MUSIQIY SPEKTAKLLARDAGI BADIIY YAXLITLIK OMILLARI
Mushtariybegim G'ofurjon qizi Komilova mushtariybegimkomilova@gmail .com Mo'minjon Abduraximjon o'g'li Komilov [email protected] Ilmiy rahbar: Sh.Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Biror asarni jonlantirish jarayonida bizga kerak bo'lgan barcha omillardan oqilona foydalanish meyorining isboti sahnada aktyor ijrosi uchun ko'maklashuvchi, uning maqsadini ro'yobga oshishida yordam berib, tomoshabinda aynan kerakli tuyg'ularni joy, vaqt, voqea, holat va vaziyatni ravshanlashtiruvchi vositalar jamlanmasi muhitdir. Tomosha sahna atalmush pardalar bilan o'rab olingan joy markazida ro'y berar ekan, mana shu sahnadagi hayotni aks ettiruvchi aspektlar, ya'ni rassomdan va uning muhit yaratish jarayonidagi ishtiroki haqida fikrlashsak. Eng muhimi, tabiiy muhit tuyg'usini uyg'otish diqqat markazida bo'lishi lozim. Sahnaviy muhit aktyorda, sahnaviy diqqatni jamlashga, sahnaviy kayfiyatni to'g'ri tug'ilishga, sahnadagi muloqotlarni ishonarli, tabiiy, jonli ta'sirchanligini oshirishga, aktyor fe'l-atvori, xarakterining ishonarli ifodalanishiga, u bajarayotgan xatti - harakatlardagi jonli energiyaning aktyorga - partnyorga, tomoshabinga yoqimli estetik ta'sir etishida yordamlashadi.
Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, aktyor, pafos, mizansaxna, ovoz, nutq, plastika, yechim, xolat
FACTORS OF ARTISTIC INTEGRITY IN MUSICAL PERFORMANCES
Mushtaribegim Gofurjon kizi Komilova [email protected] Mominjon Abdurakhimjon oglu Komilov [email protected] Scientific leader: Sh.Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The proof of the principle of rational use of all the factors we need in the process of reviving a work is a collection of tools that help the actor's performance on the stage, help him achieve his goal, and clarify the right emotions in the audience, place, time, event, state and situation. environment. As the scene takes place in the
rfciyfl^^B 117 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
center of the place surrounded by curtains, let's think about the life-reflecting aspects of the scene, that is, the artist and his participation in the process of creating the environment. The most important thing is to focus on creating a sense of the natural environment. The stage environment is in the actor, it is important to focus on the stage, to create the stage mood correctly, to increase the believable, natural, live effectiveness of the dialogues on the stage, to believably express the character of the actor, the character, the live energy in the actions he performs, to the actor - helps to have a pleasant aesthetic effect on the partner and the viewer.
Keywords: image, psychophysical, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psychic, performance, theater, stage, behavior, experiential art, re-embodiment, play, director, actor, pathos, mise-en-scène, voice, speech, plasticity, solution, condition
Aktyor ne mashaqqatlar bilan izlanib topgan nutqiy xarakterlariga mos, libos, butofor anjomlar, sahna libosi mos kelishi, pardozi, nutqning jarangi eshitilish maydonida to'siqlar o'zgarmasligi aksincha unga qulaylik tug'dirishi sahnaviy muhitga bog'liqdir. Sahnadagi nur, chiroqlar yorug'lik vositalari badiiy ifodaviylikning asosiy qurollari, aktyor xarakterini avvaldan tomoshabinga tayyorlab ko'rsatib berishga erishishida, atmosfera yaratishda, o'z ta'sir kuchini ko'rsatadi1. Umrini ijodiyot bilan bog'lagan kishilar - aktyor va rejissyorlar uchun asosiy metodika vazifasini o'tovchi manbalardan biri "Aktyorning o'z ustida ishlashi" acarida: "Sahnada nimaiki sodir bo'lmasin, hammasi biror maqsad bilan qilinmog'i kerak. U yerda aktyor tomoshabinlarga o'zini ko'rsatish uchun emas, bir maqsad bilan harakatlanmog'i lozim.
