Научная статья на тему 'MAKTABDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH'

MAKTABDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
190
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konflikt / konfliktogen / pedagogik konfliktlar / aldash / agressiya / egoizm / konflikt vaziyat / depressiya / xudbinlik

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ernazarova Gulnora Oblaqulovna

Maqolada maktab hayotida uchraydigan konfliktlarning umumiy tavsifi, konfliktogenlarning konfliktga imkon beruvchi, sharoit yaratuvchi ekanligi va ularning turlari, konfliktogenlar eskalatsiyasi yuzaga kelmasligi uchun bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar, konflikt mazmunining murakkab kelib chiqish vaziyatlarini anglash, ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni tadqiq etish va ularni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarbligi masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH»

MAKTABDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK

KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH Ernazarova Gulnora Oblaqulovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.d., prof.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7930978

Annotatsiya. Maqolada maktab hayotida uchraydigan konfliktlarning umumiy tavsifi, konfliktogenlarning konfliktga imkon beruvchi, sharoit yaratuvchi ekanligi va ularning turlari, konfliktogenlar eskalatsiyasi yuzaga kelmasligi uchun bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar, konflikt mazmunining murakkab kelib chiqish vaziyatlarini anglash, ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni tadqiq etish va ularni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarbligi masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: konflikt, konfliktogen,pedagogik konfliktlar, aldash, agressiya, egoizm, konflikt vaziyat, depressiya, xudbinlik.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar [7] ta'lim jarayoni ishtirokchilari orasida uchraydigan pedagogik konfliktlar xususiyati, sabablari, oqibati kabilarni aniqlash va ularni bartaraf etish texnologiyasini tadqiq etishni taqozo etadi.

Pedagogik konfliktlar - bu ta'lim oluvchi shaxsining ongi, faoliyatining shakllanishi va ta'lim-tarbiya olish jarayonidagi ziddiyatlar, nizolar va to'qnashuvlar majmui bo'lib, uning uzluksiz ta'lim turlarining har bir bosqichida uchraydigan ko'rinishlari va shakllari, turlariga ega.

Pedagogik konflikt masalalari O'zbekistonda G.To'ychievaning "Yoshlar va konfliktlar:

konfliktlar yechimiga o'rganish" mavzusidagi o'quv qo'llanmasida, M.T.Axmedova tomonidan pedagogik konflikt masalalari nazariy jihatdan yoritilgan [2]. Shuningdek, chet el olimlaridan I.V.Nikulinaning "Pedagogicheskaya konfliktologiya" darsligi, S.V.Banikinaning "Pedagogicheskaya konfliktologiya: sostoyanie, problemi, issledovaniya i perspektivi razvitiya" monografiyasi, D.P.Zorkinning "Osnovi konfliktologii" tadqiqotida konfliktlarni oldini olish, bartaraf etish kabi masalalar yoritilgan ?4?.

Konfliktlar hodisasini fan sifatida o'rganish XX asrning 50-yillaridan boshlangan bo'lib ushbu fan Konfliktologiya deb ataladi.

Inson o'z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo'ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo'lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz [5] .

Maktabda ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etishda pedagogik konfliktlarni bartaraf etish har bir maktab hayotiga aloqador bo'lgan o'ziga xos jarayon bo'lib, hech bir ta'lim muassasasi ishonch bilan maskanni konfliktlardan muhofaza qilingan deb ayta olmaydi.

Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o'z hayoti davomida konfliktlar bilan to'qnash keladi.

Konflikt tushunchasi lotincha conflictus so'zidan olingan bo'lib "to'qnashuv", "ziddiyat" va "nizo" ma'nolarini anglatadi [6].

Konflikt - bu manfaatlar, maqsadlar, pozitsiyalar va qarashlarning o'zaro ziddiyatga kelishi bo'lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:

-konfliktli vaziyat;

-konfliktli harakat;

-konfliktga sabab.

Konfliktlar tabiiy hodisa bo'lib, konflikt bilan to'g'ri munosabat o'rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. Zamonaviy jamiyatda insonga bo'lgan turli ilmiy-texnik, ma'naviy, iqtisodiy ta'sirlarning ortib borishi odamlar to'qnash kelishi mumkin bo'lgan konflikt vaziyatlarni ham oshiradi [1].

