Научная статья на тему 'TALABALARDA IJTIMOIY DAXLDORLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABALARDA IJTIMOIY DAXLDORLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / ijtimoiy daxldorlik / qadriyatlar / pedagogika / jarayon / talabalar / fazilat / rivojlantirish. / образование / социальная вовлеченность / ценности / педагогика / процесс / студенты / качество / развитие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.S.Abdullayev

talabalarda ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish ularning umumiy xarakterini shakllantirishning hal qiluvchi jihati hisoblanadi. Ijtimoiy mas'uliyat jamiyat manfaati uchun harakat qilish majburiyatini o'z ichiga oladi va mas'uliyatli fuqarolikni tarbiyalash uchun zarurdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE CHARACTER OF SOCIAL RESPONSIBILITY IN STUDENTS

развитие социальной ответственности студентов является важнейшим аспектом формирования их общего характера. Социальная ответственность включает в себя обязательство действовать на благо общества и имеет важное значение для формирования ответственной гражданственности.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJTIMOIY DAXLDORLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.S.Abdullayev1^_

1Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: talabalarda ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirish ularning umumiy xarakterini shakllantirishning hal qiluvchi jihati hisoblanadi. Ijtimoiy mas'uliyat jamiyat manfaati uchun harakat qilish majburiyatini o'z ichiga oladi va mas'uliyatli fuqarolikni tarbiyalash uchun zarurdir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi talabalarda ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik va psixologik xususiyatlarni o'rganishdir. U talabalarning ijtimoiy mas'uliyat hissini kuchaytira oladigan samarali strategiya va tadbirlarni aniqlashga intiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda miqdoriy va sifatli ma'lumotlar to'plashni o'z ichiga olgan aralash usullardan foydalaniladi. Miqdoriy ma'lumotlar talabalarning ijtimoiy mas'uliyat bilan bog'liq munosabati, xatti-harakatlari va tasavvurlarini baholaydigan so'rovlar orqali to'planadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, qo'llab-quvvatlovchi ta'lim muhiti, inklyuziv o'qitish amaliyoti va jamoat faoliyatida faol ishtirok etish ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantirishga muhim hissa qo'shadi.

XULOSA: ushbu tadqiqot o'quvchilarda ijtimoiy mas'uliyatni shakllantirishda ham pedagogik, ham psixologik omillarning ahamiyatini ko'rsatadi. Ta'lim muassasalari samarali o'qitish amaliyoti va psixologik yordam tizimlarini o'z ichiga olgan yaxlit yondashuvlarni qo'llashlari kerak.

Kalit so'zlar: ta'lim, ijtimoiy daxldorlik, qadriyatlar, pedagogika, jarayon, talabalar, fazilat, rivojlantirish.

ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ХАРАКТЕРА СОЦИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ У СТУДЕНТОВ_

© С.С.Абдуллаев1Н

1 Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_

Аннотация

Iqtibos uchun: Abdullayev S.S. Talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.14-21.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: развитие социальной ответственности студентов является важнейшим аспектом формирования их общего характера. Социальная ответственность включает в себя обязательство действовать на благо общества и имеет важное значение для формирования ответственной гражданственности.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является изучение педагогических и психологических особенностей, которые помогают студентам развивать социальную ответственность. Целью проекта является определение эффективных стратегий и мероприятий, которые могут повысить чувство социальной ответственности учащихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используется смешанный метод, включающий сбор как количественных, так и качественных данных. Количественные данные собираются посредством опросов, которые оценивают отношение, поведение и восприятие студентов в отношении социальной ответственности.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что благоприятная среда обучения, инклюзивные методы преподавания и активное участие в общественной деятельности в значительной степени способствуют развитию социальной ответственности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование показывает значимость как педагогических, так и психологических факторов в формировании социальной ответственности студентов. Образовательные учреждения должны применять целостные подходы, включающие эффективные методы преподавания и системы психологической поддержки.

Ключевые слова: образование, социальная вовлеченность, ценности, педагогика, процесс, студенты, качество, развитие.

