Научная статья на тему 'O‘SMIRLAR MA’NAVIY TARBIYASI ShAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQ TA’SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

O‘SMIRLAR MA’NAVIY TARBIYASI ShAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQ TA’SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
131
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘smirlik davri / ma’naviy tarbiya / ijtimoiy tarmoq

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Mamanazarov Uchqun Burxon O‘g‘li, Mardanova Maftuna Asatulla Qizi

Maqolada o‘smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma’naviy-xulqiy dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo‘lmish ijtimoiy tarmoqning psixologik jihatlari haqida so‘z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLAR MA’NAVIY TARBIYASI ShAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQ TA’SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

АДАБИЁТЛАР РУЙХАТИ:

1. Узбекистан миллий энциклопедияси. З-К / Бош тахрир хдйъати аъзолари: М.Аминов ва бошк. - 4-т. - Т.: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2002. - 169

2. Шымарева Н.А., Губанова М.И., Крецан З.В. Педогогические системы: на ученые основы, управление, преспективы развития.

3. Манько Н.Н. Технологическая компетентность педагога // Школьные технологии. - М., 2002. - № 5. - С. 33-41.

4. Шарипов Ш.С. Касб таълими укитувчиси компетентлигини таъминлашда илмий-методологик ёндашувлар: http:dr-sharipov.com/2014/03/02/

5. Хуторской А.В. Компетентностный подход в обучении: Научно-методическое пособие. - М.: Эйдос, 2013. - 234 с.

O'SMIRLAR MA'NAVIY TARBIYASI ShAKLLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQ TA'SIRINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Mamanazarov Uchqun Burxon o'g'li

Oriental universiteti "Pedagogika va psixologiya " kafedrasi

o'qituvchisi

Mardanova Maftuna Asatulla qizi

Olmozor tumani 24IDUM psixologi

Annotatsiya: Maqolada o'smirlar tarbiyasining psixologik jihatlari, ularning ma'naviy-xulqiy dunyoqarashini shakllantiruvchi omillardan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqning psixologik jihatlari haqida so'z yuritildi.

Аннотatsiя: В статье говорится о психологических аспектах воспитания подростков, психологических аспектах социальной сети, которая является одним из факторов, формирующих их нравственно-нравственное мировоззрение.

Annotation: The article talks about the psychological aspects of the upbringing of teenagers, the psychological aspects of the social network, which is one of the factors that shape their moral and moral worldview.

Kalitso'zlar: O'smirlik davri, ma'naviy tarbiya, ijtimoiy tarmoq.

Ключевые слова: Подростковый возраст, духовное воспитание, социальная сеть.

Key words: Adolescence, spiritual education, social network.

Bugungi axborot asrida dunyoning bir nuqtasida yuz berayotgan voqea va hodisalar to'g'risida boshqa bir nuqtada turib xabardor bo'lish mumkinligi hech kimga sir emas. Bu esa dunyoda sodir bo'layotgan jarayonlarning yanada globallashuviga imkon yaratib bermoqda. Axborot asrida yoshlar ongiga o'z ta'sirini o'tkazuvchi bu kabi tashqi va ichki

- 90 -

omillar oqibatida, hali o'z imkoniyatlarini to'liq anglab yetmagan yosh avlod o'rtasida noxush xolatlarning bo'lib turganligi to'g'risida ma'lumotlarni uchratamiz. O'zbeki&on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 - yillarda O'zbeki&on Respublikasini rivojlantirishning beshta u&uvor yo'nalishi bo'yicha " Harakatlar &rategiyasi " da keltirib o'tilgan qator yo'nalishlari doirasining to'rtinchi ya'ni " Ijtimoiy sohani rivojlantirishning u&uvor yo'nalishlari "ning to'rtinchi bandida ham ta'lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Chunonchi, komputer texnikasi va o'quv-uslubiy qo'llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mu&ahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko'rish kabi muhim ko'rsatmalar berilgan. Bunga yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surildi. Ushbu besh tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o'rtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shu o'rinda Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi fikrini keltirib o'tmoqchimiz: " Tarbiya - Pedagogika, ya'ni bola tarbiyasining fani demakdur. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o'rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o'sdurmakdir".