Konflikt vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konflikt vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko'nikmalarimiz konflikt vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo'lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam va konfliktlar yechimi bo'yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz.

Maktabda ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etishda pedagogik konfliktlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Chunki konfliktlar maktab hayotining har bir bosqichida kelib chiqishi mumkin bo'lib, ulardan himoyaga doim tayyor turish kerak. Konfliktlar qo'qqisdan, ularni umuman kutmagan vaqtda, konflikt kelib chiqishining umuman iloji bo'lmagan hollarda vujudga kelishi va maktab hayoti va tinchligini buzishi mumkin.

Shuning uchun konfliktlarning kelib chiqish qonuniyatlari qanday va vujudga kelgan konfliktning ildizlari va sabablarini tahlil qilish yo'llari nimalardan iborat degan masalalar dolzarblik kasb etadi.

Konflikt vaziyatda har bir tomonning o'z qarashlari, o'ylari, fikrlari tizimi majmuasi mavjud bo'lib. Mana shu o'y fikrlar tizimi xuddi mana shu tomonning o'z shaxsiy manfaatlarini anglatadi. Inson o'z shaxsiy manfaatlarisiz yashay olmadi. Har bir odamning hatto eng kichkina bolakaylarning ham o'z shaxsiy manfaatlari mavjud. Shaxsiy manfaatlar inson hayotining tabiiy ehtiyoji ekanligi aniq.

Shunday ekan, konfliktlarida xuddi mana shu shaxsiy manfaatlar ziddiyatga kirishadi. Shunday ekan, konflikt mazmuni-inson manfaatlarining holati bilan uzviy bog'liq bo'lgan voqelikka aylanadi.

Ya'ni konflikt-bu ikki yoki undan ortiq tomonlarning o'z maqsadlariga yetish yo'lidagi turli manfaatli to'qnashuvidir.

Demak, konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi.

Konfliktlarning kelib chiqishida "Konfliktogen"lar juda muhim roF o'ynaydi. Konfliktogen - konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinadi.

«Konfliktogen» so'zining so'zma-so'z tarjimasi — «konfliktlarni to'g'diruvchi» degan ma'noni anglatadi ?8?.

Konfliktga olib kelishi mumkin bo'lgan so'zlar, amallar yoki harakatlar konfliktogen deb

ataladi.

Konfliktogenlarning ko'pchiligini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

-o'zini ustun qo'yish;

-agressiyaga moyillik;

-egoizm kabilar.

O'zini ustun qo'yish quyidagi amallarda namoyon bo'ladi: O'zini ustun qo'yishning ochiq ko'rinishlari: buyruq berib gapirish, tahdid qilish, birovni niqtab turish, salbiy munosabatlar, tanqid, ayblash, birov ustidan kulish, istehzo, sarkazm, piching, kesatiq kabilar.

Yashiringan ustun qo'yish hollari: "Tinchlaning", "Shuni ham bilmaysizmi...", "Tushunmaysizmi?...", "Fahmlay olasizmi?" kabi, bu vaziyatlarda tashqi ko'rinishdan mayin ohang tanlansa ham, bu holat konfliktogen holat sifatida baholanadi.

Maqtonchoqlik: o'z marralari va yutuqlari haqida ko'pirib gapirish, shu bilan birga o'zgalar marralarini pastga urish, ularni "o'z o'rniga qo'yib qo'yish" istagi.

Qat'iylik, fikr va qarashlar keskinligi: o'z fikrlarining to'g'riligiga haddan ziyod ishonish, qarashlarni bildirishdagi keskinlik, faqat o'zi to'g'ri so'z ayta olishi mumkinligiga ishonch, birovlar fikrini o'ylab ko'rmaslik. Masalan, "Sen nimani ham bilarding?..", "Bo'ldi gapingni to'xtat...", "Hamma-yolg'onchi...", "Yo bugungi yoshlar buzilgan..." kabi so'zlar bilan anglashiladi.

Shuninigdek, yoshlarni qiziqtirgan musiqa, o'zini tutish, kiyinishi kabilar kattalarning jig'iga tegishi mumkin. Bunday fikrlar ochiqchasiga bildirilganda, yoki ba'zi ma'lumotlarni bolani tafakkuriga majburiy kiritishgan urinish bolgan hollarda,bolalar o'z ota onasidan ma'lum axborotlarni yashirishga tushadi, o'z odatlarini himoya qilish yo'lini tutadi.

