Научная статья на тему 'TALABALAR O’ZLASHTIRISH KO’RSATKICHIGA OILA DAROMADINING TA’SIRI'

TALABALAR O’ZLASHTIRISH KO’RSATKICHIGA OILA DAROMADINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

161
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALAR O’ZLASHTIRISH KO’RSATKICHIGA OILA DAROMADINING TA’SIRI»

TALABALAR O'ZLASHTIRISH KO'RSATKICHIGA OILA DAROMADINING TA'SIRI

Sh. A. Muratov

Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti

COVID-19 pandemiya sharoitida aholi jon boshiga daromadning 5 foizga qisqarishi, dunyo kambag'allar soni 2018 yilga nisbatan 80 milliondan oshib ketishi ilmiy asoslangan holda bashorat qilinmoqda [1]. Vaholanki, kambag'al yoki kam ta'minlangan oilalar soning oshishi, oila a'zolarining ta'lim olish darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Kam ta'minlangan oilalar farzandlarining ijtimoiy mavqeini o'zgartirishning muhim usuli - ta'lim hisoblanib, oila daromadi oila farzandining ta'lim darajasiga katta ta'sir ko'rsatadi va oila daromadining oshishi ularning ta'lim darajasini yaxshilaydi [2]. Shuningdek, ota-onalarning ta'lim darajasi, oilaviy daromadlar va o'quv qobiliyatlari ta'limni tanlashda muhim omil hisoblanadi [3]. Ya'ni, oilada farzandning kollejda yoki oliy ta'limda o'qish ehtimoliga oilaning daromadi va farzandining individual qobiliyati sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi [4]. Biroq, oliy ta'lim tizimiga ajratiladigan davlat byudjet cheklovlari, oliy ta'limga qo'yiladigan talablarning kuchayishi kam ta'minlangan oila farzandlari uchun oliy ta'limda o'qish imkoniyatini pasaytiradi. Natijada, mamlakat aholisi o'rtasida kambag'allikning oshishiga olib kelishi mumkin.

Oliy ta'lim- o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslangan, bakalavriat va magistratura bosqichidan iborat [5]. O'zbekistonda 2020 yilda oliy ta'lim muassasalari soni 131 tani tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilga nisbatan 54 taga oshgan. Shuningdek, ohirgi 5 yil davomida talabalar soni 2,1 martaga oshgan bo'lsa, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olishi 16 foizga o'sgan [6]. Biroq, OTMlarida ta'lim olish jarayoni to'lov-shartnoma asosida tashkil etilishi oilada a'zolarning OTMlarda o'qish imkoniyatlarini cheklasa, to'lov-shartnoma asosida o'qayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir ko'rsatadi. Oila a'zolarining ta'lim olishi yoki ta'limda fanlarni to'liq o'zlashtirilishi bevosita oila daromadiga bog'liqdir. Acemoglu D. va Pischke J.S.larning ilmiy tadqiqot ishida oilada daromadning 10 foizga oshishi, ta'limda qabulni 1,4 punktga oshirishiga ta'sir ko'rsatishini ilmiy asoslangan [7]. Biroq, daromadlar qishloq xo'jalik va noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar[8]dan shakllanib, tadqiqotchilar tomonidan ushbu daromadlar qay darajada fanlarni o'zlashtirishga ta'siri o'rganilmagan. Biroq, Sari R. va Soytas U.Lar

[9] ilmiy tadqiqot ishida daromadni ko'paytirish uchun boshlang'ich, o'rta ta'lim va oliy ta'limga sarmoya kiritish samarali bo'lishini ilmiy asoslagan. O'quvchi yoki talabaning ta'lim olishi uchun oila a'zolari tomonidan sarflanadigan pul mablag'lar uzoq muddatli investisiyalar hisoblanib, ularni qoplash muddatlari talaba tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga bog'liqdir. Vaholanki, ota-ona tomonidan farzandlari uchun sarflanadiga investisiyalar qiymati ularning qishloq xo'jaligi yoki noqishloq xo'jalik faoliyatida band bo'lishi bilan bog'liqdir. Oila a'zolarining noqishloq xo'jalik faoliyatida band bo'lishi qishloq xo'jaligida ish vaqtini kamayishiga ta'sir ko'rsatsa-da, oila daromadini kamayishiga ta'sir ko'rsatmaydi [10].

