Научная статья на тему 'TA`LIM MUASSASALARIDA TARBIYA JARAYONI SAMARADORLOGINING ASOSIY PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI'

TA`LIM MUASSASALARIDA TARBIYA JARAYONI SAMARADORLOGINING ASOSIY PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
559
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sifat / xususiyat / fazilat / axloq / tarbiya / g‘oya / mafkura / yondashuv / ijtimoiy-psixologik omil / tahdid / illat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jabborov Xazrat Xusenovich

Mazkur maqolada ijtimoiy resurslaring eng asosiy indikatorlaridan va shaxs xulq-atvorining asosi hisoblangan tarbiya va uning sifat, xususiyat va fazilatlarini shakllantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA`LIM MUASSASALARIDA TARBIYA JARAYONI SAMARADORLOGINING ASOSIY PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI»

simulate the professional activity of a future specials. The more a university graduate knows, the better he will be prepared for life and work in society. If there is work, then there will be success!

REFERENCES

1. Bespalko V.P. Pedagogy and progressive learning technologies / V.P. Bespalko. - М., 1995. - 189 p.

2. Radikov A.S. Some aspects of the profiling of educational services of the dual sy^em of European education / A.S. Radikov // Bulletin of the Military University. -2010. - №3. S. - 8-9.

3. Agran M.L. Economic and social effects of education / M.L. Agran - М. Education,2001. - 252с.

4. Podlas I.P. «Productive pedagogy» / I.P. Podlas- М., 2003.

TALIM MUASSASALARIDA TARBIYA JARAYONI SAMARADORLOGINING ASOSIY PSIXOLOGIK SHART-

SHAROITLARI

Jabborov Xazrat Xusenovich

O'zbekitfon Respublikasi Jamoat xavsizligi universiteti "Xizmatfaoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta'minlash" kafedrasi

dotsenti, PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada ijtimoiy resurslaring eng asosiy indikatorlaridan va shaxs xulq-atvorining asosi hisoblangan tarbiya va uning sifat, xususiyat va fazilatlarini shakllantirish masalasi nazariy va amaliyjihatdan o'rganilgan.

Tayanch tushunchalar: sifat, xususiyat, fazilat, axloq, tarbiya, g'oya, mafkura, yondashuv, ijtimoiy-psixologik omil, tahdid, illat

Аннотация: В данной статье теоретически и практически исследуется образование, считающееся одним из основных показателей социальных ресурсов и основой поведения личности, формирование его качества, характеристик и качеств.

Основные понятия: качество, особенность, качество, нравственность, воспитание, идея, идеология, подход, социально-психологический фактор, угроза, порок

Annotation: In this article, education, which is considered one of the main indicators of social resources and the basis of personal behavior, and the formation of its quality, characteri&ics and qualities, is tiudied theoretically and practically.

Basic concepts: quality, feature, quality, morality, education, idea, ideology, approach, socio-psychological factor, threat, vice

Tarixga nazar solsak, yer yuzida inson paydo bo'libdiki, o'z og'irini yengillatish uchun tinimsiz izlanadi, o'qiydi, o'rganadi va nimalarnidir yaratadi. Aynan shu harakat tufayli inson psixikasi doim taraqqiyot etib boradi. Qolaversa shu yo'l bilan ham o'zi yuksalib boradi, ham o'z bilganlarini o'zgalarga o'rgatish orqali insoniyat tamaddunining yuksalishiga o'z hissasini qo'shib boradi.

Barcha xalqlarda, ajdodlar va avlodlar o'rtasidagi vorislik ta'minlanadi. Yana tarixga nazar solsak, ilk muloqot va munosabatga kirishish va avlodlarga meroslarni qoldirish, ya'ni ijtimoiy xotirotdagi ijtimoiy bilimlarni shakllanish yo'lidagi qadimiy belgi-rasmlar orqali o'z fikrini ifodalagan kromonyon odami bilan hozirgi fan-texnika samarasi bo'lgan internet orqali axborot almashishgacha bo'lgan tarixiy taraqqiyot buning yaqqol isbotidir.

