p sifatliligi tufayli murakkab jarayondir. Shaxsning o'ziga xos uslubi va xulq-atvorining ijtimoiy xususiyatlari, shu bilan birga, uning tarkibida ijtimoiy sharoit va munosabatlarning umumiyligi tufayli uni boshqalarga o'xshash qiladigan narsa mavjud. Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori jarayonini o'rganish uning faoliyatining tipik ko'rinishlarini -turmush tarzi, xulq-atvor strategiyasi, normadan chetga chiqish va boshqalarni tahlil qilishga yo'naltiriladi.
5. Talaba-yoshlarning turli muassasalar va tashkilotlar bilan o'zaro munosabati jarayonida ijtimoiy ma'qullangan xulq-atvorlarning tegishli bilim-lari va tajribasi, shuningdek, ijtimoiy ma'qullangan xulq-atvorga taqlid qilish tajribasi va ijtimoiy nor-malardan nizo yoki ziddiyatsiz qochish tajribasi ortib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Butunjahon Yoshlar halqapo deklarasiyasi. - Т.: 2019. - 14 b.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» PF-60-son Farmoni. - https://lex. uz/docs/5841063
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yild 18 yanvardagi "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 23-son qarori. - https://lex.uz/docs/-5234746
4. Оргашзацмна психолопя. EKOHOMi4Ha психолопя. № 2-3 (17) / 2019.
5. Капуза А.В.- 2016 ■ Цитируется: 5 — социальная желательность / шкала Кроуна-Марлоу / современная теория тестирования (IRT) / TALIS / факторная структура /
6. Шумакова И.Е.- 2009 ■ Цитируется: 15 — Лазаруса и С. Фолкмана, совладание с жизненными трудностями трактуется как «постоянно изменяющиеся когнитивные ...
7. Рындина А.С.- 2021 — Рокича, методика Ш. ... Так, смысловая нагрузка данного рассуждения подводит к обоснованию некоторых различий между понятиями «ценность» и...
8. Дeйк Т.А. Язык. Пoзнaниe. ^ммуни^ция. - М.: 69 б.
9. Тoффлep Э. Tpe^ вoлнa. - М.: ACT, 2002. - 781 с.
10. Тoффлep Э. Ц^к будущeгo. - М: ACT, 2003. - 558 с.
11. Узнaдзe Д.Н. Экспepимeнтaльныe oснoвы псиxoлoгии устaнoвки. - М.: 1999. - 561 с.