Ilmiy tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi oliy ta'lim muassasida talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi omillaga iqtisodiy baho berish va ularning bilimini oshirish borasida ilmiy asoslangan xulosa va takliflar berish.

Mazkur ilmiy maqolani o'rganishda onlayn so'rovnoma ma'lumotlaridan foydalanildi. Oliy ta'lim muassalarida 1-kurs talabalari tomonidan 1-semistrda o'tilgan fanlarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari yanvar va fevral oylariga to'g'ri kelishini e'tiborga olgan holda so'rovnoma mart oyida o'tkazildi. So'rovnoma - talaba tomonidan fanlarning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi (qoniqarli, yaxshi, a'lo), oilasining asosiy daromad(qishloq xo'jaligi, noqishloq xo'jalik faoliyati) manbasi, doimiy yaxshash hududi(qishloq, shahar), talaba o'qayotgan oliy ta'lim muassasasi joylashgan hudud (boshqa hudud, o'z hududi), o'qish kursi, o'qish shakli, yoshi, jinsi va oliy ta'lim muassasasida tashkil etiladigan tanlovlarda ishtirogi bilan bog'liq o'zgaruvchilar bilan shakllantirildi.

Respondentlar statistikasiga ko'ra (1-jadval), fanlarni o'rtacha o'zlashtirishi 2.142 tashkil etib, ishtirokchilarning aksariyati yaxshi va a'lo ko'rsatkichlarda fanlarni o'zlashtirganligini ko'rsatmoqda.

1-jadval

Respodentlar tavsifi va statistikasi

O'zgaruvchilar Min Max

O'rtacha

St.og'ish

talim bahosi

2.142 .46

.569 .499

1 0

3 1

bosh hududi OTM

.484

.5

0

1

nonfarm_daromadi

Yashash_hududi tanlov_ishtirogi

.385 .28

.487 .45

0 0

1 1

108

www.ares.uz

oqish_kursi grant_shart erkak_jinsi Yoshi

2.075 .229 .684 21.80

1.413 .421 .465 3.251

1 0 0 17

6 1 1

32

4

*Manbaa: Muallif tomonidan o'tkazilgan ijtimoiy so 'rovnoma ma 'lumotlari

Talabalar oilasining asosiy daromadida noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar hissasi 48,4 foizi to'g'ri kelishi, qaysiki oilalarning shahar hududida joylaganligi bilan ifodalash mumkin. Biroq, respondentlarning 38,5 foiz shahar hududida doimiy yashashi qishloq hududida joylashgan ayrim oila xo'jaliklarining ham asosiy daromadi noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar tashkil etishini ko'rsatmoqda.

Olingan so'rovnoma ma'lumotlarini tahlil qilishda, bir bog'liq o'zgaruvchiga bevosita va bilvosita mustaqil o'zgaruvchilarning ta'sirini iqtisodiy baholashda Path modelidan foydalanildi. "STATA-16" kompyuter dasturidan foydalanib, Path model orqali talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ta'sir etuvchi mustaqil o'zgaruvchilarga iqtisodiy baho berildi.

Olingan tahlil natijalariga ko'ra, talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar, yashash hududi, OTMlarda o'tkaziladigan tanlovlarda talabalarning ishtirok etishi, o'zi doimiy yashayotgan viloyat yoki shaharda joylashmagan, ya'ni boshqa hududda joylashgan OTMlarida o'qishi, talabalarning o'qish kursi, o'qish shakli va ularning jinsi 1 foiz(p<.01)likda statistik muhim ahamiyatga egaligini izohlamoqda.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 109 www.ares.uz

Respondentlar - 538 nafar *** p<.01, ** p<.05, *p<.1

1-chizma. Talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarni iqtisodiy baholashda Path model tahlil natijalari

Doimiy yashash hududi qishloq hududida bo'lgan talabalar shahar hududida doimiy yashashga ega bo'lgan talabalarga nisbatan fanlarni o'zlashtirish imkoniyat yuqoriligini model tahlil natijalari izohlamoqda. Qishloq hududida doimiy yashash hududiga ega bo'lgan talabalar uchun, qaysiki OTMda tahsil olish jarayonida ijara xonadoni yoki OTM talabalar yotoqxonasida vaqtincha yaxshashi yoki qishloqda uy xo'jalik ishlaridan holi bo'lishi fanlarni o'zlashtirish uchun vaqt imkoniyatini beradi. Shuningdek, erkak(og'il) talabalarga nisbatan ayol(qiz) talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish imkoniyati yuqoriligini ko'rsatmoqda.