Bu yutuqlarning zamirida shak-shubhasiz inson uning intilishlari, qiziqishlari, shuningdek, u bilan birga birga bo'lgan atrofidagi kishilarning qo'llab-quvvatlashi, yaqinlarining ishonchi muhim o'rin tutadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda inson, uning bilimi, so'g'ligi ishchanligi, malakasi kabilar inson kapitali deyilsa, uning atrofidagi yaqinlari bilan munosabati, hamkorligi, ishonch, umumiy qiziqishlar oqibatida yuzaga keluvchi ijobiy munosabatlar va samara, o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash kabilar ijtimoiy capital va inson resurslarini ning tarkibiy qismlarini tashkil etadi.

Biz tadqiqotimizda ta'limning globallashuvida inson resurslarini birlashtirish, ya'ni ta'lim samaradorligidagi eng asosiy omillardan biri bo'lgan tarbiya masalasiga to'xtalmoqchimiz.

Bugungi yangi davr, globallashuv davri, ta'lim samaradorligini oshirishda inson omili, inson kapitali va inson resurslarini tadqiq qilishda, har tomonlama yondashuvlar mavjud. Biz mazkur masalada ta'limni rivojlantirishda ijobiy inson resurslaridan biri hisoblangan tarbiya masalasini ko'rib chiqmoqchimiz. Mazkur resurs barcha millatlarni kelajagi va taraqqiyoti uchun eng dolzarb inson resurslaridan biri hisoblanadi[1].

Aynan mazkur tarbiya resursini atroflicha tadqiq qilmasdan turib uni rivojlantirish mushkul kechadi.

Butun dunyoda vertualishish kuchayib, mutatsiyalashib borayotgan bir vaqtda isonlardagi tarbiya resursini o'rganish va uning zamonaviy indikatorlarini aniqlab, amaliyotga tatbiq etish eng u&uvor masalardan biri bo'lishi kerak.

Bugungi zamon va makon shaxsning eng asosiy resurslaridan biri bo'lgan tarbiya masalasiga, yangicha talablarni qo'yayotgani biz soha vakllarini doim diqqat markazimizda bo'lishiligi lozim. Zero, shiddati vertualashish jarayoni kuchaytgan bir davrda ta'lim-tarbiya masalasiga aniq, ilmiy asoslanga, qat'iy talablar bilan yondashish juda muhim pedagogik-psixologik omillardan biri hisoblanadi[2].

Tadqiqotlarimiz globallashuv davrida shaxsning ijtimoiy voqelikka ijtimoiylashuvidagi eng aossiy resurslaridan biri bo'lgan tarbiya masalasi ham shaxsning kamoloti, ham ta'limni rivojlantirish uchun eng asosiy maslalardan biridir.

Hozirgi kunda barcha xalqlar uchun ham barkamol shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish masalasi har qachongidanda muhim ahamiyatga egaligi bizga ma'lum. Sababi, globallashuv jaddalashgan sari odamlarda marginalizm (ijtimoiy begonalashuv,

ijtimoy yakkalanish), e'tiborsizlik, loqaydlik, beparvolik, ishtiyoqsizlik kabi xususiyatlar ortib bormoqda.

Mazkur holat sotsiumning ijtimoiy-ma'naviy muhitini beqarorlashuvini yuzaga keltiradi. Shu sabali bugungi kunda yoshlarda asosiy resurslardan biri bo'lgan tarbiya masalasini ijtimoiy-psixologik omillari va barkamol shaxs tarbiyasidagi asosiy yo'nalishlarni belgilab olish, ularning u^uvor indikatorlarini ishlab chiqish juda zarur hisoblanadi.

Yoshlarda tarbiyaning ijobiy fazilatlari shakllanishining ijtimoiy-psixologik-omillarida ularning aniq belgilab olingan ma'naviy-axloqiy sifatlar va fazilatlarini ma'naviy indikator sifatida tahlili qilish juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa tarbiya isharidagi profilaktika ishlarini maqsadli va manzilli tashkil qilishdagi psixologik-pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq masalalarni ham o'z ichiga oladi.