Для цитирования: Абдуллаев С.С. Педагогические-психологические особенности развития качества социальной активности студентов // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 14-21.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE CHARACTER OF SOCIAL RESPONSIBILITY IN STUDENTS_

© Sobir S. Abdullayev1®

1 Fergana State University, Fergana, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the development of social responsibility in students is a crucial aspect of forming their general character. Social responsibility includes the obligation to act for the benefit of society and is essential to foster responsible citizenship.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iccl (A

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: the main purpose of this study is to study the pedagogical and psychological characteristics that help students develop social responsibility. It seeks to identify effective strategies and activities that can enhance students' sense of social responsibility.

MATERIALS AND METHODS: the study uses a mixed methods approach that includes both quantitative and qualitative data collection. Quantitative data are collected through surveys that assess students' attitudes, behaviors, and perceptions regarding social responsibility.

DISCUSSION AND RESULTS: the results show that a supportive learning environment, inclusive teaching practices and active participation in community activities contribute significantly to the development of social responsibility.

CONCLUSION: this study shows the importance of both pedagogical and psychological factors in the formation of social responsibility in students. Educational institutions should adopt holistic approaches that include effective teaching practices and psychological support systems.

Key words: education, social involvement, values, pedagogy, process, students, quality, development.

For citation: Sobir S. Abdullayev. (2024) Pedagogical-psychological features of development of the quality of social involvement in students., Inter education & global study, (5(1)), pp. 14-21. (In Uzbek).

Yuksalayotgan yangi O'zbekistonning kelajagi bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyot jamiyatining ma'rifatliligi, yoshlarning bilimi va kasbiy salohiyatining yuqoriligiga chambarchas bog'liq hisoblanadi. Yoshlarning bilim va saviyasining o'sishi ularning keng dunyoqarashi va tafakkuri, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va mustaqil o'rganish ko'nikmalariga aloqador ekanligi ham ma'lum bo'lmoqda. Shu bois yoshlarning bilim va kasb egallashiga munosib sharoitlarni yaratish, dunyoqarashini kengaytirish va tafakkurini teranlashtirish, fundamental bilimlarni egallash imkoniyatini, istagini va ehtiyojini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Zero, "yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta'minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun sharoit yaratish, qobiliyat va iste'dodni ro'yobga chiqarish, ayniqsa, huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning muammolari bilan muntazam ravishda shug'ullanish" dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

Jamiyatimizning yangi taraqqiyot bosiqichda oliy ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashga yangicha talablarni ishlab chiqish, bo'lajak mutaxassislarga qo'yilayotgan kasbiy vazifalarni jahon standartlariga moslashtirish, rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribasini o'zlashtirish hamda talaba-yoshlarning millat va xalq oldidagi mas'uliyatini, vatanparvarligini tarbiyalash, ularda fidoyilik, sadoqatlilik va daxldorlik tuyg'ularini mustahkamlash masalalari ham ijtimoiy zaruratga aylanmoqda. Zero, Inson jamiyatdagi voqealarga nisbatan loqayd bo'lmay daxldorlik hissi bilan yashashi uchun unda ichki nazorat kuchli bo'lishi lozim. Ichki nazorat adolat va razolat o'rtasidagi kurashda befarq

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'lmasdan, adolat tarafida bo'lishni ta'minlaydi. Buning uchun inson o'zini o'zi anglab kimning izmida yurganligini bilishi lozim. Har bir inson o'ziga men kimning izmida yuribman degan savolni berishi va unga javob berishda o'ziga yolg'on gapirmasligi lozim. Fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim sharti - bu loqaydlik kayfiyatidan xalos bo'lib, daxldorlik fazilati bilan yashashdir. Loqaydlikni bartaraf qiladigan va daxldorlik fazilatini shakllantiradigan kuch - bu milliy g'oyadir.

Yangi rivojlanish bosqichda talaba-yoshlarga qaratilgan tarbiyaning mazmun va mohiyatida, usul va shakllarida jiddiy o'zgarishlar bo'ldi. Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalari talabalarining davlat manfaatiga yo'naltirishda amalga oshirilayotgan ishlarining tatbiqiy xarakteri bevosita real voqelikka nisbatan shakllantirilgan dunyoqarash bilan bog'liqdir. Bu esa globallashuv jarayonida talabalarni g'oyaviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlar, ma'naviy qashshoqlik kabi illatlar, loqaydlik va beparvolik, mas'uliyatsizlikka qarshi kurash metodikasini o'zgartirishni talab etadi.

