INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© R.T. Kadirov1^_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: Mazkur maqolada talaba-aktyorla sahna nutqiga oid bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish spetsifikasi haqida ma'lumot berilib, maqolada aktyorlik san'ati ta'lim yo'nalishining turli ixtisosliklarida "Sahna nutqi" fanini o'qitishning spetsifik usullari yortilgan. Maqolada sohadagi tadqiqotchilar ishlaridan metodologik manba sifatida foydalanibgan bo'lib, mualliflik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
MAQSAD: talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim ko'nikmalarni takomillashtirish spetsifikasini tahlil qilish, o'qitish metodikasi bo'yicha tavsiyalar ishlab iqish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida tahlil, suhbat, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning samaradorligi pedagogik-tajriba sinov jarayonida tasdiqlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: 60211100 - Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi: Aktyorlik san'ati (dramatik teatr va kino aktyorligi san'ati; aktyorlik san'ati (qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati); aktyorlik san'ati (musiqali teatr aktyorligi san'ati) aktyorlik san'ati (estrada aktyorligi san'ati) kabi ixtisosliklarga ega. Mazkur ixtisosliklarning barchasida "Sahna nutqi" fani majburiy fan hisoblanib, ixtisoslikning spetsifikasiga qarab fan metodikasi shakllangan. Talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishning spetsifikasi ana shu nuqtai nazardan zaruriy obektdir.
XULOSA: "Sahna nutqi" fani aktyorlik san'ati ixtisosliklarining fundamental fani hisoblanib, har bir ixtisoslikning o'ziga xos o'qitish spetsifikasiga amal qilgan holda mashg'ulotlarni olib borilishi ta'lim sifatini kafolatlaydi.
Kalit so'zlar: san'at, sahna, aktyor, sahna ntqi, diksiya, artikulyatsiya, ovoz, nafas, intonatsiya.
СПЕЦИФИКАЦИИ ДЛЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗНАНИИ И НАВЫКОВ СЦЕНИЧЕСКОЙ РЕЧИ У СТУДЕНТОВ АКТЕРОВ_
© Р.Т. Кадиров1^_
Iqtibos uchun: Kadirov R.T. Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim ko'nikmalarni takomillashtirish spetsifikasi. // Inter education & global study. 2024. №6. B.122-128.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1 Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: В данной статье представлена информация об особенностях совершенствования знаний и умений, связанных со сценической речью, со студентами-актёрами, а также освещены конкретные методы преподавания науки «Сценическая речь» на различных специализациях актёрского художественного образования. В статье в качестве методологического источника использованы работы исследователей в данной области, а также разработаны авторские рекомендации.
ЦЕЛЬ: проанализировать особенности совершенствования знаний и навыков сценической речи у студентов-актеров, разработать рекомендации по методике обучения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования использовались такие методы, как анализ, интервью и наблюдение, а эффективность полученных результатов была подтверждена в процессе педагогико-экспериментального тестирования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: 60211100 - Актерское искусство (по видам) Область обучения: Актерское искусство (актёрское искусство драматического театра и кино; актерское искусство (актёрское искусство кукольного театра) Актерское мастерство (искусство игры музыкального театра) имеет такие специальности, как актёрское мастерство (искусство эстрады) На всех этих специальностях «Сценическая речь» считается обязательным предметом, а методика науки формируется в зависимости от специализации. эта точка зрения.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Наука «Сценическая речь» считается фундаментальной наукой актерских специальностей, а обучение в соответствии с конкретными педагогическими особенностями каждой специальности гарантирует качество образования.
Ключевые слова: искусство, сцена, актер, сценическое выступление, дикция, артикуляция, голос, дыхание, интонация.
Для цитирования: Кадиров Р.Т. Спецификации для совершенствования знаний и навыков сценической речи у студентов актеров. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 122-128.
