Научная статья на тему 'TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA’LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK'

TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA’LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
104
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
islohot / ta’lim / ijtimoiy faollik / faol fuqarolik / kompetensiya / yetuk / barkamol / shaxs / jamiyat / demokratiya / adolat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdug‘aniyev Ozod Tursunboy O‘g‘li

Mazkur maqolada talaba-yoshlarni faol fuqarolik tashabbuskorliklarini rivojlantirish, intelektual salohiyatli barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faol fuqarolik ta’limi, fuqarolik burchi, majburyati va huquqlarni bilish, unga rioya etish, huquqiy munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish kabi sifatlar talabalarni professional kasb egasi bo‘lib voyaga yetishining pedagogik-psixologik ta’sir etish yo‘llari yoritib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA’LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK»

TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA'LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK Abdug'aniyev Ozod Tursunboy o'g'li

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutui Ilmiy kotibi

p.f.f.d., (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7927389

Annotatsiya. Mazkur maqolada talaba-yoshlarni faol fuqarolik tashabbuskorliklarini rivojlantirish, intelektual salohiyatli barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faol fuqarolik ta'limi, fuqarolik burchi, majburyati va huquqlarni bilish, unga rioya etish, huquqiy munosabatlarda muomala va huquqiy madaniyatga ega bo 'lish kabi sifatlar talabalarni professional kasb egasi bo'lib voyaga yetishining pedagogik-psixologik ta'sir etish yo'llari yoritib o'tilgan

Kalit so'zlar: islohot, ta'lim, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik, kompetensiya, yetuk, barkamol, shaxs, jamiyat, demokratiya, adolat

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarga ta'lim-tizimida olib borilayotgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatmoqda. «Islohot - bu yangilanish, o'zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o'zgarishi kerak. Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi»[2, 252-b]. Chunki, har qanday islohot zamirida yoshlarimiz faolligi, tashabbuskorligi va ularning ilmi-ijodiy g'oyalarini qo'llab quvvatlash ishlarini olib borilishi jamiyat ertangi kuni farovonligidan dalolat beradi. Shuning uchun, talabalarning ijtimoiy hayotda faolligini rivojlantirish, adolat, huquqiy tenglik, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo'lida eng muhim tashabbuskor omil bo'lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yoshlarning har tamonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetishida jamiyat taraqqiyoti muhim o'rin tutishi bilan birga, uning ijtimoiy faol fuqaro bo'lib faollashuvi muhim o'rin tutadi. Talabalarda ijtimoiy tashabbuskorligini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masala bo'lib bormoqda. Fuqaro, faol fuqarolik tushunchalari mazmun mohiyati to'g'risidagi tasavvur bilan bog'liq yondashuvlar, turli darvlarda turlicha talqin qilingan. Ijtimoiy faollikni rivojlantirish ta'limining maqsadi, doimo insonni jamiyatda faol faoliyatga, davlatning ijtimoiy -siyosiy hayotida ishtirok etishga, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishga intilish bo'lgan. Shunga qaramay, inson hayotida davlat va jamiyatning roli turlicha talqin etilgan.

Talabalarda ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini aniqlashtirish, bizningcha quyidagi fikr mulohazalarni ta'kidlab o'tish imkonini berdi:

- yosh avlodni tarbiyalashda fuqarolik jamiyatining asosiy vazifasi -ijtimoiy faol fuqaroni kamol toptirish;

- talabalarga demokratik davlat qurish g'oyasini singdirib borish orqali jamiyat hayotning barcha sohalarida ijtimoiy faol ishtirokini ta'minlash;

- talabalarda millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, xalq farovonligi, komil inson g'oyalarini singdirgan holda fuqarolik jamiyatini qurishda faol ishtirokini ta'minlash;

- talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash va ularda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy savodxonlikni rivojlantirish;

- Talabalarda ijtimoiy faolligi rivojlanishi «Mentorlik», «Talaba minbari» kabi ijtimoiy loyihalarda faollik ko'rsatish orqali oshirib borish;

- talabalarni oliy ta'lim muassasalaridagi, «Yoshlar ittifoqi uyushmalari faoliyatida faol

ishtirok etish, o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyatiga keng jalb etish» orqali ijtimoiy faolligini rivojlantirish mumkin.

