Научная статья на тему 'AKTYOR IJROSIDA AN’ANAVIY QО‘SHIQCHILIKNING О‘RNI'

AKTYOR IJROSIDA AN’ANAVIY QО‘SHIQCHILIKNING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
26
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyor / obraz / tembr / lirik / xatti-harakat / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ijro / teatr / sahna / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / pafos

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nilufar Usmonova

Maqolada musiqali asarlarda musiqa sо‘z bilan, sahna xattiharakati bilan bog‘lanadi. Kuylashni о‘z kasbi deb bilgan har bir inson, professional ovozga ega bо‘lishi bilan birga, ifodali, chiroyli, savodli kuylashni о‘rganishi shart. Ifodali kuylash bu maksadga muvofiq kuylashdir. Kuylash holatlari turlicha bо‘lib, lirik, dramatik, tantanali, hayajonli, shiddatli, mungli, muloyim kuylash mumkin. Ammo musiqali teatr aktyorlari kuylaganda aniq qо‘yilgan maqsad, xatgi-harakat, berilgan shart-sharoit, ya’ni aktyorlik mahoratining butun kompleksidagina erishishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYOR IJROSIDA AN’ANAVIY QО‘SHIQCHILIKNING О‘RNI»

AKTYOR IJROSIDA AN'ANAVIY QO'SHIQCHILIKNING O'RNI

Nilufar Usmonova O'zDSMI FMF

Annotatsiya: Maqolada musiqali asarlarda musiqa so'z bilan, sahna xatti-harakati bilan bog'lanadi. Kuylashni o'z kasbi deb bilgan har bir inson, professional ovozga ega bo'lishi bilan birga, ifodali, chiroyli, savodli kuylashni o'rganishi shart. Ifodali kuylash bu maksadga muvofiq kuylashdir. Kuylash holatlari turlicha bo'lib, lirik, dramatik, tantanali, hayajonli, shiddatli, mungli, muloyim kuylash mumkin. Ammo musiqali teatr aktyorlari kuylaganda aniq qo'yilgan maqsad, xatgi-harakat, berilgan shart-sharoit, ya'ni aktyorlik mahoratining butun kompleksidagina erishishi mumkin.

Kalit so'zlar: aktyor, obraz, tembr, lirik, xatti-harakat, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ijro, teatr, sahna, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, pafos

THE ROLE OF TRADITIONAL SINGING IN AN ACTOR'S

PERFORMANCE

Nilufar Usmanova FRBUSIAC

Abstract: In the article, music is connected with words and stage behavior in musical works. Everyone who considers singing as their profession must learn to sing expressively, beautifully, literately, along with having a professional voice. Singing with expression is singing with a purpose. There are different situations of singing, it is possible to sing lyrically, dramatically, solemnly, excitedly, violently, melodically, gently. But when musical theater actors sing, they can achieve a clearly set goal, behavior, given conditions, that is, the entire complex of acting skills.

Keywords: actor, image, timbre, lyric, behavior, musical drama, interpretation, skill, role, performance, theater, stage, re-enactment, play, director, pathos

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan teatrlarning ko'pchiligi musiqali drama teatrlari hisoblanadi. Ushbu teatrlar o'zining ko'plab musiqali sahna asarlari namoyishi bilan xalqimizga xizmat qilib kelmoqda.

Musiqali teatr aktyorlari faqatgina ovozga suyanib qolmasdan ariya kuylayotganda asardagi qahramonning dardi, ichki kechinmalarini his qilib, o'zidan o'tkazib musiqada gapirsa u ariya bo'ladi, aks holda spektakldagi qo'shiq bo'lib qoladi.

Qo'shiqchilik mahorati bilan aktyorlik mahoratini tengma-teng qo'llay olgan

ITFVE^^Hl 183 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

aktyorgina musiqali teatr sahnasiga mos aktyor xisoblanadi. Ko'pincha ba'zi aktyorlarda ovoz birinchi o'ringa chiqib, o'zi kimningdir timsolida ekani esidan chiqib qoladi, ba'zi aktyorlarda esa buni aksi bo'ladi, ya'ni musiqali teatr sahnasida dramatik teatr aktyoriga o'xshab ko'rinadi. Stanislavskiy kuylashga o'z munosabatini bildirib, shunday deydi: "Kuylovchilar, umuman hamma insonlar kabi, chiroyli, savodli gapirolmaydilar. Mana shuning uchun ham ko'pchilik holatda talaffuz va diksiya noaniqligi tufayli kuylash go'zalligi yo'qoladi".1