SPECIFICATIONS FOR IMPROVING THE KNOWLEDGE AND SKILLS OF STAGE SPEECH IN STUDENT ACTORS_
© Ramz T. Kadirov1®
1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
INTRODUCTION: this article provides information about the specifics of improving knowledge and skills related to stage speech with student-actors, and the specific methods of teaching the science of "Stage Speech" in various specializations of acting art education are highlighted in the article. In the article, the works of researchers in the field were used as a methodological source, and the author's recommendations were developed.
AIM: to analyze the specifics of improving the knowledge and skills of stage speech among student-actors, to develop recommendations on teaching methods.
MATERIALS AND METHODS: during the research, methods such as analysis, interview, and observation were used, and the effectiveness of the obtained results was confirmed during the pedagogical-experimental testing process.
DISCUSSION AND RESULTS: 60211100 - Acting art (by types) field of study: Acting art (dramatic theater and film acting art; acting art (puppet theater acting art Acting (art of musical theater acting) has specialties such as acting (art of variety acting). In all of these specialties, "Stage speech" is considered a compulsory subject, and the science methodology is formed depending on the specialization. The specification of improving the knowledge and skills of stage speech of student-actors is a necessary object from this point of view.
CONCLUSION: The science of "Stage speech" is considered the fundamental science of acting majors, and training in accordance with the specific teaching specifications of each major guarantees the quality of education.
Key words: art, stage, actor, stage performance, diction, articulation, voice, breath, intonation.
For citation: Ramz T. Kadirov. (2024) 'Specifications for improving the knowledge and skills of stage speech in student actors', Inter education & global study, (6), pp. 122128. (In Uzbek).
Aktyorlik san'ati bo'yicha Respublikamizda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va uning Nukus hamda Qo'qon mintaqaviy filiallarida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlanib, ular maxsus ijodiy ustaxonalarda, o'quv studiyalarida ta'lim olishadi.
60211100 - Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi: Aktyorlik san'ati (dramatik teatr va kino aktyorligi san'ati; aktyorlik san'ati (qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati); aktyorlik san'ati (musiqali teatr aktyorligi san'ati) aktyorlik san'ati (estrada aktyorligi san'ati) kabi ixtisosliklarga ega. Mazkur ixtisosliklarning barchasida "Sahna nutqi" fani majburiy fan hisoblanib, ixtisoslikning spetsifikasiga qarab fan metodikasi shakllangan. Talaba-aktyorlarning sahna nutqiga oid bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishning spetsifikasi ana shu nuqtai nazardan zaruriy obektdir.
Qayd etilgan ixtisosliklarning har birida "Sahna nutqi" fanini o'qitishning umumiy va spetsifik talablari mavjud. Bu borada N.Aliyeva [2], L.Xo'jayeva [11], I.Po'latov [7], S.Inomxo'jayev [3; 4], A.Nosirova [5], A.To'laganov [8], M.Xodjimatova [10] kabi tadqiqotchilar o'z izlanishlarida fanni o'qitishning spetsifik jihatlarini yortishgan.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Jumladan, O'.Nurmuhamedova sahna nutqining qo'g'irchoq teatri aktyorlari bilan ishlash spetsifikasiga asoslangan holda nutq texnikasini ovoz, nafas, artikulyatsiya, diksiya, orfoepiya va sun'iy registrdan foydalanish kabi qismlarga ajratgan [6, 11].
Drama teatri aktyori asosan dramatik, tragik va o'ta kuchli komediyalarni sahnalashtirish jarayonida nutqning o'rni ahamiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Dramatik nutq "Abror Hidoyatov aytishicha keng diapozonli, salmoqli, chuqur, kindikdan chiqib kelishi kerak" - deb keltiradi N.Aliyeva [2, 278].
Teatr san'atining o'ziga xos yo'nalishiga, xususiyatiga ega bo'lgan qo'g'irchoq teatri tomoshalarining xarakterli xususiyatidan biri undagi qahramonlar faqat insonlargina bo'lmay, tabiatdagi jonli, jonsiz mavjudotlarning ishtirokidir [8, 3].
