Shamsiddinov Botirjon Nuriddinovich,
Andijon davlat universiteti "Umumiy psixologiya" kafedrasi tayanch doktoranti
YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA MEXANIZMLARI NAMOYON BOLISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
UDK: 159.937-053 (043.3) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_6_3
SHAMSIDDINOV B.N. YOSHLARNI INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARIDA HIMOYA MEXANIZMLARI NAMOYON BO LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Maqolada yoshlarni individual-tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashdan iborat ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan himoya mexanizmlarining tipilogik xususiyatlarini o'ziga xos jihatlari va o'rganilganlik holatini tahlil qilish.
Tayanch so'z va tushunchalar: ijtimoiy munosabat, shaxs, stumillar, egolar, ijtimoiy identifikatsiya, qiziqishlar, qobiliyatlar, xarakter va temperament.
ШАМСИДДИНОВ Б.Н. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ СУЩЕСТВОВАНИЯ ЗАЩИТНЫХ МЕХАНИЗМОВ В ИНДИВИДУАЛЬНО-ТИПОЛОГИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИКАХ МОЛОДЕЖИ
В статье анализируются специфические аспекты типологической характеристики механизмов защиты и состояния изучения, направленного на формирование молодежи как личности в социальных отношениях, которая заключается в определении социально-психологических аспектов проявления механизмов защиты в их индивидуально-типологические особенности.
Ключевые слова и понятия: социальная установка, личность, стимулы, эго, социальная идентичность, интересы, способности, характер и темперамент.
SHAMSIDDINOV B.N. SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE EXISTENCE OF PROTECTIVE MECHANISMS IN THE INDIVIDUAL-TYPOLOGICAL CHARACTERISTICS OF YOUTH
The article analyzes the specific aspects of the typological characteristics of the protection mechanisms and the state of study aimed at the formation of young people as individuals in social relations, which consists in determining the socio-psychological aspects of the manifestation of protection mechanisms in their individual-typological characteristics.
Key words and concepts: social attitude, personality, stimuli, egos, social identity, interests, abilities, character and temperament.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)
Kirish. Jahonda shaxsning o'z-o'zini anglashi, istiqbolni rejalashtira olishi, shaxs rivojlanishiga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan shaxs himoya mex-anizmlarining ijtimoiy- psixologik jihatlarini o'rganish muammosi tobora dolzarblashib bormo-qda. Psixologik lug'atda qayd etilishicha, «...psix-ologiya fani rivojlanishida amaliy psixologiya rolin-ing ortishi sezilarli tendensiya hisoblanadi»1. Bu borada psixologik amaliyot va psixoterapiya kon-tekstida shaxsning psixologik himoya mexanizmlar-ining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish muammosi eng muhim va zarur fenomen hisoblanadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning individual ichki dunyosiga hamda psixikaning namoyon bo'lishi shakllariga moslashishini ta'minlash bilan birga, jamiyatda uning o'z o'rinini topa olishi yoki aksincha, yo'qotishining asosiy sababi bo'lib ham xizmat qilishi mumkin. Shu jihatdan qaraganda mazkur muammo hozirgi kunga qadar yetarli dara-jada o'rganilmagan va dolzarb ahamiyatli muammo sifatida ilmiy tadqiq etishni taqozo etadi.
Jahon ta'lim va ilmiy muassasalarida shaxsin-ing himoya mexanizmlariga xos bo'lgan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan bog'liq masalalar bo'yicha ilmiy izlanishlar ma'lum darajada olib borilmoqda. Bu borada, shaxs rivojlanishining eng muhim bosqich ekanligi, mazkur yosh davrida shax-sning o'z taqdirini o'zi belgilashi mumkinligi, mut-laqo individual bo'lgan hayot yo'lini tanlash nuqtai nazaridan ahamiyati beqiyos ekanligi, o'zini-o'zi anglash, o'zini-o'zi faollashtirish, kelajakka refleksiv munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan masa-lalarga e'tibor qaratish muhimligi bois o'sprinning shaxs sifatidagi rivojlanishini ta'minlanishida uning himoya mexanizmining ijtimoiy-psixologik xususi-yatlari bilan bog'liqligini o'rganish zarurati kuza-tilmoqda.