Ko'pchilik aktyorlar go'zal tembrli ovozga ega bo'lganlari bilan nima haqida kuylayotganini, nima demokchi ekanligini, ularni nima hayajonlantirayotganligini bilmaydilar yoki ovozini yo'kotguncha baqirishi noto'g'ri. Bunday ijro tomoshabinda ularni u yoki bu notani yuqori pardada olishigina hayajonlantiradi xolos. Bunday asarni badiiy deb bo'lamaydi. Chunki aktyor o'z ijrosi bilan tinglovchiga ta'sir etmayapti, o'zining kechinmasiga uni sherik qilolmayapti va badiiy to'laqonli obraz yaratolmayapti. Bu yerda shuni aytib o'tishimiz kerakki, go'zal musiqa va yaxshi ovoz eshituvchilarga ma'lum bir meyorda ta'sir etadi.

Shunday ekan, musiqali teatr sahnasida musiqiy aktyorlar kerakligini unutmasligimiz lozim. Musiqali teatrda musiqiy aktyorlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat;

- musiqali teatr aktyorlari ariyadagi yoki qo'shiqdagi har bir jumlani "shunchaki" emas balki mazmun iohiyatini bilib kuylash kerak;

- musiqali teatr aktyorlari doimo ovoz ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi kerak;

- aktyor kuylash davomida diksiyasi ustida ishlashi zarur. So'zning ma'nosini tushunish uchun tomoshabinning vaqti ketmasligi kerak. Har bir ariyaning matnini tahlil qilish, tomoshabinga kerakli fikrni yetkazib berishni aniklash kerak;

- jonli chalinayotgan musiqani eshitib, o'sha musiqa tempida nafas olishi va musiqaga uyg'un harakat qilishi lozim.

Hammamizga ma'lumki, rejissyor, bastakor va dramaturg hamkorlikda bitta yaxlit asar ustida hamfikr bo'lib ish olib borishadi. Qo'shiq, ariya va duetlar kuylovchi aktyorlar ovoz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ba'zida noto'g'ri tanlangan qo'shiq yoki ariya aktyorlar ijrosida yaqqol sezilib qoladi. Bunday holatlar avj pardalarni kuylayotganda, ovozda siqiqlik paydo bo'lishiga olib keladi. Tabiiyki so'zga o'tganda tomoq qirishlar va nutqda nuqsonlar sezila boshlaydi. Buning uchun spektakl jarayonida ariya va duetlar yuqori pardalarda ekanligiga qarab, musiqachilar, orkestr sozandalari va albatta kuylovchi aktyorlar bilan birgalikda ishlab ijroga sayqal berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Albatta musiqali dramani ham boshqa janrlar singari o'ziga xosliklari va nozik jihatlari juda ko'p, lekin rejissyorning vazifasi aktyorni dramaturg bergan voqeaga,

1Muhammedova G. Kuylovchi aktyorning shakllanishi. T:.2008 yil 386 bet

PÍgcTÍÍ^^BI 184 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

holatga moslashtirish, aktyoming vazifasi esa moslashish hisoblanadi.

Tashqi ko'rinishi jihatidan musiqali dramani unga yaqin bo'lgan janrlari opera va dramadir. Agar dramatik teatrda so'z, operada musiqa asosiy o'rin tutsa, musiqali dramada so'z va musiqa teng huquqqa ega degan xulosa kelish mumkindir. Janrning adabiy poydevori dramatik shakl qonunlari asosida qurilgan pyesadir. Agar drama musiqasiz yashay olsa, musiqali drama musiqasiz yashay olmaydi, chunki so'z matni va musiqa bir- biridan ajralmas bir butunlikni tashkil etadi.

Musiqali drama opera va operetta bilan umumiy jihatlarga ega, mazmun jihatdan u operettaga nisbatan keng, operaga esa yaqin turadi. Binobarin, o'zbek musiqali dramasi adabiy materialning hajmi va janr rang-barangligi nuqtai nazaridan dramadan qolishmaydi. Kompozitsion mazmun va sintetik tamoyiliga ko'ra esa san'atning musiqiy sahnaviy turlari bilan barobar turadi.

