TALABALARDA IJTIMOIY TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Latipova Nigora Isakovna
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10114230
Annotatsiya. Maqolada pedagogika oliy ta 'lim tashkiloti talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning mohiyati bayon etilgan, shuningdek muammoning olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi tahlili keltirilgan
Kalit so'zlar: talabalar, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, rivojlantirish, pedagogik mexanizm, sifatlar, kompetensiya, yondashuv.
Kirish. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ta'lim sifati kadrlarning tashabbuskorlik qobiliyatlari, ularning innovatsion, kreativ faolligining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda talabalarning tashabbuskorlik qobiliyatlarini ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbop o'yinlar, teleko'rsatuvlar, debatlar asosida rivojlantirish amaliyoti keng joriy etilgan. Ta'lim jarayonini baynalminallashtirish asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ, tashabbuskor kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan.
Jahonda ta'limning globallashuvi jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlarini, talabalarning shaxsiy autopsixologik qobiliyatlari, kognitiv-ijodiy faoliyatlarini o'zaro muvofiqlashtirib takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ilmiy-pedagogik izlanishlarning istiqbolli yo'nalishlari bo'lajak kadrlarda kasbiy tashabbuskorlikni rivojlantiruvchi pedagogik-psixologik imkoniyatlarni kengaytirishda, ularda tashabbuskorlik madaniyatini loyihalashtirishni tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda yoshlarni madaniyat, teatr, sa'natga qiziqtirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanish, kitobxonlikni targ'ib qilish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida beshta muhim tashabbus ishlab chiqilgan bo'lib, u, o'z navbatida, talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz ta'lim tizimida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishning normativ-huquqiy bazasi yangilandi, moddiy-texnik infrastrukturasi yaratildi. Oliy ta'lim muassasalarini strategik rivojlantirishning «yo'l xarita»lari ishlab chiqildi, xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma fakultetlar, universitet filiallari tashkil etildi va etilmoqda. Ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bo'lajak kadrlarda tashabbuskorlikni rivojlantirish, ularning kreativ salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Natijada pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. Uzluksiz ta'limda talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy, estetik, ekologik, badiiy, valeologik, tarixiy tafakkur bilan aloqadorligi B.Adizov, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, U.Maxkamov, S.Nishonova, X.Rashidov, D.Ro'zieva, R.Safarova, B.Xodjayev, Sh.Sharipov, D.Sharipova, Sh.Shodmonova, N.Egamberdieva, F.Yuzlikaev, E.Yuzlikaevalar tomonidan tadqiq etilgan.
Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning yosh davrlari va kasbiy kamolot bilan bog'liq o'ziga xosliklari bo'yicha A.Akilova, A.Ortiqov, R.Isyanov, X.Qosimova, N.Muslimov,
D.Xikmatuliev, T.Chabrova, R.Yuldashevlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. B.Ananev, A.Asmolov, L.Bojovich, N.Kuzmina, D.Pojarskiy5lar tomonidan tashabbuskorlikni rivojlantirishning psixologik va akmeologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning innovatsion modellari xorijlik olimlardan G.Bailey, R.Costello, M.Fullan, D.Jacobsen, D.Ritchie, L.Smith, & P.Keithlar tomonidan o'rganilgan.
Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: talabalarda tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirishning aksiologik va antropologik komponentlari va etnik-hududiy omillari milliy mentalitet va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan (The Center for Social Sciences in Seoul National University); talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari va integral diagnostik tizimi shaxslararo samarali muloqot texnikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan (Moskva davlat universiteti); talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish modellari «Liderlik maktabi» konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan (New York City Leadership Academy); talabalarda tashabbuskorlik Talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: talabalarda tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirishning aksiologik va antropologik komponentlari va etnik-hududiy omillari milliy mentalitet va ijtimoiy hamkorlik tamoyillarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan (The Center for Social Sciences in Seoul National University); talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari va integral diagnostik tizimi shaxslararo samarali muloqot texnikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan (Moskva davlat universiteti); talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish modellari «Liderlik maktabi» konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan (New York City Leadership Academy); talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish (Toshkent davlat pedagogika universiteti)
Jahonda pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirish bo'yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini ta'minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish; talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish; talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning konseptual asoslarini takomillashtirish; talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik diagnostik apparati va metodikalar majmuini takomillashtirish.
