Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
TALABA-YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING TA'LIM SOHASIDA NAMOYON BO'LISH XUSUSIYATLARI
Temirova Svetlana Vladimirovna
"Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bugungi kunda talaba-yoshlarga oid davlat siyosatining ta 'lim sohasida namayon bo'lish xususiyatlari, Mamlakatimizda oxirgi yillarda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qо'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, huquq va manfaatlarini ta 'minlash kabi muhim masalalar davlat siyosatining eng ustuvor yo 'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda.OTMga oid davlat siyosatini amalga oshirish istiqbollari haqida to'xtalib o 'tilgan.
Kalit so 'zlar. Talaba-yoshlar, siyosat, ta 'lim tizimi, ijtimoiy integratsiyalashuv, ta 'lim, konsepsiya, demokratlashuv, ijtimoiy integratsiyalashuv.
ABSTRACT
In this article, the characteristics of the state policy regarding students and youth in the field of education, as well as the importance of educating the young generation in recent years in our country, creating all the necessary conditions for them to take an independent step in life, and ensuring their rights and interests issues are becoming one of the most priority directions of the state policy. The prospects for the implementation of the state policy on OTM were discussed.
Keywords: Students, politics, education system, social integration, education, concept, democratization, social integration.
KIRISH
Mamlakatimizda so'nggi yillarda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qо'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, huquq va manfaatlarini ta'minlash kabi muhim masalalar davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yoshlar kirib kelayotgan bo'lsa, kelgusi 10 yilda bu raqam bir millionga yetadi. Bugungi kunda yurtimizda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ozbekiston Respublikasining "Ta'lim to,g,risida"gi qonunining 3-moddasida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko'rsatib o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Research BIB / Index Copernicus
-ta'lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda boTishi, -ta'lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
-umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining yo'nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;
-ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standarti doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
-ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; - bilimli bolishni rag'batlantirish;
-ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini tuyg'unlashtirish. Ozbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunining 3-moddasida ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta'lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bolishi ko'rsatilgan. Ta'lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bogliq bolgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali xar tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta'limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida uning ma'naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so'z bilan aytganda, ta'lim-tarbiya jarayoni shaxsni xar tomonlama kamol topishini ta'minlashga yo'naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta'lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta'lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o'quv materiallari, ta'lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va xar kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta'minlashga imkon beradi. Mazkur tamoyilga amal qilish o'quvchilarning xohishlariga ko'ra o'quv jadvalidan qo'shimcha fanlarning o'rin olishi, yuqori sinflarda muayyan fanlarning chuqurlashtirilib o'rgatilishi, fakultativ mashg'ulotlar hajmining kengaytirish, turli yo'nalishlarda to'garaklarni tashkil etish, darslarning yakka va guruh asosida o'tkazilishiga e'tibor berilishini anglatadi.
Shavkat Mirziyoyev oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi va quydagilar belgilab qoyildi. a) O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:Oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish; O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand
Research BIB / Index Copernicus
davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish;
oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish;
oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;
oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash; oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash;
O'zbekiston oliy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi "xab"ga aylantirish;
oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
Research BIB / Index Copernicus
talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
oliy ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag'larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash;
ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;
b) O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.
2016 yil 15 sentabrdan kuchga kirgan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi" sohadagi vazifalarni yangi bosqichga ko'tardi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha Komissiya tuzish to'g'risida"gi F-4789-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan ham tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Jumladan, hozirgi kunda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan joriy yil 10 apreldan boshlab oliy ta'lim muassasalarida kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda.
Talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitish, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha "Yagonasan, muqaddas Vatan!", "Soliq bilimdonlari", "Tafakkur sinovlari", "Quvnoqlar va zukkolar", "Baxtiyorlar diyori" respublika ko'rik-tanlovlari, Talabalar teatr studiyalari festivallari hamda turli mavzularda ijodiy ishlar tanlovlari o'tkazilmoqda. Jumladan, "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika ko'rik-tanlovining mamlakat bosqichida Samarqand davlat universiteti jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Ayniqsa, "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
Research BIB / Index Copernicus
oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturi" bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Dunyoda o'xshashi bo'lmagan uch bosqichli noyob tizim - "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalari bo'lajak yetuk sportchilar uchun o'ziga xos pillapoya vazifasini o'tamoqda. O'zbekiston Universiadalari talaba-yoshlarimizni Osiyo, jahon va xalqaro yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishi va eng qimmatli g'alabalarni qo'lga kiritishlarida o'ziga xos poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan XXXI Yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 25 nafar talaba sportchilarimiz ishtirok etib, 13 ta medal (3 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza)ni qo'lga kiritishdi.Globallashuvning zamonaviy davri ta'limni, ayniqsa oliy ta'lim tizimini tashkil etish, boshqarish va mazmuniga yangi talablarni qo'yar ekan, buning uchun Oliy ta'lim tizimi ham globallashuvning noaniq jarayonlari va jamiyatning tezkor texnologik va axborot taraqqiyotidan kelib chiqadigan talablarga maksimal darajada javob berishi kerak bo'ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida ta'limning yangi konsepsiyasini barpo etish va yoshlarga zamonaviy bilimlar asosida ta'lim berish va tarbiyalashda, nafaqat an'anaviy, balki innovatsion yondashuvlardan ham samarali foydalanish va o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borish kutilgan natijalarga erishishga olib kelishi shubhasiz.