Biroq musiqali drama pyesa mazmunini ifodalashning asosiy usuli so'z, musiqa, raqs, harakat uyg'unligidan iborat an'anaviy o'zbek teatri bag'rida vujudga kelgandir. "Shunisi ham borki, sintez umumteatr voqeligi bo'lib, u na mahalliy, na Yevropa teatr madaniyati uchun yetakchi omil hisoblanadi. Uning kelib chiqish ildizlari muammolari tahliliga kirishmasdanoq bunday jarayonlar turli mamlakatlar madaniyatlari uchun xos xususiyat ekanligini ta'kidlash mumkin. Biroq o'zbek musiqali dramasining rivojlanish tajribasi, uning tipologik xususiyatlari kabilar turli shart-sharoitlar taqozosi bilan Yevropa musiqali teatri bilan chambarchas bog'liq ekanligini ko'rsatadi"2.

Dramaturgiya asarning uslubi, janri, musiqa va raqs xarakteri kabilarni belgilab turadi. Musiqa folklor va og'zaki an'anadagi kasbiy musiqaga, keyinchalik, kompozitorlik ijodiga asoslanib, asar mazmunini ochadi, sahna ko'rinishlarini bir-biri bilan bog'lab turadi, voqealarni tasvirlaydi yoki umumlashtiradi, ularning harakatini ma'lum bir maqsadga yo'naltiradi. Musiqali partitura cholg'u qismidan va mavzularning leytmotiv taraqqiyoti yoki tugal bo'limlaridan, alohida olingan orkestr, raqs, xor, ansambl, yakkaxon ijrolardan iborat vokal qismidan vujudga kelib, ular aktyorlar dialoglari hamda monologlari bilan qorishib ketadi. Shuningdek, musiqali partiturada prologlar, epiloglar hamda rechitativlar bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Musiqali drama qahramonlarining ariyalar, ashula singari yakkaxon chiqishlari erkin qurilmaga ega bo'lib, opera shakllariga mos kelmaydi, ular qahramon xarakteri, voqealarga hissiy baho berish uchun xizmat qiladi. Vokal ansambllari va xorlar dramatik vaziyatga munosabat tarzida vujudga kelib, psixologik ma'no, alohida olingan mavzularga polifonik ohor beradi. Musiqali drama ssenografiyasi musiqali sahna janri tabiati bilan bog'liq teatr qonuniyatlarini hisobga olishga e'tiborni qaratadi. Zero u tashqi tuzilishi yuzasidan ham opera, ham operetta bilan umumiy o'xshashliklarga ega. Biroq bu janr o'zining vujudga kelish vaqti, adabiy va musiqiy manbasi xarakteriga ko'ra myuziklga yaqin turadi. Ma'lumki, o'z vaqtida myuzikl ham

2 Xamidova M.A. San'at asarlari tahlili, tanqidi va targ'ibi. -Toshkent: O'zDSI, 2009 yil. 126 bet.

ficiv^^^BI 185 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

folklor zaminida vujudga kelgandi. Bundan tashqari, myuziklning bir qator asarlarida dialog va musiqa teng badiiy-dramaturgik vazifani bajaradi, ya'ni so'z hamda musiqa bir xilda amal qiluvchi omil bo'lib qoladi. Bir qarashda bunday qiyoslash joiz bo'lsada, xulosalar chiqarishga shoshilmaslik kerak.

Musiqashunoslikda janrni belgilovchi ta'rif predmetning musiqali dramaning mohiyatini ifodalab bermasada, o'zbek musiqali dramasining o'ziga xos xususiyatlarini uning tashqi modellaridan emas, balki boshqa sifatlardan izlash lozimligini taqozo etadi. Shu narsani tan olish kerakki, hech bir janr bir joyda qotib qolmaydi, balki doimo o'zgarib, takomillashib turadi va barcha janrlar albatta bir-birini boyitadi.

Musiqali teatr aktyori opera aktyoridan ham ko'ra ko'proq dramatik mahorati bilan ajralib turadi. Shunga qaramay atoqli opera xonandalari ham xonandalik, ham dramatik iste'dodni o'zida mujassamlashtiradi.

