Научная статья на тему 'FUQAROLARNING JAMIYAT HAYOTIDA O‘Z IJTIMOIY FAOLLIKLARINI AMALGA OSHIRISHNING MUHIM SHAKLLARI'

FUQAROLARNING JAMIYAT HAYOTIDA O‘Z IJTIMOIY FAOLLIKLARINI AMALGA OSHIRISHNING MUHIM SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1300
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqaro / jamiyat / ijtimoiy faollik / fuqarolik faollik / xalqaro maydor / shakllar. / citizen / society / social activity / civic activity / international arena / forms.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shamanova, Zarina Uralovna

Mazkur maqolada fuqarolarning jamiyat hayotida o'z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirishning muhim shakllari tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada ijtimoiy faollik hamda fuqarolik ijtimoiy faollik tushunchalari tahlil qilingan. Bundan tashqari ijtimoiy faollik yuzasidan keng xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat hayotida o'z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LEGAL PERSONNEL IN BUILDING A JUST SOCIETY AND INCREASING THE INTERNATIONAL PRESTIGE OF OUR COUNTRY

This article analyzes the most important forms of citizens' realization of their social activity in the life of society. In addition, this article analyzes the concepts of social activity and civic social activity. in addition, extensive foreign experience of social activity was analyzed. The results of these analyses were a number of proposals and recommendations for citizens to implement their social activity in the public life of our country.

Текст научной работы на тему «FUQAROLARNING JAMIYAT HAYOTIDA O‘Z IJTIMOIY FAOLLIKLARINI AMALGA OSHIRISHNING MUHIM SHAKLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQAROLARNING JAMIYAT HAYOTIDA O'Z IJTIMOIY FAOLLIKLARINI AMALGA OSHIRISHNING MUHIM SHAKLLARI

Shamanova Zarina Uralovna

Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, Ozbekiston E-mail: z. [email protected]

Mazkur maqolada fuqarolarning jamiyat hayotida o'z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirishning muhim shakllari tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada ijtimoiy faollik hamda fuqarolik ijtimoiy faollik tushunchalari tahlil qilingan. Bundan tashqari ijtimoiy faollik yuzasidan keng xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat hayotida o'z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: fuqaro, jamiyat, ijtimoiy faollik, fuqarolik faollik, xalqaro maydor, shakllar.

ВАЖНЕЙШИЕ ФОРМЫ РЕАЛИЗАЦИИ ГРАЖДАНАМИ СВОЕЙ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ В ЖИЗНИ ОБЩЕСТВА

В данной статье проанализированы важнейшие формы реализации гражданами своей социальной активности в жизни общества. Кроме того, в данной статье проанализированы понятия социальная активность и гражданская социальная активность. кроме того, был проанализирован обширный зарубежный опыт социальной активности. Результатом этих анализов стал ряд предложений и рекомендаций по осуществлению гражданами своей социальной активности в общественной жизни нашей страны.

ANNOTATSIYA

Шаманова Зарина Ураловна

Сурхандаринский областной юридический техникум Преподавател кафедры публично правовой наук

Термез, Сурхандаря, Узбекистан E-mail: [email protected]

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: гражданин, общество, социальная активность, гражданская активность, международная арена, формы.

THE ROLE OF LEGAL PERSONNEL IN BUILDING A JUST SOCIETY AND INCREASING THE INTERNATIONAL PRESTIGE OF OUR

COUNTRY

This article analyzes the most important forms of citizens' realization of their social activity in the life of society. In addition, this article analyzes the concepts of social activity and civic social activity. in addition, extensive foreign experience of social activity was analyzed. The results of these analyses were a number of proposals and recommendations for citizens to implement their social activity in the public life of our country.

Keywords: citizen, society, social activity, civic activity, international arena, forms.