Ammo bu yengil ish emas. Buni astoydil o'rganishga to'g'ri keladi" degan purm'no so'zlar mavjud. Darhaqiqat, hozirgi zamon teatrlari ham aktyorlardan juda katta san'atni (mahoratni) talab qiladi. Ular har xil davrga manzur bo'lgan, har xil uslub va janrda yozilgan acarlarni, qadimgi grek dramaturglaridan boshlab hozirgi kungacha bo'lgan dramaturglarning asarlarini ijro etadilar. Hayotda inson qay holatda bo'lsin, shu holatga yarasha muskul kuchlarini sarflaydi, ko'p ham emas, oz ham emas, qancha talab qilinsa, shuncha kuch sarf qiladi. Aktyorlar bilan stol atrofida ishlashdan foyda yo'q. Eng asosiy ish sahnadagi repetitsiyalar jarayonida bo'lishi kerak. Aktyor, sahnada repetitsiyalar boshlangunga qadar rol ustida o'ylamasligi, umuman rolni yod olmasligi zarur.Faqat sahnadagi repetitsiya jarayonida aktyor hamroxi bilan muloqatga kirishish orqali kerakli ohang va o'yinlar topilishi kerak2. Sahnadagi aktyor ham qaysi bir holatda turmasin, shu holatga yarasha muskul kuchini, quvvatini sarflashi kerak. Shuning uchun aktyor o'z badanining xyjayini bo'lib, uni ishlata bilishi,
1 Qodirov R. Aktyorlik mahorati. Toshkent - 2017. - 154.
2 Maxmudov J., Maxmudova X., Rejissura asoslari. Toshkent - 2008. - 190.
fîcïV^^^BI 118 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
repetitsiyalarda, mashqlarda o'ziga bo'ysundira bilishi kerak. Aks holda, sahnada badan muskullari aktyorning ixtiyoridan tashqarida harakatga kelib, tomoshabin oldida uni noqulay ahvolga: qo'rquvga, yog'ochdek qotib qolishiga, o'zini yo'qotib qo'yishiga sababchi bo'ladi. Teatr san'atini sahna harakatisiz tasavvur qilish mumkin emas. Sahna asarini asosan harakat tashkil qiladi va har bir harakat o'z dramatizmiga ega bo'ladi, ya'ni har qaysi hapakat qaysidir ma'noni ifodalashga, asar g'oyasi va mazmun-mohiyatini chuqurroq ochishga, davr ruhini ko'rsatishga xizmat qiladi. Aynan xatti-harakat orqali asar qahramonlarining xarakteri, butun boshli asar muhiti aks ettiriladi. Har bir spektaklda sahnaviy xatti-harakat, raqs, plastika, sahna jangi ifodasi badiiy-tasviriy yechim, estetik ta'sirchanlik va ma'naviy tushuncha - bilimlar berishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada biz kabi mutaxassislar, har bir rejissyor va aktyor o'z oldida, qolaversa, tomoshabin timsolidagi xalq oldida mas'uldir. Ko'pchilik aktyorlarning xatosi shundaki, ular xatti-xarakat to'g'risida o'ylamay, faqat uning natijasi xakida o'ylaydilar, unga intilaveradilar. Natijani bunday oshirib o'ynash hunarga olib keladi, zo'riqishga majbur etadi. Sahnada natijalarni oshirib o'ynamaslikka, balki vazifalarni chinakamiga unumli, maksadga muvofiq xatti-xarakat bilan bajarishga o'rganing va odatlaning. O'z vazifalaringizni sevishingiz va ular uchun aktiv xatti-xarakat topa bilishingiz kerak3.
Shuningdek, musiqiy spektaklda xatti-xarakatning musiqiyligi topilishi kerak, ariya, duet, trio, kvartet va xorlar obrazlar ichki his-tuyg'ularining o'sib borishiga mos tarzda o'rin topishi lozim. Bastakor spektakl uvertyuasidayoq asar mavzusi va janr ruhini ochib berishi kerak bo'ladi. Musiqiy teatr ijodkorlari spektaklini yaratishda mavzu va janr talablaridan kelib chiqib o'z-aro uyg'unikni topa olishi kerak bo'ladi.