Respublikamizda so'nggi yillarda shaxsning ma'naviy, ruhiy va aqliy rivojlanishini qo'llab-quv-vatlash, o'sprinlik davridan ularning ijtimoiy faollig-ini oshirish bo'yicha zaruriy-me'yoriy asoslar yara-tildi. «Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, yoshlarning mukammal ta'lim olishi...» ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi o'sprin shaxsida himoya mexanizmlarini shakllanishiga xizmat qilu-
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari. 2017.- (766)-son. B. 36-37.
vchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni ilmiy tadqiq etish orqali istiqboldagi vazifalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. Bu borada yangi avlodning davlat taraqqiyoti uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi uchun «... barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan bilim va ko'nikmalarni egallashni ta'minlash»2 talab etiladi.
Tadqiqotning maqsadi. yoshlarda himoya qilish mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'z-o'zini hurmat qilish darajasiga bog'liq ekanligini aniqlash hamda o'sprinlarning ijtimoiy moslashuv ko'nikmalarini shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
yoshlardagi ijtimoiy moslashuv jarayoni bilan bog'liq inqirozlarda shaxs xulq-atvoridagi ustuvor psixologik himoya mexanizmlarini aniqlash;
yoshlardagi psixologik himoya mexanizmlarining shakllanishida ijtimoiy moslashuv jarayonidagi internallik va eskapizm xususiyatlarining o'zaro integrativ rivojlanishi omillarini aniqlash;
yoshlarda o'z-o'ziga bahoni muvofiqlashtirish va ijtimoiy adaptasiya ko'nikmalarini shakllanti-rish uchun shaxslararo munosabatlarda konstruktiv Egoning hissiy va konativ komponentlarini reflek-siyaga bog'liq ravishda o'zaro uyg'un namoyon bo'lishida korreksion ta'sir usullarini tahlil qilish;
yoshlarda o'z-o'zini baholash darajasi va psixologik himoya mexanizmlari o'rtasidagi munosabatni aniqlash va o'sprinlar bilan ishlashning psixo-korreksiya usullarini ishlab chiqish.
Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili. O'zbek psixolog olim-laridan N.Boymurodov, L.B.Bekniyazova, M.G.Davletshin, V.M.Karimova, D.Sh.Nasirov, D.B.Norqo'ziev, N.S.Safoev, R.I.Sunnatova, N.I.Xalilova, KATillashayxova, G.B.Shoumarov, O.S.Qodirov, E.G'.G'oziev va boshqalar tomonidan o'quvchilarning o'sprinlik davrida shaxs himoya mexanizmining psixologik xususiyatlarini namoyon bo'lishini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, N.G.Kamilovaning ilmiy ish-larida deviant xulq-atvorni belgilovchi yoshlarning o'zini-o'zi qadrlash xususiyatlari ilmiy tadqiq etil-ganligini qayd etish o'rinlidir.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari. 2017.- (766)-son. B. 36-37.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)
Mustaqil Davlat Hamdo'stligi mamlakatlari olim-laridan E.N.Andreyeva, F.V.Bassin, M.K.Burlakova, L.I.Bojovich, L.S.Vigotskiy, V.N.Volkov,
R.M.Granovskaya, S.V.Zvereva, V.G.Kamenskaya, A.B.Karpov, V.E.Kogan, I.S.Kon, V.V.Krigina, V.V.Nikolaeva, E.S.Romanova, E.T.Sokolova, I.D.Stoikov, V.A.Tashlikov, T.V.Tulupeva, E.V.Chumakova va boshqalar shaxsda psixologik himoya mexanizmining turli masalalari ilmiy tadqiq etilgan bo'lsa, B.S.Bratus, D.A.Leontev, V.N.Myasishev, V.A.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, Z.I.Ryabikina, V.I.Slobodchik, E.N.Shiyanov va boshqalarning ilmiy ishlarida esa mazkur muammoning amaliyotga yo'naltirilgan jihatlari ilmiy tadqiq etilgan.