O'z maqsadlari va fikrlarini majburiy singdirish va qabul qilinishiga harakat qilish.

Odatda, maslahat faqat maslahat so'ralgan taqdirdagina berilishi lozim. Ammo ko'pchilik hollarda biror muammo muhokama qilinayotgan bo'lsa, o'zini katta tutgan odam, yoki yoshi kattaroq odam, albattga maslahat qila boshlaydi. Maslahatni esa yo qabul qilish, yoki uni inkor qilish mumkin. Maslahat qabul qilinsa, uni bergan odam xursand bo'ladi, maslahat ochiqchasiga inkor etilsa, uni bergan odam, eng ijobiy munosabatda, "Meni mensimadi, gapimga kirmadi" deyishi mumkin.

Informatsiyani yashirish: Odamlar xayotida axborot muxim rol' o'ynaydi. Axborotni yashirish kishilarda shubha uyg'otadi. Shu bilan birga, axborotni yashirgan kishiga nisbatan ishonchsizlik vujudga keladi. Oqibatda odamlar orasi va munosabatlari buzilishi uchun asos tug'iladi.

Erkaklar ko'proq, o'z shaxsiy vaqtining qanday va nimalarga sarflanayotganligini, yoki umumiy mablag'larining miqdorini, ularning nimalarga ishlatilayotganligini, o'z xato va kamchiliklarini yashirishga harakat qilishadi.

Ayollar esa erkaklar borasidagi o'z ichki hissiyotlarini, yashirin iqtisod qilingan pul mablag'larini, erining qarindoshlariga nisbatan haqiqiy munosabatini, bolalarining ba'zi "ayblarini" yashirishga urinishadi.

Hamsuhbati so'zlarini bo'lish. Suhbat faqat bir tomonning emas, balki ishtirok etayotgan ikki tomonning muloqoti hisoblanadi. Ammo ko'pchilik hollarda ba'zi odamlar faqat o'z tuyg'ularini gapirishga e'tibor qilib, o'zga odamni eshitishga sabr-toqat qilishmaydi.Boshqa tomon ham o'z fikrlarini bildira boshlasa, uning so'zlari keskin bo'linadi, o'z hamsuhbatiga e'tiborsizlik ko'rsatiladi.

Bu bilan o'z so'zlarining boshqalar fikrlaridan muhimroq ekanini ko'rsatish, faqat o'zi gapirishga harakat qilish, boshqalarga so'z bermaslik orqali o'z ustunligini ko'rsatmoqchi bo'lishadi. O'z ustunligini doimo ko'rsatishga intilish ko'pincha boshqalar huquqlarining kamsitilishi evaziga bo'lishi ham konfliktogenning paydo bo'lishiga olib keladi.

Birovning ustidan kulish. Birovning ustidan istehzo bilan kulish, uni masxara qilish agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Birovning ustidan kulish inson huquqlarini buzishga yo'naltirilgan bo'ladi. Inson ustidan kulish uning nafsoniyatiga tegadi va uzoq vaqt dilda urnashib qoladi. Bolaligida mazax qilingan-" semizlar", "qishloqilar", "turqi sovuq"lar keyinchalik o'z ustidan kulgan odamlarga qarshi harakat olib borgani, yoki, "birinchi

muhabbati" hamma tomonidan kulgi ostiga olingan yigitlar keyinchalik o'z dushmanlaridan qaqshatgich qasos olgani borasidagi hayotiy misollar ko'p. Ko'pchilik hollarda

kulgi ostida qolgan odam qulay vaziyat poylab o'z javobini tayyorlaydi.

Aldash yoki aldashga harakat qilish eng ashaddiy konfliktogenlardan xisoblanadi. Ayollar ham, erkaklar ham o'zlarini aldashga yo'naltirilgan harakatlarni kechira olmaydilar. Odatda aldash orqali yuzaga kelgan hissiy-emotsional holat juda uzoq vaqt ongda saqlanib qoladi, hamda umr bo'yi konfliktogen rolini o'ynab keladi.

