QO'QON MUSIQALI TEATRI MUSIQIY SPEKTAKLLARDAGI BADIIY
YAXLITLIK OMILLARI
Xursanoy Umarova Xo'jamberdi Muxtorovich Egamberdiyev Ilmiy rahbar: Sh.Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Biror asarni jonlantirish jarayonida bizga kerak bo'lgan barcha omillardan oqilona foydalanish meyorining isboti sahnada aktyor ijrosi uchun ko'maklashuvchi, uning maqsadini ro'yobga oshishida yordam berib, tomoshabinda aynan kerakli tuyg'ularni joy, vaqt, voqea, holat va vaziyatni ravshanlashtiruvchi vositalar jamlanmasi muhitdir. Tomosha sahna atalmish pardalar bilan o'rab olingan joy markazida ro'y berar ekan, mana shu sahnadagi hayotni aks ettiruvchi aspektlar, ya'ni rassomdan va uning muhit yaratish jarayonidagi ishtiroki haqida fikrlashsak. Eng muhimi, tabiiy muhit tuyg'usini uyg'otish diqqat markazida bo'lishi lozim. Sahnaviy muhit aktyorda, sahnaviy diqqatni jamlashga, sahnaviy kayfiyatni to'g'ri tug'ilishga, sahnadagi muloqotlarni ishonarli, tabiiy, jonli ta'sirchanligini oshirishga, aktyor fe'l-atvori, xarakterining ishonarli ifodalanishiga, u bajarayotgan xatti - harakatlardagi jonli energiyaning aktyorga - partnyorga, tomoshabinga yoqimli estetik ta'sir etishida yordamlashadi.
Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissor, aktyor, pafos, mizansahna, ovoz, nutq, plastika, yechim, holat
FACTORS OF ARTISTIC INTEGRITY IN MUSICAL PERFORMANCES OF
KOKON MUSICAL THEATER
Khursanoy Umarova Khojamberdi Mukhtorovich Egamberdiyev Scientific advisor: Sh. Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The proof of the principle of rational use of all the factors we need in the process of reviving a work is a collection of tools that help the actor's performance on the stage, help him achieve his goal, and clarify the right emotions in the audience, place, time, event, state and situation. environment. As the scene takes place in the center of the place surrounded by curtains, let's think about the life-reflecting aspects of the scene, that is, the artist and his participation in the process of creating the
environment. The most important thing is to focus on creating a sense of the natural environment. The stage environment is in the actor, it is important to focus on the stage, to create the stage mood correctly, to increase the believable, natural, live effectiveness of the dialogues on the stage, to believably express the character of the actor, the character, the live energy in the actions he performs, to the actor. - helps to have a pleasant aesthetic effect on the partner and the viewer.
Keywords: image, psychophysical, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psychic, performance, theater, stage, behavior, experiential art, re-embodiment, play, director, actor, pathos, mise-en-scène, voice, speech, plasticity, solution, condition
Milliy musiqa merosimizning buyuk asoschilaridan biri Farobiy musiqani insonlar o'rtasidagi inoqlik va birodarlikning el va yurt uchun g'oyat zarur olmillardan biri ekanligini qayd etadi. U o'z asarlarida musiqaning insonga orom beruvchi, his-tuyg'ularini uyg'otuvchi va taffakurini rivojlantiruvchi kuchga ega ekanligini ta'kidlaydi1.
Qo'qon musiqali teatri shu kungacha "Tohir va Zuxra", "Farg'ona hikoyasi", "Ravshan va Zulhumor", "Muqumiy", "Gul va Navro'z" va boshqa juda ko'plab musiqali asarlarni saxnalashtirildi.
Shular ichida Qo'qon musiqali teatri saxnasida ko'p marotaba qo'yilgan "Nurxon" spektakli orqali musiqiy spektakllarni badiiy yaxlitligining bitta katta ustuni bo'lgan musiqiy savodxonlikni tahlil qilamiz.
