Научная статья на тему 'IJTIMOIY DAXLDORLIK-BUGUNGI KUN TALABA YOSHLARI IJTIMOIYLASHUVINING ASOSIY OMILI SIFATIDA'

IJTIMOIY DAXLDORLIK-BUGUNGI KUN TALABA YOSHLARI IJTIMOIYLASHUVINING ASOSIY OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayev Sobirjon Soxib O‘G‘Li

Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari tarixiy xotira, ajdodlaming qahramonlik obrazlari hamda milliy birdamlik uchun kurashgan jadidlar pedagogikasi asosida ochib berilgan, Oliy ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, darslar va tadbirlarni qadriyatli yondashuv asosida takomillashtirish, loqaydlik va befarqlikni aniqlash profilaktikasini muntazam o‘tkazish va bu borada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida bilimlarini oshirish orqali talabalarda ijtimoiy daxdorlikni rivojlantirish mexanizmlari asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY DAXLDORLIK-BUGUNGI KUN TALABA YOSHLARI IJTIMOIYLASHUVINING ASOSIY OMILI SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

IJTIMOIY DAXLDORLIK-BUGUNGI KUN TALABA YOSHLARI IJTIMOIYLASHUVINING ASOSIY OMILI SIFATIDA Abdullayev Sobirjon Soxib O'g'li

Farg'ona davlat universiteti pedagogika kafedrasi v.b. dotsenti, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11047861

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarda ijtimoiy daxldorlikfazilatini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari tarixiy xotira, ajdodlaming qahramonlik obrazlari hamda milliy birdamlik uchun kurashgan jadidlar pedagogikasi asosida ochib berilgan, Oliy ta'lim jarayonida ma'naviy-ma'rifiy ishlar, darslar va tadbirlarni qadriyatli yondashuv asosida takomillashtirish, loqaydlik va befarqlikni aniqlash profilaktikasini muntazam o'tkazish va bu borada shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida bilimlarini oshirish orqali talabalarda ijtimoiy daxdorlikni rivojlantirish mexanizmlari asoslangan.

Аннотация. В данной статье раскрываются научно-педагогические основы развития общественной добродетели у студентов на основе исторической памяти, героических образов наших предков, педагогики современников, боровшихся за национальное единство. навыки у студентов основаны на регулярной профилактике равнодушия и равнодушия и повышении их знаний на основе личностно-ориентированного образования.

Abstract. In this article, the scientific and pedagogical foundations of the development of the virtue of social involvement in students are revealed based on historical memory, the heroic images of our ancestors, and the pedagogy of the moderns who fought for national unity. The mechanisms of developing social skills in students are based on regular prevention of indifference and indifference and increasing their knowledge on the basis of person-oriented education.

Bugun dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari va institutlarida loqaydlik, eskapizm va daunshifting g'oyalarini shakllanishi, jamiyatga ko'rsatatyotgan ta'siri, ularga qarshi kurash yo'llarini tadqiq etish, ijtimoiy daxldorlikni va mas'uliyatni mustahkamlashning ijtimoiy va pedagogik yechimlarini topishga doir ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu orqali insoniyat taqdiriga xavf soluvchi global falokatlarni oldini olish, ijtimoiy tarqoqlik, kelajak avlodlar taqdiriga befarqlikni baratarf etish, islohotlarni amalga oshiruvchi bo'lish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda faollik ko'rsatishga qaratilgan ta'limiy vazifalar yuzaga chiqmoqda. Shu bois rivojlangan davlatlarda kosmopolitizm, egotsentrizm va gedonizm g'oyalarini rivojlanib ketmasligi, ijtimoiy xavfga aylanmasligi va jamiyatda loqaydlik va befarqlikni kuchaytirib yubormasligiga qarshi ijtimoiy daxldorlikni singdirish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda.

Mamlakatimizning yangi taraqqiyot bosqichida inson huquq va erkinliklari, tinchlik, barqarorlik, osoyishtalikni ta'minlash, boy ma'naviy merosimiz orqali o'quvchi-yoshlarda vatanparvarlik, milliy g'urur va iftixor tuyg'usini mustahkamlash, ijtimoiy voqelikka daxldorlik hissini qaror toptirishga katta e'tibor qaratilmoqda. "Yoshlarimizni ona vatanimizga, mustaqillik g'oyalariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning iste'dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini ro'yobga chiqarish yo'lida boshlagan katta ishlarni bundan buyon ham qat'iyat bilan davom ettirish" yangi O'zbekistonda ma'rifatli jamiyatni barpo etishning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilab olingan. Bu esa, talabalarda ijtimoiy daxldorlik fazilatini rivojlantirishning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish, mazkur jarayonni amalga oshirish modeli, amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.1

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda "yangilanish jarayonlari tufayli odamlarimizning ongu tafakkuri, ularning Vatan taqdiriga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga munosabati tubdan o'zgarmoqda. O'tmish qoliplaridan voz kechgan jamiyatimiz a'zolari hayotdagi o'z o'rnini yangicha tasavvur etmoqda. El-yurtimizda yuksak ma'naviy fazilatlar, demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda, eng muhimi, aholmizning amalga oshirilayotgan keng ko'lamli yangilanishlarga daxldorlik hissi, mamlakatimizning kelajagiga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda"[189;242-b]. Bu ham jamiyatda ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirmoqda.