Aldash orqali odam yuragida yuzaga kelgan alam ko'p hollarda umuman yo'qolmaydi va uchib ham ketmaydi. Bu alam bot-bot odamlar orasiga yangitdan nizo solinishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Agar munosabatlarda aldash vujudga kelgan bo'lsa, tomonlar munosabati barbod bo'lishi tabiiy.

Hamsuhbatining biror kamchiligi yoki muvaffaqiyatsizligini doimo ta'kidlab o'tishga harakat qilish. Birovlarning ishi yurishmaganidan xursand bo'lish, o'zi yoqtirmagan odamlarning hayotida biror kor-xol bo'lsa, undan quvonish, ba'zi odamlarning ustidan muntazam kulish, kamchiliklarni rukach qilish, mana shu holatlarda o'zini yaxshi his qilish o'zini ustun qo'yishning turlaridan biri hisoblanadi.

Muvaffaqiyatsizlik hamma bilan ham sodir bo'lishi mumkin, kamchilik va xato esa, uni tuzatilmagunicha kamchilik va xato bo'lib qoladi, agar tuzatilsa u xato bo'lmaydi.

Muvaffaqiyatsizlikdan hech kim o'zini muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Shu bois, o'z do'sti, xamkasbi, o'rtog'i, qarindoshi, eri va yoki xotinining biror kamchiligini umrbod ushlab olib, doimo uni ta'kidlayverish, uni muntazam esga solish, o'z ustunligini ko'rsatish uchun rukach qilish oxir-oqibat juda katta konfliktni keltirib chiqarishi mumkin.

O'zining zimmasidagi mas'uliyatni birovlar zimmasiga yuklash. Xayotda o'z ma'suliyatidagi vazifalarda befarq yondoshish hollari uchrab turadi. Masalan, ko'p hollarda biror narsa qilib berilishiga va'da qilinadi. Ammo o'zi qilib berishi lozim bo'lgan vazifa boshqalar zimmasiga yuklatiladi. Ammo boshqalar bu vazifani bajarmaydi. Natijada orada ziddiyat vujudga keladi.

Oquvchi qizlar agressiyasi esa ochiq ifodalanmaydi. Ular orqavorotdan, asta, bilintirmay, zimdan harakat qiladi. Ularni "Sen shu ishni qilding" deb ushlab olish juda qiyin kechadi, chunki ular kuproq psixologik agressiyani tanlashadi va ishlatishadi. O'z opponentini psixologik ezish, uni taxqirlash, unga bepisand munosabatda bo'lish qizlar agressiyasining shakllari hisoblanadi.

Oquvchi o'g'il bolalalar agressiyasi darrov o'zini ayon etadi. Urish, jismoniy tazyiq, turtish, bir tushurish, bug'ish, jismoniy harakatlarni cheklash, duq qilish, shantaj - bular o'g'il bolalar kuproq qo'llaydigan agressiya turlari hisoblanadi.

Oquvchi qizlarlar agressiyada keskin ish tutmaydi, asta, zimdan ish tutadi. Birovni kamsitish, ruhiy ezish, o'z kayfiyatini birovni ezish oqibatida normallashtirish, "Kulib turib, jonini olish" ularning agressiyasiga xos. Ular urmasdan turib, boshqa insonni juda katta ruhiy tanglik holatiga olib kirib qo'yishi mumkin.

Bir qaraganda o'gi'l bola o'quvchilar agressiyasi ochiq namoyon bo'lganligi uchun bezarardek ko'rinadi. Aslida har ikki tur agressiya ham juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Erkaklar agressiv munosabati oqibatida opponet tomon qattiq jismoniy jarohat olishi mumkinligi ayon. Qizlar agressiyasining keng tarqalgan oqibatlaridan biri, bu — depressiyadir.

Depressiyaning oqibatlari ham insonga juda katta tashvishlar olib keladi. Depressiya xolatiga chuqur kirib ketgan odam ko'p hollarda o'z joniga suiqasd qilishi mumkin.

Agressivlikka moyillikning oldini olish ta'lim va tarbiya, insoniy qadriyatlar, diniy e'tiqod tizimida yotadi.

Inson o'zida agressiyaga moyillikni sezsa, unga qarshi o'zini to'g'ri shakllantira borishi

lozim.

Agressiya u yo'naltirilgan odamning ham, uni ishlatayotgan, agressiyani qo'llayotgan odamning ham salomatligiga juda katta putur yetkazadi.