Musiqali teatrdagi kuylovchi - aktyor, avvalambor, dramaturg tomonidan berilgan shart-sharoitlarda maqsadga muvofiq harakat qiluvchi shaxsdir. Tovush, uning bo'yoqlari, jumlalar ohangi o'zidan o'zi, hech narsaga asoslanmagan holda paydo bo'lishi mumkin emas. Har bir nota, har bir musiqali jumla bastakor tomonidan ma'lum bir maqsad bilan yozilgan. Shuning uchun ham ijroning xarakteri, badiiy uslubi mana shu maqsad orqali aniqlanishi lozim. Aynan ijrodagi ma'nolilik - asarning badiiyligi belgisidir. Agar aktyorning ovozi uning maqsadini aniq ifodalasa, demak bu vokal obrazining ma'lum shart-sharoitlardagi jonli harakatidir. Musiqali teatrda inson qalbining tuyg'ularini ochish vazifasi ovozga yuklatilgan. Bastakorning g'oyalarini amalga oshiruvchi birinchi va asosiy vosita - bu ovozdir. "Yaxshi, g'oyatda ifodali ijro etilgan jumlaning o'zidayoq parchaning bo'lagidan to'rtdan uch qismini bajarish degan so'z", - degan edi musiqiy teatrning mashhur rejissyori B.A.Pokrovskiy. Lekin to'rtdan uch qismi degan so'z, bu hali bir butun degani emas. Harakatli kuylashning ahamiyati qanchalik yuksak bo'lmasin ukuylovchi - aktyorning sahnaviy hayotini oxirigacha
3 Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi (I qism. Ijodiy kechinma prosessida uz ustida ishlashi. O'quvchining kundalik daftari) - T.: "Yangi asr avlodi", 2011. - 468 b. (Tarjimon: T.Xo'jayev, muharrir: S.Muhamedov)
ITFVE^^Hl 119 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
to'liq ochib berolmaydi. "Musiqali spektaklda aktyorning o'yini ashulaga qo'shimcha emas. Bu aktyorning sahnada yashash shakli. Bunda kuylash, berilgan harakatning jonli oqimidagi zaruratga aylanadi", - deydi yana ta'kidlab. Kuylovchi aktyor orkestr ovozini yorib o'tishi, o'z ovozini tomosha zaliga yo'naltirishi kerak. Orkestrdan ajralib qolmaslik uchun dirijyorni ko'rib turishi lozim. Bu musiqali teatrning navbatdagi shartligidir. Sahna talablari esa aktyordan erkin harakat qilishni, qulay va noqulay bo'lgan turli holatlarda kuylashni, dirijyor bilan emas, partnyor bilan muomalada bo'lishni, xatti-harakatlarda nafas olishga qulaylik qidirishda emas, balki mantiq bilan fikrlashni talab qiladi. Sahnaviy - vokal mahorati aynan shunga qaratilgan. Kuylovchi - aktyor musiqani deb sahna haqiqatidan, sahnaviy haqiqat deb musiqadan voz kechmay, aksincha, ularni tabiiy ravishda bir-biriga uyg'unlashtirsagina haqiqiy sahnaviy - vokal obrazi paydo bo'ladi. Bunda musiqa va sahnadagi harakat bir-biriga xalaqit bermaydi, balki birbirini kuchaytiradi. Musiqali teatr aktyorining drama aktyoridan farqi nimada? Dramatik teatrda bu faqat psixo-fizik xatti-harakat bo'lsa, musiqali teatrida unga yana musiqa - vokalli xatti-harakat qo'shiladi. Dramatik aktyorni spektaklning tempo-ritmi boshqaradi. Uni his qilgan aktyor, shunga asoslanib o'z obrazini boshqaradi. Musiqali teatrda musiqa spektaklga jon bag'ishlaydi. Musiqa ila boyitilgan asarning voqealari kuy va qo'shiqlar orqali bir- biri bilan bog'lanadi. So'zdan asar dunyoga keladi, so'zdan qo'shiq yaraladi. Sahnadagi qahramonning ichki iztirobi kuchayib, quvonch yoki hasrat cheksiz bo'lganda, so'z bilan ifodalab bo'lmas holat - qo'shiq va kuy orqali tomoshabinga yetkazib beriladi. K.S.Stanislavskiy kuylovchi aktyor va musiqali teatr san'ati haqidagi tadqiqotlarida bu masalani nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan. Ulug' reformator ta'limotlari va amaliy xulosalarini musiqali teatrlarga aktyor tayyorlashga tadbiq etish, bu sohada o'ziga xos usul va pedagogik yo'lni topish istagi hamon dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda musiqali teatr aktyorining o'ziga xos harakati bilan musiqali-vokalli ijrochining bir-biri bilan tabiiy bog'lanishi amaliy jihatdan ham, nazariy jihatdan ham asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Musiqali teatrimizning yetuk namoyondalari mumtoz merosimizning eng yaxshi an'analariga suyangan va ilg'or fikrlardan foydalangan holda, musiqali teatr imkoniyatlarining kengligini isbotlovchi, yangi mavzu hamda obrazlar yuzaga keltiruvchi, sifat jihatidan mutlaqo yangi asarlar yaratishdi4. Musiqali teatr aktyori oldiga qo'yilgan asosiy talab - vokal, musiqa - vokalli va sahnada maqsadli xatti-harakat qilish mahoratini sintez qila bilishi, bir-biriga o'zaro bog'lay olishi hisoblanadi. Musiqali teatrning o'ziga xos xususiyatini tahlil qilishda, bu sohada o'zining yaxshi namoyandalariga ega bo'lgan rus va ozarbayjon musiqali teatrining tajribasi muhim rol o'ynaydi. Ular tajribasi shuni ko'rsatadiki, musiqali teatr aktyori o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramay, undagi rejissyor ijodining asosiy qonunlari hamma sahnaviy san'at turlari uchun umumiydir. "Teatr san'ati bilan
4 1 Tursunov T. O* zbek teatr tarixi. - T. : ART PRESS, 2020.
