Научная статья на тему 'KONFERANSYE ESTRADA SAN’ATIDA NUTQIY JANR SIFATIDA'

KONFERANSYE ESTRADA SAN’ATIDA NUTQIY JANR SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
28
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / teatr / estrada teatri / estrada aktyori / konferansye / konferans / sо‘z / ijro / sahna nutqi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xatira Djuldikarayeva

Mazkur maqolada estrada san’atining nutqiy janri hisoblanmish konferansye janrining paydo bо‘lishi, uning о‘ziga xos xususiyati, konferansning vazifalari, estrada tomoshalari spetsifikasi haqida ma’lumot berilgan. Ta’lim jarayonida, xususan aktyorlik va sahna nutqi fanini о‘qitish orqali konferansye san’atini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONFERANSYE ESTRADA SAN’ATIDA NUTQIY JANR SIFATIDA»

KONFERANSYE - ESTRADA SAN'ATIDA NUTQIY JANR SIFATIDA

Xatira Djuldikarayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada estrada san'atining nutqiy janri hisoblanmish konferansye janrining paydo bo'lishi, uning o'ziga xos xususiyati, konferansning vazifalari, estrada tomoshalari spetsifikasi haqida ma'lumot berilgan. Ta'lim jarayonida, xususan aktyorlik va sahna nutqi fanini o'qitish orqali konferansye san'atini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: san'at, teatr, estrada teatri, estrada aktyori, konferansye, konferans, so'z, ijro, sahna nutqi

COMPERE - AS A SPEECH GENRE IN POP ART

Khatira Djuldikarayeva Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about the emergence of the conference genre, which is a speech genre of pop art, its characteristics, the tasks of the compere (master of ceremonies), and the specifications of pop performances. In the course of education, in particular, by teaching the science of acting and stage speech, recommendations were developed regarding the development of conference art.

Keywords: art, theatre, variety theatre, variety actor, compere, conference, speech, performance, stage speech

So'nggi yillarda olib borilayotgan tub islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratilib "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni qabul qilindi [1].

Mazkur Taraqqiyot strategiyasida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish asosida jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

harakatga aylantirish, "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish orqali madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash dolzarb masalasi sifatida qayd etilgani madaniyat va san'atga berilayotgan e'tibor va madaniyat va san'at sohalari taraqqiyotining huquqiy asosidir.

Madaniyat va san'at sohasining asosiy vazifasi insonning madaniy taraqqiy etishini ta'minlash bilan birgalikda, ularga san'at vositalari orqali estetik ta'sir ko'rsatish, madaniy hordiq berish, mazmunli dam olishni tashkil etishdan iboratdir.

Teatr san'ati, xususan estrada teatri san'ati ham bevosita inson ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilib, o'zining bir qancha janriy xususiyatlari va ijro yo'nalishlariga ega.

Xalqning bo'sh vaqtini samarali tashkil qilishda bayram va tomoshalar muhim o'rin tutib umumiy tuzilishi va ijodiy o'zgaruvchanlik xususiyatiga ko'ra ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Madaniy dam olishning bayram shaklidagi ko'rinishidan samarali foydalanishga asoslanishi ham aslida jamiyatni ma'naviy sog'lomlashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Davrlar o'zgarishi bilan ijtimoiy hayotning muhim qismi sanalmish san'at sohasida ham yangi yo'nalishlar paydo bo'la boshladi. Shunday yo'nalishlardan biri bu estrada san'ati yo'nalishidir.

"Estrada" so'zi, lotin tilidan "stratum", tarjima qilganda "havoza", "taxtasupa" ya'ni taxtadan ko'tarib ishlangan maydon ma'nolarini anglatadi. Estrada atamasidagi bu ma'no bugungi kunimizga qadar saqlanib qolgan va o'z kuchini yo'qotmagan, zero bu ma'noni anglatuvchi so'z san'atda azaldan mavjud bo'lgan, u ham bo'lsa "teatr" atamasidir. Axir teatr atamasi ham "tomosha ko'rsatadigan joy" ma'nosini anglatadi. Estrada deb nom olgan sahnada - parda, sahna ortidagi "gorizont", yonidagi - kulis, sahna sathini aylantiradigan mashina bo'lmaydi. U shu jihati bilan estrada sahnasi maxsus jihozlangan teatr sahnasidan farq qiladi [5, 206].

