Научная статья на тему 'OLIY TA`LIM JARAYONIDA KOOPERATIV YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISh'

OLIY TA`LIM JARAYONIDA KOOPERATIV YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISh Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
290
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kooperativ / hamkorlik / ta`lim / tarbiya / ilm / yoshlar / talaba / o`quvchi / bilim / rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nilufar Omonova

Ushbu maqolada oliy ta`lim sohasida tahsil olayotgan bo`lajak kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirib borish. Talaba-o`quvchilar o`rtasida ta`lim sifatini yanada takomillashtirish. Hamkorlikni rivojlantirishda pedagogik asoslardan samarali foydalanishning ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIM JARAYONIDA KOOPERATIV YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISh»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. OLIY TALIM JARAYONIDA KOOPERATIV YONDASHUVNI

RIVOJLANTIRISh

Nilufar Omonova

Termiz davlat Unversitetining 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.

Pedagogik ta' limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta lim sohasida tahsil olayotgan bo'lajak kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirib borish. Talaba-oquvchilar o'rtasida talim sifatini yanada takomillashtirish. Hamkorlikni rivojlantirishda pedagogik asoslardan samarali foydalanishning ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan.

Kalit so'zlar: Kooperativ, hamkorlik, talim, tarbiya, ilm, yoshlar, talaba, o'quvchi, bilim, rivojlantirish.

Yoshlik-kelajak va ezgulik sari intilish davri. Yoshlar esa jamiyatning asosiy kuchidir. O'zbekiston yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakatiga aylandi. Oqish, bilim egallab, kasb o'rganish uchun yaratilgan sharoitlarning esa ayni vaqtda cheki yo'q.

Bugungi kunda yuqori malakali, har tomonlama rivojlangan, mahoratli, dunyoqarashi keng va chuqur texnik bilimga ega yosh kadrlarni tayyorlash-ishlab chiqarishdagi eng muhim masalalardan biridir. Zamonaviy universitetlar professional bilimdon, mustaqil fikrlaydigan o'quvchi-talabalarga muhtoj.

Bu yo'lda bir qator ibratli ishlar amalga oshirildi. Xususan, hukumatimiz tomonidan bunday islohotlar yo'lida muhum qadam vazifasini o'tagan "Ta'lim to'g'risidagi qonun", taraqqiyotimizning dastlabki demokratik asosi bo'lgan taraqqiyotning "O'zbek modeli", Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo' sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha qabul qilingan "Besh tashabbus", 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya" konsepsiyasi bularning barchasi yoshlar uchun berilyotgan talim sifatini yanada oshirish, talim oluvchilar qomrovini kengaytirish uchun qilinayotgan ishlardir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Yoshlar — Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida "Yangi O'zbekiston — Uchinchi Renessans"1 g'oyasining ro'yobga chiqarilishini ta'minlash ishlarining boshlanishi yoshlar qudratli kuch ekanligi, ularning qudratini yanada oshirish uchun bilim darajasini oshirish zarurati asosiy omilligini anglaymiz.

1. 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni. lex.uz

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Bugun talim dargohlarida amalga oshirilayotgan kooperativ yondashuv asosida affiliativ motivatsiyaning rivojlanishi talaba-yoshlarda talim samaradorligining oshishida, o'quvchilar o'rtasida hamkorlikda ishlash munosabat motivatsiyasining shakllanishida birlamchi rol o'ynaydi. Shu bois, talabalarda koopertiv yondashuv asosida affiliativ yondashuvni rivojlantirish pedagogikaning turkum fanlarining muhim yo'nalishi sifatida o'rganiladi.

Koopertativ yondashuvning asosi-hamkorlikdir. Hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kunlik qizg'in aqliy mehnatga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, oz kuchi va qobiliyatiga bolgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda masuliyat hissini shakllantirishni kozda tutadi.

Hamkorlikda o'qitish usulini amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalar:

1. Evristik suhbatlar;

2. Umumiy suhbatlar;

3. Ekskursiyalar;

4. Darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o'stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar;

5. Talimning korgazmali metodlari;

6. Mustaqil ishlar;

7. Dars jarayonida og'zaki rasm chizish;

8. Imo-ishorali ko'rinishlar va boshqalar kiradi.2

Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, talim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlikda o'qitish mashg'ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni oz ichiga oladi.

Hamkorlikda o'qitish mashg'ulotlarini tashkil qilishda: o'qituvchi-sinf, o'qituvchi -kichik guruh, o'qituvchi - katta guruh, o'qituvchi -o'quvchi, o'quvchi -o'quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruh-kichik guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qollaniladi.