Bugungi kunda har bir oliy ta'limda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida dam olish xonalari, ma'naviyat va ma'rifat xonalari bilan birga ularning ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatga daxldorlikni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, uchrashuvlar, to'garak va kengashlar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Farg'ona davlat universitetida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda loqaydlik va beparovlikni olidini olish, ijtimoiy daxldorlikni shakllantirish uchun "Talabalar kengashi" ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar klubi tashkil etilgan. Bunday tizimning barcha oliy ta'lim muassasalarida mavjudligi haqida maxsus tadqiqot olib borish shart emas, chunki ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalari faoliyatining tarkibiy qismiga aylangan. Bu borada barcha oliy ta'lim muassasalarining har bir o'quv yilida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha hisobotlar tahlili bu fikrning to'g'riligini isbotlaydi.

Har doim oliy ta'lim jamiyatda kadrlar tayyorlashdagi asosiy bo'g'in, talabalar bo'lsa, intellektual jihatdan rivojlangan, taraqqiyparvar, ijodkor, ilg'or qismini tashkil qilgan. Shu bois oliy ta'limni isloh qilish, unga o'qitishning yangicha qoida va tamoyillarini olib kirish, sifatli ta'limni yaratish jamiyatning ijtimoiy rivojlanishining asosi bo'lib xizmat qiladi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni yuksak axloqiy mas'uliyatli, sadoqatli va fidoyi qilib tarbiyalash, ijtimoiy taraqqiyotga daxldorlik hissini tuyadigan inson sifatida kamolga yetkazish dolzarb vazifalardan biridir. Buning uchun o'quvchi-yoshlarga, talabalarga ta'lim berish metodologiyasini qayta ko'rib chiqish, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy burch va mas'ulyatlarni, vazifalarni chuqur singdirish yo'llarini yaratish va bu orqali ularda daxldorlik fazilatlarini o'stirish talab etiladi.

"Hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o'zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Jahon miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar, savdo urushlari g'oyat keskin tus olmoqda. Mana shunday murakkab sharoitda biz faqat xalqimizning aql-zakovati, bukilmas irodasi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

va salohiyati, o'z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib, ayni vaqtda dunyo hamjamiyati bilan hamkor bo'lib, dadil oldinga borishimiz shart". O'zbekiston oliy ta'lim tizimida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, "oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tkazish, oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini" yaratish orqali bo'lajak kadrlarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatdagi islohotlarning amalga oshiruvchi, mas'uliyatli mutaxassis bo'lib yetishishlarini ta'minlash mumkin.

Oliy pedagogik ta'limda talabalarda ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirishda ijtimoiy gumantirar fanlarning rolini tadqiq etish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Faqat "ma'rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Biz mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar "nou-xau"lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak". Shu bois, talabalarda Vatan taqdiriga mas'uliyatni, daxldorlik tuyg'usini shakllantirish va raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash masalalari ham dolzarblik kasb etmoqda. Shuning uchun ham, talabalarda ijtimoiy mas'uliyat, daxldorlik va ijtimoiy faollik oid bilimlarni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlardan samarali foydalanishning metodik asoslari, ta'lim texnologiyalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarda ijtimoiy-gumanitar fanlar hamkorligidan bo'lajak kadrlarda ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishga oid bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, dunyoqarashini oshirishda ratsionlardan foydalanish talab etiladi. Shuningdek, "XXI asrning boshida inson qalbi va ongi uchun kurash har qachongidan shiddatli tus olayotganligi, dunyoning mafkuraviy manzarasi o'zgarib borayotgani, geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosatning qo'shilib borayotgani, mustaqillikni qo'lga kiritgan mamlakatlarda mafkuraviy tamoyillar ahamiyatining oshib borayotgani, mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi, pedagogika nazariyasi va amaliyoti oldida ushbu jarayonlarga mos keladigan, yangicha fikrlovchi avlodni tarbiyalash dolzarb vazifaga aylandi". Shu bois, talabalarda ijtimoiy mas'uliyat va daxldorlik fazilatlarini rivojlantirish, loqaydlik va befarqlikni oldini olishda ijtimoiy-gumanitar fanlardan foydalanishning metodik asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida kadrlar korpusining raqobotbardoshligini ta'minlash zarurati ham yuzaga chiqarmoqda. Shuningdek, kadrlarda teran tafakkur va keng dunyoqarashni shakllantirish, ma'rifatli qilish orqali ularni ijtimoiy faolligini oshirish, faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish mumkin bo'ladi. "Chunki insoniyatning ma'naviy qashshoqlashuvi jarayonida ma'naviyatni yemirishga xizmat qiladigan "demokratik qadriyat»larni rivojlantirishga intilgani sari insonning ma'naviy "men"ligi barbod bo'lmoqda. Agar bu jarayonga bugun e'tiborsizlik bilan qaralsa ertaga yoshlarda vatanfurushlik, egoistlik sifatlari namoyon bo'la boshlaydi. Bunday sharoitda bo'lajak bakalavr va magistrlar uchun berilayotgan, ta'lim mazmuni, o'quv

