AGRAR TA'LIMDA TALABALARNING O'ZLASHTIRISHIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH
U. U. Nurullayev
Toshket davlat agrar universiteti Samarqand filiali "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi assistenti
J. S. Urazov
Toshket davlat agrar universiteti Samarqand filiali "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kafedrasi assistenti
ANNOTATSIYA
Ilmiy maqolada Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillar o'rganilgan. Ushbu maqolada Oliy ta'lim muassasalarida 2-4-bosqichda kredit-modul tizimida tahsil olayotgan 277 nafar talabalardan olingan ijtimoiy so'rovnoma ma'lumotlaridan foydalanib, Ordered Logistic Regressiya(Ologit) modelda tahlil natijalari olingan. Talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ularning jinsi, davlat granti asosida o'qishi, guruh talabalari soni o'rtasida bog'liqlik 1 foiz(p<.01)likda statistik ahamiyatga egaligi aniqlangan. Shuningdek, guruh talabalari o'rtasidagi munosabat va talabalarning doimiy yashash hududi 5 foiz (p<.05)likda statistik muhim ahamiyatga egaligi topilgan. Talabalar tomonidan fanlarning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini oshirishda ilmiy asoslangan xulosa va taklif ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar. Oliy ta'lim, kambag'allik, fanlarni o'zlashtirilish, savodxonlik, Ordered Logistic Regressiya(Ologit), Mustaqil va bog'liq o'zgaruvchilar, hudud
ABSTRACT
The scientific article examines the factors influencing the rate of mastery of subjects by students studying in higher education institutions. In the analysis, the results of the analysis were obtained using the data of a social survey of 277 students in grades 2-4 in higher education institutions, in the model of the Order Logistic Regression (Ologit). It was determined that the gender of students in the study of subjects on the basis of state grants, the dependence on the number of students in the group is statistically significant at 1% (p <.01). Also, the relationship between students in the group and the permanent residence of students was found to be statistically significant at
October 5-6
143
about 5% (p <.05). Students have developed scientifically based conclusions and recommendations to increase the average mastery of the subject.
Keywords: Higher Education, Poverty, Science, Literacy, Order Logistic Regression (Ologit), Independent and Related Variables, Territory.
Kirish. Dunyoda aholi farovonligini oshirish[1], kambag'allikni qisqartirish[2], ayniqsa qishloq hududlari aholisi turmush darajasini oshirish[3,4], qaysiki jihatdan aholi savodxonlik darajasiga bog'liqdir[5]. Savodxonlik asosiy ko'nikma va aholi bilimining asosiy o'lchovi[6] bo'lib, dunyo aholisining savodxonlik darajasi keskin oshdi[7].
1820 yilda dunyo aholisining atigi 12 foizi o'qish va yozishni bilgan bo'lsa, so'nggi 65 yilda dunyo aholisi savodxonligi darajasi har 5 yilda 4 foizga oshgan. Vaholanki, bugungi kunda dunyo aholisi savodxonlik darajasi 86 foizni tashkil etmoqda. Biroq[8], aholining savodxonligini oshirish bilan bog'liq chora-tadbirlar ishlab chiqarilishiga qaramay, dunyodagi eng kambag'al mamlakatlarda hali ham savodsiz aholining juda katta qatlamlari mavjud.
Bu borada, O'zbekiston OTMlarida tahsil olayotgan talaba yoshlarning sifatli ta'lim olishi, ularning ilmiy salohiyatini oshirish borasida "O'zbekiston Respublikasining oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlanrirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni[9] qabul qilingan. Natijada, mamlakatimizda yoshlarniing ta'lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Xususan[10], ohirgi yillarda respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan oliy ta'lim muassasalari soni 120 dan ortiq bo'lib, ularning 26 tasi xorijiy universitetlar filiallari hisoblanadi.
Oxirgi 5 yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barovarga oshgan ya'ni, joriy yilda OTMlariga o'qish uchun jami 1 146 744 nafar abituriyentlar hujjat topshirgan. Test sinovi natijalariga ko'ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo'lib, ularning 102 441 nafari (53,8 foizi)- erkaklar, 87 934 nafari (46,2 foizi) - ayollar hissasiga to'g'ri keladi. Mamlakatda kambag'allikni qisqartirishda aholi savodxonligi va ularning bilimini oshirish muhim ahamiyatga ega[11]. Umuman olganda, oliy ta'limda tahsil olayotgan talabalarning chuqur bilimga ega bo'lishi muhim hisoblanib, ular tomonidan fanlarning o'zlashtirish darajasi bilan bog'liqdir. Ya'ni[12], OTMlarida tahsil olayotgan talabalarning yetarli darajada sifatli bilim olishiga, qaysiki jihatdan o'qish shakli, ta'lim olish turi, guruhda talabalar soni, talabalar o'rtasidagi munosabat, ularning yoshi va
jinsi kabi omillar ham ta'sir qilishi mumkin.