Tadqiqot natijalari. Intellektual rivojlangan, raqobatbardosh barkamol shaxs uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni va sifatli pedagogik faoliyatning natijasidir. Shunga ko'ra, talabalarda mustaqillik va o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadigan, tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi va har bir ta'lim oluvchining kelajakda xo'jalik va madaniy faoliyatni tashkil etishda faol ishtirok etishini ta'minlashga yo'naltirilgan tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish talab etilmoqda. Tadqiqot jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik muammo, balki muhim ijtimoiy ahamiyat ham kasb etishi haqidagi xulosaga kelindi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jarayoni ko'p jihatdan talabalarda tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirish asosida o'zini-o'zi tashkillashtirish, o'zini-o'zi rivojlantirish, o'zini-o'zi namoyon etish qobiliyatiga ega fuqaroni tarbiyalashga bog'liqdir. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish ijtimoiy buyurtma va malaka talablari natijalarining o'zaro muvofiqligini ta'minlashga yo'naltirilgan, hayotiy zarur, shaxslilik xususiyatlarini namoyon etish
asosida ta'lim oluvchi va butun jamoa uchun zarur ijtimoiy qadriyatlarga yo'nalganlikka ega amaliy faoliyatni tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik jarayon degan xulosaga kelindi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda axloqiy, irodaviy sifatlar, emotsional xislatlarning namoyon bo'lishi va ko'rinishlari ham tadqiq etildi.
Tahlillar asosida talabalarda rivojlantirilishi lozim bo'lgan tashabbuskorlik sifatlari tizimi aniqlashtirildi: intizomlilik - o'zini-o'zi tashkillashtirish, javobgarlikni his qilish, shaxsiy maqsadlar va ijtimoiy ko'rsatmalarga bo'ysunishga tayyorlik; mustaqillik - shaxsning ichki pozitsiyasi, o'zgalarning yordamisiz faoliyatni takomillashtirish uchun zarur bilim, ko'nikma va malaka hamda kompetensiyalar tizimi; ishchanlik - o'quv, mehnat va ijtimoiy faoliyatda aniq maqsad asosida harakat qilish, o'zining kuch va g'ayratini safarbar etish; tashabbuskorlik -o'quv va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi g'oya va takliflarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatda namoyon etishga qodirlik;
maqsadga yo'nalganlik - hayotiy pozitsiyasini aniq belgilay olish va o'z maqsadiga erishish usullarini modellashtirish qobiliyati; mas'uliyatlilik - jamiyat tomonidan belgilangan xulq-atvor me'yorlariga muvofiq o'z xatti-harakatlari natijalarining to'liq anglanishi, berilgan topshiriq va vazifalarni o'z vaqtida hamda bekamu-ko'st bajarish istagi;
mehnatsevarlik -shaxsning mehnat faoliyati jarayoniga ijobiy munosabatining namoyon bo'lish shakli bo'lib, xohish-istak, iroda va faollik kabi xususiyatlarning integrallashuvi; muloqotchanlik -birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlik, shaxslararo munosabatga ochiqlik, o'zaro hurmat va samimiylik asosida ichki hissiyot va intilishlarini namoyon etish;
olijanoblik - doimiy yordamga, muruvvat va saxovat ko'rsatishga shaylik, boshqalarning yutuqlari va qayg'ulariga hamdard bo'lish; qat'iylik - aniq va to'g'ri qarorlar qabul qilish asosida masalaning echimini topishda jonbozlik ko'rsatishga doir shaxsning irodaviy sifati; tolerantlik -o'zgalarning dunyoqarashi, diniy e'tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an'ana va marosimlariga hurmat-ehtiromda bo'lish, muomala-munosabatda kamsitish va tahqirlashlarga yo'l qo'ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-ko'yda bunga rioya etish.
Muhokama. Tadqiqot natijalariga ko'ra, tashabbuskorlikka doir kompetensiya o'zida bilim, ko'nikma va malakalarni aks ettirishi aniqlandi. Tashabbuskorlikka doir bilimlar tashabbuskorlik sohasiga doir ma'lumotlar, tasavvurlar, shaxs va jamoaning o'ziga xosliklari haqidagi bilimlar hamda tashabbuskorlikka qo'yiladigan talablar majmuini o'zida ifoda etadi. Tashabbuskorlikka doir kompetensiyaning muhim komponenti bo'lgan tashabbuskorlikka doir ko'nikmalar ishni rejalashtirish, individual va jamoa ishini uyg'unlashtirish, motiv hosil qilish, guruh faollari bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va hisobga olish, o'zini-o'zi nazorat qilish, jamoa a'zolari o'rtasida vazifalarni taqsimlash va o'z vaqtida ularning funksiyalarini maqbullashtirish kabi muhim jihatlarni o'z ichiga qamrab oladi. Tashabbuskorlik qobiliyati o'zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi komponentlarga yaxlit tizim sifatida qarashni talab etadi: tashabbuskorlik tuyg'usi - intuitsiya, psixologik eruditsiya va novatorlik uyg'unligi; emotsional-irodaviy ta'sir ko'rsatish - jamoani muammolar echimini izlab topishga jalb etish, ularning kuch va imkoniyatlarini to'g'ri baholay olish, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish; tashabbuskorlik faoliyatiga moyillik - emotsional his-tuyg'u, faollik ko'rsatish, qat'iy hayotiy pozitsiyasini tarkib toptirish. Tashabbuskorlikka doir kompetensiyaning mohiyati unga doir faoliyat tavsifi bilan o'zaro bog'liq bo'lib, faoliyatni tashkil etish shakllari, tashkiliy tuzilmalar birligi sifatida namoyon bo'ladi. Tashabbuskorlik faoliyati deganda umumiy maqsadga erishish