Qo'g'irchoq teatri aktyorining ijrochilik mahorati orqali topilgan ovoz sahna asarining to'laqonliligini ta'minlaydi. Qo'g'irchoq teatri teatr san'atining eng qadimgi turlaridan biridir. Ilk bor turmushda qush va hayvonlarga taqlid qilish qo'g'irchoq teatrining ibtidosi bo'lib chiqadi. Miloddan avvalgi XVI asrdayoq Misrga qarashli biri necha hududlarda qo'g'irchoq tomoshalari ma'lum bo'lgan [6, 3-4].
Musiqiy teatrning talabi - musiqiy so'z [1, 36]. Rechitativ - ariya, duet va musiqiy nomerlarning burilish nuqtalaridagi nutq bog'lovchi halqa bo'lib, musiqiy sahna va nomerlar orasida bog'lovchilik vazifasini o'taydi. Rechitativ - ariyalardan oldin berilib, unga qarama-qarshi qo'yiladi va uning ohangdorligini oshiradi. Rechitativda ovoz to'lqinlanishi boy bo'lib, uning baland-pastligi intonatsion har-xil bo'lishi so'zning ma'nosiga gapiruvchining maqsadiga va mantiqiy izchillikka bog'liqdir. Rechitativda so'z bilan musiqa eng uzviy, eng mahkam, eng yaqin tarzda bog'lanadi [1, 48].
Estrada aktyorligi san'ati ixtisosligida imitatsiya muhim bo'lib, estrada aktyorining sahnaviy nutqini taomillashtirishdagi omildir. Imtitsiya bu - taqlid, taqlid qilmoq ma'nosini anglatib, estrada teatrida qo'g'irchoq teatridagidan farqli bo'lib, bu: tabiatdagi jonivorlar tovushlarini zalda maishiy turmushda uchraydigan tovush va shovqinlarni ma'lum syujetga bo'ysundirgan holda tiklash, ijro qilish san'ati bunday aktyor, "odam orkestr", ya'ni barcha tovushlarni ijro qiladigan, tovushlar asbobi deb nomlanadi; sahnada ijro qilib, muxlislar orasida mashhur bo'lgan qo'shiq, ariya, she'r yoki raqs nomerlarini taqlidiy qayta tiklab ijro qilishini anglatadi [9, 12].
Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy manbalarga tayangan holda aktyorlik san'ati ta'lim yo'nalishi ixtisosliklarida "Sahna nutqi" fanining o'qitilish spetsifikasi bo'yicha fikrlarinimizni bayon etamiz.
Aktyorlik san'ati (dramatik teatr va kino aktyorligi san'ati) ixtisocligi. Mazkur ixtisoslik aktyorlik san'ati ta'lim yo'nalishining asosiy yo'nalishi hisoblanib, aktyorlik san'atining boshqa ixtisosliklari bevosita mazkur ixtisoslik negizida vujudga kelgan.
Avvalidan drama teatri aktyori tayyorlash o'quv darsliklari, qo'llanmalar tabiiy rus teatri asoschilarining ijodlari ilmiy-pedagogik jarayonlar sistemasining asoschisi K.S.Stanislavskiy bilan bog'lanadi. Uning sistemasi asosida ishlar boshlanadi. Bugun ham shu sistema bo'yicha talaba-aktyor "kechinma san'ati" qoidalari asosida o'qitilib kelinmoqda. Drama teatri aktyorlik san'ati sahna nutqi fanidan M.Uyg'ur ham dars
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
berganlari va ular asosan talaba-aktyorlarning xotira, tasavvur, dunyoqarash va adabiy bilimlarini kengaytirishni maqsad qilganlarini, she'riyat ustida muntazam ish olib borganlarida esa talaba-aktyorlarda nutq sofligi, tovushlar ravonligi, fikr oqimining uzviyligi kabi yo'nalishlarga katta e'tibor berganini manbalardan bilamiz.