Talaba-yoshlarda ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirish buzg'unchi g'oyalarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetning shakllanishi bilan ham bog'liq. Chunki daxldorlikni anglagan talabaning mafkuraviy ximoyalanishi kuchli bo'ladi. Mafkuraviy immunitetga ega bo'lgan talabaning esa ma'naviyati yanada yuksalib boradi. Sababi unga ma'naviy tahdid va mafkuraviy xurujlar zarar yetkaza olmaydi. Talaba har qanday masalaning o'zi uchun muhim yoki nomuhim ekanligini anglashi, shunga mos ravishda ish tutishi undagi daxldorlik fazilatining qay darajada shakllanganini bildiradi [28;124-125-b]. Zero, "yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari"[17;488-b] safarbar etilmoqda.

Fuqarolik jamiyatini qaror toptirish xalqimizning ma'naviy fazilatlari yuksalishiga bog'liq. Biroq globallashuv sharoitida ma'naviyatning sayozlashuvidek ulkan muammo yuzaga kelmoqda. Terrorizm, missionerlik, diniy ekstremizm, "ommaviy madaniyat", gedonizm, eskapizm, daunshifting, loqaydlik, befarqlik, axborot xuruji va oilaning global inqirozi kabi illatlarning paydo bo'layotgani shular jumlasidan. Ularning barchasiga yoshlar tarbiyasidagi xato-kamchiliklar, ma'naviyatning qashshoqlashuvi sabab bo'lmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida daxldorlik tarbiyasiga yetarli darajada e'tibor qaratilmaslik oqibatida shunday jarayon yuz bermoqda.

Professor M.Quronovning ijtimoiy daxldorlik to'g'risidagi fikrlariga ko'ra, "bugun mamlakatimizda yangilanish jarayonlari tufayli odamlarimizning ongu tafakkuri, ularning Vatan taqdiriga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga munosabati tubdan o'zgarmoqda. O'tmish qoliplaridan voz kechgan jamiyatimiz a'zolari hayotdagi o'z o'rnini yangicha tasavvur etmoqda. El-yurtimizda yuksak ma'naviy fazilatlar, demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda, eng muhimi, aholimizning amalga oshirilayotgan keng ko'lamli yangilanishlarga daxldorlik hissi, mamlakatimiz kelajagiga bo'lgan ishonch ortib bormoqda"[189-;242-b]. Mana shunday ishonchni yanada mustahkamlab, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida jamiyatning umumiy mas'uliyatini oshirish, insonlarda daxldorlikka asoslangan halollik va vijdonan ish yuritish fazilatlarini rivojlantirish istiqboldagi vazifalar bo'lib qoladi.

Oliy ta'limda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatga daxldorlik va mas'uliyatni mustahkamlash ijtimoiy manfaatlar ustuvorligiga asoslangan pedagogik jarayonni innovatsion asosda tashkil etish samara beradi. Bu orqali yoshlarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik va fidoyilik sifatlarini shaklantirish mumkin bo'ladi. Talabalarda ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirrishning muhim asosi sifatida ularda shaxsiy manfaatdorlikni shakllantirish talab etiladi.

1 OaröueB H.ffl. ^axngop^HK TapÖHacH op^a^H $yK;apo.nHK «aMHATHHH maK.n.naHTHpHm. // "Science and Education" Scientific Journal. October 2020 / Volume 1 Issue 7 -E. 492.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Talaba bo'lajak kadr sifatida ijtimoiy ma'suliyatni, daxldorlik fazilatini namoyon qilishi orqali ijtimoiy manfaatdorlikni ham ko'rsatib bergan bo'ladi. Bugungi kunda barcha ijtimoiy munosabatlar manfaat asosiga qurilayotganligini anglash va shu asosda yoshlarda ijtimoiy daxldorlikni shakllantirish zarurati ortib brmoqda. Zero, «hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o'zining manfaatlarini qandaydir yo'llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo'lsa qonuniy yo'llar bilan o'z maqsadlariga erishishga intiladi»[84;12-13-b]. Shunday ekan, oliy ta'limda talabalar ijtimoiy daxldorlikni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik jarayonni tashkil etish, bilim va ko'nikmalarni shakllantirish ularda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning ishtirokchisi o'z o'rnini topishga ham yordam beradi.

Oliy ta'lim tizimidagi pedagogika fanlaridan tashqari ijtimoiy gumanitar fanlar tizimi ham talabalarda faol ijtimoiy dahldorlik fazilatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Biroq, bu fanlarning o'tilishida tizimli ketma-ketlikni ta'minlanishi, maqsadi, vazifalari va murakkabiligiga ko'ra bir birini to'ldiruvchilik tamoyili asosida o'tilishi va bu jarayonda fanlararo hamkorlikni yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa o'rnida aytish joizki gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar talabalarda yagona vatan hissini tarbiyalashi orqali jamiyatda milliy birlikni va birdamlikni rivojlantirishga hizmat qiladi. Bu orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatish va ijtimoiy muhitda ichki hamjihatlikni shakllantirish maqsad qilinadi. Masalan, O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fani talabalarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik kabi g'oyalar orqali jamiyatni birlashtirish, ijtimoiy daxldorlikni rivojlagntirishni maqsad qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble people. -T.: Uzbekistan, 2017

2. Fayziev I.Sh. Formation of civil society through participation education. // "Science and Education" Scientific Journal. October 2020 / Volume 1 Issue

3. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION.

4. Sobirjon, A. (2020). Socio-pedagogical factors of formation of activities of society and social involvement in students who have an active life position. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 5(12).

5. Abdullaev, S. A. (2022). DISTRIBUTION OF THE NUMBER OF FAULTS AND TIME OF RESTORATION OF ELEMENTS OF SEWER NETWORKS. Educational Research in Universal Sciences, 1(7), 512-519.

6. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIAL INVOLVEMENT IN STUDENTS RESULTS OF EXPERIMENTAL WORK ON THE DEVELOPMENT OF VIRTUES.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.