Xorij olimlaridan G.Yu.Ayzenk, A.Freud, A.Adler, A.Maslov, K.Rojers, K.Horney, F.Pearls, E.Fromm, V.S.Rotenberg, E.Erickson va boshqalar tomonidan shaxsning himoya mexanizmlari masalalari ilmiy tadqiq etilgan.
Maqolaning ilmiy mohiyati yoshlarda himoya qilish mexanizmlarining ijtimoiy-psixologik xususi-yatlarini o'z-o'zini hurmat qilish darajasiga bog'liq ekanligini aniqlash hamda o'sprinlarning ijtimoiy moslashuv ko'nikmalarini shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ob'yekti. Mazkur tadqiqotim-izda psixologik himoya mexanizmlari va o'zini o'zi qadrlash darajasini aniqlash jarayoni olingan bo'lib, Andijon shahar tumanidagi 300-son, Uchtepa tumanidagi 107-son, Namangan shahridagi 11, 32, 49- son umumta'lim maktablarining o'sprin o'quvchilari jalb etildi. Respondentlarning jami soni 300 nafar o'quvchidan iborat bo'lib, ularning region jihatidan tarkibi Toshkent shahridan 132 nafar va Namangan shahridan 168 nafar o'sprinlar tadq-iqotda ishtirok etdi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida kuza-tish, suhbat metodlari, shuningdek, «Plutchik Kellerman Konte anketasi» usuli, G.Yu.Ayzen-kning shaxs individualligini aniqlashga qaratil-gan EPQ so'rovnomasi, Kettellning 16 omilli shaxs so'rovnomasi, shaxs himoya mexanizmlariga qara-tilgan mualliflik so'rovnomasi (B.N.Shamsiddinov, N.S.Safaev) va metodikalaridan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik-statistik metodlaridan Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyasiya koeffisientini qo'llash orqali tasdiqlandi.
Natijalar va amaliy misollar. Bizning tadq-iqotimizda ushbu talablar talaba yoshlarni individ-ual-tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlari
namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatla-rini aniqlashdan iborat ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida shakllanishining kompleks diagnos-tikasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo'ldi. Shu bilan birga, yoshlarni individual-tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashdan iborat ijtimoiy munosabatlarda shaxs sifatida shakllanishini rivojlantirishga yordam bera-digan psixologik-pedagogik omillarni o'rganish vazifasi hal qilindi.
Tadqiqotning umumiy namunasi 420 kishini tashkil etdi, jumladan:
- 220 kishi - 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan bolalar (110 o'g'il va 110 qiz),
- 200 kishi - region jihatidan tarkibi boshqa viloyatdan o'rganib chiqildi.
Tadqiqot 2020 yildan 2023 yilgacha olib borildi. Gipotezaning maqsad va vazifalari va metodologik asosiga muvofiq, bir necha bosqichlarni o'z ichiga olgan tadqiqot dasturi ishlab chiqildi.
Psixologik himoya murakkab vaziyatlarda hissiy zo'riqishni bartaraf etishga qaratilgan aqliy faoliyat-ning muhim jihati sifatida qaraladi. Rivojlanish psix-ologiyasi va yosh psixologiyasi sohasidagi mahalliy tadqiqotlar tahlili o'sprin davridagi zo'riqishning eng keskin pozisiyalari - "o'sprinning o'z-o'ziga baho berishi", "oilaga munosabati", "o'sprinning ijtimoiy moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklari" o'rtasidagi bog'liqliklarni ko'rsatdi.
Ushbu sohani o'rganish inson xarakterini shak-llantirishi jarayonidagi murakkabliklarning o'ziga xos xususiyatlarini, shaxsning sog'lig'i va uning shaxsiy rivojlanish istiqbollarini yangicha anglashga imkon beradi. Tadqiqot natijasi psixologik ko'rsatkichlardan "himoya mexanizmlarini shakllantirishga ta'sir qiluvchi omillarni", "himoya usu-lini tanlashning o'ziga xosliklarini va ularning hissiy stressni yengillashtiradigan asosiy imkoniyatlarini", "o'z-o'zini baholashni" va "shaxs rivojlanishini" kabi-larning o'zaro bog'liqligini o'rganishga imkon berdi.