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

jarayonining jahon andozalari darajasida tashkil etilishi ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishga mos kelmog'i lozim. Shuning uchun ham oliy ta'lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish bakalavrlar, magistrlar va bo'lajak mutaxassislarni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakl va usullari, yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashni talab etadi.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini quyidagicha asoslash mumkin:

birinchidan, oliy ta'lim talabalarda kasbiy malaka va ko'nikmalarni tarbiyalash bilan birga ularda makonga nisbatan tegishlilik, tug'ilib o'sgan joyga nisbatan mas'uliyat va ijtimoiy muhitga nisbatan daxldorlik fazilatlarini ham singdirish muhim pedagogik vazifalardan biriga aylandi. Chunki bugungi global raqobat muhitida, globallashuv sharoitida madaniyatlararo munosabatlar zo'riqib borayotgan sharoitda jamiyatda jipslik, ijtimoiy birdamlik va jamoaviy birlikni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Jahonda shiddat bilan o'zgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimiz osoyishta hayotini ta'minlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, bugungi notinch va tahlikali zamonda yoshlarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan turli xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotganini barcha yaxshi biladi. Ularga qarshi kurashda xalqimizning boy tarixi va madaniyati, buyuk ajdodlarimiz jasorati, jonajon O'zbekistonimizning milliy manfaatlari biz uchun kuch-qudrat manbai bo'lib xizmat qiladi. Bunday ustuvor vazifalarni oliy ta'lim tizimini isloh qilish, pedagogik ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha tamoyillarni olib kirish va bu orqali yoshlarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish masalalari yuzaga kelmoqda.

Ikkinchidan, bo'lajak kadrlarning jamiyat uchun ishlash samaradorligini oshirishning eng samarali yo'li ularni vatan, tug'ilib o'sgan joy, millat taqdiri, yurt kelajagiga mas'ul shaxs sifatidagi ideologik g'oyadan foydalanish hisoblanadi. Bu orqali talaba-yoshlarda shu makon va zamonga daxldorlik shakllanadi va bu jarayon bilan bog'lanib qoladi. O'zbekiston fuqarolari dini, irqi, millatidan qat'iy nazar bir-biriga nisbatan befarq bo'lmasligi kerak. Bir fuqaroning boshqa fuqaroga befarq bo'lishi jamiyatga nisbatan befarqlikni anglatishi mumkin. Buning uchun milliy yuksalish strategiyasi yoshlar qalbidan joy olgan bo'lishi kerak. Ana shunda fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiladigan eng muhim omil, ya'ni daxldorlik munosabati shakllanadi. Jamiyatda bo'lajak mutaxassislarni daxldorlik fazilatlari bilan tarbiyalashda mana shunday ideologik ta'sir vositalari har doim samarali bo'lgan. Bu orqali yoshlarda vatan uchun ham nimadir qilish mas'uliyatini shakllantirish, sadoqatni talab etish mumkin bo'ladi. Ijtimoiy daxldorlikni shakllanishi talabalarda mas'uliyatni anglashga, burch va erkinliklaridan ratsional foydalanishga imkoniyat yaratadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Uchinchidan, oliy ta'lim tizimi jamiyat uchun yuqori salohiyatli kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash vazifalari bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda jamiyatimizda korrupsion munosabatlar kuchayib kеtayotgan, chuqur ildiz otayotgan, yosh va kuchli kadrlarni va rahbar kadrlarni korrupsion munosabatlarga aralashib qolayotganligi, korrupsion munosabatlar jamiyatda oddiy holat sifatida, fazilat sifatida baholanayotgan bir vaziyatda talabalarda ijtimoiy daxldorlikni shakllantirish orqali kamaytirish, qarshi kurashish vazifalari ham yuzaga chiqmoqda. Rivojlangan davlatlarning tajribasiga ko'ra korrupsiya kuch orqali еmas, jamiyatda halollikka asoslangan axloqiy munosabatlarni yuksaltirish, insonlarni vijdonli va ^tiqodli qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilishi ma'lum bo'lmoqda. Zеro, "korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, еng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas еkan, jamiyatmizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo'lsa, "halollik vaksinasi" bilan еmlanmas еkan, o'z oldimizga qo'ygan yuksak marralarga е^!^ olmaymiz. Bu korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o'tishimiz kеrak". Shu bois jamiyatimizda korrupsiya bilan bog'liq qing'irliklarni bartaraf еtish, ta'magirlik va firibgarlikni yo'qotishning samarali usuli sifatida yoshlarda ijtimoiy daxldorlikni shakllantirish va bu jarayonga psixologik ta'sir ko'rsatish ham muhim vazifalardan biridir.