Drama teatri aktyorlik san'ati ixtisosligi talaba-aktyorlari teran fikrlash, hozirjavoblmk, badihago'ylik darajasiga boruvchi mashq misollari ustida ish boshlashar ekan, o'zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari bilan mazmunan, shaklan, mohiyatan, ayniqsa, so'z, til, nutq nuqtai nazari bilan o'rganadilar. Texnik mashqlar kurs iqtidoridan kelib chiqib tanlanadi. Individual mashg'ulotlarda esa talabaning ijodiy imkoniyatidan kelib chiqib texnik mashqlar ketma-ketligini tuziladi.
Mashqlar uchun: maqollar, hikmatli so'zlar, topishmoqlar, tez aytishlar tanlanadi. Tanlangan matn: a) nutqiy faoliyatni jadallashtirish; b) aqliy salohiyatni, tasavvurni kengaytirish maqsadida ishlanadi.
Drama teatri aktyorlik san'ati ixtisosligida sahna nutqi orfoepiya - talaffuz meyorlarining mezoni, ona tili grammatikasi va fonetikasi bo'limi poydevorida nutq muomala mahorati orfoepik qoidalar asosida ishlanadi. Orfoepiya adabiy parchalar ustida ish jarayonida mustahkamlanadi. Drama teatri aktyorlik san'ati ixtisosligi talaba-aktyorlaridan matn tanlashda juda sinchkovlik talab etiladi. Kuchi zalvorli, ta'sirchan, his-xayajonga boy dardli asarlar, parchalar, she'rlar tanlanadi. O'zbek adabiyotining namoyondalari A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor, Cho'lpon, U.Nosir, Furqat, A.Oripov, E.Vohidov, U.Azim, X.Davron asarlariga murojaat qilinib, avval so'z ustida ishlash mahoratining tahlil qismiga oid vazifalar bajariladi. G'azallar ustida ish muhim jarayon bo'lib Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tili va nutqini anglash jarayoniga bosqichma-bosqich chiqishi, erishishi uchun avval zamonaviy, hajviyroq g'azallar A.Obidjon, R.Chorsham, A.Oripov, E.Vohidov g'azallaridan, Muqimiy, Furqat, Ogahiy, Mashrab g'azallariga murojaat etib, ularning g'azal va aruzdagi yaratgan asarlarini tahlil, sharhlash, izohlash, rukn, hijo, bahrlar ijro ifodaviyligini topib ko'rish, so'ng ularning asarlarini tahlili va talqiniga haqli uringan bo'ladilar.
G'azal o'qish ijro yo'li matla' va maqta'ning e'tibor berib o'qilishidan boshlanadi. Matla' - g'azal nima haqidaligini, maqta' - xotima, xulosa, yakun, kesish ma'nolarini anglatadi. Ular albatta boshqa baytlardan ajratib, holat - his-xayajon pauzasini qo'llay bilish lozim. Hech bo'lmasa, mantiqiy pauzani olishi shart. Shohbayt - g'azal markazi yoki maqtadan avvalgi paytda kelishni nazarda tutiladi.
Monologlar ustida ishlash sahna nutqining badiiy o'qish asoslarini to'liq egallab o'tiladigan bosqichdir. Drama teatri aktyorlik san'ati ixtisosligi talaba-aktyorlari jahon dramaturglariga murojaat etishlari, V.Shekspir, F.Shiller, N.Gogol, xullas, dramatik asarlardan olingan monolog bo'lishi maqsadliroqdir yoki prozaik asarlarning eng kuchli satrlarida adabiy parcha ichidagi monologlardan olib ishlashi mumkin. Eng muhimi, ifodali ijroda erkin fikr, kuchli, baquvvat ovoz tug'ilishiga erishish zarur.
Qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati ixtisosligida sahna nutqiga oid bilim va ko'nimalarini takomillashtirish spetsifikasi bir muncha noziklik va murakkablik talab etib,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
unda talaba-aktyor nafaqat aktyor sifatida o'z so'zining badiiyligi, balki gavdalantirayotgan obrazni, ya'ni jonsiz qo'g'irchoqni "gapirtirishi" lozim. Qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasida barcha mavjudotlar, oy, quyosh, yulduz, tog'lar, daraxtlar, sabzavotlar, qushlar, hayvonlar, hasharotlar va boshqa buyum kabilar ham badiiy obrazlarga aylanadilar. Insonlarga xos ovoz chiqara boshlaydilar. Qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati ixtisosligi talaba-aktyori hayvon, qush va harakatlarni imitatsiyasini egallash va o'rganish kerak. Buning uchun registrdan tashqari sun'iy registrdan ham foydala bilishi kerak. Shuningdek, sun'iy registr ishlatish qobiliyatini texnik va uslubiy tomonlama o'zlashtirgan bo'lishi uchun jonsiz narsalarning, tabiat hodisa va voqealarning, ertak qahramonlarining obrazini yaratishi o'ta muhim. Masalan, dev va No'xat polvon, arilar, gul daraxtlar, bo'ri, jo'ja.
Qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati ixtisosligida talaba-aktyor "o'zini eshitishi" kompleks mashqlari orqali ijodiy fantaziya tasavvur va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu rivojlanish orqali sun'iy imitatsiyaga yetib boradi. Sahna nutqining texnik mashqlari asosiy manba hisoblanadi. Uning spetsifik xususiyati sun'iy registrdan foydalana olishidir.
Qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati ixtisosligida jonli so'z dramatik teatrdagidek tabiiy tug'ilmaydi. Chunki qo'g'irchoqning yasama so'zi qarama-qarshilikdan kelib chiqqan holda paydo bo'ladi. Qo'g'irchoqboz o'z nomidan emas, qo'g'irchoq nomidan gapiradi va uning ko'rsatmasini bajaradi. Ana shu bois, qo'g'irchoq teatrida nutq shartlidir. Ovoz, diksiya mashqlari sun'iy registr egallash nazari bilan olib boriladi. Sun'iy registrni ishlashda ovoz paylarining 70% ishtirok etmaydi. Tovush ovoz paylarining orqasida burun orqali bosh registrga ulanadi. Sun'iy registr bu falset va mikset bo'lib, falset qalbaki ovoz, bosh registrdan ham yuqorida jaranglaydi [6, 45].
Qo'g'irchoq teatri ixtisosligi talaba-aktyorlari nutqi ko'proq tasvironaligi bilan ifodalanadi. Mikset - bu falset va ko'krak ovozining qorishmasi. Hayvon qushlar, hasharotlar imitatsiyasi uchun biz sun'iy registrdan foydalanamiz. Masalan sun'iy ovoz yo'nalishini topish uchun falset u-u tovushini yuqoriga burun orqali boshga yo'naltiradi. Keyin o'sha ovoz simob singari miyadan qovgachka tushiriladi. Bu mikset deyiladi.
Ta'kidlash lozimki, qo'g'irchoq teatri aktyorligi san'ati ixtisosligida sahna nutqiga oid bilim va ko'nikmalarini takomillashtirish asosi bu - sahna nutqining dramatik asoslariga tayanadi. Musiqali teatr aktyorligi san'ati ixtisosligida sahna nutqini o'qitish dramatik teatr aktyorligi san'ati ixtisosligining umumnazariy asoslariga tayanadi. Ammo, yondashuvda biroz farq qilib, musiqali dramaning shartli va shartlilik asosiga qurilgani e'tiborda tutilishi lozim bo'ladi. Chunki drama aktyoridan farqli o'laroq u kuylovchi aktyor, aniqrog'i aktyorlar solist-vokalist deb nomlanadigan teatr jamoasiga borib qo'shiladi.
Dramatik teatr aktyorligi san'ati ixtisosligida spektakl rejissyor, aktyor, tomoshabin uchligida sahnalashtrilsa, musiqali teatr aktyorligi san'ati ixtisosligida kompozitor, baletmeyster, xor va xormeyster eng muhimi, orkestr jamoasi va dirijyor bo'ladi. Bular musiqiy spektakl yaratish qonuniyatlariga to'liq bo'ysunib, rejissyor boshchiligida spektakl sahnalashtiradilar.