Bu yo'nalish Yevropa davlatlarida XIX asr oxiriga kelib yakka tartibda, kichik shaklda ijod qilish ma'nosini anglata boshlagan bo'lsa, bizning Respublikamizga tom ma'noda mustaqillikka erishgandan so'ng e'tibor berila boshladi.

Bugungi ijtimoiy hayotning zamonaviy o'zgarishlari barobarida estrada san'ati o'ziga xos shakli jihatidan sahna san'ati turlari ichida keng targ'ib etilayotgan turlardan biridir.

Estrada san'atining jahon miqyosidagi tarixiy rivojlanish genezisiga e'tibor qaratsak, uning insoniyat taqdirida qay darajada muhim ahamiyat kasb etganligiga guvoh bo'lamiz. Tarixdan ma'lumki, estrada san'ati jahon sivilizatsiyasining ijtimoiy-madaniy sohadagi rivojiga katta hissa qo'shganligiga, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati naqadar yuqori bo'lganligini ta'kidlash o'rinlidir.

Estrada san'ati janrga oid turli-tuman bir-birini takrorlamaydigan turdagi sahna asralarini o'ziga birlashtirib, ommaviy sahnada namoyish qilinish shartlari va tomoshabinga ta'siri jihatidan yengil qo'llanilishi mumkin bo'lgan hamda ijrochining individual mahoratini yaqqol ko'rsatib, qisqa va lo'nda badiiy hatti-harakatlarni mujassamlaydigan - jonli so'z va hatti-harakat birligida vujudga keladigan, yuksak ijtimoiy-siyosiy aktuallikni qurshab olgan, shu bilan bir qatorda, satira, yumor va publitsistik elementlarni birlashtirgan san'atdir [8, 42].

Demak, estrada sahnasida namoyish etiladigan sahna asarlari ma'lum bir qisqa vaqt ichida ko'rsatilishi va davrning dolzarb mavzularini o'zida mujassam etishi zarur hisoblanadi. Ammo faqat shu qirralari bilan estrada boshqa ijroviy san'at turlaridan farq qiladi desak, yanglishgan bo'lamiz. Shu bilan birgalikda estrada san'atida nutq masalasi birlamchi vositadir.

Aktyorning sahnaviy nutqi ijro jihatidan xilma-xil bo'libgina qolmay, balki aktyorlik san'ati janrlariga bo'ysunuvchi nutq bo'lib, dramatik teatrda kechinma san'ati, musiqiy teatrda musiqiy ariyalar orqali, qo'g'irchoq teatrida ijro etilayotgan qahramon tiliga mos ijro, estrada san'atida badihaga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan sahnaviy nutq ham o'ziga xos janrlarga ajraladi [7, 93].

Teatr san'atlari ichida o'zi xos spetsifik ahamiyatga ega yo'nalish bu estrada aktyorlik san'atidir. Estrada aktyori tabiatan badihaga moyil bo'lishi, berilgan sharoitga bir zumda moslasha olishi lozim. Shuningdek, estrada teatrining o'ziga xos jihatlaridan biri bu kichik sahna asarlari bo'lib, mazkur asarlarni bir-biriga bog'lash, kichik sahna asarlari aosida bir butun tomosha yaratishda konferansye janri katta ahamiyatga ega. Chunki bu san'at yo'nalishining kelib chiqishi teatr tarixida aktyorning sahnadagi nutqiga bo'lgan e'tibor natijasida bo'ldi, desak yanglishmagan bo'lamiz.