Jumladan, bu yo'nalishda da^lab tarbiyaviy maqsadni belgilash bosqichida tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishga mas'ul shaxsning vazifasi ta'lim muassasasi jamoasi imkoniyatlarini yagona g'oyaga yo'naltirish, mavjud pedagogik-psixologik shart-sharoitlardan unumli foydalanish chora-tadbirlarini belgilash, tarbiyalanuvchilarning muayyan ta'sir tizimini qabul qilishga tayyorgarlik darajasiga tashhis qo'yishdan iboratdir.

XXI asrda tarbiyaning ideali^ik, pragmatik, reali^ik, antropotsentri^ik, erkin tarbiya, gumani^ik va texnokratik modellariga amal qilinmoqda. Mazkur tizimni amalga oshirishda ushbu modellarning ijobiy jihatlari milliy tarbiya xususiyatlari bilan uyg'unlashtiriladi.

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasini milliy va zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda.

Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda uning psixologik mexanizmlarini o'rganish, mazkur masalada oila, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi.

Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, aksariyat insonlarda Vatanga sadoqat, burch va mas'uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar ularning ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti.

Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so'zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo'lmoqda, bu esa har yili mu^aqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o'z o'rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Ayrim o'quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o'zini o'zi o'qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta'lim sifatiga ham zarar ko'rsatmoqda.

Xar bir xalq o'zining yoshlarida tarbiya va milliy tarbiya resurslariga alohida e'tibor qaratadi. Biz tadqotimizda yoshlarda asosiy ijobiy resurslardan biri bo'lgan milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari tadqiq qilishda milliy tarbiyaning manbalarini o'rganish muhim jarayondir deb hisoblaymiz.

Bizningcha, milliy tarbiyaning manbai - milliylikdir. «Millat», «milliylik», «milliy g'urur», «milliy odob», «millatlararo muloqat madaniyati» tushunchalarining o'zagini arabcha «mil» so'zi tashkil qiladi. Bu so'z arabchada «o'zak», «'tub mohiyat», «negiz» ma'nolarini anglatadi. «Millat» so'zi esa bir necha ma'noni; 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi: 3) xalq ma'nolarini anglatadi. «Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g'arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko'ramiz. Aniqrog'i, g'arbiy talqin xri^ian, sharqiy talqin esa islomiy o'zaklarga borib tutashadi. Ya'ni Ovrupo xalqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «natio» - qabila, xalq sifatida xri^ian dini bilan birga kirib kelgan bo'lsa, Osiyoga esa Islom ta'limoti orqali yuqoridagi uch xil ma'noda kirib kelib, singdi.

«Tarbiya» so'zi esa «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo'lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, xolis ilmiy-pedagogik-psixologik ta'rif berish juda muhim sanaladi.

Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so'zlari 1) parvarish qilmoq; ta'lim bermoq; o'rgatish; odob o'rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko'rsatish: ko'z-quloq bo'lish; himoya qilish kabi ko'pqirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» so'zi esa shu ko'pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Demak, milliy tarbiyaning lug'aviy ma'nosini «yosh avlodlarni o'z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta'lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.

Ta'lim va tarbiya davlat tomonidan amalga oshirilar ekan, o'z mamlakatining iqtisodiy, ma'naviy, tarbiyaviy va mafkuraviy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirildi.

Mu^aqil O'zbeki^onda ta'lim va tarbiyaning milliy asosga qurilishining eng oliy kafolati uning Kon^itutsiyasida himoyaga olindi. Kon^itutsiyaning mohiyati ochiqlik, hamkorlik, milliy madaniyatlar ravnaqi, millatlararo inoqlik ruhiga ega.

O'zbeki^onda milliy madaniyatlarni tiklash, ravnaq toptirish yo'lida milliy-madaniy markazlar tashkil etilib, ularning faoliyati matbuot, radio va televideniyeda keng yoritilishi milliy qadriyatlarni tiklash, boyitish orqali umumfuqaroviy va umuminsoniy totuvlikka erishish yo'li tanlaganini ko'rsatdi.

Chunki "o'zbek milliy madaniyati, tili an'analarini haqqoniy ravishda tiklash va rivojlantirish aholining boshqa milliy guruhlaridagi mana shunday jarayonlar hisobiga bo'lmasligi" davlat tomonidan kafolatlandi.