Hayot tarzi indeksining o'ziga xos xususiyatla-rini o'rganish o'sprinlarda PHM (psixologik himoya mexanizmi) ko'rsatkichlarining o'rtacha qiymatlarini taqqoslashga asoslangan. 1-jadvalda o'sprinlarda PHM ning o'rtacha qiymatlari ko'rsatilgan bo'lib, ular Styudentning t-mezoni asosida ishonchli farq-lar bilan aniqlangan.
Birinchi rasmda sakkizta himoya mexanizmidan beshtasining ko'proq namoyon bo'lishini va NOD shkalasi statistik jihatdan sezilarli darajada far-qlanishini va normalar o'rtasidagi sezilarli farqlarni
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)
ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ
\
23 _/
1-jadval. Hayot tarzi indeksi darajalari va ko'rsatkichlari
Me'yordan past Me'yorda Me'yordan yuqori
X 0 X 0 X 0
O'rin almashish 28,46 13,47 39,85 16,19 51,53 13,76
Regressiya 17,73 11,37 27,27 11,83 31,38 10,89
Bo'sh o'rinni egallash 8,07 9,38 20,42 13,87 28,84 17,73
Inkor 48,26 16,06 52,14 15,57 66,61 13,42
Proeksiya 51,00 17,76 66,21 15,11 71,46 12,82
Kompensasiya 34,61 12,07 46,71 17,08 55,76 19,21
Giperkompensasiya 39,23 14,67 52,57 21,03 55,00 15,03
Rasionalizasiya 53,73 12,57 62,82 13,49 68,61 11,37
NOZ 34,73 3,44 45,42 3,19 52,57 1,301
1-rasm. Yoshlardagi namoyon bo'ladigan psixologik himoya mexanizmlari.
Yoshlarda namoyon bo'ladigan psixologik
himoya
60,00 50,00 40,00 30,00 20,00 10,00 0,00
/ J ,
^ У
53,73
28,46
48
,26 51'00
1 17,73
1 8,07
■
&
39,23 M
. j ^
ko'rsatadi. Eng katta farqlar proeksyada pastki norma va yuqori norma o'rtasida qayd etilgan, ular 10,14 va rasionalizasiyalar 14,76 ni tashkil qiladi, bu «Men» va xulq-atvor o'rtasidagi chegaralarn-ing aniq ekanligini anglatishi mumkin[3]. Ammo, agar biz ularni introeksiya bilan solishtirsak, ular sezilarli siljish mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ushbu siljish shunday amalga oshiriladiki, bu holda «Men» ning rad etilgan tomonlari go'yo o'ziga xos tar-zda emas, balki tashqi muhitga xos tarzda qabul qilinadi. Bu shuni anglatadiki, oxir-oqibat, prog-noz «Men» ichida sodir bo'layotgan hodisalarning sabablari va javobgarligi o'sprindan tashqi muhitga va uning tarkibiy qismlariga ko'chiriladi. Misol uchun, avtonomiyaning mumkin emasligi va sevilish qobiliyati ko'pincha odamni rasionalizasiya orqali mukammal tanlovni tanlashga va oqlashga majbur qiladi[4]. Biroq, ikkinchisi ko'pincha regressiya kabi
mexanizm bilan almashtiriladi, bu ushbu turdagi tanlovni amalga oshirish zarurati bilan kurashishga imkon beradi.
Ikkinchi rasmda ko'rsatilganidek, gender xususi-yatlari psixologik himoyani tanlashni quyidagi tarzda belgilaydi. O'g'il bolalar guruhida rasionalizasiya birinchi o'rinda (51%), inkor ikkinchi (50%) va proeksiya uchinchi (43%). Shunday qilib, emosional vaziyatlarda sinovdan o'tgan o'sprin o'g'il bolalar o'z-o'zini hurmat qilishga intiladi, ayblov yoki tah-did holatini inkor etadi va qabul qilmaydi, ba'zan esa o'zlarining ichki holatini tajovuzkorlik yoki beg-onalashuv shaklida aks ettiradi.