Musiqali teatr "shartli" teatr, uning shartliligi shundaki, drama teatri aktyori sahnaviy haqiqatni hayotiy haqiqatga tayanib, ijro etsa, musiqali teatr aktyori ariya va duetlardan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kelib chiqib, otasining murdasi tepasida, onasining qabrida, o'z qo'lida hozirgina jon bergan Zuhrani quchoqlab va hokazo hollarda kuylashga - ariya aytishga majbur, hayotda esa bu haqiqat chegarasiga sig'maydigan hol.
Hol-holat to'liq ijro qilina olmaydi. Majbur qo'shiq aytish uchun yarim yolg'on holda qoladi. Aks holda ariya kuylay olmay, tomoq siqilib, ko'z yosh tomoqqa tiqilib, ariya yarim chala, ba'zan butunlay ijro etilmay qoladi.
Ariya - bu monolog degan musiqali drama qonunidan kelib chiqsak, bilamizki dramadagi monolog bu fikr burilishi, yangi fikr tug'ilishi, aktyorda yangi maqsad paydo bo'lish nuqtasi, ya'ni tomoshabin anglashi, tushunishi uchun aniq eshitish shart qilib olingan joy.
Demak, ariyani o'zgarish nuqtasi deb olsak, uni chala yoki xrip ovozda, tushunilishi qiyin holda ijro etishga aktyorning haqqi yo'q. Aktyor istasa istamasa holatning ma'lum joyidan ariyaga o'tishi, musiqani eshitib orkestr jo'rligida ariya ayta olishi talab qilinadi. Bu birgina shartlilik bo'lib, bunga raqs guruhi qo'shilishi, xor kuylashi, eng muhimi u har qanday holatda ham dirijyorni ko'rib turishi, uning shartli "boshlang" buyrug'ini olishni unutmasligi zarur. Aks holda aktyor va orkestr boshqa-boshqa kuylab ketish ehtimoli bor.
Demak, aktyor nutqidagi nazorat kuchliligi sabab musiqali teatrda kuchli va ijro erkinligi chegaralangan. Musiqali teatr aktyori, dirijyor tayog'ini doim his qilishi, ariya aytilish nuqtasiga muntazam izchil o'sib yetib boruvchi xatti-harakatlar oqimida, ya'ni sanoq-taktlar orasida ijro ifodalarini meyorini topish, ariya kuylashga erishish yo'llarini takomillashtirishi bilan tarbiyalanadi. Estrada aktyorligi san'ati ixtisosligida so'z va uning badihago'yligi muhim bo'lib drama va musiqali teatr aktyorligi san'ati ixtisosligi talaba-aktyorlarining tarbiyalanish sharoitida o'ziga xos spetsifik yo'nalishga ega. Estrada aktyorlari boshlovchi, qo'g'irchoqboz, masxaraboz, badiiy so'z ustasi, askiyachilik, aytishuvlar aytish shaklida maydonga yoki estrada sahnasiga chiqishsa, drama va musiqali teatr san'ati aktyorlari "kechinma san'ati" maktabining mashaqqatli uslubiy yo'llaridan bosqichma-bosqich o'tib tarbiyalanadilar. Demak, estrada san'ati aktyori - aktyorlik mahorati bilan birga tez o'ylovchi, hozirjavob, o'ta keskin baholash, superaktiv munosabat, beixtiyoriy qo'l, ko'z imo-ishoralarining yorqin, bo'rtib ko'rsatilgan, improvizatsion holat, badihago'ylik, sahnaning o'zida ijodiy to'qib, sahnaning o'zida postanovka qilib, sahnaning o'zida obraz yarata oladigan ijodkordir.