O'zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta'minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ulaming ijtimoiy faolligiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: «... Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O'zbekiston globallashuv va axborotkommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning YOshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o'z ijtimoiy siyosatining asosiy va

Shamanova Zarina Uralovna

Surkhandarya Regional Law College Lecturer of the Department of public law Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: [email protected]

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muhim hayotiy ustuvor yo'nalishlaridan biri darajasiga ko'tarish bo'yicha qat'iy majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi kerak» - degan fikrlari dunyo hamjamiyati tomonidan ham keng e'tirof etilmoqda.

Kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurishdek ezgu maqsadlar ro'yobini yoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu o'rinda fuqarolik jamiyati tushunchasi haqida to'xtalib o'tish joiz.

Fuqarolik jamiyati-yuksak fazilatlarga ega bo'lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonunlar ustuvorligi ta'minlanadi, inson huquq va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta'minlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafotlatlanadi, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining mavqei yuksak bo'ladi.

Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari faoliyatida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va huquqiy jihatdan o'z ehtiyojlarini qondiradi. Fuqarolik jamiyatida davlvt va uning organlari faoliyati ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o'rnatiladi.

Konstitutsiyamizning 32-moddasida ham fuqarolarning davlat organlarining faoliyatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanishi ko'rsatib o'tilgan. Shunga muvofiq, 2018-yilning 12-aprel kuni 21 moddadan iborat O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi qonuni qabul qilingani ham bu masalaning huquqiy asosi hisoblanadi.

Qonunga ko'ra, fuqarolik jamiyatining to'rtta asosiy institutlari jamoatchilik nazorati subyekti hisoblanadi. Ularga O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari kiradi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.

Inson ijtimoiy faolligining asosida uning huquqiy kafolati, erkinligi, jamiyatda demokratik mezonlarning mavjudligi yotadi. Insonlarning birgalikda yashashining kafolati bu jamiyatda, butun dunyoda huquqning, huquqiy madaniyatinig mavjudligidir. Ya'ni, insonlarning va ularning kelajagi bo'lgan yoshlarning yashash, o'qish, moddiy va ma'naviy boyliklardan foydalanish kabi huquqlari real qonuniy asosga qo'yilgan jamiyatdagina shaxsning erkin inson sifatida faoliyat ko'rsatishiga imkon yaratildi.

Shunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 24-moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi erkinligi, 25-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga, 36-moddasida har bir shaxs mulkdor

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lishiga haqli ekanligi, 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, 42-moddasida har kimga ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafotlanlanligi belgilab berilgan. Har qanday inson faoliyati-bu uning ongi, fikri, tafakkuri va dunyoqarashining real hayotiy faoliyatiga aylanishi samarasidir. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil fikrlashning mahsulidir.

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan kelajak avlod haqida qayg'urilgan, ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Yoshlarning zamon talablari darajasida ta'lim-tarbiya olish, vatanparvar bo'lishi, salomatligini mustahkamlashi, o'z kuchi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Konstitutsiyamizning 33-moddasida fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi ko'rsatilgan. Shuningdek, Konstitutsiyamizning 32-moddasida fuqarolar huquqiy-siyosiy faolliklarini jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok qilish yo'li bilan namoyon etishlari ham ko'zda tutilgan.