Talabalar oliy ta'lim muassasasi ijtimoiy hayotida, tashabbuskor va volontyorlik guruhlar, o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, «Iqtidorli yoshlar» fan klublari faoliyatida jumladan, talabalar, ota-onalar kengashlari faoliyatini rivojlantirish orqali «ta'lim muassasasi talabalari va ota-onalar» o'rtasida faol hamkorlik muhitini yaratish orqali ko'zlangan maqsadga yetish mumkin.

Ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish sharoitlari orasida ob'ektiv (ta'lim muassasasining demokratik hayot tarzi, uning tarbiyaviy tizimining ochiqligi, ta'lim va tarbiya texnologiyalari va b.q.) hamda sub'ektiv (ijtimoiy tashabbuskorlik va pedagoglarning shaxsiy sifatlari) sharoitlar orqali rivojlanadi. Ammo ijtimoiy tashabbuskorlikning mazkur mezonlarni aniqlashtirish, jumladan ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish bilan qiyoslash va ularda baholash mezonlari va vositalarini aniqlashni talab etadi.

Demak, ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili "ijtimoiy tashabbuskorlik - bu inson o'z hayot faoliyatida, fuqarolik jamiyatining faol a'zosi bo'lishi, uning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etish, faol fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan qobiliyati va tayyorgarligi natijasidir" deb ta'kidlashga asos bo'ladi.

ta'lim muassasasini ochiq ijtimoiy institutga aylantirish

doimiy yangilanishini inobatga olgan holda rasmiy va norasmiy huquqiy me'yorlar va an'analar tizimi

muassasasi

o'quv-tarbiya

jarayonida

barcha o'quv

ishtirok-

chilarining

ijtimoiy fikrlar-

ini o'rganish va

qo'llab-HHHH—u

o z-o zini boshqarish mexanizmlarini

tartibga soladigan ta'lim muassasasining ichki hu-quqiy muhitini yaratish

W %

W %

wn

1-rasm.Talabalar ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish maqsadlari

N.M.Voskresenskaya o'zining ilmiy tadqiqotlarida faol fuqaroni tarbiyalashda fuqarolik ta'limining loyihaviy modelini yaratish, o'quvchilarning muayyan ijtimoiy muammoni aniqlash, tahlil qilish va hal etishga yo'naltirilgan ijtimoiy loyihani ishlab chiqishlari va amalga oshirishlarini ko'zda tutgan. Olim o'z qarashlarida o'quvchilarning loyihaviy faoliyatlari ularning ma'lum ijtimoiy muammoni tanlash, uni tahlil qilish va hal etish variantlarini ishlab chiqish bo'yicha faol faoliyatlarni ko'zda tutgan. Bunda ijtimoiy kompetensiyalar egallanadi, o'smirlar esa atrof hamjamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni yaxshilash bo'yicha mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga moslashadi. O'quvchilarda fuqarolik ta'limi orqali ijtimoiy ta'lim olishning samaradorligi, o'zlashtirishning ijtimoiy faol metodlari bilan birlashtirish (treninglar,

ishbilarmonlik o'yinlari, munozaralar, aqliy hujum, interaktiv metodikalar va h.k.) hisobiga erishiladi. Bundan tashqari fuqarolik ta'limida shaxs ongini shakllantirish (suhbat, bahs-munozara, namuna, ko'rsatma, tushuntirish va h.k.), o'quvchilarning xulqlari va faoliyatlarini tashkil etish va rag'batlantirish metodlari (talablar, ijtimoiy fikr, tarbiyaviy vaziyatlar, rag'batlantirish, jazolash) keng qo'llaniladi[3,].

Ilmiy tadqiqot muammosiga oid taxlillar shundan dalolat beradiki, talabalarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollikni rivojlantirish muammolari bo'yicha respublikamiz olimlari X.M.Tojiboeva, N.N.Djamilova, Q.Q.Quronboev, B.Sh.Shermuhammadov, G.J.Tulenovalar yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslariga to'xtalib o'tgan.

X.M.Tojiboeva ilmiy tadqiqot ishida ijtimoiy faollik - shaxsning maqsadga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, ijtimoiy voqelikka nisbatan individual munosabati va tizimli xatti-harakatlarining yuksak ko'rinishini ifodalovchi tushuncha sifatida talqin etgan. Ijtimoiy faollik me'yoriy va odatdagiga nisbatan kuchli faoliyatdir. O'quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolliklarini oshirish ular o'rtasidagi ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayoni" deb ta'kidlab o'tgan[4,].