Operettada aktyor-xonanda ham kuylab, ham rol ijro etib, ham raqs tushsada, u komediya janri doirasida chegaralanib qoladi. Myuziklda ham aktyor-xonanda yetakchi o'rin tutadi. Unda qahramonlarning raqslari operettaga nisbatan ko'proq sahna voqeligida qatnashadi. Bundan tashqari, myuziklning musiqasi estrada, aniqrog'i, jaz musiqasiga asoslanganligi ijrochining yangi avlodini shakllantirdi. Natijada aktyor ham estrada xonandasi, ham raqqosa va dramatik mahoratga ega shaxs sifatida o'zini ko'rsatdi. O'zbek musiqali dramasida so'z va musiqaning o'zaro aloqadorligi tabiati san'atkorning ayni chog'da ham aktyor, ham xonanda bo'lishini taqozo etadi. Bunday omil ayniqsa, asosiy qahramonlarga taalluqlidir. Shunga qaramay jamoadagi butun aktyorlar ansamblining uzviy bog'liqligi har qanday spektaklning muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

Musiqali dramada operetta, opera, myuzikl kabilardan farqli o'laroq o'ziga xos raqslar ham muhim o'rin tutadi. Bunday raqslar xalqona sahnalar va maishiy shaklda bo'lib, badiiy tafakkurning o'ziga xos usuli sifatida milliy sifatlarni yaqqol ifodalab ko'rsatadi.

"Musiqali dramada vokal san'atining «binigi», «guligi», «ishkomi» kabi an'anaviy kuylash madaniyati shakllari o'ziga xos bo'lgan o'rin tutadi. Xonandalikning yuqorida nomlari keltirilgan shakllari ham umumiy, ham taqqoslash sifatlarga ega. Bular ijrochilik maktabi mahalliy tilga xos farqlar, janrga xos mayllar va xonandalarning individual xususiyatlari bilan bog'liq tarixiy-madaniy omillar bilan izohlanadi"3.

Binigi (burun) shaklida kuylovchi xonandalar o'ta tik va keng qamrovli, 2,5-3 jam(oktava)ga ega ovoz sohiblari bo'lib, ular registrlarni bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazish texnikasini mukammal egallagan bo'ladilar. Tovush og'izning oldingi qismida shiddat bilan to'planib, burun orqali katta kuch bilan tashqariga chiqadi.

3 Xamidova M.A. San'at asarlari tahlili, tanqidi va targ'ibi. -Toshkent: O'zDSI, 2009 yil. 127 bet.

rfccTii^^Bl 186 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Bunda o'pkada tuplangan havodan hosil bo'lgan tovush burun orqali yuzaga kelishi ijrochilikning ana shunday maktabiga asos solgan. «Binigi» shaklida kuylovchi xonandalar ko'pincha lirik tenor sohiblaridir. Ularda yumshoq, tovlanuvchi, birmuncha bo'g'iq tarzdagi tovush yuqori pardaga kelib, kuch bilan portlaydi. Ammo ovoz hosil qiluvchi apparatining chaqqon harakati tufayli tovush ochiqdan bo'g'iq holga o'tgan kabi taassurot qoldiradi.

Asarning eng qiyin qismi bu katta avjni chakkasiga keltirib ijro etishdan iborat. Zero katta avj murakkab va nozik tovlanuvchi usulga ega. Ko'p variantli badiha tarzidagi ashulaning bu qismini binigi yo'lida kuylovchi xonandalargina «zabt etadilar» (o'rta avj guligi xonandalari tomonidan ijro etiladi). Bu maktabning salaflari unchalik ko'p emas, chunki bu ijro maktabi xonandadan yuksak texnika va ulkan diapazonni talab qiladiki, bu kamdan-kam ijrochilarga nasib etadigan baxtdir.

«Guligi» (tojikcha «tomoq» so'zidan olingan) xonandalikning keng tarqalgan maktablaridan biri bo'lib, artikulyatsion belgilarning teran, qattiqligi bilan ajralib turadi. Bunda og'iz bo'shlig'ida shakllangan kuchli ovoz tovush paychalarini tebratish orqali paydo bo'ladi va og'izdan chiqish chog'ida tugal holiga keladi, to'yinadi. U xonanda ko'ksidan kelayotgan nafas yordamida (goho u diafragma yordamida tutib turiladi) yetakchi registrga shiddat bilan yopirilib kelib, faqat birmuncha dramatik ohor bilan yo'g'rilgan bo'ladi. Bunday ovoz xiyol bo'g'iqlikka moyilligi bilan ajralib turadi.

Ishkomi usulida kuylovchi xonandalarning san'ati ham ijro texnikasi, ham ma'no urg'ulari bilan farq qilib, tovush hosil qilishning barcha unsurlariga tayanadi. Nafas olishda diafragrammaga asosiy kuch keladi, tovush naychalari titrashi, tovush to'lqini harakatining og'iz bo'shligi rezonatorlarida aks etishi erkindir. Ana shu sifatlarga ko'ra, xonandaning ovozi mayinlashadi, uchqur bo'ladi, baland tovushlar go'yo yashirinib, tugallik va jaranglikni ta'minlaydi.