Teatr tarixida nutq masalasiga juda katta e'tibor bilan qaralgan. Sahna asarlarida muallifning g'oyasi nafaqat turli ifoda vositalari yoki rejissyorning ta'sirchan mizanssenalari bilan, balki aktyorlarning ijrosi va nutqiy salohiyati bilan ham katta ahamiyat kasb etishi, davrlar mobaynida isbotlab kelindi.

O'zbekistonga konferanslik san'ati Yevropa san'atining yangi yo'nalishi sifatida kirib kelgan bo'lib, "Konferansye" fransuz tilidagi conferer so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "ma'ruzachi" degan ma'noni anglatadi. Konferansye janri estrada janrlari orasida yoshlaridan biri hisoblanadi.

Bayram tomoshasi yoki konsertda konferansyening roli muhim ahamiyat kasb etadi. Konferansye tomoshadagi turli xil janrga tegishli nomerlarni bir-biriga bog'lab turuvchi artist bo'lib, yuqori improvizatsiya sohibi va bayramning ichki va tashqi dissonansini saqlab turuvchi estrada aktyoridir. U nomerlar o'rtasidagi bo'shliqni to'ldiradi, tomoshabinning va kerak hollarda bayram ishtrokchilarining kayfiyatini oshirishga, ularga zavq ulashishga harakat qiladi.

I [ccñ^^BI 829 http://oac.dsmi-qf.uz

Konferansyening tomoshadagi vazifasi bu bilan cheklanmaydi. U konsert davomida nomerlarning ketma-ketligini aytibgina qolmay, uning tempo-ritmini, xatti-harakat uyg'unligini sezib va saqlab turadi. Konferanslik ijodkordan o'tkir aql egasi, tezkor so'zga chechanlikni va kuchli badihago'ylik iqtidori bo'lishlikni talab etadi. U san'atning barcha turini va yo'nalishlarini o'zida jamlagan artist.

Konferansye o'tkazilayotgan bayram yoki kechaning xo'jayini, egasi, mezboni, bayramga tashrif buyurganlar esa uning mehmonlari. Tomoshabinlar, hattoki bayram ishtirokchilari bo'lmish boshqa artistlar ham uning mehmonlari hisoblanishadi. Demak, konferansye mezbon sifatida ularni ko'taringi ruhda, bag'ri kenglik bilan kutib olishi, ularning ko'ngliga kira olishi, ularga shodlik ulashishi zarur. Ular hayotimizda mavjud ijtimoiy kamchiliklarni tanqid qila oladilar, nuqsonlarni ilg'ab olib, oshkor qiladilar, kerak joylarda kam gapirib, faqatgina imo-ishoralar va jestlar yordamida tomoshabinga hamma narsani tushuntirib beradilar va uning sevimli aktyoriga aylanib ham qoladilar.

Agarda, konsert davomida konferansye biror bir muammo yoki kamchilikni sezib qolsa, bunday hollardan chiqib ketish yo'llarini u juda yaxshi biladi. Ya'ni, muammolarni hech kimning yordamisiz o'zi hal qiladi. Bayram rejalarini, uning ssenariysini o'zgartira oladi. Tomoshaning zerikarli yoki tomoshabinning ahamiyatsiz bo'la boshlaganini aniqlik bilan seza oladi va o'zining hazillari hamda yumori bilan ularning zerikishlariga yo'l qo'ymaydi [7, 96].

Nomerlar orasidagi o'z chiqishlari bilan kelganlarni hayratga soladi, nafaqat tomoshabinni, balki boshqa aktyorlarning ham tomoshaga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Uning ovozi tiniq, jilmaygan yuzidan nur yog'ilib turadi.

Shunday yo'sinda, konsert davomida tomoshabin bilan eng ko'p uchrashadigan, bir qarashda uning ruhiyatini bila oladigan artist konferansye bo'lib qoldi. Chunki vokalist bir-ikki nomerdan keyin boshqasi bilan almashinadi. Konferansye esa nomerlar orasida o'z nomerini ijro qilib ulguradi va konsertni boshqaradi.