October 5-6
Mazkur ilmiy tadqiqot ishining maqsadi - OTMda tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berish orqali, ularning bilimini oshirishda ilmiy asoslangan xulosa va takliflar berish hisoblanadi.
Ilmiy maqola quyidagi ketma-ketlik asosida yoritilgan: 2-bo'limda, ijtimoiy so'rovnoma va foydalanilgan metodlar yoritilgan bo'lsa, 3-bo'limda, olingan tahlil natijalari keltirilgan. Shunindek, ilmiy maqola xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar bo'limini o'z ichiga oladi.
Material va metodlar
Mazkur ilmiy tadqiqot ishini o'rganishda Respublikamiz Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan 2-4 kurs talabalardan olingan ijtimoiy so'rovnoma ma'lumotlaridan foydalanildi. Ijtimoiy so'rovnoma 2021-2022 o'quv yilining oktabr oyida o'tkazilganligi sababli, so'rovnomada 2-4 kurslar ishtirok etishgan (1-jadval).
1-jadval
O'zgaruvchilarning statistik tavsifi
Variable Obs Mean Std. Dev. Min Max
O'zlashtirish 277 2.159 .548 1 3
Yosh 274 20.938 3.363 17 45
Jins 277 .574 .495 0 1
Grant 277 .249 .433 0 1
Kurs 277 1.365 .66 1 3
G_talabalari 276 22.192 7.751 8 64
D_yashash 277 .347 .477 0 1
T munosa 276 4.424 .712 1 5
Mazkur so'rovnomada talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi, yoshi, jinsi, grant yoki shartnoma asosida o'qishi, nechanchi kursda o'qishi, guruh talabalari soni, talabalarning doimiy yashash hududi(shahar yoki qishloq hududi) hamda talabalar o'rtasidagi munosabat kabi omillar olindi. Olingan so'rovnomada 277 nafar talaba yoshlar ishtirok etishgan. Biroq, so'rovnomada ishtirok etgan respondentlar hammasi ham so'rovlarga to'liq javob berilmagan. Xususan, respondentlarning 274 nafari yoshini ko'rsatgan bo'lsa, 3 nafar talaba esa yoshi to'g'risida ma'lumot berishmagan. Shuningdek, guruh talabalari soni va ular o'rtasidagi munosabat to'g'risida ham ma'lumot to'liq berishmagan.
Respondentlarning 34,7 foizi shahar hududida doim
October 5-6
145
istiqomat qilishi, o'zlashtirishga ta'sir ko'rsatadi. Guruhda talabalar soni guruh talabalar tomonidan fanlarning o'zlashtirishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'rganilgan respondentlarda o'rtacha guruh talabalar soni 22 nafarni tashkil etgan. Biroq, respondentlarning aksariyati 2-kurs talabalari ishtirok etishi, ular tomonidan fanlarning o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. So'rovnoma natijalariga ko'ra fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi 2,159 tashkil etishi, ishtirokchilarning aksariyati a'lo va yaxshi bahoda fanlarni o'zlashtirganligini ifodalamoqda.
So'rovnoma qatnashchilarining o'rtacha yoshi 20,9 yosh. Guruhda talabalar o'rtasidagi munosabat fanlarning o'zlashtirishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'qishda, mustaqil ishlarning bajarilishida, darslik va fanlardan berilgan topshiriqlarni bajarilishidagi munosabatlar 5 ta sifat ko'rsatkichida ifodalanildi.
Ilmiy tadqiqot ishini o'rganishda talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi sifat ko'rsatkichida ifodalanildi, ya'ni qoniqarli -1; yaxshi -2 va a'lo -3 ko'rsatkichi bilan belgilandi. Shuningdek, mazkur o'zgaruvchi bog'iq o'zgaruvchi sifatida ifodalanildi. O'zgaruvchilardan talabalar yoshi va guruh talabalar soni miqdor ko'rsatkichda ifodalanilgan bo'lsa, ularning jinsi, grant yoki shartnoma asosida o'qishi, nechanchi kursda o'qishi, doimiy yashash hududi(shahar yoki qishloq hududi) va ular o'rtasidagi munosabatlar sifat ko'rsatkichida ifodalanildi. Shuningdek, ushbu o'zgaruvchilar mustaqil o'zgaruvchilar sifatida olindi.
Mustaqil o'zgaruvchilarning bog'iq o'zgaruvchiga ta'sirini iqtisodiy baholashda Ordered Logistic Regressiya(Ologit) modelidan foydalanildi. Talabalar tomonidan fanlarning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi sifat yoki tartibli o'zgaruvchi bo'lganligi uchun Ordered Logistic Regressiya(Ologit) modeli[13] mos keladi. Ya'ni[14], ilmiy tadqiqot ishida ikkitadan ortiq tushuntirishli o'zgaruvchilardan iborat bo'lgan bitta javob o'zgaruvchisi hisobga olinadi.