Ta'lim sohasidagi yangi O'zbekiston davlat siyosatining mohiyati iqtisodiyotining eng intellektual salohiyatli "tarmog'i" sifatida ta'limning ustuvorligini ta'minlashdir. Oliy kasbiy ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi XXI asrning barcha qiyinchiliklariga javob beradigan ta'limning yetarli modelini shakllantirish, jamiyatning yangi O'zbekiston shakllanishida yetakchi rolini tan olishdir. Bu davlat va jamiyat oldida ta'limning hozirgi holati, uni modernizatsiya qilishning samaradorligi, klassik jahon oliy ta'lim tizimining eng yaxshi an'analari va andozalarini saqlab qolish uchun alohida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni talab qiladi.
O'zbekiston ta'limini modernizatsiya qilish bugungi kunda O'zbekiston ta'lim sohasidagi davlat siyosatining bosh strategik liniyasi sifatida rasman tan olinganligini biz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning bu borada bildirgan fikrlari va qarorlaridan ham bilishimiz mumkin. Bu, albatta, O'zbekistonning oliy kasbiy ta'lim tizimini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Ta'lim sohasidagi innovatsion o'zgarishlarning eng ko'zga ko'ringan natijalaridan biri, bizning fikrimizcha, universitetda ta'lim olish jarayonida olingan bilimlarning "qarishi" ning tezlashuvi, shuningdek, nazariy bilimlarning jamiyat hayotining amaliy sohasi ehtiyojlariga mos kelmasligi. Shunga ko'ra, ushbu bilimlarni doimiy ravishda
Research BIB / Index Copernicus
yangilash va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati ortib bormoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimiz ta'lim tizimining ikki bosqichli tizimga (bakalavriatni joriy etish) o'tish barcha soha uchun mutaxassislarni kasbiy tayyorgarlikda amaliyot bilan birlashtirish va ilm-fanni yanada rivojlantirish davr zaruriyatiga aylandi. Bu borada olib borilayotgan ta'lim siyosatini tubdan takomillashtirish va huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash xalqaro ta'lim andozalariga integratsiyalashuvini ta'minlashga olib kelmoqda. O'zbekistonning Boloniya Konvensiyasiga tobora qo'shilishiga tayyorgarlik ko'rilishi, yagona ta'lim makonini shakllantirish zarurligini va shunga ko'ra, ta'lim sifati uchun Yevropa mezonlari bilan bir xil, yagona texnologik va gumanitar meyorlarga rioya qilish hamda barcha soha mutaxassislarini tayyorlash talablarini oldindan belgilab berdi.
Ikkinchidan, nafaqat O'zbekiston, balki butun Yevropaning ta'lim sohasidagi yagona professional malakalarning mavjudligi universitet-larida tashkil etilgan majburiy kasbiy malakalar doirasida ijtimoiy-gumanitar sohalar bakalavrlari uchun zarur bo'lgan bir qator parametrlarni, jumladan, til, madaniyat, iqtisodiyot, siyosat va boshqalarni ham butunlay o'zgartirishga sabab bo'ldi. Bo'lajak mutaxassislarning zarur kasbiy va umumiy madaniy vakolatlarini shakllantirish nafaqat shakllar, darajalar, balki o'quv jarayonining mazmuni ham muhim o'zgarishlar fonida yuzaga keladi. Masalan, zamonaviy ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyati ta'lim mazmunini davlat tomonidan shakllantirishdan ushbu tizimga yangi jihatlar va ishtirokchilarni, xususan, ish beruvchilarni kiritishiga o'tishdir. Shu bilan birga, ushbu yondashuv barcha darajadagi zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi, o'quv jarayonini tashkil etishning mazmuni, shakllari va usullariga ta'sir ko'rsatish imkoniyatini kengaytiradi, hatto ta'lim muassasasining turini tanlashga yordam beradi . Bir tomondan, ushbu yondashuv barcha darajadagi mutaxassislarning zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi. Aslida, bu parametrlar bir daraja yoki boshqa ta'lim sifati ko'rsatkichlariga ta'sir qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son «Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan ishlab
Research BIB / Index Copernicus
chiqilgan. Konsepsiya O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari,
vazifalari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo'ladi. Bugungi kunda respublikada 198 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud bo'lib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 105 tasi xorijiy oliy ta'lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan, so'nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta'lim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi filiali tashkil etildi . Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta'lim yo'nalishi va 582 ta magistratura mutaxassisligi kiritildi. 2019/2020 o'quv yilida 59 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi ta'lim, 10 ta oliy ta'lim muassasasida kechki ta'lim shakli joriy etildi. Respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi bo'yicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, so'nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi. Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-texnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 4,4 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 4,5 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olmoqdalar. Magistratura talabalari-ning 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab chiqarish-texnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv xo'jaligi, 13,5 foizi sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 3,2 foizi xizmat ko'rsatish bilim sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olmoqdalar. 2019/2020 o'quv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va o'tgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi. Respublikaning 16 ta oliy ta'lim muassasasida 2018/2019 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017 yilda 48 ta). So'nggi 3 yilda 1693 nafar professor-o'qituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta'lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9636 nafarga yetdi (shundan 2130 nafari fan doktori (DSc), 7506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda respublika oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga oshishiga erishildi.