"Nurxon" spektakli Komil Yashin asari, To'xtasin Jalilov musiqasi (G.Sobitov bilan hamkorlikda) yaratilgan. Nurxon musiqali dramasida Nurxon va Xaydar duetidagi milliy rux, ma'no va mazmun, milliy ma'naviyat va o'zbekona odob-ahloq, hayo, ibo, andisha, kiyinish madaniyati, sadoqat va vafo ahliga munosiblik, bugingi yoshlarga ham ibratli munosabatlarni o'rganishda, ichki va tashqi madaniyatni, ma'naviyatni yaratishda o'ziga hos qat'iyatni ko'rish mumkin. Ushbu musiqali dramada Nurxon va Xaydar ariyalari hamda duetlarini ijro etish har bir ijrochidan katta mahorat, mukammal bilim, ijro malakalrini rivojlantirishda sabr-toqat, muntazam mehnatni talab etadi. Elimizning e'zozli bastakori To'xtasin Jalilovning "Nurxon" musiqali dramasidagi ariya va duetlari musiqiy mazmun va mohiyatni teran anglash, qay darajada ijro etishdagi o'ziga xos xususiyatlarini yaqindan tahlil va talqin qilishni taqoza etadi. Ushbu musiqali dramadagi Xaydar ariyasi 4/4 o'lchovdagi allegretto tempida 4 taktli kirish qismi bilan boshlanib, garmonik faktura asosida pastki ovozda esa usul kabi tonika organ punkitining ritmik xarakterlari orqali bayon etilganligini ko'rishimiz mumkin. Asarning kirish qismi forte dinamikasida boshlangan, vokal
1 Asqar F. Musiqa va inson manaviyati. T., 2000 y. 38 b.
partiyasi kirib kelishi bilan dinamika susaygan. Ariya D-miksolodiy larida. Asarda poliqatlamlilik, ya'ni yuqori kuyning kuychan tabiati, o'rta ovozda akkordlar orqali bayon va kuyi ovozda bir tekista ushlab turilgan tonika organ punkitining davomiyligi aks ettirgan. Asar ikki qismli shaklda 4 taktli kirishdan so'ng ikki jumlali 8+8 taktli davriya bayoni kiritilgan. So'ng va yana boshlang'ich bayonga asoslangan 4 taktdan iborat jumla aks etadi. 25-taktdan asarning avj qismiga o'tuvchi takt, ikkinchi qism boshlanadi. Asar diapazoni ancha yuqori pardalarga ko'tarilgan (5t+5t). So'ng 4+4 taktni ifodalovchi davriya asarning boshlang'ich tovuchiga qaytib kelishini aks ettirgan va asar remiksolidiy ladida tugatilgan.
Asarda barcha o'zbek xalq musiqalaridagi kabi quyidagi ovozlar harakati yuqorilama va pastlama pog'onama-pog'ona harakatlarda ekanligi, kuyda avjining aks etishi, pastki ovozda usul kabi bir xil metro ritmikaning saqlab turilishi va boshlang'ish tovushga qaytib kelishi kabi bir qator o'ziga xos xususiyatlarini keltirib o'tish mumkin va bu aynan o'zbek musiqasi uchun xos bo'lgan uslublardandir. Ijrochi aktyorlarga bunday ariyalarning ham nazariy, ham amliy jihatlarini tushintirishning ahamiyati kasbiy nuqtai nazardan ularni atroflicha bilim va saviyalarini, ijro malakalarini oshirishdan iborat.
O'zbek musiqali teatr san'atiga hos bir muammo mavjud. Ya'ni saxnalashtirilgan aksariyat musiqali spektakllarda dramatik harakat va musiqa o'rtasida bo'linish va tafovutlar kuzatiladi. Dramatik harakatlarni bajarayotgan aktyor o'zining ariyasini kuylashga kelganda, badiiy obraz doirasidan chiqib ketib, musiqiy asarni umuman boshqa qahramon qiyofasida ijro etadi. Bu esa spektakldagi obraz yaxlitligiga putur yetkazadi. Aslida, musiqa dramatik harakat bilan omuxta bo'lib, badiiy obrazning ifodaviy yechimiga xizmat qilishi kerak.
Qo'qon shahar musiqali drama teatrida dramaturg Sharof Boshbekovning "Zo'rdan zo'r chiqsa" asari ososida saxnalashtirilgan musiqali komediyasini musiqali teatr janri talablari to'laqonli bajarilgan muvaffaqiyatli spektakl, deya e'tirof etish mumkin. Komediyada janrga oid aniq tamoyillar ishga solingani bois, musiqa va harakat uyg'unligini ko'rish mumkin.