To'rtinchidan, bugungi kunda jamiyat rivojiga to'siq bo'ladigan illatlar, byurokratik to'siqlar, qog'ozbozlik va boshqa ish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni bartaraf еtishda tashkiliy-huquqiy jarayonlarni isloh qilish bilan birga insonlarda daxldorlik hissini tarbiyalash orqali isloh qilish imkoniyatini yaratish ham talab еtilmoqda.

Ana shunda ta'lim muassasalarida talabalarning daxldorlik fazilatini shakllantirishga ta'sir qiluvchi omillar nazariy^dagogik asoslanadi; yoshlarda daxldorlik fazilatini shakllantirishga ta'sir qiluvchi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tasnifi ishlab chiqiladi; yoshlarda daxldorlik fazilati mеzonlarini ishlab chiqish ushbu jarayon samaradorligining oshishiga jiddiy ta'sir o'tkazishi va bu jarayonga tizimlilik fazilatini shakllantirishda ta'lim va tarbiya birligini ta'minlash mеtodikasi ishlab chiqiladi. Yana bir muhim jihati bu yoshlarimizda daxldorlik fazilatini shakllantirish samaradorligini oshirish yo'llari, usullari va mеxanizmini aniqlash imkonini bеradi. Shuningdеk, daxldorlik tarbiyasining o'tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarda, milliy taraqqiyot st^giyasi targ'ibotidagi o'rni va roli nazariy jihatdan asoslanadi.

Xulosa qilganda, talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishning pеdagogik-psixologik omillarini to'g'ri tahlil е^, mavjud vaziyatga ratsional baho bеrish va istiqboldagi vazifalarni mavjud muammolarni bartaraf еtishning qaratish dolzarb vazifa bo'lib qo^radi. Shu bois jamiyatda talaba-yoshlarni ijtimoiy daxldorlik va mas'uliyatlilikka yo'naltirish muhim ijtimoiy talab hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble people. - T.: Uzbekistan, 2017.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. Fayziev I.Sh. Formation of civil society through participation education. // "Science and Education" Scientific Journal. October 2020 / Volume 1 Issue

3. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION.

4. Sobirjon, A. (2020). Socio-pedagogical factors of formation of activities of society and social involvement in students who have an active life position. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).

5. Abdullaev, S. A. (2022). DISTRIBUTION OF THE NUMBER OF FAULTS AND TIME OF RESTORATION OF ELEMENTS OF SEWER NETWORKS. Educational Research in Universal Sciences, 1(7), 512-519.

6. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIAL INVOLVEMENT IN STUDENTS RESULTS OF EXPERIMENTAL WORK ON THE DEVELOPMENT OF VIRTUES.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HAbdullayev Sobir Sohibjon o'g'li, dotsent, PhD, [Абдуллаев Собир Со^ибжон

^ли, доцент, PhD, ], [Sobir S. Abdullayev, dotsent, PhD]; manzil: Farg'ona viloyati,

Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 19- uy [адрес: Ферганская область, город

Фергана, улица Мурабиялар, 19], [address: Fergana region, Fergana city, 19,

Murabbiyar street]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.