N.N.Djamilova "tashabbuskorlik o'quv va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun yangi g'oya va takliflarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatda namoyon etishga qodirlik" deb ifodalagan. Talabalar Ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlanishida tashabbuskorlik, mas'ulyatlilik, qat'iyatlilik kabi sifatlar rivojlanishi muhim omil hisoblanadi[5, 14-b].

Q.Q.Quronboev o'z tadqiqotida "talabalarning ma'naviy - ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning uslublari va mazmuni, pedagogik asoslari, ma'naviy - ahloqiy muammolar, yoshlar ta'lim-tarbiyasida ongli intizomning o'rni, burch va mas'uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish" masalalariga to'xtalib o'tgan[6,].

B.Sh.Shermuhammadov tadqiqotida "yoshlardagi ijtimoiy faollik qobilyatlari, salohiyati ilmiy-amaliy jihatdan o'sish imkoniyatlarini oldindan aniqlash, ijodiy fikrlash" [7, 37-b] masalalari ifodalangan.

1-sxema. Talabalarda ijtimoiy tashabbuskorlik tushunchasini rivojlantirishning

nazariy asoslari

Talabalarda ijtimoiy faolligiri vojlantirish muayyan g'oyalar, diniy e'tiqod, faol fuqarolik pozitsiyasi, axloqiy va fuqarolik qadriyatlarini (milliy va umumbashariy madaniyatining asosiy

qadriyatlarini hurmat qilish) egallash. An'anaviy qadriyatlar vatanparvarlik, o'z xalqiga xizmat qilish, insonparvarlik, moddiy-pragmatikka nisbatan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning ustunligi, inson huquqlari, dinlararo bag'rikenglik va boshqa ahloqiy sifatlar orqali rivojlanishda namoyon bo'ladi.

Demak, ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili "ijtimoiy tashabbuskorlik - bu inson o'z hayot faoliyatida, fuqarolik jamiyatining faol a'zosi bo'lishi, uning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etish, faol fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan qobiliyati va tayyorgarligi natijasidir" deb ta'kidlashga asos bo'ladi.

Xorijiy mamlakatlarda demokratik davlat qurishda, jamoatchilik fikrini o'rganishning nazorat shakllari quyidagicha amalga oshiriladi:

> davlat hokimiyati va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlariga petitsiyalar bilan murojaat qilish (fuqarolarning individual va jamoa tartibida murojaatlari);

> hokimiyat faoliyati to'g'risida axborotning fuqarolar uchun ochiqligi (fuqarolar uchun davlat organlarining axborot jihatdan ochiq-oshkoraligi);

> mahalliy o'zini-o'zi boshqarish, fuqarolar yig'ilishlari va yig'inlari orqali fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda ishtiroki;

> oshkoralik tarzida eshituvlar;

> qonun loyihalari va davlat hayotining boshqa muhim masalalarining jamoat muhokamalari;

> qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoat ekspertizasi;

> jurnalistik tekshiruvlar va boshqa nazorat turlari orqali amalga oshirish, fuqarolik jamiyati shakllanishida muhim o'rin egallaydi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish lozimki, ijtimoiy tashabbuskorlikni rivojlantirish talaba-yoshlarga demokratik jamiyatda fuqarolik huquq va majburiyatlarining butun majmuini faol, mas'uliyatli va samarali amalga oshirish, o'z bilimlari va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llashga imkon beruvchi qobiliyatlarning majmui tushuntirildi.

REFERENCES

1. Xalq so'zi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 23 sentyabrdagi BMT 75 sessiyasidagi nulqi. 2017 y. 24 sentyabr soni

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2018 .-252-b.

3. Воскресенская Н.М.. Основные подходы к гражданскому образованию в России и за рубежом ./ Н.М. Воскресенская/У Гражданское образование: содержание и активные методы обучения». - М., Логос. - 2005

4. Tojiboeva X.M. "O'quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimi" diss. 2018 y.

5. Djamilova N.N. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari.: Avtoref. dis.ped.DSc. - T., 2019 y. - 14-b.

6. Quronboev Q.Q "Talabalarning ma'naviy - ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Yoshlar tashkilotlari misolida)": Ped.f.n...diss. - T.: O'zPFITI, 2000 y.

7. Shermuhammadov B.Sh. Yoshlar orasida milliy g'oya targ'iboti samaradorligini oshirish. Dis. .. ped. fan. dok. - T., 2016. - 37-b.

8. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED

//PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. -№. 5. - C. 78-83.

9. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2022. - T. 3. - №. 7. - C. 11-16.

10. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. -C. 10-13.

11. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.

12. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - C. 433-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.