Depressiyaning oqibatlari ham insonga juda katta tashvishlar olib keladi. Depressiya xolatiga chuqur kirib ketgan odam ko'p hollarda o'z joniga suiqasd qilishi mumkin.

Agressivlikka moyillikning oldini olish ta'lim va tarbiya, insoniy qadriyatlar, diniy e'tiqod tizimida yotadi.

Inson o'zida agressiyaga moyillikni sezsa, unga qarshi o'zini to'g'ri shakllantira borishi

lozim.

Agressiya u yo'naltirilgan odamning ham, uni ishlatayotgan, agressiyani qo'llayotgan odamning ham salomatligiga juda katta putur yetkazadi.

Egoizm - faqat o'z manfaatlarini ko'rish qobiliyati bo'lib, o'zbek tilida "Xudbinlik" so'ziga to'g'ri keladi. Xudbinlik forscha so'z bo'lib, ikki ildizdan tashkil topgan: "xud" — o'z, o'zim ma'nolarini bildiradi, "bin" - ko'rish ma'nosini bildiradi. Demak, xudbin so'zining ma'nosi — faqat o'zini ko'rishga to'g'ri keladi.

Doimiy agressiyaning ildizlaridan biri egoizmga borib taqaladi,

Egoizm — o'z manfaatlarini, boshqalar manfaatlarining buzilishiga qaramay, eng oliy qadriyat sifatida anglanish jarayoniga aytiladi.

Shu bois, Frantsuz lingvisti P.Buast "Xudbinlik ustidan qozonilgan- g'alaba eng sharafli g'alabadir ", deb aytgan. Frantsuz yozuvchisi S.Segyur esa, "xudbin uchun — o'tmish bo'shliq, hozir — qaqroq-cho'l, kelajak esa — ahamiyatsizdir " deb takidlagan.

Insonning o'z -o'ziga munosabati tabiatan o'zini o'zi ma'qullash, o'zini sevish, o'ziga aro berish, o'zini chiroyli tutish, o'zini "yaxshi" inson sifatida ko'rsatish asosida shakllantiriladi.

Bolalikda kichkintoylarni o'z yuz-qo'lini orasta tutishini o'rgatayotganda biz odatda ularga "Hozir qo'llarimiz va yuzimizni yuvib, oppoqqina bo'lib olamiz", deymiz. Mana shu oppoqqina bo'lish tartib va qoidalari har bir insonga bolalikdanoq singdiriladi.

Shu bois, insonning ichki o'zini anglashida "Men" degan tushuncha tarbiyalanishi lozim va zarur.

Inson "Men"i uni ijtimoiy xodisa sifatida shakllanishi uchun asos yaratadi. Yutuqlarga erishish, o'zini ko'rsatish, hurmatga sazovor bo'lish mana shu ichki "men"ning sayi-harakatlari asosida amalga oshiriladi.

Demak, ichki "Men"ni nimalarga yo'naltirilsa, oxir oqibat shu qadriyatlarga mutanosib xarakter va amallar shakllantiriladi. Ammo ana shu ichki "Men" boshqa yuzlab "Menlarga qarshi, ularni inkor etish emas, balki ular bilan birgalikda yashashga ko'nikkan holda tarbiyalanishi lozim.

Shu nuqtai nazardan inson ichki "Meni" bilan bog'lik ravishda sog'lom "Egoizm" va nosog'lom "Egoizm" ajratiladi.

Sog'lom egoizm insonning shaxs sifatida shakllanishi uchun energiya beruvchi kuchi hisoblalnadi.

Nosog'lom egoizm esa insonlarni o'zga inson bilan tuqnashuvi, ziddiyatlar, o'zini ustun qo'yish, kelisha olmaslik, o'zgalarni inkor qilish uchun xizmat qiladi.

Axborotlar almashinuv jarayonida, biz o'zimizning so'zlarimiz va amallarimizga emas, balki bizga aytilgan boshqa odamlarning so'zlari va amallariga ko'proq e'tiborliroqmiz. Boshqalardan kelayotgan informatsiyani diqqat bilan fil'trlaymiz, o'zimiz junatayotgan informatsiyani esa — fil trlamasdan, tug'ri jo'natamiz. Shu nuqtai nazardan, hamma o'zgalardan kelayotgan axborotga emotsional yondoshamiz, o'zimizdan ketayotgan informatsiyani esa ko'proq shundayligicha, ya'ni boricha jo'natamiz. Buning natijasida konfliktogenlar eskalatsiyasi paydo bo'ladi.