Biz demokratik huquqiy davlatda yashayapmiz, kelajakda uning yuqori bosqichi bo'lgan fuqarolik jamiyatini qaror toptirishni maqsad qilib qo'yganmiz. Bu jamiyat fuqarolarning erkin va demokratik faoliyatlarining keng namoyon bo'lishini taqozo etadi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlar o'qishda, sportda, ilmiy-texnik ijodda, mehnat ko'nikmalarini hosil qilishda, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo'lishining ahamiyati ortib bormoqda. Buning uchun birinchidan, oilada sog'lom muhitning bo'lishi; ikkinchidan, ta'lim muassasalarida sifatli o'qitish; o'quvchining fikrini eshitishni va erkin munozarani yo'lga qo'yish; uchinchidan, mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qiluvchi ijtimoiy muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ijtimoiy faollik deganda kishi qaysi kasbning egasi bo'lishidan, qanday lavozimda ishlashidan qat'iy nazar, uning jamiyat rivojiga hissa qo'shishga, zamondan ortda qolmaslikka bo'lgan harakatini tushunish mumkin. Mana shu jarayonda u o'zini shaxs va fuqaro sifatida namoyon qiladi. Bugun yurtdoshlarimizning ijtimoiy faollashayotganini ko'rib turibmiz. Ijtimoiy tushkunlik, o'zgarishlarga, islohotlarga loqaydlik davri o'tdi, yurtdoshlarimizda tashabbusni, yangilikka bo'lgan intilishlarni guvohimiz. "Ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy faollikni

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kuchaytirib yubordi", degan mazmundagi fikrlami ham mavjud. Lekin ijtimoiy faollik bilan ijtimoiy tarmoqlardagi faollik o'rtasida katta farq bor. Ijtimoiy tarmoqlardan turib o'zining subyektiv fikrlarini ulashib, kechayotgan voqea-hodisalarga faqat va faqat negativ munosabat bildirib o'tirish, bu hali ijtimoiy faollik degani emas. Har qanday ijtimoiy hodisaga nimadir sabab bo'ladi, nimadir turtki beradi. Ijtimoiy faollik ham o'z-o'zidan sodir bo'ladigan jarayon emas.1

Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati darajasining asosiy ifodasi bo'lib, uning yuksak qadriyadagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko'rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o'rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o'rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.2

Ilmiy adabiyotlarda fuqarolar faolligi tushunchasning turli ishchi variantlari ishlatilmoqda. Biroq, uning umumiy jihatlariga taalluqli bo'lgan xususiyatlar saqlanib qolmoqda. Barcha variantlarda fuqarolar faolligi tushunchasi o'zining ma'no-mazmun jihatdan "yadrosi"ni saqlab qolmoqda. Shuning uchun ham ko'plab ilmiy izlanishlarda insonni faol fuqaro sifatida tadqiqot ob'ektiga aylanishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotlarda fuqarolar faolligini insonning ijtimoiy yetukligi sabab bo'luvchi omillar psixologik, aqliy, intellektual, mehnatga layoqatliligi, siyosiy, huquqiy, madaniy saviyasining yuqoriligi e'tibor qaratilmoqda. Bunda insonni ijtimoiy mavjudot ekanligi va insonlarni har qanday holatda ham ijtimoiylashuvga intilishlari e'tirof etilmoqda. Shuning uchun ham fuqarolar faolligi tushunchasini mohiyatini ochib berishda masalaga chuqurroq yondoshishni talab qiladi.

Masalan, fuqarolar faolligi masalasi sotsiologiyada ko'piroq o'rganilgan masalalardan biri sifatida alohida e'tirof etish lozim. N.Aberkrombi, D.Djeri, D.Djeri, B.S.Terner va S.Xill xorij sotsiologlarining ta'kidlashlaricha, fuqarolar o'z ihtiyorilari bilan nodavlat sektorida ishtirok etishi sotsiumni integratsiyalashuviga va ijtimoiy bahamjihatlikka olib boradi.3

Amerikalik tadqiqotchi X.Anxer va L.Salamonlarning tahliliga ko'ra, "ko'ngillilar" tushunchasining G'arb mamlakakatlaridagi tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, «volunteering» atamasi Buyuk Britaniya va AQShda, fransuzcha «voluntariat», shvedcha «frivillig verksamhet», italyancha «voluntariato», nemischa «ehrenamt» tarixiy vujudga kelishining mazmunmohiyat jihatdan bir hildir. Biroq,

1 Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. "Ijtimoiy fikr". 2004. 4 - son. 93-94 betlar.

2 Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150 betlar.