Asarning musiqasi va badiiy obrazning ifodasi uchun to'laqonli xizmat qiladi. Asar qaharmonlari bo'lmish Qiz, Yigit, Malay, Ota, Xolavachcha, Xizmatkor, va Kuyov bir-biridan tubdan farq qiluvchi yorqin obrazlardir. Asar davomida ularning barchasi uchun qo'shiq va ariyalar, duetlar belgilangan.
Ta'kidlash joizki, kompozitor har bir musiqiy chiqishni badiiy obrazdan kelib chiqib, haqqoniy yaratgan. Ya'ni har bir musiqiy ariya aktyorning shu obrazga ta'luqli bo'lgan harakat, ovoz intonatsiyasi, kayfiyatni o'z ichiga olgan.
Odatda, honanda musiqiy asarni kuylash uchun saxnaning bir nuqtasida turib, ovoz appparatini sozlab, muayyan tayanch holatda kuylashi katta qulaylik yaratadi. Ammo musiqali teatrda kuylovchi aktyorning kuylash jarayoniga katta qarshilik
ko'rsatishi mumkin. Binobarin, zamonaviy teatr san'atiga hos saxnaviy talablar obrazning haqqoniy badiiy ifodasiga erishish hisobidan o'sgani bois, aktyorlardan ulkan mahorat va fidoyilik talab qiladi.
Ushu musiqali komediyada barcha musiqiy saxnalar aktyorlarning intensiv harakati orqali o'z ifodasini topadi. Xususan, asarning boshida saxnaga fig'on chekib kirib kelgan Yigit ariyasi, unga dalda berishga intilgan Xolavachcha qo'shig'i, otasidan arazlagan Qiz ariyasi, uddaburon Malay qo'shig'i, qarib quyilmagan Kuyov qo'shig'i va boshqa musiqiy chiqishlar spektaklning umumiy harakat kontekstidan ajralmagan holda, tinimsiz harakatlar yordamida kuylanadi. Asosiy qahramonlarga hamroh bo'luvchi yigitlar va qizlarning gohida xo'r bo'lib ju'rlik qilishi bilan bog'liq saxnalarda ham harakatsizlikga yo'l qo'yilmagan. Asarning umumiy musiqiy matosi o'zbekona milliy ruhda yaratilgan bo'lib, sho'x-shodon xarakterni aks ettiradi. Ayrim qo'shiqlar o'zbek milliy laparlariga o'xshatma sifatida yaratilgan bo'lib, asarning xalqchil komediyaviy ruhini ochishga xizmat qilgan. Asarning uvertyura qismida aks etuvchi asosiy musiqiy mavzu leytmotiv tariqasida asar bo'ylab o'tib, yagona badiiy-musiqiy yaxlitlikni tashkil etadi.
Darhaqiqat, ijodkorlar odatda o'zining boy tajribasi bois, muayyan asar yoki obrazning ifodasi ustida ishlar ekan, bu borada o'zining shaxsiy ijodkorlik fikriga tayanishni istaydi. Teatr va kino asari ustida ishlash chog'ida esa, ijodkorlar jamoasining rejissyorga boysunishi shart bo'lib, bu hol asarning umumiy yaxlitligini belgilab beruvchi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Mazkur komediya har jihatdan dramaturg, kompozitor, dirijyor, rassom, aktyorning yaxlit ijodiy guruh bo'lib, rejissorning irodasiga bo'ysunib ishlash orqali erishgan muvaffaqiyatining yorqin namunasidir.
Mazkur maqolada pyesa matni va rol ustida ishlash mezonlari hamda aktyor mahoratining pragmatik omillari batafsil yoritilgan. Jumladan aktyorlik mahoratining pragmatik xususiyatlari va aktyorning rol ustida ishlash mahoratini oshirish masalalari metodologik va amaliy jihatdan o'rganilib chiqilgan va aktyorlik mahoratini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Shu bilan birgalikda pyesa matnini jonlantirishda musiqali teatr aktyorning ichki kechinmalari va sahnada tashqi ko'rinishning ahamiyati haqida ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va xulosalar berilgan. Maqola mavzusiga oid soha mutaxassislarining ilmiy ishlari o'rganilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017
2. R. Dehqonov - "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Qo'qon "ART PRESS"
2023
3. Anvarov O. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
4. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014
5. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011
6. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -
2016
7. Komilova M. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
8. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997
9. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005
10. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov Xo'qandi Latif. San'atayvoni. "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.
11. J.Maxmudov,X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.
12. Komilov M. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022