Maktab hayotida uchrab turadigan konfliktogen vaziyatlar chuqur ziddiyatlarning kelib chiqishini ta'minlashi mumkin.

Konfliktogenlar ko'payib, ular majmuaga aylanganda, konflikt tug'iladi.

Konfliktogenlar eskalatsiyasi qonuniy ravishda konfliktga olib keladi.

Bizga kelayotgan axborotlar konfliktogenlar bilan to'lgan bo'lsa, biz unga tabiiy ravishda o'zimizdagi konfliktogenlar bilan javob beramiz. Demak, konflikt vaziyat biz junatayotgan va qabul qilayotgan axborotlar orasidagi hissiy-emotsionl hamda psixologik muvozanat buzilganda yuzaga keladi [6].

Konfliktogenlar tahdidiga uchragan odam, odatda, o'zining psixologik va emotsional holatini himoya qilishga o'tadi. Shu bois, u konfliktogenga nisbatan o'zidagi emotsional tahdid bilan munosabat bildiradi. Mazkur emotsional tahdid ko'pchilik hollarda ovoz, mimika, intonatsiyadagi agressiya bilan ifoda qilinadi. Agressiyaga doim o'ziga yarasha agressiya bilan javob qaytariladi.

Konfliktogenlar eskalatsiyasi yuzaga kelmasligi uchun:

-Konfliktogenlarning o'zingiz va atrofdagilar yuragida yig'ilishiga yo'l qo'ymaslik;

-Konfliktogenlar vujudga kela boshlaganda esa, ulardan o'z fikri va ongini ozod qilish yo'llarini qidirish;

-O'zimizda vujudga kelishi mumkin bo'lgan konfliktogenlar boshqalar ko'nglida ham yuzaga kelishi mumkinligini nazarga olishimiz darkor.

Shunday qilib, konfliktlar mazmunini bilish insonni konflikt vaziyatlarda o'zini tutish tartib-qoidalariga o'rgatadi.

Konflikt mazmunining murakkab kelib chiqish vaziyatlarini anglash esa insonni ana shunday bilimlar bilan qurollantiradi.

Ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni tadqiq etish va ularni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb pedago-akmeologik masalalardan biri hisoblanadi.

Muammoning zaruriyatini quyidagilar orqali belgilashimiz mumkin:

-ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning nazariy asoslari zarurligi;

-ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish;

-ta'lim muassasalarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni bartaraf etish texnologiyasini qo'llash metodikasini ishlab chiqish.

REFERENCES

1. Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1998; Fran Schmidt/ Alice Friedman. Fighting Fair. For families. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1994.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Ахмедова М. Педагогик конфликтология. -Т.: ТДПУ. 2017. 12-бет.

3. Самарин А.Н. Конфликты в духовной сфере современного общества: состояние и проблемы урегулирования // Конфликтология. Теория и практика. 2004. №4.;

4. Шаленко В.Н. Социальные конфликты / Под ред. Добренькова В.И., Кравченко А.И. / Фундаментальная социология: в 15 томах, т."У1: Социальные деформации. Гл. 4, раздел 1. -М.: Инфра-М, 2005.;

5. Эрназарова Г.О., Исламова М.Ш. Педагогик конфликтология/ Укув кулланма. -Т.: Фан ва технологиялар. 2021 й. -270 б. (Узбекистон Республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлигининг 30.06.2020. № 359-буйруги, 359-132-сонли гувох,номаси)

6. Эрназарова Г.О., Хазиева Д.Э. Необходимость конфликтологической компетентности педагога/ Национальная ассоциация ученых Ежемесячный научный журнал Том2 №69/2021DOI: 10.31618/NAS.2413-5291.2021.2.69 ISSN Print 2412-5291, 35-38 с.

7. Узбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 27 февралдаги П^-4623-сон "Педагогик таълим сохдсини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида"ги карори.www.lex.uz.

8. Handling Conflicts. Conflicts; a positive approach. Particirant's manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida. 1997;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.