Taqlid - kishilarni o'ziga xos bo'lgan gapirish usuli, ovozi, yurish-turishi, qilig'i, xatti-harakati, fe'lini, hatto kiyinishidagi ko'zga tashlanadigan jihatlarini bo'rttirib ko'rsatib, berishga asoslangan. Estrada aktyorligi san'ati ixtisosligida qo'shiq, raqs borligi ularning har qanday sharoitda bo'rttirish, ko'rsatish, "pokaz" holatlarida ham ular tomoshabinda yoqimlilik uyg'otishi, noqulaylik, noo'ng'aylik, xayosiz, sharmsiz, chegarasi beparda holatiga tushishga haqlari yo'qligidan kelib chiqsak, sahna nutqi texnik mashqlari drama va musiqali drama texnik mashqlar majmuasiga murojaat qilishga haqli. Ammo, matnlar ularni ijro etish shartlarida estrada janrlari talablari qo'llanishi maqsadlidir.
Estrada aktyorligi san'ati ixtisosligida sahna nutqiga oid bilim va ko'nikmalarni takomillashtirish uchun: konferans - konferanslik; kuplet - badiha so'z va qo'shiqlar;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vodevil - ko'ngilochar tomosha; badiiy o'qish - bir aktyor teatri; melodeklamatsiya -ta'kidlab ijro qilish; hikoyalar kechasi - kichik tomosha turlari; imitatsiya - taqlid; feleton -estradada so'z san'ati turi; burime - badihali qofiyalash; chrevoveshatel - og'izni ochmasdan gapirish; miniatyura - kichik shaklli janr; chtets - adabiy janr ijrochisi; fars -bo'rttirib ta'kidlash usuli; kloun - sirk masxarabozi kabi yo'nalishlar nazarda tutilishi shundan kelib chiqib, matnlar tanlash maqsadlidir.
Talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim ko'nikmalarni takomillashtirish spetsifikasi yuzasidan olib borilgan tadqiqot yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
- talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim ko'nikmalarni takomillashtirishda 60211100 - Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishining har bir ixtisosligi "Sahna nutqi" fanini o'qitishda o'z metodikasiga ega;
- talaba-aktyorlarda sahna nutqiga oid bilim ko'nikmalarni takomillashtirish jarayonida aktyorlik san'ati ta'lim yo'nalishining ixtisosliklar spetsifikasini e'tiborga olish yuksak malakali kadrlash tayyorlashning kafolati;
- talaba-aktyorlarning ovoz imkoniyatlarini hisobga olgan holda 60211100 -Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishining ixtisosliklari o'rtasida talabalar o'qishini ko'chirish joriy semestr yakuniga ko'ra amalga oshirish zarurati mavjud.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Alimjonova Z., To'laganov A. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: O'zbekiston, 2005. - 156 b.
2. Aliyeva N. San'at - mening hayotim. MonografiY. - Toshkent: Navro'z, 2019. - 278 b.
3. Inomxo'jayev S. Badiiy o'qish asoslari. - Toshkent: O'qituvchi, 1973. - 180 b.
4. Inomxo'jayev S. Notiqlik san'ati asoslari. - Toshkent: O'qituvchi, 1982. - 157 b.
5. Nosirova A. Sahna nutqi. Darslik. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. - 220 b.
6. Nurmuhamedova O'. Sahna nutqi. - T.: O'DSI bosmaxonasi, 2008. - 128 b.
7. Po'latov I.SH. O'zbek sahna nutqining tarkib topish va rivojlanish problemalari: Avtoref.dis. ... san.fan. nom. - Toshkent: San'atshunoslik instituti, 1969. - 19 b.
8. To'laganov A. Sahna nutqi. Darslik. - Toshkent: Musiqa, 2010. - 326 b.
9. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Darslik. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. - 328 b.
10. Xodjimatova M.K. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma.-T.: Yangi asr avlodi, 2007. - 171 b.
11. Xo'jayeva L. Notiqlik san'ati. - Toshkent: O'zMK, 1967. - 37 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HRamz Turabovichh Kadirov, dotsent. [Рамз Турабович Кадиров, доцент], [Ramz T. Kadirov, dotsent.], manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'ochh dahasi 127 A uy. [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, М.Улугбек р. Массив Ялангач, д. 127 А.], [address: Uzbekistan, Tashkent city, M.Ulugbek dst. Massiv Yalangach, 127 A]; e-mail: [email protected].