Qizlar guruhida proeksiya birinchi o'rinda (57%), rasionalizasiya ikkinchi o'rinda (52%), uchinchi o'rinda inkor etish (44%). Emosional vaziyatlarda sinovdan o'tayotgan o'sprin qizlar o'zlarining holatini loyihalashga moyil bo'lib, shu bilan hozirgi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)
24 ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ
80.00 70,00 60,00
50,00 адот
2-rasm. Psixologik himoyani tanlashda gender farqi.
Yoshlarning psixologik himoya turini tanlashdagi gender farqlari
60 00
llilli
¿tt /
✓ /
éf
¿л
" O'g'il bolalar ■ Qizlar
2-jadval. Yoshlardagi himoya mexanizmlari namoyon bo'lishida jins farqi (me'yor)
X a t
O rin almashish O'g'il bolalar 40,93 13,04 0,687
Qizlar 37,81 18,96
Regressiya O'g'il bolalar 23,62 10,34 2,087*
Qizlar 29,21 11,12
Bo sh o rinni egallash O'g'il bolalar 17,50 11,07 1,099
Qizlar 21,25 15,18
Rad etish O'g'il bolalar 53,15 16,41 0,814
Qizlar 49,18 15,39
Proeksiya O'g'il bolalar 64,31 16,22 -1,265
Qizlar 68,56 14,33
Kompensasiya O'g'il bolalar 51,25 16,60 1,904
Qizlar 42,50 15,45
Giperkompensasiya O'g'il bolalar 45,93 19,97 -2,611**
Qizlar 60,00 20,00
Rasionalizasiya O'g'il bolalar 63,28 12,26 -0,420
Qizlar 61,93 14,39
NOZ O'g'il bolalar 44,21 2,79 -7,758***
Qizlar 45,87 3,14
vaziyatda o'zlarining qadr-qimmatini va ustun-ligini saqlab qolishadi, ular rasionalizasiya va inkor etishga moyildirlar.
Umuman olganda, tadqiqot o'ziga xos gender xususiyatlarini aniqladi. Qizig'i shundaki, inson ongi bunday hollarda salbiy tajribalarni filtrlaydi va ularni boshqa o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Bunday holda, travmatik hodisalar o'ylab chiqarilgani bilan almashtiriladi. Ya'ni, inkor inson e'tiborini unga noqulaylik tug'diradigan vaziyatdan chalg'itishda ifodalanadi. Shu bilan birga, bu fikrlar, his-tuyg'ular va emosiyalar ong uchun mavjud bo'lib qoladi. Yetakchi psixologik himoya mexanizmi inkor etish
bo'lgan o'sprinlar juda aqlli, o'zini o'zi taklif qiladi-gan, ochiqko'ngil, ko'pincha o'z-o'zini tanqid qil-maydi va ular juda boy tasavvurga ega. Ko'pincha bu o'sprinlar o'zini yuqori baholaydilar. Bunday o'zini o'zi qadrlash o'spirinning o'zi ham o'z fazilat-lariga ishonch hosil qilishi bilan birga kelganligi sab-abli, u jamiyat unga e'tibor qaratishi uchun hamma narsani qiladi. Ammo shu bilan birga, u o'ziga nis-batan faqat ijobiy munosabatni sezishga moyildir. Bu shuni anglatadiki, o'sprinning har qanday salbiy ko'rinishlari shunchaki e'tiborga olinmaydi.
Hayot tarzi indeksining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish o'g'il va qiz o'sprinlarda PHMlari
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)
ko'rsatkichlarining o'rtacha qiymatlarini taqqo-slashga asoslangan. 6-jadvalda o'g'il va qizlarda PHMning o'rtacha qiymatlari ko'rsatilgan bo'lib, ularning asosida Styudentning t-mezoniga muvofiq sezilarli farqlar aniqlandi.