Qaysi bir jamiyatda ijtimoiy islohot zarurati yuzaga kelsa, o'sha jamiyatda maktabga, tarbiyaga e'tibor keskin kuchayib, tarbiyani, jamiyatni takomillashtirishning bosh vositasi deb tan olina boshlanadi. Tarix bu kabi misollarga boy.

Ana shu nuqtai-nazardan Yangi O'zbeki^on maktablari qarshisida turgan vazifa dolzarb va murakkabdir. Chunki endilikda ular o'z xalqining eng go'zal fazilatlaridan bo'lgan milliy g'urur, millatlararo muloqot madaniyati, O'zbeki^on vatanparvarligi, milliy odob, sof vijdonni o'ziga mayoq qilib olib, Yangi O'zbeki^on sharafiga xizmat qila oluvchi o'g'il-qizlarning yangi avlodini tarbiyalab yetishtirishi kerak.

Bu ijtimoiy buyurtma oila, bolalar bog'chalari, maktab, mahalla, turar joylarda, maktabdan tashqari muassasalarda hamkorlikda olib boriluvchi milliy tarbiya jarayonini ilmiy nazariy tadqiq qilishni taqozo qiladi[3].

"Milliy tarbiya" tushunchasi ko'p qirrali bo'lib, uning: milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo'naltirilgan tarbiyaviy faoliyat; umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi; ta'limga oid siyosatning maqsad, vazifa va tamoyillarining tarkibiy qismi; turli millatlar bolalarini har tomonlama rivojlantirish jarayonining xususiy, ma'naviy manbai; o'quvchilarni axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, go'zallik, iqtisodiy, ekologiya va boshqa yo'nalishlarda tarbiyalashning bosh tamoyili; millatlararo muloqot madaniyatini tarbiyalash va buning natijasida umumfuqaroviy totuvlikka erishishining insonparvarona yo'li va vositasi; ijtimoiy va maktab tarbiyalari uyg'unligining pedagogik sharti; insoniyatni umumbashariy uyg'unlikka olib borishning pedagogik yechimi; ijtimoiy-ma'naviy jabhada milliy xavfsizlikni ta'minlashning ^rategik ob'ekti va vositasi; etnopsixologik nuqtai-nazardan, o'quvchilarda milliy (avto va getero) ^ereotiplarni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, rivojlantirish jarayoni ekanligi aniqlandi.

Yuqoridagi ta'riflardan kelib chiqib, aytish mumkin-ki, milliy tarbiya tizimi - bu har bir xalqning o'ziga xos milliy xarakteri, axloq qoidalariga va taraqqiyotining tarbiyaviy talablariga asoslanib, yangi kompetensiyalarga ega avlodlarni yetishtirishning pedagogik jarayonidir.

Milliy tarbiya ilmiy-pedagogik atama sifatida kam o'rganilganiga qaramasdan u har bir xalq bilan azaldan birga, mavjud edi. Chunki har bir xalqning tarixi - uning o'zligiga, xalqchil madaniyatiga asoslangan tarbiyaning tarixidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasida ahamiyat kasb etadigan milliy fazilatlar va ularning shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari, indikatorlari, mezonlari juda muhim hisoblanadi. Bu masalada ota-onalarning, tarbiyaga mas'ul shaxslarning milliy tarbiya, milliy xarakter, milliy fazilatlar va ularning shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini bilmasdan turib ularni barkamol qilib tarbiyalashning ta'sirchanligi su& bo'ladi.

Qolaversa bugungi yoshlarimiz real voqelikdan ko'ra, vertual voqelik ta'siriga ko'proq tobe bo'lib borayotgan bir vaqtda tarbiya masalasidagi ishlarimizni yangicha, zamonaviy yo'nalish va yondashuvlarda tashkil etishimiz juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun mazkur yo'nalishdagi tadqiqotlarni ko'lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.

FODALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Quronov M. Milliy tarbiya. Monografiya. T.: 2004. B.210

2. Jabborov X.X.. Психологические особенности идеологического влияния "массовой культуры" на человеческий разум. СОЦИАЛЬНЫЙ ПСИХОЛОГ журнал для психологов. Основан в 2000 году в Ярославль. 2016 №2 (32). -С. 56-66.

3. Jabborov X.X. "Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari". Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.