Talabalarning davlat granti asosida tahsil olishi fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini ifodalamoqda. Biroq, Oliy ta'lim tizimida shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun shartnoma to'lov miqdorini tabaqalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi ular tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga salbiy ta'sir ko'rsatishini izohlamoqda. Vaholanki, barcha OTMlarida turli tanlovlarning o'tkazilishi va unda talabalarning ishtirogi talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini model tahlil natijalari ko'rsatmoqda. Boshqa hudud (viloyat yoki shahar)da joylashgan OTMlarida tahsil olayotgan talabalar

o'z hudud(viloyat yoki shahar)ida joylashgan OTMlarida o'qayotgan talabalarga nisbatan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqoriligini model tahlil natijalari ifodalamoqda. Bunda, Oliy ta'lim tizimida talabalarni bir hudud OTMdan ikkinchi hudud(talaba hududi) OTMiga o'qishni ko'chirishni cheklanishi talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, talabalar tomonidan boshqa hudud OTMlarida tahsil olishi bevosita oila daromadiga bog'liq bo'lib, OTMlarida turli tanlovlarni o'tkazilishi va ularda talabalarning ishtirogi oila daromadi ta'sirini yumshatishi mumkin. Ushbu olingan tahlil natijalariga asoslanib, talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarga iqtisodiy baho berildi.

Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ularning oila daromadi ta'siri ko'rsatadi. Ya'ni, qaysiki oilada noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlar oila farzandlarining OTMlarida fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, doimiy yashash hududi qishloqda joylashgan talabalar shaharda doimiy yashashga ega bo'lgan talabalarga qaraganda fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqoriligi aniqlandi. Xususan, qishloq hududida doimiy yashashga ega bo'lgan yoshlar viloyat markaziga yoki boshqa viloyatda joylashgan oliy ta'im muassasasiga o'qishi, qaysiki jihatdan fanlarni o'zlashtirishga vaqt imkoniyati va uy xo'jalik ishlarida holi bo'lishi ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Vaholanki, oliy ta'lim tizimida boshqa hududda joylashgan oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning o'qishini o'z hudud (viloyat)idagi oliy ta'lim muassasasiga ko'chirishda cheklovlarni kiritish talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq, uzoq hududda talabalarning o'qish imkoniyatiga oila daromadi ta'sir ko'rsatadi. Vaholanki, oliy ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasida turli xil tanlovlarning tashkil etilishi, tanlov ishtirokchilari va g'oliblarni rag'batlantirilishi bir tomondan, oila daromadi ta'sirini yumshatsa, ikkinchi tomondan talabalar tomonidan fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'lim to'g'risida. O'RQ-637 23.09.2020

2. Sumner A., Hoy C., Ortiz-Juarez E. Estimates of the Impact of COVID-19 on Global Poverty. - WIDER working paper, 2020. - №. 2020/43.

3. Lin T., Lv H. The effects of family income on children's education: An empirical analysis of CHNS data //Research on Modern Higher Education. - 2017. - T. 4. -C. 02002.

4. Kodde D. A., Ritzen J. M. M. Direct and indirect effects of parental education level on the demand for higher education //Journal of Human Resources. - 1988. - C. 356371.

5. Kinsler J., Pavan R. Family income and higher education choices: The importance of accounting for college quality //Journal of human capital. - 2011. - T. 5. - №. 4.

- C. 453-477.

6. https://edu.uz - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining statistik ma'lumotlari.

7. Acemoglu D., Pischke J. S. Changes in the wage structure, family income, and children's education //European Economic Review. - 2001. - T. 45. - №. 4-6. - C. 890-904.

8. Reardon T. et al. Effects of non-farm employment on rural income inequality in developing countries: an investment perspective //Journal of agricultural economics.

- 2000. - T. 51. - №. 2. - C. 266-288.

9. Sari R., Soytas U. Income and education in Turkey: A multivariate analysis //Education Economics. - 2006. - T. 14. - №. 2. - C. 181-196.

10. Hoang T. X., Pham C. S., Uluba§oglu M. A. Non-farm activity, household expenditure, and poverty reduction in rural Vietnam: 2002-2008 //World Development. - 2014. - T. 64. - C. 554-568.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.