STATA-16" kompyuter dasturi vositasida, maskur modeldan foydalanib talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi mustaqil o'zgaruvchilarga iqtisodiy baho berildi.
Tahlil natijalari. Olingan tahlil natijalariga ko'ra (2 jadval), talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi(bog'liq o'zgaruvchi)ni mustaqil o'zgaruvchilar: yoshi, jinsi, grant yoki shartnoma asosida o'qishi, nechanchi kursda o'qishi, guruh talabalari soni, talabalarning doimiy yashash hududi(shahar yoki qishloq hududi) hamda talabalar o'rtasidagi munosabati 12,6 foizini izohlab kelmoqda. Talabalar tomonidan fanlarni
o'zlashtirishiga ularning jinsi, ya'ni erkak(o'gil) va ayol (qiz)
October 5-6
bo'lishi 1 foiz (p<01)likda sitatistik muhim ahamiyatga egaligi aniqlandi. Vaholanki, OTMlarida talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi, qaysiki ayol(qiz)lar erkak(o'g'il)larga nisbatan fanlarni yaxshi o'zlashtirishini tahlil natijalari ko'rsatmoqda. Xususan, fanlarni o'rtacha o'zlashtirish nisbatini 3,3 foizga oshiradi yoki erkak(o'g'il) talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi ayol(qiz) talabalarga nisbatan 3,3 foizga kam o'zlashtiradi.
2-jadval
Talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi omillarni
iqtisodiy baholash tahlili natijasi
Ozlashtirish Coef. St.Err. t- P- [95% Interval] Sig
value value Conf
Yosh -.048 .042 -1.14 .256 -.13 .035
Jins -.967 .281 -3.44 .001 -1.517 -.416 ***
Grant 1.201 .329 3.65 0 .556 1.846 ***
Kurs .496 .22 2.26 .024 .065 .927 **
G_talabalari -.063 .018 -3.54 0 -.098 -.028 ***
D_yashash .704 .286 2.46 .014 .144 1.264 **
T_munosa .438 .196 2.24 .025 .054 .822 **
cut1 -2.567 1.224 .b .b -4.967 -.167
cut2 1.562 1.217 .b .b -.824 3.948
Mean dependent var 2.162 SD dependent var 0.553
Pseudo r-squared 0.126 Number of obs 272.000
Chi-square 56.403 Prob > chi2 0.000
Akaike crit. (AIC) 409.233 Bayesian crit. (BIC) 441.685
*** p<.01, **p<.05, *p<.1
Biroq, OTMlarida davlat granti asosida o'qiyotgan talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi 1foiz(p<01)likda statistik muhim ahamiyatga ega. Ya'ni, davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar to'lov shartnoma asosida o'qiyotgan talabalarga nisbatan 20,1 foizga fanlarni o'rtacha o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. Davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan to'lov shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga nisbatan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'lishi, ularning stipendiya olishi natijasidagi moddiy ta'minoti bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
OTMda tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi bilan guruh talabalari soni o'rtasida bog'iqlik 1 foiz(p<.01)likda statistik ahamiyatga egaligi aniqlandi. Bunda guruhda talabalar sonining 1 nafarga oshishi, guruh talabalari
October 5-6
147
o'rtasida fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini 6,3 foizga kamaytirishi aniqlandi. Ya'ni, guruhda tahsil olayotgan talabalarning sonining oshishi, qaysiki fan o'qituvchilari tomonidan o'tilgan darslarni talaba tomonidan o'zlashtirishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuningdek, qishloq hududdida doimiy yashovchi talabalar shahar hududida yashovchi talabalarga nisbatan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini kamaytirishi aniqlandi. Xususan, shahar hududida yashovchi talabalar qishloq hududida yashovchi talabalarga nisbatan fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini 70,4 foizga oshirishi 5 foiz (p<.05)likda statistik muhim ahamiyatga ega ekanligi topildi. Vaholanki, doimiy ravishda qishloq hududida yashovchi talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi omillar, qaysiki vaqt sarfi yoki boshlangich ta'limda olingan bilim-ko'nikma[8] bo'lishi mumkin.
Guruh talabalari o'rtasida fanlarni o'zlashtirishda talabalar o'rtasidagi munosabatlar 5 foiz(p<.05)likda statistik muhim ahamiyatga ega bo'lib, fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini 43,8 foizga oshirishi mumkin.
Xulosa va takliflar
Ta'limga bo'lgan e'tiborning kuchayishi, ta'lim sifatining oshishiga va yoshlarning bilim olish imkoniyatini oshiradi. Xususan, aholining bilim olish darajasining oshishi mamlakatda kambag'allikning qisqarishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda, yoshlarni Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish qamrovini oshirish, ular tomonidan bilimlarni o'zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berishda Ordered Logistic Regressiya(Ologit) modelidan foydalanildi.