Shunday ekan ma'naviy tarbiyasi yuzasidan taklif etuvchi muayyan axloqiy fazilatlar yoshlarda kelajakka nisbatan ishonch hislarini to'g'ri shakllanishida va ularning barkamol bo'lib unib-o'sishida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. O'sib borayotgan shaxsning ma'naviy tarbiyasini shakllantirish muammosi ko'p qirrali bo'lganligi uchun, ushbu tushunchani din psixologiyasi, pedagogik psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, differensial psixologiya kabi psixologiyaning turli tarmoqlari o'rganib kelmoqda.

Yoshlar o'zi yashayotgan jamiyat o'zgarishlarining faol ishtirokchisi ekan, uning faoliyatini muayyan g'oyalarga asoslangan ma'naviy tarbiya va ishonch boshqaradi. Shu sababli xulqiy tarbiyani shaxs hayotining bolalik chog'idan boshlangani maqsadga muvofiq. Agar biz ma'naviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida „ma'no" so'zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'yba&i, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-i&aklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi. Ma'naviyat ma'rifat va madaniyat bilan bog'liq. Ma'naviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil o'qish, o'rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma'naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma'naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolg'on va ro& nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, ma'naviyatda inson hayotining mazmuni aks

etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson ma'naviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ma'naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, i&e'dod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, g'ururi, obro'-e'tibori hisoblanadi. Ma'naviyatli jamiyatda aql, sog'lom fikr, adolat va yaxshi xulq u&uvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli bo'ladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz ma'naviyatni tasavvur qilish qi-yin. „ma'naviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxtsaodat bo'lmaydi", degan edi O'zbeki&onning ilk prezidenti Islom Karimov.

"Shaxsning ichki ma'naviy dunyosi ma'naviy ehtyoj, ma'naviy qiziqish va faoliyat, ma'naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iboratdir." Ko'pgina psixologlar inson ma'naviy tarbiyaning asosini hissiyot, iroda, hayol, motivlar, bilimlar va shu kabi bir qator xususiyatlaridan iborat deb bilishadi. Shu o'rinda yoshlar hayotida yuqoridagi barcha xususiyatlarni birlashtirib turadigan yetakchi va sog'lom tarbiyaning asosi nimada degan savolga javob berish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi o'smirlar o'tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha u&unlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o'sish oldinroq namoyon bo'lmoqda. Shu sababli bizda o'g'il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o'smirlik yoshida deb hisoblanadi. O'smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko'chish jarayoni sodir bo'ladi. O'smirda psixik jarayonlar keskin o'zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda o'quvchi bilan o'qituvchining muloqotida, kattalar bilan o'smirlarning muomalasida qat'iy o'zgarishlar vujudga keladi. Bu o'zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug'iladi. Bular avvalo ta'lim jarayonida ro'y beradi: yangi axborot, ma'lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o'smirni qoniqtirmay qo'yadi. Ota-onalarninig o'smirlar ruhiyatini yaxshi bilmasligi oilada o'z farzandlarini erkalatib o'&irishlari hamda ularni haddan tashqari asrab avaylab ardoqlashi oilada bola hulqini buzilishiga olib keladigan omillardandir.

Bunday tarbiyalangan bolalar va o'smirlarda xulq o'zgarishi ko'rinishlari tez shakllanib mu&aqil fikr yuritish va moslanuvchanlik qobiliyatlari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli ular unchalik murakkab bo'lmagan oddiy nizoli vaziyatlardayoq o'zlarini yo'qotib qo'yadi.