Hamkorlikda o'qitish - bu o'qituvchining talim-tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka oquvchi hamda butun sinf bilan ozaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o'quvchilarning ham o'zaro qollab - quvvatlovchi

2. 2 Saidahmedov N., Abdurahmonov O. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. T.: RTM, 1999. - 27 b.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. hamkorligini amalga oshirishdagi instruktiv va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. Oquvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va o'zlariga hamda o'z guruhlaridagilarga birgalikda yordam berishadi. Umuman, hamkorlikda o' qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga yega:

1. Oquvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki bajarilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o'zlashtiriladi.

2. O quvchilar 2-5 a'zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.

3. Oquvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o'rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.

4. Oquvchilar ijodiy va mustaqil bo'lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga yerishish yoki o'rganish faoliyati bo'yicha ishlarni tashkil etish, o'quvchilarning bir-birlariga ko'maklashishlari talab etilganini hisobga olgan holda tuzilgan bo'ladi.

5. Oquvchilar o'z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o'qishga, ta'lim olishga, shaxsan mas'uliyatli va javobgardirlar.3

Hamkorlikda o'qitish nima uchun kerak degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin:

Hamkorlikda o'qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:

— o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi;

— o'quvchilarga beriladigan o'quv vazifalari ular o'rtasida taqsim qilinib, o'zlashtirilgan kognitiv axborotlar to'plamini beradi;

—o'quvchilarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg'otadi;

— o'quvchilarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;

— axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;

— o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;

— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni oldinga suradi.

Hamkorlikda o'qitish usullariga asoslangan mashg'ulotlarni o'ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo'llash tizimi mavjud bo'lib, quyida shu mashg'ulotlardan ayrim namunalarni ko'rsatib o'tamiz:

— uch pog'onali intervyu;

— davra suhbati;

— ro'yhat tuzish;

— muammolar yechishni tashkil qilish;

3. 3 Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.: Nasaf, 2000. - 19 b.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

- bir daqiqalik ishlar;

- juftlik izohlari;

- muammoni jo'natish;

- baholash chizig'i;

- kam uchraydigan birlik;

- jamoa kutuvi;

- ikki qismli kundalik;

- o'zaro savol yo'llash.4

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi o'quvchining talim olishidagi muvofaqiyati guruh muvofaqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga, o'quv materialini to'liq o'zlashtirishga yordam beradi.

Pedagogik hamkorlikning to'g'ri tashkil etilishi talabalarda o'quv materialini samarali o'zlashtirish bilan birgalikda ular o'rtasida munosabat birligining yaratilishi uchun ham zamin boladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga keldik:

- oliy talimda o'qiyotgan bo'lajak o'qituvchilarning ilmiy salohiyatini ortirib, kasbiy qobiliyatini oshirish;

- kooperativ yondashuvining amalga oshirilishi asosida talabalar o'rtasida munosabat o'rnatishda paydo bo'luvchi to'siqlarni olib tashlash.

- talabalarning psixologik holati va aqliy salohiyatini hisobga olgan holda ular o'rtasida sog'lom munosabatni tashkil etish;

- o'quvchi-yoshlar o'rtasida yaratilgan hamkorlikning holatini yaxshilash orqali ular o'rtasida do'stona raqobatni yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash va ularning sifatli talim olish zaruriyatini oshirish uchun affiliativ motivatsiyani rivojlantirish;

Xulosa shuki, bu tizim o'quvchi talabalarga talim olishning barcha yo'nalishda bilimlarini oshirib borishiga komaklashadi. Ularga talim berish jarayonida samarali metodik yondashuv asosida ish ko'rish esa yoshlar dunyoqarashining shakllanishi va bilim darajasining yuksalishiga imkon beradi. Kooperativ yondashuv yani talabalarning talim jarayonidagi hamkorligi ularning ilmiy salohiyatining o'sishida va sifatli talim jarayonining amalga oshishida samaralidir.

4 A. Xoliqov "Pedagogik mahorat" T.: "Iqtisod-moliya" 2010 y 312 b.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni. lex.uz

2. Saidahmedov N., Abdurahmonov O. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. T.: RTM, 1999. - 287 b

3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Q.: Nasaf, 2000. 377 b.

4. A. Xoliqov "Pedagogik mahorat'' T.: "Iqtisod-moliya" 2010 y 520 b.

5. X.Sharafutdinova O'quv-metodik majmua. Pedagogik faoliyat psixologiyasi. Termiz-2019

6. http://www.pedagog.uz

7. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent, "O'zbekiston".

8. Internet ma'lumotlari.

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

10. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

11. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

12. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.