Xalq qo'shiqchilik maktablari vakillaridan tashqari, baxshilar, qiziqchilar, havaskorlar ham vokal an'analarini rivojlantiradilar. Xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar ovozi uchun bo'g'izda kuylashi matnning mazmunini tinglovchiga puxta yetkazuvchi aniq diksiya xos hisoblanadi. Qiziqchilar turli-tuman uslublardan foydalansalar-da, hajviy, mutoyiba qo'shiqlar talabiga muvofiq deklamatsiyadan iborat muqaddimani afzal ko'radilar.

Ayollar, odatda, «tabiiy» ovoz bilan kuylaydilar. Diapazon ko'krak registrining cho'zilishi hisobiga kengayib, bunda falsetlar (juda yuqori tovush) va asosiy registrlar safarbar etilmagan. Kamdan-kam ayollargina «binigi» yo'llari bilan foydalanib kuylay olganlar.

Vokal an'analarining o'ziga xosliklari talqinida xonandaning u yoki bu maktabga mansubligidan ham ko'ra, uning ijro xususiyatlari yetakchi o'rin tutishini ko'rsatadi. Negaki ijro san'atida urg'ular va pauzalar, fikrning osuda kechishi, alohida olingan so'zlarni maromiga yetkazib kuylash, maromiy jadvallar doirasida so'zlarning ancha

IIgcTÍÍ^^BI 187 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

erkin intonatsiyasi muhim ahamiyatga egadir.

O'ziga xos usullar bilan ifodalanadigan dinamik tovlanishlar, nozik qochirimlar, nolishlar milliy xonandaligimizni asosiy belgilaridir. Mashhur hofizlar san'atida bular nafaqat texnik, balki ko'proq estetik qimmat kasb etadi.

Dastlabki paytlarda vokal an'analarimizni o'zida mujassamlashtirgan taniqli xonandalar, ularning salaflari va shogirdlari musiqali drama janrida ijod qildilar. Ularning birin-ketin ijro olamini tark etishlari bilan sahrada, afsuski, ko'proq oddiy, har qanday jozibadan mahrum, maishiy shakldagi ijrochilik keng tarqaldi. Bu esa keyingi yillarda musiqali drama tabiatiga mos kelmaydigan omillardan biri bo'ldi. Biroq an'anaviy qo'shiqchilik an'anaviy raqs kabi haqqoniy voqelikdir. Bu hodisa o'zbek musiqali dramasi milliy zaminiga ega ekanligi bilan izohlanadi.

Musiqali dramaning milliy ildizlarini, shuningdek, adabiy va musiqiy tagzamindan izlash kerak bo'ladi. Milliy syujetlar asosida qurilgan pyesa, uning kuy intonatsion tuzilishi bu izlanishlarning asosiy bo'g'inlaridandir.

"Biz milliylik sifatlarini o'zbek musiqali dramasining tashqi modellaridan emas (tashqi model bizni Yevropa san'atining musiqiy-sahnaviy turlariga murojaat qilishga undaydi), uning milliy botiniy ohangdorligi, milliy badiiy-estetik idrok, milliy psixologiyaning ifodalovchi xonandalik va raqsning an'anaviy shakllarida, uning obrazlar qatorida ko'ramiz"4.

Shu narsa ayon bo'ldiki, o'zbek musiqali dramasi Yevropa san'ati muvaffaqiyatlaridan bebahra qolmadi, ma'lum davrda u yoki bu maqbul bo'lgan jihatlarini qabul qildi. Biroq sahna san'atining bu turi o'z ifodaviyligi bilan milliy madaniyat an'analariga sodiq qoldi, zero milliylik deganda biz almisoqdan qolgan a'mollarnigina tushunmasdan, balki kechagina paydo bo'lgan va bugun tug'ilgan unsurlarni ham nazarda tutmog'imiz lozim.