3 Аберкромби Н. Социологический словарь. - 2-е изд., перераб. и доп. изд. - М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2004. - С. 188.; Джери, Д., Джери, Д. Большой толковый социологический словарь: русскоанглийский, англо-русский в 2 тт., том 1. - М.: Вече-АСТ, 1999. - С. 83

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tushunchalarni ijtimoiy-siyosiy jihatdan ishlatish usuli turlichadir. Ularning aniqlashlaricha, Buyuk Britaniya va Avstraliyada ko'ngillilar, ya'ni fuqarolar faolligi fuqarolik jamiyati institutlari, davlat va xususiy sektordan alohida faoliyat yurituvchi jamoat sektori sifatida tan olinadi. Boshqa tadqiqotlarda esa fuqarolar faolligi davlat va jamiyatga ijtimoiy foydali xizmatlarni keltiruvchi faoliyat turi sifatida baho beriladi.4

Shuni alohida ta'kidlash joizki, dunyo bo'yicha (nemis, fransuz, rus va boshqa tillarida) keng qo'llanilayotgan "Volontyor" atamasi o'zining mohiyatiga ko'ra, ingliz tilidagi «Volunteering» tushunchasining ekvavalenti hisoblanadi. Volontyorlik - bu ihtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan, jamiyat farovonliga o'z hissasini qo'shadigan foydali ish mahsulidir. Bularning barchasi fuqarolar faolligi bilan chambarchas bog'liq. Ushbu atamani turli tillarda ishlatilishi o'zgacha man'no, mohiyat va funksiyalarni anglatadi. Volunteering - atamasi faqatgina ingliz tilida gaplashadigan davlatlar uchungina emas, balki butun dunyoda keng miqyosda ishlatiladigan va qo'llaniladigan tushunchadir. Nemis tilida uning mohiyatiga mos keluvchi ihtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan, ijtimoiy foydali bo'lgan va nihoyat, fuqarolar faolligi natijasida amalga oshiriladigan xatti-harakatlari yig'indisidir.5

Boshqacha qilib aytganda, volontyorlik ixtiyoriy va shaxsiy majburiyat bo'lib, volontyor ish hajmi, qaerda ishlashi, qancha muddat ishlashini o'zi tanlaydi. Volontiyorning qancha vaqt mobaynida ishlashi va ish hajmin ing oz yoki ko'pligi aniq bo'lib, ko'p hollarda u volontyorni qaysi tashkilotda ishlayotgani bilan bog'liqdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, volontyorning (ko'ngilli) hafta davomidagi ish hajmi 20 soatdan oshmaydi.

Ko'ngilllar faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar yuridik talablar aososida qattiq nazorat qilinadi. Masalan, ko'ngillilar jyurilari tomonidan nazorat qilinishi mumkin. Ko'ngillilar xizmati - ixiyoriy ravishda amalga oshiriladi va ishtirokchining ma'suliyati ham ixtiyoriydir. Nemis tilidagi - "Burgerliches Engagement", ya'ni "Fuqarolar faolligi" atamasining etimologik kelib chiqishi fransuzcha "Engagement" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, bog'lanmoq, biror narsani amalga oshirishda ishtirok etmoq kabi ma'nolarni anglatadi.

Ushbu tushuncha insonning ichki motvatsiyasi, biror faoliyat turida o'z xohishiga ko'ra ishtirok etishi tushuniladi. Nemis tilidagi "Freiwilligenarbeit", "ehrenamtliche Arbeit", yoki "freiwilliges-, ehrenamtliches Engagement"

4 Anheier H. K., Salamon L. M. Volunteering in cross-national perspective: Initial comparisons. Civil Society Working Paper 10. 2001. - P. 5

5 Кристиане Бидерман. Координация работы добровольцев и менеджмент волонтерских программ в Великобритании. Перевод: Мария Санникова Ингрид Мюллер с.4.