Ko'pincha kuzatamizki hayotiy shart-sharoitlarda insonni, ayniqsa yoshlarni ko'pincha umid va orzular boshqaradi. Shu sababli ular faoliyatida hayotga munosabat, dunyoqarash yoki yo'l-yo'riq bo'lib xizmat qiluvchi, aql, idrok, iroda asosida anglangan bilimlar, g'oya hamda tasavvurlar ifodasi bo'lgan tushunchalar va shu asosda anglangan bilim, maqsadlar majmui hamda ularning to'g'riligiga bo'lgan ishonch yetakchilik qiladi. Xulqiy tarbiya yoshlarning voyaga yetishi jarayonida shakllanadi. Bilim va g'oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o'zlashtirib olgandagina ishonchga aylanadi. Ammo umid va orzular ham shunga munosib ravishda ulg'ayib boradi. Shunga ko'ra ma'naviyat tarbiyasi ijtimoiy jihitdan insonning faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Zero, tarbiya amaliy jarayonlarda o'zini kengroq namoyon qiladi. Agar o'smirlardagi xarakter xususiyatlari mutaassib, irqiy, millatchilik va tor siyosiy hamda iqtisodiy manfaatlar

bilan cheklangan bo'lsa, bunday holda u buzg'unchilik va beqarorlikka xizmat qiladi. Bunday hol oqibatida jamiyat va davlatning rivojlanishdan ortda qolishi ehtimoli yuqori bo'ladi. Shu sababli, taraqqiyot va hurlikka xizmat qiluvchi ishonch bilan buzg'unchilik va yomonlikka yetaklovchi umid va orzularni bir-biridan farqlash g'oyatda muhim masaladir. Bundan shu narsa ko'rinadiki sog'lom avlodni shakllantirishda ishonch bilan hayotiy umid va orzularni uyg'unlashtirishning shaxs dunyoqarashi tizimidagi o'rni yuqori ekan. Uning ahamiyati birinchidan, shaxs dunyoqarashida barqarorlikni belgilovchi omil sifatida, ikkinchidan, mavjud yoki yuzaga kelishi ehtimoli bo'lgan qiyinchiliklardan cho'chimaslikka, ularga qarshi tura olishga va bartaraf etishning oqilona yo'llarini izlashga, uchinchidan, xulqidaga sobitlik va faollikni ta'minlashga xizmat qilishida ko'rinadi. Xulqiy tarbiya bir tomondan diniy bilimlarni egallashni hamda, dunyoviy ilmlardan ham xabardor bo'lishni talab etmoqda.

Bizning diyorda i^iqomat qiluvchi ko'pchilik aholining hayot tarzi, urf-odatlari, milliy tarbiya tizimida islom dini, ta'limoti va ruknlari asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Xususan, qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflarda e'tiqodiy masalalar bilan bir qatorda ota-ona, farzandlik burchi, odob-axloq mavzusidagi masalalarda ko'plab psixologik ahamiyatga ega jihatlarni uchratamiz. Zero, prezidentimiz shavkat mirziyoev ta'kidlaganlaridek " islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi".

Yoshlarning diniy yoki dunyoviyligidan qat'iy nazar tafakkurining shakllanishi va mu^ahkamlashishiga chuqur ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri ma'naviyatdir. O'rta, maxsus va oliy ta'lim tizimida "ma'naviyat"ga oid fanlar tarkibida o'tiladigan mavzular qiyosiy o'rganilganda shu narsa ma'lum bo'ladiki, predmetlar bo'yicha yoshlarga asosan umumiy, tarixiy va nazariy ma'lumotlargina taqdim etiladi. Mazkur ma'lumotlar har qanday kuchli mutaxassis, yangi texnika va pedtexnologiyalar vositasida taqdim etilmasin, baribir umumiy hamda tarixiy va nazariy ma'lumotlar bo'lib qolaveradi. Bu fandan maqsad yoshlarda yuksak ma'naviyatni, uning vositasida mu^ahkam vatanparvarlik dunyoqarashi va kengfikrlilikni shakllantirish bo'lsa unda fan mavzulari tarkibi va ularni shaxsda amaliy shakllantirish yondashuvlari zamon talablari asosida yangilanishi kerak bo'ladi. Ta'limni amalga oshirishda umumiy fikrlardan ko'ra aniq yaxshi va yomon ta'sirga ega atama va tushunchalarning mazmun-mohiyatini ochib berish yo'lidan borish ko'proq samara berishi mumkin. Buning uchun inson ma'naviyatining rivojlanishida eng chuqur ta'sir kuchiga ega atama va tushunchalar hamda ularni qanday ketma-ketlikda o'qitish va ishonchga aylantirish tartibi va mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim bo'ladi. Tarbiyaning nazariy asoslari, asosiy sohalari va yo'nalishlari haqidagi umumiy tushunchalar o'rniga yaxshilik va yomonlik, poklik va nopoklik, to'g'rilik va egrilik, bag'rikenglik va xudbinlik, tinchlik va urush, mehnatsevarlik va boqimandalik kabi dunyoqarashning shakllanishiga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadigan tushuncha va atamalar mohiyati amaliy misollar yordamida o'rgatilishi yanada yaxshi samara berishi mumkin.