Yuqorida qayd etilgan barcha xislatlar konferansyeda bo'lishi talab etiladi. Konferansye aktyorlik imkoniyatlarining cho'qqisida bo'lishi zarur. Chunki, yuqorida ta'kidlaganimizday uning ijrosini nafaqat tomoshabin balki, boshqa aktyorlar ham kuzatib turishadi. Shuning uchun ham konferanslar tajribali va mahoratli aktyorlar orasidan chiqadilar.

Konsertdagi konferanslik bir kishilik, ya'ni yakka boshqaruvni, yoki ikki kishilik navbatma-navbat boshqaruvni, ba'zan esa ikki kishining bir vaqtdagidiologli boshqaruvini talab qiladi. Bu yo'nalishlarda ham yuqorida sanab o'tilgan uslublardan foydalanish kuzatiladi.

Konferansning asosiy maqsadlaridan yana biri tomoshabin bilan muloqotga kirishish hisoblanadi. Estradada so'z askiya janri ya'ni "podtekst"lar ko'rinishida ijro

etilishi mumkin. "Ijodning mazmuni podtekstda", degan edi K.S.Stanislavskiy. "Usiz so'zning sahnada keragi yo'q. Ijod paytida so'z - adibdan, podtekst artistdan" [4, 68].

Estradada so'z xatti-harakati shundan iboratki, unda ijrochi sahnada yolg'iz bo'lishi mumkin, ana shu yerda tomoshabin aktyorning sherigi sifatida konferansning aniq maqsadi yuzaga keladi va bunday hollarda so'z xatti-harakati aynan tomoshabinga qaratilgan bo'lishi shart. Bu estrada aktyori ijrosining ham asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Estrada spektakllari dramatik spektakllardan farqli o'laroq faqat sahnada o'ynalishi shart emas. Parklarda, sirk arenasida, dam olish maydonchalarida hattoki parda yoki kulislarsiz, har qanday dekoratsiyasiz sahnada o'ynalishi mumkin.

Nutqning ravonligi, mimikalarning aniqligi, so'zning tomoshabinga sof holda yetib borishi, qayerda va qay holatda spektakl o'ynalayotganligidan qat'iy nazar, tomosha mobaynida bularning barchasi estrada aktyori va xususan konferansdan talab etiladi. Buning uchun estrada aktyori ijroda va iprovizatsiyada kuchli mahoratga ega bo'lishi lozim.

Konferansning bayram davomidagi umumiy kompozitsiyani saqlab turuvchi shaxs ham ekanini unutmasligimiz zarur bo'ladi. Dramaturgiya jihatidan asoslangan konsertlar davomida konferansye dramaturgiya qonuniyatlarini saqlab qolishni ham o'zining vazifalari deb biladi. U konsert davomida dramaturgiya qonuniyatlariga tegishli bo'lgan qarama-qarshiliklarni o'zi yaratib, zavyazka (boshlang'ich hatti-harakat-tugun), kulminatsiya (avj nuqtasi) va razvyazka (yechimni) o'zi belgilab, har xil janrlarga tegishli nomerlardan tashkil topgan tomoshaning tempo-ritmini saqlab turishi zarur bo'ladi.

Ko'pchilik konferanslar nomerlarni bir-biriga bog'lashda quyidagi janrlarga tegishli nomerlardan foydalanadilar: She'r, masal, felyeton, latifa, yumoristik etyud, kichik intermediya, biror-bir asardan monolog, repriza, kuplet, ashula, qo'shiq, ariya va hokazolar.

Albatta, bularni ijro etishdan oldin iloji boricha konsertda o'zidan oldingi va keyingi nomerlarning janriga o'xshash bo'lmagan janr tanlanadi. Konferansyening nomeri qisqa va lo'nda bo'lishi, zerikarli bo'lmasligi bilan birga o'zidan oldigi va keyingi artistga izoh berishi, uni tanishtirishi ham kerak bo'ladi.