227

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tushunchalari sinonim tushunchalar hisoblanadi. Barcha tushunchalar bir ma'noni, ya'ni fuqarolar (ko'ngillilar) faolligini angalatadi. Germaniyada "Ko'ngillilar xizmati" (Ehrenamt) va fuqarolar faolligi (Vürgerschaftliches Engagement) tushunchalari keng tarqalgan.

Germaniyada fuqarolik jamiyati shakllanishi, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va farovonlikni ta'minlanishida fuqrolar faolligi, ko'ngillilar xizmati, o'ziga o'zi yordam ko'rastishi hamda xalqaro atama bo'lgan volontyorlik tushunchalari baravariga ishlatiladi. Fuqarolar faolligi atamasi yuqaoridagi barcha tushunchalarni o'zida aks ettiradi. Ilmiy doiralarda fuqrolar faolligi atamasi fuqarolik jamiyati, jamoat ishlari, ma'suliyat, adolat, demokratiya va ijtimoiy makonda mustaqil faoliyat kabilarni o'zida mujassamlashtiradi.6 Anekt-Komissiya tomonidan berilgan ta'rifda fuqarolar faolligi tushunchasi to'g'risidani barcha konsepsiyalarni umumlashtirilganini ko'rish mumkin. Berilgan ta'rifga ko'ra, "Fuqarolar faolligi" - fuqarolarning barcha sohalardagi xatti-harakatlar yig'indisi, ya'ni jamoat tashkilotlarida ishtirok etish, tashabbuskor bo'lish, ijtimoiy foydali ishlar, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, orqali jamiyat farovonligiga o'z hissasini qo'shish tushuniladi. Bundan tashqari, ko'ngillilar xizmati atamasi Germaniyada juda keng tarqalgandir. Ko'p hollarda ushbu ikki atama sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq "Ko'ngillilar xizmati" tushunchasi "Fuqarolar faolligi" tushunchasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham Anket-Komissiya ko'ngillilar xizmatini formal majburiyat turi sifatida e'tirof etadi va uni uzoq vaqt davom etuvchi faoliyat shakli deb tan oladi.

Tadqiqotchi Simsaning tarifiga ko'ra, "fuqarolar faolligi" (Bürgerliches Engagement), fuqarolar amalga oshirishi zarur bo'lgan majburiyatlar, ya'ni uyushgan, individual holda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish shu bilan birga obshinalar hayotini yaxshi tomonga o'zagrtishishga erishish tutushiladi. 8 Berilgan ta'riflarga ko'ra, fuqarolar faolligi quyidan boshlab yuqoriga fuqarolarning tashabbuslari va ishtiroki asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy-siyosiy faoliyat turi ekanligi ma'lum bo'ladi va bu xol fuqarolik jamiyatining ajiralmas qismi sifatidan tan olinadi. Mazkur nuqati nazarga Avstriya va Shveysariyada ham tayanadi.

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shuni aytish joizki, fuqarolar faolligi bir qancha ko'rsatkichlar va o'lchovlarni o'zida mujassamlashtiradi: vaqt o'lchovida (ko'ngillilarni to'liq yoki qisman ish kunida band bo'lishi), iqtisodiy jihati (volontyor faoliyati uchun pul olishi yoki olmasligi), ijtimoiy jihatidan (volontyor individual yoki jamoa bo'lib faoliyat olib borishi yoki bormasligi) kabilar muhim ahamiyat kasb

s vgl. Deutscher Bundestag 2002: 24

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

etadi.7 Yevropa va AQShda ko'ngillilar faoliyati qisman ish vaqtida shug'illanishi va xaq to'lanmaydiga faoliyat turi sifatida ko'riladi.