Xulosalar. "Yoshlarni individual-tipologik xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik jihatlari" mavzusida o'tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar asosida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. Yangi darajadagi kompetensiyaga erishil-gandan so'ng dastlabki, erta davrlardagi, bolalik bilan bog'liq reaksiya shakllari va xulq-atvor turlar-iga qaytish bo'lgan regressiya paytida almashinish sodir bo'lishi aniqlandi, bu esa o'z navbatida asabiy vaziyatning ta'siri ostida paydo bo'lgan hissiy bosimni anglatadi, lekin bu yengillik yoki maqsadga erishishga olib kelmaydi. Bunday vaziyatda sub'ekt ba'zan ichki keskinlikni buzadigan, kutilmaganda ma'nosiz harakatlarni amalga oshirishi mumkin, ammo shu vaqtning o'zida haqiqat idrok etilgan holda tashqi tomondan bu harakat sezilmasligi mumkin.
2. Ilmiy tahlillar shuni ko'rsatdiki, (qiz) yosh-larda, shuningdek, (o'g'il) yoshlarda ham ijtimoiy muhitda ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik ularning o'z- o'zini borligicha qabul qilishlari, shun-ingdek boshqalarni ham qabul qilishlari, hissiy qulaylikni his etishlari, yuqori darajadagi sub'ektiv nazoratga ega ekanliklarining ko'rsatkichidir, bu kabi o'sprinlar ular bilan sodir bo'ladigan voqealarni, birinchi navbatda, ularning shaxsiy fazilatlari (kompetensiya, qat'iyatlilik, qobiliyat dara-
jasi va boshqalarga) va o'z faoliyatlarining tabiiy oqibatlarining natijasi deb hisoblashishlari isbot-landi;
3. Tadqiqot jarayonida yoshlarning o'zini o'zi baholashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlarini va psixologik himoya mexanizmlarini aniqlash usullari yuzasidan ishlab chiqilgan mualliflik so'rovnomasi asosida qaltis vaziyatlarda o'sprinning o'zini o'zi baholashi va xulq-atvor reaksiyasi o'rtasidagi bog'liqliklar mavjud ekanligi tasdiqlandi.
Keltirilgan xulosalar asosida quyidagi amaliy tavsiyalarni berish maqsadga muvofiq:
Pedagoglar va amaliyotchi psixologlar uchun:
• o'rta-maxsus ta'lim muassasalari o'sprin o'quvchilari uchun mo'ljallangan hayot strategiyala-rini to'g'ri tanlash bo'yicha metodik qo'llanma va psixologik yo'riqnomalar ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish lozim;
• yoshlarda kelajak rejalarini tuzish ko'nikmalarini shakllantirish hamda kasblar haqi-dagi tasavvurlarini yanada kengaytirish uchun ota-onalar bilan hamkorlikda davra suhbatlar, seminar-treninglarni doimiy tashkil qilish maqsadga muvofiq;
• o'sprinlarning hayot yo'lini to'g'ri tanlash, kelajakda tanlagan kasblariga nisbatan istiqbol rejalarni ishlab chiqishga e'tibor qaratish, maqsadni anglab etish darajasini oshirishga ahamiyat berish lozim;
• yoshlarda hayotiy strategiyalarini rivojlan-tirishga qaratilgan psixologik treninglar dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish maqsadli-dir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plamlari. 2017.- (766)-son. B. 36-37.
2. Роджерс К.Р. Взгляд на психотерапию. Становление человека [Текст] / К.Роджерс.
- М.: Изд. группа «Прогресс», «Универс», 1994.- 480 с.
3. Фрейд З. Введение в психоанализ. Лекции [Текст] / З.Фрейд. - СПб.: Питер, 2007.
- 384 с.
4. Фромм, Э. Бегство от свободы [Текст] / Э. Фромм. - М: АСТ, 2016. - 288 с.
5. Parmonov B.. (Psychological Aspects of the Formation of Ethical Relationship in Preschool Children)- https://ijins.umsida.ac.id/index.php/ijins/article/view/576
6. Муминов А.Г. "Empaty in modern conditions: views, factors, manifestations" Журнал: Социальных Исследований, 2021, №4, Р.13-23.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 6 (127)