Tomoshabin keyingi artistni tanishtirayotgan konferansyeni diqqat bilan tinglashi uchun u bor mahoratini ishga soladi, sabr-toqat bilan har bir artistni sahnaga taklif qiladi va kuzatadi. U har qanday vaziyatda mehmondo'stligini, tomoshabinga va boshqa aktyorlarga nisbatan izzatli bo'lishni, hurmat va ehtiromni unutmaydi. Demak, konferansye konsert davomida, har doim barchaning diqqat markazida ekanligini yodidan chiqarmasligi zarur. Kiyinishda, o'zini tutishda, muomalada, hatti-xarakatda, qisqasi madaniyatning barcha ko'rinishida hammaga o'rnak bo'lishi va bunga doimiy e'tibor qilishi lozim.

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Badiiy obraz yaratish teatr ijodining tabiatiga xos bo'lib, estrada san'ati ham bundan mustasno emas. Konferansye ijodkori obraz yaratishi zarur, ammo u o'zligini yo'qotmasligi ham kerak. Yevgeniy Petrosyan, Genadiy Xazanov, Maksim Galkin, Obid Asomov, Mirza Xolmedov, Valijon Shamsiyev singari aktyorlar ijrosiga ahamiyat qaratsak, ular sahnada intermediya yoki hajviy tomoshalarida turli-tuman qahramonlarni yaratish bilan bir qatorda o'z "men"ini va individualligini yo'qotmaydilar.

Konferansye ijodkori obraz yaratishda albatta kostyumlar, grim, butaforiya buyumlari va hokazo elementlardan foydalanadi. Mazkur ifoda vositalari unga obrazni chuqurroq yoritishda qo'l keladi. Estrada aktyori o'z ijrosida grotesk, buffonada, giperbola uslublarini keng qo'llashi bilan personaj ifodaviyligini oshirishi ham mumkin.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, estrada tomoshalarida konferansye san'ati bu nutqiy janr bo'lib, bu janrning o'ziga xos qonuniyatlari, badiiy va ijodiy talabalari, ijro imkoniyatlari mavjud. Konferansye janrini yanada takomillashtirish, uni ommalashtirish yuzasidan quyidagilar tavsiya etildi:

- estrada aktyorligi san'ati ta'lim yo'nalishi o'quv dasturidagi konferense san'atiga oid mashg'ulotlar yanada chuqurlashtirilib, imkon qadar mutaxassislarni jalb etib amaliyot bilan bog'liq holda olib borish;

- institutda o'tkazilayotgan madaniy tadbir va tomoshalardagi akademik boshlovchilarni qisman bo'lsada konferanslarga almashtirish amaliyotini joriy etish;

- estrada aktyorligi san'ati ta'lim yo'nalishida sahna nutqi fanini o'qitishda konferansye san'ati spetsifikasiga katta e'tibor qaratish;

- ta'lim tizmiga xorijiy tajribalarni tatbiq etish;

- ommaviy axborot vositalarida konferansye san'atiga oid ko'rsatuv va eshittirishlarni berish va bevosita konferansyelar ishtirokidagi dasturlarni efirga uzatishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.lex.uz

2. Egamberdiyev F.T. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. - 356 b.

3. Sayfullaev B.S., Mamatqosimov J.A.Aktyorlik mahorati. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. - 388 b.

4. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. T.Xo'jayev tarjimasi. -Toshkent: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1975.

5. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. - Toshkent: Yangi asar avlodi. 2009. - B. 206.

6. Анастасьев А.И. Эстрадное искусство и его специфика. - М.: Искусство, 1976. - 375 с.

7. Ардов В.Е. Разговорные жанры на эстраде. - М.: Искусство, 1968. - 183

с.

8. Кузнецов Е.М. Из прошлого русской эстрады. - Москва: Просвящение. 1958. - 226 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.