Rivojlanayotgan dalatlarda esa to'liq bo'lmagan ish kuniga qisman xaq to'lash tushuniladi. Lekin, uning asosiy tub mohiyati shundaki, fuqarolar faolligi Germaniyada sotsium tomonidan qadriyat sifatida tan olinishidir. Masalan, "Volunteering" tushunchasini eksperimental tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, amerikaliklar tilida ushbu tushuncha ko'ngillilar faoliyatini qadriyat sifatida tan olinishi va ularni jamiyat farovonligi yo'lida birglikda harakat qilishi, sub'ektiv jihatdan esa ishtirokchidan ma'lum bilim va ko'nikmalarni talab qiladigan xatti-harakatlar majmuidir.8

Fuqarolar faolligi tushunchasini xorijiy adabiyotlardani yondashuvlarda fuqarolar faolligi ishtirokchilarning o'zlar uchun ham katta qiymatga ega ekan. K.Bidermanning ta'kidlashicha, fuqarolar faolligi g'oyalari va faoliyatiga sodiq bo'lishlik amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali ishlarning sifatini yanada oshishiga olib keladi.

XULOSA

Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati sari intilishda fuqarolar faolligisiz erishib bo'lmaydi. Bugungi kunda fuqarolar faolligi tushunchasi doimiy ravishda sog'liqni saqlash, sport, madaniyat, dam olish, fan-ta'lim, tarbiya sohalarida keng ishlatilmoqda. Yevropa yoshlari orasida fuqarolar faolligi ommalashishga ulgurdi. Ayniqsa, aholining yordamga muhtoj qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish orqali ularning ijtimoiylashuviga imkonyat yaratib bermoqda. "Fuqarolar faolligi" atamasining tub mazmun-mohiyati AnketKomissiya (Enquete-Kommission)ning ma'ruzasida kengroq va batafsilroq yoritilgan. Unga ko'ra, "Fuqarolar faolligi" -shaxs tashabbsukorligi, intilishlari va xatti-harakatlar yig'indisi bo'lib, u ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, moddiy manfaatdorlik ko'zlanmaydi, ammo ijtimoiy ahamiyatga molik muammolar xal qilishga qaratilgan yakka shaxs yoki guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turi hisoblanadi.9

"Fuqarolar faolligi" atamasi avvallari qo'llanilgan "ijtimoiy foydaga qaratilgan faoliyat" "ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish", "ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan faollik", "o'z o'ziga yordam ko'rsatish" kabi tushunchalarni o'z ichiga olgan ko'lami

7 Anheier H. K., Salamon L. M. Volunteering in cross-national perspective: Initial comparisons. Civil Society Working Paper 10. 2001. - P. 8

8 Лисовская Т. А. Концепт volunteering в сознании американцев // Вестник ВГГУ. 2010.т 4. № 2. - C. 74

9 Enquete-Kommission «Zukunft des Bürgerschaftlichen Engagements»: Bürgerschaftliches Engagement: auf dem Weg in eine zukunftsfähige Bürgergesellschaft. Bericht. Deutscher Bundestag. Opladen: Leske+Budrich, 2002.

229

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

va ma'nosi jihatdan keng bo'lgan tushuncha hisoblanadi. Komissyaining fikricha, "fuqarolar faolligi" atamasining bunday talqini, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi xohish, istaklari va intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga ko'maklashadi. "Fuqarolar faolligi" - shunday serma'no va serqirra tushunchaki, aksariyat hollarda, u xaq to'lanmaydigan faoliyat turi, ixtiyoriylikka asoslangan shaxs faoliyati, volontyorlik, biror sohada jonbozlik ko'rsatish, o'zgalarga beg'araz yordam berish, NNTlarga a'zo bo'lish, norasmiy faoliyat yuritish va nihoyat, fidoiylikni anglatadi.