Bugun psixologik dunyoqarashni shakllantirishda amaliyotda foydalanib kelinayotgan kutubxona, kino, konsert, teatr, muzey, ekskursiya va anjumanlar tashkil etish kabi tadbirlarning ta'siri yetarli bo'lmayotgani sezilarli darajaga chiqdi. Buning

sababi birinchidan, bu amaliyot ob'ektlari yoshlar uchun yangilik emas, ikkinchidan, ularning aksariyati hordiq chiqarishga mo'ljallangan, uchinchidan, bunday ob'ektlar juda ko'p va ular haqida ma'lumot beruvchi axborot manbalarining ham xilma-xilligidir. Inson esa o'z tabiatiga ko'ra ko'p narsaga loqayd qaraydi va kam narsaga intilib yashaydi. Shuning uchun bugun psixologik yetuk dunyoqarash ko'nikmalarini amaliy hosil qilish jarayonida yoshlarga tinglovchi va kuzatuvchi emas, balki tashkilotchi ishtirokchilik imkonini ko'proq berish kerak bo'ladi. Yoshlar kitobxonlik klublari, kinotaqdimot va konsert $;udiyalari, teatr jamoalari va ularning mahsulotlari, yoshlar muzeyi va ularning eksponatlari, yoshlar ekskursiya va anjumanlari kengashi kabi yoshlar o'zlari qaror chiqaruvchi jamoaviy tuzilmalari faoliyatini tashkil etish kelajak avlod ijtimoiy psixologiyasi, ma'naviyat va dunyoqarashning shakllanishida ijobiy iz qoldirgan, qolaversa noyob iqtidorlarning namoyon bo'lishi, yoshlarning o'z kelajagini ko'rish imkoniyatlarini oshirishi, yoshlik davridan yorqin tarixiy xotiralar qolishi va hayotdan ilhomlanib yashashiga sabab bo'lar edi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jamiyatimizning katta va kichik a'zolarida ayniqsa, yoshlar onggida ma'naviy tarbiyani shakllantirishda milliy va ma'naviy qadriyatlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat taraqqiyoti keng dunyoqarashli, qobiliyatli, i^e'dodli kadrlar orqali yuz beradi. Yoshlar dunyoqarashining yuksalishi natijasida ularning o'z kuchi, imkoniyati bilan ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot, demokratik, fuqarolik jamiyati qurishga bo'lgan ishonchi kuchayadi. Har bir mamlakat o'z milliy taraqqiyotida yetishib kelayotgan avlodining ko'plab fazilatlarni qamrab olgan ijtimoiy psixologiyasiga tayanadi. Qadimgi sharq va g'arbda, o'rta asrlar davrida, fanlar klassifikatsiyalanishining taraqqiyot bosqichlarida, indu^rial va bugungi po^indu^rial, axborotlashgan jamiyatlarda ham o'rinbosar avlod ishonchi, e'tiqodi, psixologiyasi va dunyoqarashi masalasini to'g'ri hal qilishga bosh masala sifatida qaralgan. Yetuk, bilimdon avlodni yetishtirish uchun ularning dunyoqarashi va tafakkur tarzini shakllantirishga, o'rta, maxsus va oliy o'quv yurtlaridagi tahsiliga e'tibor berilgan. Bugungi davr ham shunday talabdan holi emas. Faqat uni o'z vaqtida ko'ra bilish, davr imkoniyatlariga muvofiqlashtirib borish katta muvaffaqiyatlarga olib keladi. Ijtimoiy tarmoq yutuqlaridan foydalanish barobarida yosh avlodning ma'naviy dunyosini shakllantiruvchi tarbiya metodlaridan foydalanish lozimligi begungi kunning ham e'tiborga molik jabhalaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbek tilining izohli lug'ati. Beshinchi jild - t.: " O'zbeki^on milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2008.- 592 b.