Olingan natijalar shuni ko'rsatmoqdaki, erkak(o'g'il) talabalar ayol(qiz) talabalarga nisbatan 3,3 foiz(p<01)ga fanlarni kam o'zlashtiradi. Biroq, talabalarning davlat granti asosida o'qishi fanlarni o'rtacha o'zlashtirishini 20,1 foiz(p<01)ga oshiradi. Guruhda talabalari sonining 1 nafarga oshishi, guruh o'rtacha o'zlashtirishini 6,3 foiz(p<01)ga kamaytiradi. Shahar hududida istiqomat qiluvchi talabalar qishloq hududida istiqomat qiluvchi talabalarga nisbatan 70,4 foiz(p<.05)ga fanlarni yaxshiroq o'zlashtiradi. Talaba guruhi o'rtasidagi munosabatning yaxshi bo'lishi, fanlarni o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichini 43,8 foiz(p<.05) ga oshiradi.
Hukumat tomonidan talabalar bilimi yoki ular tomonidan fanlarni o'zlashtirsh ko'rsatkichini oshirishda qabul kvotalarida davlat grantini oshirish, guruhda talabalar sonining optimal bo'lishiga, uzoq chekka qishloq hududida doimiy istiqomat qiladigan talabalarga ularning ko'chli bilim olishlari uchun moddiy rag'batlantirish yoki ijtimoiy yordam berishga, OTMlarda
turli tanlovlarning o'tkazilishiga e'tibor berish talab etiladi.
October 5-6
REFERENCES
1. Salam R. A., Das J. K., Lassi Z. S. and Bhutta Z. A., "Adolescent Health and Well-Being: Background and Methodology for Review of Potential Interventions," J. Adolesc. Heal., vol. 59, no. 2, pp. S4-S10, 2016, doi: 10.1016/j.jadohealth.2016.07.023.
2. Briar-Lawson K. and Austin S. Poverty, policy, and ideology. 2008.
3. Kaushik S. K., Kaushik S. and Kaushik S. "How higher education in rural India helps human rights and entrepreneurship," J. Asian Econ., vol. 17, no. 1, pp. 29-34, 2006, doi: 10.1016/j.asieco.2006.01.004.
4. Muratov Sh. A. Economic assessment of factors affecting the decision of households to engage in non-farm activities. //Irrigation and Melioration. - 2021. - Т. 2021. - №. 2. - С. 38-43.
5. Moulton J. "Improving Education in Rural Areas: Guidance For Rural Development Specialists," World Bank, no. January, pp. 1-39, 2001.
6. Nutbeam D. "Defining and measuring health literacy: What can we learn from literacy studies?," Int. J. Public Health, vol. 54, no. 5, pp. 303-305, 2009, doi: 10.1007/s00038-009-0050-x.
7. Verner D. "What Factors Influence World Literacy ?," World Bank Policy Res. Work. Pap., no. January, pp. 1-25, 2005.
8. Bigsten A., Kebede B., Shimeles A., and Taddesse M. "Growth and poverty reduction in Ethiopa: Evidence from household panel surveys," World Dev., vol. 31, no. 1, pp. 87-106, 2003, doi: 10.1016/S0305-750X(02)00175-4.
9. Eshonkulovna S. M., Taxmina K., Madina R. The concept of ICT competence of personnel. the importance of having ICT complement and information culture //Журнал Технических исследований. - 2019. - №. 4.
10. Abdurakhmanova G., Abduramano X. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti //Архив научных исследований. - 2020. - №. 15.
11. Muratov Sh. A. The economic assessment of factors affecting small household (tomorka) in rural areas and their income //irrigation and melioration. - 2021. - т. 2021. - №. 3. - с. 45-51.
12. Muratov Sh. A. Talabalar o'zlashtirish ko'rsatkichiga oila daromadining ta'siri //Academic research in educational sciences. - 2021. - т. 2. - №. NUU conference 1. - с. 107-112.
13. Nurullayev U. va boshqalar. Oliy ta'limda talabalarning
o'zlashtirish ko'rsatkichiga turli omülarnmg ta'sirini iqtisodiy
October 5-6
baholash. Agro-ilm jurnali. 2-son, 80-nashr. 2022-yil.
14. Fullerton A. S. A conceptual framework for ordered logistic regression models //Sociological methods & research. - 2009. - T. 38. - №. 2. - C. 306-347.
15. Nwakuya M. T., Mmaduka O. Ordered logistic regression on the mental health of undergraduate students //International Journal of Probability and Statistics. - 2019. -T. 8. - №. 1. - C. 14-18.
October 5-6