uchun ta'lim oluvchilar guruhini uyushtirishga yo'naltirilgan o'zaro aloqador harakatlar tizimi tushuniladi. Tajriba-sinov ishlari natijasida talabalarda tashabbuskorlikka doir kompetensiyalarni shakllantirish mezonlari sifatida quyidagilar aniqlandi: motivatsion (tashabbuskorlikka doir kompetensiyalarni egallash, tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishga doir motivlar tavsifi); kognitiv (shaxs va jamoaning o'ziga xosliklari, tashabbuskorlikka doir va o'quv faoliyatining maqsad, vazifalarini tushunish, tashabbuskorlikka doir faoliyat mazmuni, tuzilishi va texnologiyasiga doir bilimlar); faoliyatga doir (ishni rejalashtirish, individual va jamoa ishini uyg'unlashtirish, motiv hosil qilish, guruh faollari bilan ishlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va hisobga olish, o'z-o'zini nazorat qilish); shaxsiy-individual (ijtimoiy ta'sir ko'rsatishga qobiliyatlilik, talabchanlik, tanqidiylik, qabul qilingan me'yorlardan og'ishishni tahlil etish qobiliyati).
Xulosa. Tadqiqot jarayonida auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishda quyidagi tizimga asoslanildi: auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarni loyihalash va rejalashtirish; ularning metodik ta'minotini yaratish; bunda mashg'ulotlarni tashkil etishda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalaridan foydalanish; mashg'ulotlar jarayonini interfaol yondashuv asosida tashkil etish; mashg'ulotlar jarayonida diagnostik va korreksion metodikalardan samarali foydalanish. Shuningdek maqsadga yo'naltirilgan pedagogik ta'sir ko'rsatish jarayoni (oila, ta'lim, ommaviy axborot vositalari), makro va mikroijtimoiy hayot faoliyati sharoitlari tashabbuskorlikni rivojlantirishning manbai hisoblanadi. O'quv jarayonining tarbiyaviy imkoniyatlari, oliy ta'lim muassasasi va guruh an'analari, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar amaliyoti, talabalarning o'z-o'zini boshqaruvi, talabalarning madaniy ommaviy va ijodiy faoliyati, sport-sog'lomlashtiruvchi tadbirlar talaba yoshlarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning an'anaviy vositasi bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. 1.Абулханова-Славская К.А. Развитие личности в процесе жизнедеятельности. М.: Наука, 2000. - 246 с. 27.
2. Абулханова-Славская К.А. Стратегия жизни. - М.: Мысл, 2000. - 188 с.
3. Базавлуская, Л. Формирование организаторской културы у будущих менеджеров. Автореф. ... дис. - Челябинск, 2011. - 28 с. 50
4. Adizov B.R. Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped.fan.dok.diss. - Buxoro, 2002. - 276 b.
5. 5.Mardanov Sh.D. Pedagogik kadrlarni ta'limiy qadriyatlar asosida tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik asoslari. Ped.fan.dok.diss. - Toshkent, 2006. -302 b.
6. 6.Musurmonova O. Yuqori sinf o'quvchilari ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped.fan.dok.diss. - T., 1993. - 364 b.
7. Maxkamov U.I. Yuqori sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari. Ped.fan.dok. diss. - Toshkent, 1998. - 287 b.
8. Nishonova S. Sharq uyg'onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi. Ped.fan.dok.diss. - Toshkent, 1998. - 288 b.
9. Рашидов Х.Ф. Особенности развития среднего специального, профессионального образования в Узбекистане. - Ташкент: Фан, 2009. - 287 с.
10. Ruzieva D. Oliy ta'lim muassasasi talabalarida milliy iftixor tuyg'usini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Ped.fan.dok.diss. - Toshkent, 2007. -255 b.
11. Soyibnazarov.A.I. The Purpose, Objectives And Status Of Training School Teachers Using An Online Platform. JournalNX, 2020.
12. Soyibnazarov.A.I. Development of Study Skills in the Development of School Teachers on the Basis of Public Online Open Courses. International Journal on Orange Technologies, 2020.
13. Сойибназаров.А.И. Таълимда янгича ёндашув тахлили: Смарт Таълим. Научный журнал Ферганского государственного университета, 2023 г.
14. Isakovna, L. N. (2023, Yanvar). 5 VA 9-sinf o'quvchilarida sinfdan tashqari mashg'ulotlar tadbirlar orqali ijtimoiy tashabbusni rivojlantiradi. Yilda Elektron Konferentsiya Zonasi (pp. 1-14).