So'nggi 5 yilda oliy ta'lim muassasalarining 1611 nafar professor- o'qituvchisi xorijiy oliy ta'lim muassasalarida stajirovka o'tashi va malaka oshirishi ta'minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar magistratura
Research BIB / Index Copernicus
mutaxassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta'lim olishga qabul qilindi .
«El-yurt umidi» jamg'armasi orqali 46 nafar professor-o'qituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka o'tashi ta'minlanganligi, 20172019 yillarda ta'lim jarayoniga 1 154 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog xodim va olim jalb etilganligi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar) hamda Oliy ta'lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirilishi kabi masalalar ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar natijasi hisoblanadi. Shu bilan birga mazkur sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta'lim tizimi oldida bugungi kunda o'z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: oliy ta'lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolayotganligi; oliy ta'lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o'zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo'yicha ishlar samarali yo'lga qo'yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta'lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emasligi; tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermayotganligi; professor- o'qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolayotganligi; o'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan; iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta'lim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlari mavjud emasligi; pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmaganligi, oliy ta'limda ma'naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy g'oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g'oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjudligi kabi muammolar shular jumlasidandir. Konsepsiyada ko'rsatib o'tilganidek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida ham ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta'minlanmaganlig keltirib o'tilgan. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda, ilmiy darajaga ega xodimlarning o'rtacha yoshi 49 bo'lib (fan doktorlari — 56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari 43 yosh, yuqoriligicha qolmoqda, fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan
Research BIB / Index Copernicus
professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag'batlantirishning ta'sirchan mexanizmlari yaratilmagan .
Keyingi yillarda oliy ta'limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta'minlash sohasida ham bir qancha ishlar amalga oshirilishi zarurligi mavjud. Ya'nikim, respublika oliy ta'lim muassasalari xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1000 talik ro'yxatiga kirmagan, ta'lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga moslashtirilmagan, mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan, xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta'lim olishga keng jalb qilish borasidagi targ'ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o'tkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma ham xalqaro universitetlarda bo'lgani kabi mavjud emas. Kelgusida Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo'yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilib borilishi Konsepsiyada ham nazarda tutilgan: oliy ta'lim sohasida davlat- xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy ta'limda raqobat muhitini yaratish; xalqaro standartlar va milliy an'analar uyg'unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi, yetakchi ta'lim va ilm-fan markazi — Prezident universitetini tashkil etish; xotin-qizlarning oliy ta'lim olishga bo'lgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta'lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalarining o'quv rejalarini kredit-modul tizimiga o'tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o'tkazish; oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning ma'naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonav iy bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta'lim-
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
tarbiya usullaridan foydalanish; yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi jihatlarga alohida e'tibor qaratilishi kerak deb xisoblayman.
REFERENCES
1. Rahmonova, S. (2023). DYNAMICS AND MAIN DIRECTIONS OF SPIRITUAL AND CULTURAL REFORMS IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 850-854.
2. Rahmonova, S. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY-MADANIY ISLOHOTLAR. Current approaches and new research in modern sciences, 2(10), 4043.
3. Rahmonova, S. (2023). YUKSAK MA'NAVÎYATLÎ AVLOD-UCHÎNCHÎ RENESSANS BUNYODKORLARÎ. Наука и технология в современном мире, 2(3), 76-79.
4. Rahmonova, S. (2024). THE REFORMS IMPLEMENTED IN NEW UZBEKISTAN ARE THE FOUNDATION OF THE THIRD RENAISSANCE. Modern Science and Research, 3(2), 394-399.
5. Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports, 1(7).
6. Orakbaevna, K. D. (2023). GLABALLASHUV DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYANING UZVIYLIGI. Научный Фокус, 1(1), 1466-1471.
7. Kaipbergenova, D. (2023). BUGUNGI KUNDAGI MAMLAKATIMIZDA TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI. World scientific research journal, 15(2), 3-7.
8. Каипбергенова, Д., & Жуманиёзова, Н. С. (2023). БУГУНГИ КУН ТАЛАБА ЁШЛАРИДА АХЛО^ИЙ ДУНЁKAРAШНИ ШAКЛЛAНТИРИШ УСУЛЛAРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 652-668.
9. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.
Research BIB / Index Copernicus
10. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).
11. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.
12. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.
13. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.
14. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 1(4), 1467-1473.