PÍgcTÍÍ^^BI 120 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
mashg'ul bo'lgan barcha kishilar uchun ijod qonunlari bir xildir" - degan edi K.S.Stanislavskiy. Sahnada borliqni badiiy ifodalash talabi ham bir xil. Shu talabni amalga oshiruvchi ijodkor ham bir, ya'ni aktyor. Bu teatrlarda aktyorning sahnada obraz yaratish uslubi ham bir - uning asosida ma'lum maqsadga yo'naltirilgan yagona psixo - fizik harakat mavjud. Insonning qalbida sodir bo'layotgan jarayonni ochish yo'li ham bir, ya'ni bu inson fe'lini xatti-harakatlar orqali ifodalashdir. Bularning barchasi, aktyor ijodining qonunlari, hamma tomosha san'atlari uchun bir, deyishimizga imkon beradi. Bu qonunlar, Stanislavskiyning drama va musiqali teatrlarga bag'ishlangan to'plamlarida bayon qilingan. Ammo, yuqorida ko'rsatilganday, umumiy qonunlardan tashqari, musiqali teatr aktyorlarini tarbiyalashning o'ziga xosligini talab qiladigan tomonlari ham bor. Musiqali spektakldagi aktyorning maqsadga muvofiq xatti-harakati - bu musiqa-vokallisahnaviy ijro san'atidir. Musiqa bizga tuyg'ularni bildiradi, lekin aktyor va aktrisalar bu tuyg'ularni xatti-harakatlarga ko'chira bilishi kerak. Xatti-harakatning musiqa belgilab bergan vaqt - tempo-ritm qonunlariga bo'ysundirilganligi - musiqali teatr aktyorligi ijodidagi ikkinchi muhim spesifik xususiyatdir. Musiqali teatrning talabi aktyorning o'z xatti-harakatlarini musiqa usuliga bo'ysundirishi bilan va eng asosiysi, har bir musiqaviy fikrga, yangi harakatlarni topa olishi bilan belgilanadi. Ko'pincha musiqa o'zining daqiqa va soniyalarda o'lchangan xranometraji bilan aktyorga ma'lum miqdordagi harakatlarni bajarishiga va ularni aynan shu musiqa tempo-ritmiga joylay olishiga imkon berayotganday bo'ladi. Lekin musiqaning ma'noli tuyg'ulardan iborat bo'lgan mazmuni aktyorga faqat chegaralangan miqdorda harakatlar bajarishga imkon beradi. Bu musiqali teatr aktyorini spektakl voqealari davomida kerakli harakatlarni va ayniqsa, moslashuvlarni chertib-chertib tanlashga, ularning orasidan eng zarurinigina qoldirishiga majbur qiladi. Bu bilan qisman sahnaviy xatti-harakatlarni detallashtirishdan qo'rqmaydigan dramatik teatr obrazlariga nisbatan vokal obrazlarning ancha ixcham va umumlashganligini tushunish mumkin. Musiqali-vokalli xatti-harakatlarning asosiy spesifik xususiyati mana shundan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017
2. R. Dehqonov - "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Qo'qon "ART PRESS"
2023
3. Anvarov O. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
4. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014
121
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
5. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011
6. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -
2016
7. Komilova M. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
8. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997
9. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005
10. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov Xo'qandi Latif. San'atayvoni. "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.
11. J.Maxmudov,X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.
12. Komilov M. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
122
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)