Musiqali dramani musiqiy-sahnaviy san'atning boshqa turlari bilan qon-qardoshligini rad etmasdan, o'z mavzusi, o'z tili borligini inkor etib bo'lmaydi. Musiqali drama badiiy asar g'oyasini ochishning musiqiy-vokal, raqs-plastik usullarini izladi, o'zining ichki qonunlarini ishlab chiqdi. U faol izlanishda bo'ldi, yangi-yangi tajribalarni sinab ko'rdi, sahna san'atining u yoxud bu janriga moslashdi, yaratuvchilik vazifasini muvaffaqiyat bilan bajardi. Sintez mexanizmi yangidan yangi talqin muqobillarini yuzaga keltirib, yangi g'oyalar va ishlanmalarning tug'ilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Musiqali drama aktyor oldiga sahnada inson qiyofasini yaratish bilan bog'liq yagona talabni qo'yadi. Shu ma'noda so'z, musiqa, qo'shiq, raqs, ssenografiya, rejissura kabilar o'zaro muvofiqlashib qahramonning hissiy, ma'naviy, intellektual olamini to'laqonli ifodalashga xizmat qiladi. Aktyorlar ijrosida milliy ijrochilik an'analari professional mahorat va bir qator ijodiy vazifalar bilan chambarchas

4 Xamidova M.A. San'at asarlari tahlili, tanqidi va targ'ibi. -Toshkent: O'zDSI, 2009 yil. 127 bet.

IIgcTÍÍ^^BI 188 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bog'lanib ketganki, bu konseptual yechimiga ega bo'lgan o'zbek musiqali dramasidagi aktyor san'atining g'oyaviy-estetik dasturini tashkil qiladi.

Shunday qilib, o'zbek musiqali dramasining o'ziga xos xususiyatlari faqatgina uning milliy obrazliligida emas, balki uning zamonaviy san'at bilan o'zaro aloqasi, safarbarligi, ijodiy vazifalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni aniq ifodalanganligi bilan ham izohlanadi.

O'zbek musiqali dramasi estetika nuqtai nazaridan noyob hodisa sifatida talqin qilinar ekan, u o'z tabiatiga ega bo'lgan holda, keskin ijodiy izlanishlardan xoli emas. U o'z istiqboli yo'lida ijodiy doirasini yanada kengaytiradi, milliy an'analar hamda ilg'or jahon tajribalari bilan boyitadi. Uning zamonaviyligi shulardan iboratdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, aktyor qahramon so'zi ichki mohiyati bilan yoki undagi tub ma'nosini tushunishi lozim. Kuylovchi aktyor qanchalik chiroyli kuylamasin, agar u so'zni va musiqiy tovushni hayajonli musiqiy ijro etmasa, o'z tuyg'ulari bilan aytayotgan so'zning tub ma'nosini jonlantirmasa va shu tuyg'ular bilan kerakli jozibani uyg'otmasa, uning ijrosi hech qachon badiiy ifodalikka yetib bora olmaydi. So'zlarda va tovushlarda aktyorning jonli dil kuyi eshitilsagina musiqiy nutqning go'zalligi va undagi yashirin tuyg'ularni to'la-to'kis baholash mumkin bo'ladi.

Bugungi ziddiyatli jarayonda teatr san'atida yuksak badiiy va haqqoniy, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san'at turlari kabi teatr san'ati uchun ham asosiy mezon bo'lishi lozim. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste'dodli dramaturg va rejissyorlar, aktyorlarni tarbiyalab voyaga yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qo'qon teatri. https:uz.m. Wikipediya.org. / wiki.

2. Abdullayeva M. Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati. "Tafakkur qanoti" nashriyoti. Toshkent. 2014. 174 b.

3. Abdullayeva M. Sahna - mahorat maktabi. "Chashma print" nashriyoti Toshkent. 2011. 156 b.

4. Abdullayeva M. Rejissura. "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti. Toshkent. 2016. 178 b.

5. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent. - "Yangi avlod", 2017. 256 b.

6. Usmanov R. Rejissura. "Fan". Toshkent. 1997. 148 b.

7. Mahmudov J. Aktyorlik mahorati. O'quv qo'llanma. Toshkent. 2005. 224 b.

8. G. Muxamedova, R. Usnatov "Aktyorlik mahorati" «Navro'z» nashriyoti-Toshkent - 2020

189

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

9. M. Umarov "Milliy teatr va Mannon Uyg'ur estetikasi" "Musiqa" nashriyoti Toshkent - 2006

10. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent -

2014

11. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

12. M.Umarov. Mannon Uyg'ur estetikasi - T.: Musiqa, 2007. 117 bet

13. O'zbekiston halq artisti M.Ixtiyorova bilan suxbat. 2015 yil.

14. O'zbekiston xalq artisti M.Ixtiyorova bilan suxbat. 2015 yil.

15. O.Rizayev. Nabi Rahimov - T.: G'.G'ulom, 1997. 5 bet

190

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.