Bundan tashqari, u boshqa turli tuman erkin faoliyat turlarini ham anglatishi mumkin.10 Germaniya ijtimoiy-siyosiy sohasida "Fuqarolar faolligi" tushunchasining ko'p yillar davomida qo'llanilishi natijasida, u quyidagi xususiyatlarga ega bo'ldi: aholining u yoki bu sohada "faollik, jonbozlik" ko'rsatishi ixtiyoriydir. Fuqarolar faolligini amalga oshiruvchi ishtirokchi zimmasiga yuklatilgan ishonch va ma'suliyat bilan belgilanadi Anket-Komissiyaning Bundestagdagi faoliyati yakunlagandan so'ng "Fuqarolar faolligi" quyi qo'mitasini tuzishga qaror qilindi. 2002 yildan boshlab ushbu qo'mita siyosat, jamoat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, qolaversa oddiy fuqarolar uchun muzokaralar olib borish markaziga aylandi. Keyinchalik federal o'lka ijtimoiy masalalar bo'yicha vazirliklari qoshida maxsus muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar ish boshladi.

Vengriyalik olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar ko'rsatmoqdaki, "fuqarolar faolligi" Yevropaning qadimiy qismida yangi qismiga ko'ra ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega ekan. Sobiq Ittfoq davlatlarida fuqarolar faolligi tushunchasi siyosiy oppozitsiya namoyishlarida, protestlarida ishtirok etish tushunilar ekan. 38 Ko'pgina adabiyotlarda fuqarolar faolligi tushunchasi fuqaro madaniyati zamonaviy tushunchasi bilan bog'laydilar.

Tom ma'noda fuqaro madaniyati ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish madaniyati, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, ijtimoiy integratsiya, jamiyat birligi, ijtimoiy- siyosiy jarayonlarni barqarorligini haraktlar birligi sifatida tan olinadi. Fuqaro madaniyati yuksak ko'rinishi fuqarolik jamiyatining yetukligining shartlaridan biri sifatida ta'riflanadi.11

REFERENCES

1. Qayumov U. Rol semi v formirovani nravstvennix i duxovnix osnov obshestva. "Ijtimoiy fikr". 2004. 4- son. 93-94 betlar.

10 Сюзанна Ланг/ Александра Хэртель/Михаэль Бюрш. «Гражданское общество и гражданская активность в России». Фонд Фридриха Эберта. 2010 г.С.3.

11 https://dic.academic.ru/dic.nsf/politology/45/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. "Ijtimoiy fikr". 2004. 3-son. 149-150 betlar.

3. Аберкромби Н. Социологический словарь. - 2-е изд., перераб. и доп. изд. -М.: ЗАО «Издательство «Экономика», 2004. - С. 188.; Джери, Д., Джери, Д. Большой толковый социологический словарь: русскоанглийский, англорусский в 2 тт., том 1. - М.: Вече-АСТ, 1999. - С. 83

4. Anheier H. K., Salamon L. M. Volunteering in cross-national perspective: Initial comparisons. Civil Society Working Paper 10. 2001. - P. 5

5. Кристиане Бидерман. Координация работы добровольцев и менеджмент волонтерских программ в Великобритании. Перевод: Мария Санникова Ингрид Мюллер с.4.

6. vgl. Deutscher Bundestag 2002: 24

7. Anheier H. K., Salamon L. M. Volunteering in cross-national perspective: Initial comparisons. Civil Society Working Paper 10. 2001. - P. 8

8. Лисовская Т. А. Концепт volunteering в сознании американцев // Вестник ВГГУ. 2010.т 4. № 2. - C. 74

9. Enquete-Kommission «Zukunft des Bürgerschaftlichen Engagements»: Bürgerschaftliches Engagement: auf dem Weg in eine zukunftsfähige Bürgergesellschaft. Bericht. Deutscher Bundestag. Opladen: Leske+Budrich, 2002.

10. Сюзанна Ланг/Александра Хэртель/Михаэль Бюрш. «Гражданское общество и гражданская активность в России». Фонд Фридриха Эберта. 2010 г.С.3.

11. https://dic.academic.ru/dic.nsf/politology/45/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.