2. A.Avloniy. "Turkiy Guli^on yohud ahloq"O'qituvchi nashriyoti,Toshkent-1992.B-2.

3. E.G'oziev. Ontogenez psixologiyasi-Nazariy-eksperimental tahlil. Monografiya-Toshkent: Уз.Мил. Универ., 2010.-Б 222

4. E.G'oziev. Umumiy psixologiya-Toshkent: Уз.Мил. Универ., 2012.-Б 312

5. T.S.Safarov va boshq."Informatika va axborot texnologiyalari"- O'zbeki^on milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti,Toshkent-2006.B-37.

6. G'.B.Shoumarov. "Muhabbat va oila".T. Ibn Sino. 1994 yil 47-bet.

7. P.I.Ivanov "Umumiy psixologiya"-Toshkent, "O'qituvchi"

8. O.Sodiqova, S.Madaliyeva-"Psixologiya"-Toshkent-2010. B.248.

7. B.Valiev [ va boshq.]-Din psixologiyasi: o'quv qo'llanma.- Toshkent: Movarounnahr,2014.-B.90.

8. M.Mamatov- Din psixologiyasi: ma'ruzalar matni.-Toshkent.Islom Universiteti, 2014.- B.93.

9. X.Yo'ldoshxo'jaev [ va boshq.]-Dinshunoslik ma'ruzalar matni: o'quv da&uri. Toshkent.FTDK, DITAF, 2000.-B.130.

10. B.Umarov.Suitsidologiya:o'quv qo'llanma.Toshkent.O'zXIA, 2019-B 184.

11. https://kun.uz.

BARKAMOL AVLOD TARBIYASI - TARQIYOT KAFOLOTI

Mirsagatova N. S.

Oriental universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

katta o'qituvchisi, Qobiljonova Maftuna Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada barkamol avlod tarbiyasi tarqiyot kafoloti ekanligi, mazkur jarayonni amalga oshirishda allomalarningfikr-mulohazalari haqida fikr bildirilgan.

Tayanch iboralar: ta'lim-tarbiya, o^qitish masalalari, maktab, muallim, o^quvchi, tarbiyachi.

Ilm-fan, madaniyat va ma'rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko'taradi, uning tarqqiyotini ta'minlaydi, kelajagini oldindan ko'rsatib beradi. Ilm-ma'rifat e'zozlangan, ta'lim-tarbiyaga yuksak darajada ahamiyat berilgan mamlakatda turli nizolar, urish to'g'risida o'ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki, ilm-ma'rifatga u&uvor ahamiyat berish, bu haqda qayg'urish mamlakat va xalq i&iqbolini o'ylash demakdir.

Qadim-qadimlardan zaminimizda yashab kelagan alloma va mutafakkir ajdodlarimiz barkamol insonni tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor qaratgan.Ma'lumki inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalarning mehr va ardog'iga, ko'magiga muhtoj bo'ladi. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr farobiyning ta'kidlashicha:"Inson fazilatlari bilan kamolotga yetadi va kamolotga yetgan odam baxtli hisoblanadi".Shu muommoni taxlil qilgan Yusuf hos hojib so'zlari bilan aytganda, "Kamolotga yetish yo'llari ikkita, bilim olish va ibrat o'rganish"dir. Inson barkamollik pilla poyalaridan dunyodagi barcha narsalarga va odamlarga bo'lgan muhabbat his tuyg'usi bilan bilimlar egallash orqali o'z-o'zini tarbiyalash va chetdan berilgan ta'lim-tarbiya natijasida ,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.